O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


UCHINCHI BOB. SIYOSIY ARBOBLAR NUTQINING USLUBIY



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

 
UCHINCHI BOB. SIYOSIY ARBOBLAR NUTQINING USLUBIY 
XUSUSIYATLARI. 
3.1.
 
Notiqlar nutqining oʻziga xos uslubiy vositalari 
Notiq nutqi samaralilikka, emotsional-ekspressivlikka, obrazlilikka ega 
ekan, bunda tilning kommunikativ funksiyasi bilan emotsional-ekspressivlik 
funksiyasi qoʻshilib ketadi.


Notiqlarning til vositalaridan foydalanishdagi individual notiqlik mahorati 
turlichadir. Notiq tili va uslubini oʻrganishda asosiy e’tibor notiqning leksik, 
frazeologik vositalar, badiiy tasvir vositalari, notiqning okkazional soʻz va 
iboralarni qoʻllash mahorati kabi masalalarga qaratiladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev nutqlari tilining sodda, tushunarli va ravonligida uslubiy o‘ziga xoslik 
muhim rol o‘ynaydi. Har bir notiqning nutqlari omadli chiqishida o‘z uslubiga 
egaligi juda muhim ahamiyatga ega. Bunda notiq uslubini shakllantiruvchi 
vositalar alohida o‘ringa egaligi bilan ajralib turadi. Notiqlar nutqini lisoniy va 
uslubiy tahlil qilish jarayonida notiqning tildan foydalanish mahoratini 
koʻrsatadigan, emotsional-ekspressiv ifoda semalari “boʻrtib chiqqan” holda 
reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular notiqning oldiga qoʻygan maqsadiga 
qay darajada xizmat qilganligi haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Buning 
uchun notiq nutqi tilidagi ma’nodosh, shakldosh, zid ma’noli, koʻp ma’noli soʻzlar, 
maqollar, aforizmlar, iboralar, tasviriy ifodalar, oʻxshatishlar, takrorlar, kabi 
vositalarni ajratib olib, alohida tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Bunday emotsional-ekspressiv ifoda semalari “boʻrtib chiqqan” badiiy tasvir 
vositalari biz nutqlarini oʻrganayotgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqlarida ham mavjud. Bu uslubiy vositalarga 
quyidagilar kiradi: 
a)
undalmalar; 
b)
modallik ifodalovchi so‘zlar; 
c)
maqollar va hikmatli so‘zlar; 
d)
ritorik so‘roq gaplar; 
e)
iboralar; 
f)
takrorlar; 
g)
perifrazlar
va shu kabi vositalar kiradi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevlarning nutqlarida 
murojaat bildiruvchi so‘zlar, ya’ni
undalmalar
uslubiy o‘ziga xoslikni belgilovchi vosita sifatida qo‘llanadi. Undalma gap 


tarkibidagi 
II 
shaxs kishilik olmoshi bo‘lgan so‘zshakl ma’nosini 
muayyanlashtiruvchi unsur bo‘lib, u mantiqan so‘z kengaytiruvchisi maqomida 
bo‘ladi. Biroq u kengayayotgan so‘z bilan bog‘langanda, grammatik aloqaga ega 
emas. Undalma mantiqan bog‘langan so‘zshakl nutq yo‘naltirilgan shaxs yoki 
narsa-predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, 
ba’zan otlashgan so‘zshakllar keladi.
45
Odatda, aloqa murojaat orqali o‘rnatiladi. 
Murojaat shaklini tanlash suhbatdoshlar o‘rtasidagi munosabatlarning qanday 
bo‘lishini aniqlaydi. Notiqlar bilan tinglovchilar, ya’ni adresatlar turli 
munosabatlar va turli ma’nodagi nutqlarda bevosita munosabatga kirishadi. 
Notiqning asosiy vazifasi tinglovchilarni o‘ziga yaqinlashtirib, ularni qiziqtirish 
orqali o‘zining nutqdan ko‘zlagan maqsadlarini adresatga aniq va tushunarli qilib 
yetkazishdan iboratdir. Bunga erishishda xurmat va samimiyat bilan murojaat 
qilish odob vositasi va “maqsadlar kaliti” sifatida xizmat qiladi.
Bunday murojaat shakllarining eng yetuk va namunaviy ko‘rinishlariga 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
nutqlari misol bo‘la oladi. Bunga siyosiy arboblarimizning turli munosabatlar bilan 
so‘zlagan nutqlari: turli bayramlar tarixiy voqealar munosabati bilan so‘zlagan 
nutqlari, yil yakunlari xususidagi nutqlari, xaqimizning turli ijtimoiy qatlamlari 
bilan uchrashuvdagi nutqlari, turli xalqaro tashkilotlar sammitlari va 
konferensiyalaridagi nutqlari, chet el vakillari va davlat rahbarlari bilan 
uchrashularidagi nutqlarida qo‘llangan murojaat shakllarini kiritishimiz mumkin. 
Bu nutqlarning murojaat bilan boshlanishi tinglovchilar diqqatini o‘ziga 
tortadi va notiqlarimizning xalqimizga butun tinglovchilariga bo‘lgan samimiy 
munosabatini ko‘rsatadi.
Siyosiy arboblarimizning nutqlarida qo‘llangan undalmalarga misollar: 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish