O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

Nutqning maqsadga muvofiqligi. 
Ma’lumki, so‘zlovchi tomonidan 
rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab so‘zlanadigan nutq ma’lum maqsadga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ya’ni so‘zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko‘zlab, til 
vositalaridan foydalanadi. Adabiy til me’yorlariga amal qilib so‘zlangan nutq 
to‘g‘ri, aniq, toza, mantiqiy, ta’sirchan, demak, maqsadga muvofiq nutq sanaladi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib, “Nutq faoliyatida muallif o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadni eng aniq, eng to‘g‘ri, eng yaxshi, eng ta’sirchan, eng tushunarli 
qilib ifodalaydigan so‘zlarni, so‘z birikmalarni, gaplarni topishga, tanlashga 
28
Жалилов Ҳ. Нотиқлик санъати. – Тошкент: Ўзбекистон, 1976, 68-б. 


intiladi. Bu vositalarni yaxlit qilib, “maqsadga muvofiqlik” deb belgilash 
mumkin”.
29
Xullas, yaxshi nutq so‘zlovchi va yozuvchidan savodxonlikni, katta 
mehnatni talab qiladigan murakkab jarayondir. Umuman, nutq aniq va ravon, 
grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi va orfoepik talablar darajasida 
talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Ana 
shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib etadi. Shunday nutqgina 
madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchi va omma 
oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, 
muttasil nutqiy mashq talab qilinadi. 
29
Расулов Р., Ҳусанов Н., Мўйдинов Қ.Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Т.: Iqtisod-moliya, 2006, 33-б. 


IKKINCHI BOB. SIYOSIY ARBOBLAR NUTQIY MAHORATINING 
LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. 
2.1. Siyosiy arboblar nutqiy mahoratining yuzaga chiqishi 
Butun dunyo juda koʻplab notiqlik san’atining buyuk vakillari, nutq 
mahoratining yetuk sohiblari oʻtganlar va yashab kelmoqda. Shu buyuk notiqlar 
safiga hech shubhasiz, oʻzbek xalqining buyuk farzandlari: Sohibqiron Amir 
Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk bobolarimiz
oʻzbek xalqining buyuk va jonkuyar farzandi, davlat arbobi Sharof Rashidov, 
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich 
Karimov, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyevlarni ham qoʻshsak, hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi. Keltirilgan bu 
buyuk siymolar va siyosiy arboblar notiqlik san’atini mohir egallagan, nutq 
mahoratini san’at darajasiga koʻtargan, har qanday auditoriyani, butun xalqni 
nutqlari orqali boshqarish qobiliyatiga ega nutq mahorati sohiblaridir. 
Notiqlikni san’at darajasiga koʻtarish va yetuk notiq martabasiga erishish 
kishidan alohida talant hamda juda katta mehnat talab qiladi. Haqiqiy notiqning 
nutqi hech bir shaxsni, eshituvchilarni bee’tibor qoldirmaydi.
Ayniqsa, notiqlik san’ati siyosiy yetakchilar faoliyatining asosiy qismlaridan 
biri hisoblanadi. Siyosiy arboblar millatni, xalqni oʻzga ishontirishda, oʻz 
islohotlarini xalqiga yetkazib berishda, ularga notiqlik sa’nati eng kerakli 
sifatlardan biridir. 
Notiqlikni mukammal darajada egallash uchun notiq quyidagi jihatlarga ega 
boʻlishi talab etiladi: 
1.
Notiq tilni juda yaxshi bilishi kerak. Notiq oʻz nutqlarining hamma 
tinglovchilariga, ayniqsa, tinglovchilari butun bir xalq boʻlsa, ma’qul va tushunarli 
boʻlishi uchun oʻzi nutq irod qilayotgan tilini juda yaxshi bilishi kerak. Tilni 
yaxshi bilish kerak degani faqatgina tilning soʻz boyligini yaxshi bilish degani 
emas, balki shu tilning butun qonun-qoidalarini, grammatikasini ham bilish 
demakdir. 


2.
Sodda, oddiy va tushunarli qilib nutq soʻzlash. Notiqlar omma oldida 
nutq soʻzlayotganlarida tinlovchilarning saviyasini, qiziqishlari va bilim darajasini 
hisobga oladilar. Siyosiy arboblar bu borada butun xalqni nazarda tutishlari kerak. 
3.
Asosiy aytmoqchi boʻlgan maqsadini, fikrlarini qisqa va aniq jumlalarda 
bayon qilish. Bu oz soʻzga kata ma’no berish va vaqtni tejash demakdir. 
4.
Ohang, urgʻu va intonatsiyani toʻgʻri qoʻllash. Bu sifatlar nutqning 
zerikarliligi hamda ba’zi tushunmovchiliklarning oldini oladi. 
Biz nutqlarini oʻrganayotgan notiqlarimiz: Oʻzbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov va Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nutqlarida mana 
shu jihatlarni qanchalik mukammal darajada egallaganliklari yaqqol koʻzga 
tashlanadi. 
Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyevning nutqlari asosan notiqlik 
san’atining siyosiy-ijtimoiy notiqlik turiga tegishli bo‘lib, uning quyidagi 
bandlariga mansub: 
-

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish