O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

Nutqning mantiqiyligi. 
“Aristotel insonning eng xarakterli xususiyati 

fikrlarini isbotlay olishi deb bilgan. Qadim Xitoy va Qadimgi Hind notiq va 
mantiqshunoslari fikrni asoslash jarayonini diqqat bilan o‘rgangan. Buyuk 
ajdodlarimizdan biri Farobiy esa fikrni asoslash to‘g‘risidagi ta’limotni mantiq 
ilmining asosiy tayanchi deb hisoblagan. 
Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning to‘g‘riligiga 
ishontirish bilan bog‘liq har qanday nutqiy jarayon o‘zaro bog‘liq uch unsurdan 
tashkil topadi. 
Birinchi unsur 

isbotlanishi kerak bo‘lgan fikr. Ikkinchisi 

fikrning 
to‘g‘riligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi 

namoyish, ya’ni fikr va asos 
(dalil)lar o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatuvchi mantiqiy bog‘lanish. 
Fikrlashning mantiqiyligini ta’minlashda bu uch unsur borasida shakllangan 
qoidalarga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga aytish lozimki, 
fikrlash jarayonida mantiqiy xatolar mantiqiy fikrlash madaniyatining zaifligi va 
fikriy pala-partishlik oqibatida vujudga keladi yoki tinglovchilarni ongli ravishda 
adashtirish, bahs-munozarada qanday bo‘lmasin yutib chiqishga intilish istagidan 
kelib chiqadi.
23
“Auditoriya bilan muloqotga kirishar ekan, notiq uni o‘z fikrlariga 
inontirishi, mafkuraviy oziq berishi, odamlarning ongini o‘zgartirishi lozim. Notiq 
nutqining ta’sirchan va ishonarli bo‘lishida asosiy shartlardan biri esa fikrning 
mantiqiyligidir”.
“Demak, notiqning muvaffaqiyati uning qay darajada mantiqning asosiy 
qoidalarini bilishi va ularga rioya etishiga bog‘liq. Shuning uchun pedagogika, 
psixologiya, tilshunoslik bilan bir qatorda mantiq nutqning uslubiy asosini tashkil 
22
Расулов Р., Ҳусанов Н., Мўйдинов Қ. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Т.: Iqtisod-moliya, 2006, 26-
б.; Қудратов Т. Нутқ маданияти асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1993, 58-б
.
23
Саидов У. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Тошкент: Akademiya, 2007, 116-б. Мавзуни ёритишда 
ушбу китобнинг 118-бетидан ҳам иқтибослар келтирилди
.


etadi va omma oldida nutq so‘zlash, targ‘ibot-tashviqot olib borish mahoratini 
o‘rganishda amaliy asos vazifasini o‘taydi. Mantiqiy nutq tinglovchilarni butkul 
jalb etish, ayrim o‘rinlarda esa ularga gipnotik ta’sir o‘tkazishga qodir. Va 
aksincha, bayondagi izchillikning yo‘qolishi, fikrning mavhumligi va 
isbotlanmaganligi nutqning tasir kuchini yo‘qqa chiqarishi va notiqning obro‘sini 
tushirishi mumkin”. 
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan 
chambarchas bog‘langandir. Chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq 
ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham 
mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi 
tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, 
ba’zan 
umuman anglashilmasligiga sabab bo‘lishi 
mumkin. Nutqni 
shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati 
bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan 
tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni 
yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega 
bo‘lish ham talab qilinadi. 
“Nutq madaniyati asoslari” asarida mantiqiylikni ikki guruhga bo‘lib – 
predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida o‘rganish tavsiya etilgan. Predmet 
mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqelikdagi predmet va 
hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiiqiyligi 
esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik 
aloqadorligida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir. 
Ko‘rinadiki, so‘zlarning o‘zi ifodalayotgan predmet va hodisalarga mos 
ravishda fikrni aniq ifodalashi predmet mantiqiyligi bo‘lsa, so‘z birikmalarining, 
gaplarning, abzatslarning, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni 
izchil davom ettirishga bo‘ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir. 


Tushuncha mantiqiyligi haqida aytilgan fikrdan xulosa chiqarish mumkinki, 
nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti – leksik-semantik va sintaktik 
me’yorga amal qilishdir. 
Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, 
mantiqiy izchillik bo‘lishini taqozo qiladi. Ammo bu talabni nutqiy jarayonning 
hamma ko‘rinishlarida ham o‘rtaga qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, vazifaviy 
uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal 
qilinishini olib ko‘raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir qurilishga ega. 
Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo‘lib, ular yagona bir halqaga 
birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi. 
Badiiy nutq qurilishi esa biroz boshqacha. Fikrlar bir maromda bayon etib 
kelinadi-yu, birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilib 
ketiladi. Bu narsa go‘yo mantiqiy izchillikka putur etkazganday ko‘rinsa-da, aslida 
unday emas. Badiiy asarlar, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng 
ko‘lamlilik tasvir kompozitsiyasini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa 
putur etmaganligi bunday asarlarning oxirida ma’lum bo‘ladi. 
Tadqiqotchilarning fikricha, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida 
shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq, maqsadga 
muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutq tushuniladi.
24
Notiq nutqi mantiq qoidalariga muvofiq bo‘lishi uchun quyidagi talablarga 
javob berishi lozim: 
- nutq aniq, ravshan bo‘lishi kerak; 
- nutqda fikr (bayon) izchilligi saqlanishi kerak; 
- nutq jarayonida fikriy ziddiyat bo‘lmasligi kerak; 
- fikrlar dalillangan bo‘lishi kerak. 
Mazkur talablar rasmiy mantiqning to‘rt asosiy qonuni: e’tirof qonuni, 
qarama-qarshilik qonuni, uchinchisini inkor etish qonuni va etarli asos qonuni 
bilan chambarchas bog‘liq. 
24
Каримов С., Маматов Х., Бўриев И. Юристнинг нутқ маданияти. Дарслик. – Тошкент, 2004. 



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish