Evolyut
sion
taʼlimot
Evolyutsion taʼlimot', evolyutsiya
nazariyasi — tirik organizmlar
evolyutsiyasi sabablari,
harakatlantiruvchi kuchlari,
mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari
toʻgʻrisidagi fan. Evolyutsion taʼlimot
biologiyaning nazariy asosi, xususiy
biol. fanlaridan olgan natijalarni
umumlashtiradi. Evolyutsion taʼlimot
rivojlanishining mushohidaga
asoslangan 1-davri qadimiy dunyo
faylasuflari Geraklit, Empedokl,
Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning
ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib
butun borliqning , jumladan,
organizmlarning tarixiy oʻzgarishi
toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday
qarashlar XVII-XIX asrlar boshlarida
yashagan transformizm tarafdorlari
R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon,
E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va
K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi.
Transformistlar yagona sistemaga
ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan
boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot
oʻrganadigan asosiy muammolarni
koʻrsatib berishdi. Bu muammolar
organizmlar tuzilishi va xilma xilligi,
turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va
tafovutlar, tiriklikning progressiv
evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli
tuzilish darajasiga ega boʻlgan
organizmlarning yashab
kelayotganligi; ayrim turlar va
guruhlarning qirilib ketishi sabablarini
aniqlashdan iborat. Bu muammolarning
tushunib olinishi va ilm-fanning
rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning
yangi tarixiy davri — evolyutsiyaning
dastlabki konsepsiyalari
shakllanishiga zamin tayyorladi. Bu
konsepsiyaning birinchisini J.ʼ.Lamark
yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm
deb atalgan konsepsiyada ham
progressiv rivojlanish va
moslanuvchanlikka organizmlarning
oldindan belgilab berilgan xususiyati
sifatida teologik va metafizik nuqtai
nazardan qaraladi. Ch.Darvin yaratgan
evolyutsiya nazariyasi (1859)
Evolyutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin
boʻldi. Darvin organizmlar
evolyutsiyasining harakatlantiruvchi
kuchlari — yashash uchun kurash va
undan kelib chiqadigan tabiiy tanlanish
ekanligini koʻrsatish orqali birinchi
boʻlib Evolyutsion taʼlimotning asosiy
muammolarini ilmiy nuqtai nazardan
hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi
bilan bir vaqtda uning dushmanlari —
idealistik va teologik konsepsiyalar
tarafdorlari 20-asrning 2-yarmida
lamarkizmning ayrim aqidalarini yana
qaytadan tiklashdi (qarang
Neolamarkizm
). Ammo yangi dalillar
toʻplanishi tufayli darvinizm tobora
keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari
tomonidan tan olindi.
Evolyutsion taʼlimotning Ch.Darvindan
keyingi rivojlanishi evolyutsiya
mexanizmlari va qonuniyatlarini taxlil
qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy
nuqtai nazardan mutatsiya va tabiiy
tanlanish evolyutsiyaning eng asosiy
omili hisoblanadi. Bu omillarning
birgaliqsagi taʼsiri evolyutsiya jarayoni
amalga oshirilishining asosiy sharti
hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita
organizmlar fenotipiga taʼsir etadi;
natijada ayrim genlar yoki allellar
emas, balki muayyan reaksiya
meʼyoriga ega boʻlgan bir butun
genotiplar tanlanadi. Evolyutsiyaning
elementar birligi populyatsiyalar
hisoblanadi. Genetik jihatdan
evolyutsiya populyatsiya
genofondining muayyan yoʻnalishda
oʻzgarishi (mikroevolyutsiya) dan
iborat. Tashqi muhit sharoiti oʻzgarishi
xususiyatiga qarab populyatsiyaga
harakatlantiruvchi, turgʻunlashtiruvchi
yoki dizruptiv tanlanish taʼsir
koʻrsatishi mumkin. Tanlanish tur
individlar ontogenezining (qarang
Ontogenez
) hamma davrida ham taʼsir
etishi mumkin; filogenez
ontogenozning genetik qatorlaridan
iborat.
Makroevolyutsiya — turdan yuqori
guruhlar ichida kechadigan
mikroevolyutsion jarayonlar
integratsiyasidan iborat evolyutsion
jarayon. Makroevolyutsiyada
filogenezning umumiy qonuniyatlari va
yoʻnalishlari namoyon boʻladi.
Organizmlar muayyan guruhlari
evolyutsion oʻzgarishlarining
yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan bir
qatorda muayyan turning tuzilishi
(genetik sistemasi, ontogenezi va
fenotipi) xususiyatlari bilan bogʻliq
boʻlgan evolyutsion cheklanish va
taqiqlar orqali ham belgilanadi.
20-asrning 30- yillarida shakllangan
mikro va makroevolyutsiya
toʻgʻrisidagi tasavvurlar
evolyutsiyaning sintetik nazariyasi
deyiladi. Zamonaviy Evolyutsion
taʼlimot fan sifatida evolyutsion
qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi
evolyutsion farazlar va konsepsiyalar
(jumladan, tabiiy tanlanishni
evolyutsiyaning bosh omili sifatida
tan olmaydigan konsepsiyalar)ni oʻz
ichiga oladi. Hozirgi Evolyutsion
taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi
davriga qadam qoʻydi. Bu davrning
asosiy vazifasi evolyutsion jarayonlar
mexanizmini ochish orqali
organizmlarning evolyutsion
oʻzgarishini oldindan aytib berish va
ana shu asosda evolyutsiya jarayonini
boshqarishdan iborat (yana q.
Darvinizm
,
Progress
).
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu
maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz
.wikipedia.
org/w/index
.php?
title=Evoly
utsion_ta
ʼ
l
imot&oldid=
2440139
"
dan olindi
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
37.110.210.34
t
Do'stlaringiz bilan baham: |