O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 46,5 Mb.
bet118/592
Sana29.12.2021
Hajmi46,5 Mb.
#79508
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   592
Bog'liq
O'simliklarni himoya qilish

Birinchi yoki qadimiy davr. Tarixiy manbaalarga qaraganda eramizdan 3-4 ming yil avval ham qishloq xo’jalik ekinlarining kasalliklari dehqonlarga ma’lum bo’lgan. Xitoydagi qishloq xo’jaligiga oid bo’lgan qadimiy kitoblardan biri «Simin ioa – shu»da muallif Dia S-siening yozishicha:- «Zig’irning kasallanishini oldini olish uchun, u qayta-qayta bir yerga ekilmasligi kerak, hamda tuproqni zararsizlantirish uchun uni haydashdan oldin yondirish kerak» deyilgan. Xitoyda 2500 yil ilgariyoq dehqonlar o’simlik kasalliklari va kasallik turlari haqida ma’lumotga ega bo’lganlar va tuproqni zararsizlantirish usulini dexqonchilikda qo’llaganlar. Qadimgi yunon mutafakkirlari Aristotel, Demokrit va Teofrastlar asarlarida zang, qora kuya va daraxtlarda uchraydigan shish kasalliklari haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Demokrit (e.a.III asr) birinchi bo’lib o’simlik kasalliklariga qarshi kurash chorasini tavsiya etdi. U bug’doy donini va boshqa ekinlarning urug’ini ekishdan oldin organik kislotaga boy bo’lgan Sedum purpureum Sch. o’simligining sharbati bilan qayta ishlov berish kerak deydi. Eramizning boshida yashagan buyuk tabiatshunos olim Pliniy 37 kitobdan iborat «Tabiatshunoslikni bilish tarixi» asarini yaratdi. U xususan o’simlikni kasalligi to’g’risida Aristotel va Teofrast g’oyalarini davom ettirib, o’simlikning kasalliklari tashqi muxitning noqulay sharoiti natijasida yuzaga keladi deydi. O’rta asrlarda fitopatologik ta’limotni rivojlanishi to’g’risida ma’lumotlar juda kam. O’rta asrning 980-1037 yillarda yashab, ijod etgan Abu Ali Ibn Sino botanika va qishloq xo’jaligiga oid 300 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning bu asarlari orasida o’simlikning kasalliklariga oid ma’lumotlar ham bor. XVII asrda fransuz botanigi J.Turnefor o’simlik kasalliklarini ikki sinfga bo’ladi: 1- sinfga ichki ta’sirotlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni; 2- sinfga tashqi muxit ta’sirida yuzaga keladigan kasalliklarni kiritadi. XVII asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan tabiatshunoslar va agronomlardan A.T.Bolotov (1738-1803) Rossiyada, M.Tilleta (1714-1791) Fransiyada Ya.Fabrisius (1745-1803) Daniyada o’simlik kasalliklarini bir-biriga yuqishi mumkin ekanligini tajriba yo’li bilan isbotladilar. O’simlik kasalliklarining kelib chiqishini noto’g’ri talqin qilish hattoki XIX asrda ham ayrim tabiatshunoslarning asarlarida o’z ifodasini topdi. O’simliklarda kasallikni hayvon va odamlarga o’xshab xudo yuboradi degan tushunchalar mavjudligi tufayli eramizning I-III asrlaridayoq ko’pchilik xalqlarning yangi diniy urf-odatlari yuzaga keldi. Masalan, ekin mavsumi boshlanishidan oldin xudo yo’liga qurbonlik qilishlar paydo bo’ldi. Keyingi davrlarga kelib o’simlikni kasalligi, o’simlik ichidagi suyuqlikni buzilishi natijasida yuzaga keladi degan nazariya ham paydo bo’ldi. Hatto 1833 yili Venalik tabiatshunos F.Unger (1800-1870) shu mavzuga bag’ishlangan kitob chop ettirdi. Uning bu nazariyasiga ko’ra kasallangan o’simlikning suyuqligi buzilishi natijasida o’simliklarda zang, qora kuya yoki boshqa zamburug’lar va hatto gulli parazitlar shumg’iya, omela va boshqalar paydo bo’lishi mumkin deydi. Shunday qilib, fitopatologiyaning asosini soxta nazariya tashkil qilishi bu fanning rivojlanishiga sezilarli darajada to’sqinlik qildi.


Download 46,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   592




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish