Shu nuqtayi nazardan qaraganda, AQShda faoliyat ko‘rsatayotgan, katta
obro‘ga ega bo‘lgan, Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni o‘rganish
markazi tomonidan
“
Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi
”
degan mavzuda
2015-yilda o‘tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot materiallari bilan tanishish ayni
muddao bo‘lur edi.
Ushbu nufuzli tashkilot shu yo‘nalish bo‘yicha o‘z xulosasini chiqarish
uchun jahon miqyosida 141 ta mamlakatda so‘rov o‘tkazib, katta yoshdagi 142
ming shaxsning fikrini o‘rgangan.
Bizning mamlakatimiz, O‘zbekistonimiz, bu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra,
dunyodagi 141 ta davlat orasida 2-o‘rinni egallaganini alohida mamnuniyat bilan
ta’kidlash lozim. Bizning bunday o‘ta muhim masala, ya’ni yurtimizda tinch va
osuda hayotni asrash va himoya qilish bo‘yicha mana shunday yuksak darajaga
ko‘tarilganimiz, bu sohada olib borayotgan ishlarimiz xalqaro miqyosda keng
e’tirof etilgani, hech shubhasiz, barchamizga g‘urur va iftixor yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasidan (22.12.2017):
Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli
ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga
kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod
namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi
yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007-yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-
joylar qurish dasturi boshlangan 2010-yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014-yilga
nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, biz keyingi 25 yil davomida birinchi
marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar
qurishni boshladik. 2017-yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana
shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining
o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga
topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir.
Joriy yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga
alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320
tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta
maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha
kapital ta’mirlandi.
Bu misollar orqali siyosiy arboblar nutqidagi aniq faktlarga tayanilishi,
maqsadning aniq ifodalanishi va boshqa nutqning aniqligiga doir tomonlarini
ko‘rishimiz mumkin.
Bundan tashqari, mantiqiylik va mazmunlilik, obrazlilik va ta’sirchanlik
kabi o‘ziga xos sifatlari ham ko‘zga tashlanadi. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy
sifatlari to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir. Chunki, grammatik
jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz
tanlangan lug‘aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir.
Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning
to‘liq borib yetmasligi, ba’zan umuman anglashilmasligiga olib keladi. Nutqni
tuzishdagi e’tiborsizlik natijasida ba’zan, hatto, mantiqsizlik yuz beradi.
37
Nutqda mantiqiylikka erishish uchun qo‘llangan so‘zlar bilan ularning
predmetlik ma’nolari mos kelishlari lozim. Boshqacha aytganda, har bir so‘z
nutqda qo‘llanganda, o‘ziga xos ma’nonigina ifodalashi shart.
Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati
bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan
tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni, bunda notiqdan faqatgina
tilni yaxshi bilish emas, o‘zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga
ega bo‘lish ham talab qilinadi.
38
Siyosiy arboblar nutqlarida bu jihatlar yaqqol
ko‘zga tashlanadi:
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqidan:
37
Jalilov S. O‘qituvchining nutq madaniyati fani bo‘yicha o‘quv metodtik majmua. – Nukus, 2012. 22-bet
38
Karimov S.A. va boshq. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish / o‘quv qo‘llanma. – T.:O‘zbekiston, 2003.
32- bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |