O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

Iqtisodiyotni hech qanday mafkura bilan bo‘g‘ish, jilovlash mumkin emas. 
Bizning xalqimizda, och odam musiqani qorni bilan tinglaydi, degan gap bor. 
Ya’ni, turmush darajasi past, oddiy ehtiyojlarini ham qondira olmaydigan odamni 
hech qanday mafkura bilan to‘ydirib bo‘lmaydi.
41

Omma tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ifodalanayotgan fikrga 
ishontira olish notiqlar oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan hisoblanadi. Buning 
uchun esa, yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon 
40
Расулов Р., Ҳусанов Н., Мўйдинов Қ. Нутқ маданияти ва нотиқлик санъати. – Т.: Iqtisod-moliya, 2006. 33-б. 
41
Prezident.uz.// www.google.co.uz/#q=islom+karimov+nutqlari&btnK=Поиск в Google// 07.06.2014. Prezident 
Islom Karimovning “O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari” mavzusidagi 
xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. ˃ 27.01.2017. 


etishning aniq belgilangan rejasi bo‘lishi kerak. Nutqdagi fikrlarni birinchi va 
ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab tinglovchilarni nutq rejasi bilan 
tanishtirish lozim.
Notiq fikrlarini o‘zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida 
isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv fikr mulohazalarini bildirsa, nutq 
yana ham ishonarli va ta’sirli bo‘ladi.
Nutqning ta’sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vositalari hisoblangan 
metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitet, takror va adabiy 
ko‘chimlarning ham roli kattadir. Bulardan tashqari nutqda ta’sirchanlikni 
ta’minlash uchun maqollardan, matallar, hikmatli so‘z va iboralardan, ayniqsa, 
frazeologizmlardan unumli foydalanish zarur. Ayni shu jihatlar obrazlilik xislatini 
ham o‘zida birlashtiradi. Tadqiqotlarda ifodalilik, obrazlilik, jo‘yalilik kabi sifatlar 
ta’sirchanlikni 
ifodalash 
nuqtayi 
nazaridan 
tahlil 
etilgan. 
Professor
N.Mahmudovning tadqiqotlarida nutqning bu sifati ifodalilik tarzida izohlangan. 
Ammo ta’sirchanlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u yaxlit yaxshi nutqqa xosdir. 
Tabiiyki, har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri eshituvchlarning ongiga 
ta’sir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda nutqning barcha 
kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Ifodalilik nutqning 
tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko‘ra tinglovchi yoki o‘quvchi 
diqqatini o‘ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatidir.
42
Avvalambor, barchangizni sog‘-omon ko‘rib, sizlarga, sizlar orqali butun 
Qashqadaryo ahliga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirishdan xursandman. 
Hammangizga yaxshi ma’lum: Qashqadaryo mening hayotimda, mening 
taassurotimda alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun ham Qashqadaryo ahli va 
faollari bilan ko‘p vaqt uchrashmasam, sizlarni sog‘inib qolganimni sezib 
turaman. 
Bugun mana shu zalda siz, azizlar bilan uchrashuvda men xuddiki o‘z yaqin 
do‘stlarimni ko‘rgandek bo‘laman. Oradan qancha vaqt o‘tmasin, men ayni shu 
42
Абдусаидов Абдували. Нутқ маҳорати. “Нутқ маданияти-нинг ҳозирги давр муаммолари” танланма 
фанидан ўқув қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2014, 101-бет. 


zaminda sizlar bilan yaxshi-yomon kunlarda birga bo‘lganim, non-tuzingizni 
tatiganim – bularning barchasi hech qachon yodimdan chiqmaydi. 
Qashqadaryo, haqiqatan ham, bag‘ri daryo, beqiyos o‘lka. Bu voha 
odamlari bilan birga ishlash nasib etgani, hayotimning eng jo‘shqin, eng 
harakatchan davrida mard va tanti Qashqadaryo ahli bilan bir tanu bir jon bo‘lib 
mehnat qilganim, menga shunday hayot maktabini o‘tash baxtini bergani uchun 
taqdirdan minnatdorman.
43
 
Siyosiy arboblar nutqlarida ta’sirchanlik va obrazlilik sifatlariga juda katta 
e’tibor qaratilishini barcha nutqlari xalq qalbiga tez yetib borishiga qarab bilib 
olish mumkin. Yana siyosiy arboblarimiz nutqlarida nutqning sofligiga ham 
yuksak e’tibor berilishini nutqlari orqali bilishimiz mumkin. Ularning heсh bir 
nutqida nutqning tozaligiga salbiy ta’sir qiladigan so‘zlarni uchratmaymiz: 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqidan: 
Barchamizga yaxshi ayonki, har bir inson avvalo Ollohning marhamati 
bilan, ona zotining o‘z bolasini yuragi ostida asrab, to‘qqiz oy davomida tortgan 
mashaqqatlari tufayli dunyoga keladi.
Shu bois hammamiz Yaratganning buyuk mo‘jizasi bo‘lgan aziz ayollarimiz 
timsolida hayot abadiyligini ta’minlab kelayotgan tabarruk zotlarni ko‘ramiz.
Yer yuzida hayot paydo bo‘libdiki, odamzot mo‘tabar ona siymosi oldida 
hamisha ta’zim qiladi. Muborak hadislardagi “Jannat – onalarning oyog‘i 
ostidadir” degan so‘zlar ham ana shu yuksak mehr va ehtiromning yorqin 
ifodasidir.
Ayollarga sharqona ehtirom va e’zoz ko‘rsatish – biz uchun ota-
bobolarimizdan qolgan ibratli meros bo‘lib, biz bunday an’analarimizga doim 
sodiq bo‘lib yashaymiz.
44
 
43
Prezident.uz.// www.google.co.uz/#q=islom+karimov+nutqlari&btnK=Поиск в Google// 28.09.2013. Prezident 
Islom Karimovning Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqi 
˃27.01.2017. 
44
Prezident.uz.// www.google.co.uz/#q=islom+karimov+nutqlari&btnK=Поиск в Google// 17.01.2015. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari 
va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. ˃ 27.01. 2017. 


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqidan: 
Fursatdan foydalanib, sizlarga, sizlar orqali o‘zining yorqin iste’dodi, bilim 
va mahorati, fidokorona mehnati bilan jamiyatimizning ma’naviy taraqqiyotiga 
munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha ijodkor ziyolilarimizga yuksak hurmat va 
ehtiromimni bildirib, samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Inson qalbini, uning dard-u tashvishlarini, xalqning orzu-intilishlari, 
Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini betakror so‘z, ohang va ranglarda 
tarannum etishni o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan siz, muhtaram ijod 
ahlining mehnati naqadar mashaqqatli, mas’uliyatli va sharafli ekanini barchamiz 
yaxshi bilamiz. 
Xullas, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning samarali nutq uchun kerak boʻlgan barcha jihatlar hamda 
nutqninig asosiy kommunikativ sifatlari: nutqning toʻgʻriligi, nutqning aniqligi, 
nutqning mantiqiyligi, nutqning tozaligi, nutqning ta’sirchanligi, nutqning 
maqsadga muvofiqligi kabi jihatlar yaqqol koʻzga tashlanadi. Siyosiy 
arboblarimizning notiqlik mahorati qirralari nihoyatda yetukligi va ajoyib 
notiqligini yuqoridagi nutqlarining oʻziga xosliklari orqali yana bir bor amin 
bo‘ldik. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish