O’simliklarda viruslar va mikoplazmalar qo’zg’atadigan kasalliklarning umumiy tavsifi.Viruslar haqida ta’limotning asoschisi rus olimi D.I.Ivanovskiy bo’lib hisoblanadi. O’simliklarda filtrlanuvchi viruslar kasallikni keltirib chiqaradi.
Fitopatogen viruslar tirik organizmga xos xususiyatga egadir. Viruslar kimyoviy tarkibiga ko’ra oqsil va nuklein kislotalardan iboratdir. Viruslar tirik xujayrada ko’payadi.
Fitopotogen viruslar zararlangan o’simliklarning xujayrasida kristallar hosil qiladi. Viruslar hosil qiladigan kristallarni birinchi bo’lib 1902 yili D.I.Ivanovskiy tomonidan topilgan.
Viruslarning shakli juda ham turli tumandir (tayoqsimon, ipsimon, yumaloq), ularni faqat elektiron mikroskop orqali ko’rish mumkin.
Fitopotogen viruslar (virionlar) oqsil qobig’i (kapsula) Bilan uralgan nukloin kslotaning bir yoki ikkita ipchasidan iborat. Ko’pchilik fitopatogen viruslar ichida esa DNK (dezaksiribonulein kislota) mavjud. Viruslar faqat nuklein kislotada iborat bo’lib, kapsulaga ega bo’lmasa viroidlar deyiladi. Viruslarning shakli va nanometrlardan o’lchanadi.
Viruslarning hayotiy faoliyati xujayin o’simlikning xujayrasi bilan chambarchas bog’langandir va ular faqat shu xo’jayra ichida ko’payadi. Viruslar ko’pincha bir o’simlikdan ikkinchi o’simlikka suruvchi hasharotlar orqali o’tadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ilgari viruslar keltirib chiqaradigan kasalliklarning (sarg’ayish va supurgilarning hosil bo’lishi) hozirda mikoplazmalar keltirib chiqarishi aniqlanilgan (V. Doy va boshqalar, 1967, K. Maramorom, 1968 va boshqalar)
Mikoplazmalar yumaloq, ellipsimon yoki ma’lum shaklsiz bo’lib, ularning diametri 26 – 1000 NM, membrana bilan o’ralgan, lekin hujayra qobig’i yo’q. Mikoplazmalar, viruslarga nisbatan murakkabroq tuzilishga egadir. Ularning tarkibida 2 xil nuklein kislota – DNK va RNK bor. Mikoplazmalar zararlangan o’simlikning floemasida (tursimon nay, floema – parinximasi, yo’ldosh hujayra) hujayrasining sitoplazmasida kuzatiladi. Bu mikroorganizmlar sog’ o’simlikka sikadka hashorati, zarpechak orqali hamda payvandlash davrida o’tishi mumkin. Hozirgi vaqtda 60 ga yaqin ekinlarda mikoplazmalar keltirib chiqaradigan kasalliklar ma’lum. Mikoplazmalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni aniqlashning asosiy usuli bo’lib, elektron mikroskop yordamida kuzatish hisoblanadi. Mikoplazmalar viruslardan farqi ravishda sun’iy oziqa muhitlarida rivojlanadi.
Tetrasiklin guruhiga mansub bo’lgan antibiotiklarning mikoplazmalarga ta’siri juda sezilarli. Ularni kasallikka qarshi qo’llanilganda o’simlik ma’lum miqdorda ayrim holda butunlay sog’ayib ketadi. Bunday holat mikoplazma keltirib chiqargan kasalliklarni aniqlashda ham foydalanishi mumkin. Oxirgi vaqtda o’simliklarda mikoplazmalardan tashqari, rikkesiya va spiroplazmalarga yaqin bo’lgan organizmlar ham kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |