O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

Nutqning ta’sirchanligi. 
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og‘zaki 
nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul 
qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq 
auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim darajasidan yoshigacha, hatto nutq ijro 
etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar 
tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo‘ladi. Malakali bilimga 
ega bo‘lgan kishilar oldida jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq 
bo‘lmagani kabi, oddiy, etarli darajada ma’lumotga ega bo‘lmagan auditoriya 
oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xullas, 
notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor 
ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga etkazish vazifa qilib 
qo‘yiladi. 
Tinglovchining e’tiborini qozongan nutqqina ta’sirchan nutq hisoblanishi 
mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, suhbat mavzusini yaxshi 
bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham bo‘lishi zarur. Nutqdagi 
fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, 
tinglovchilarga avval nutq rejasini tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash 
lozim. 


So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo‘lgandagina 
quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi 
o‘rtasida samimiyat paydo bo‘ladi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki auditoriyadagi kishilar 
hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir 
subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi. 
“Notiqning auditoriya oldiga har qanday chiqishi ma’lum axborotni uzatish, 
o‘z fikr va g‘oyalarini tinglovchilar ongiga etkazishdan iborat. Ularni qabul qilish, 
tushunish esa tinglovchining hayotiy tajribasiga, ehtiyojlari va qiziqishlariga, istak 
va kayfiyatiga bog‘liq. Uzatilayotgan axborotning tinglovchi tomondan qabul 
qilinishi bir qator subyektiv faktorlarga bog‘liq. 
Avvalo, bu 

tinglovchining eshitishga va axborotni qabul qilishga ichki 
tayyorgarligi, moyilligi. Ichki tayyorlikka, mayliga qarab kishi o‘ziga 
yetkazilayotgan axborotga salbiy yoki ijobiy munosabat bildiradi, uning ongi va 
his-tuyg‘ulari faolligi oshadi yoki susayadi”. 
“Ba’zan shunday bo‘ladiki, mazmunan boy, shaklan qiziq ma’ruza ham 
tinglovchilarda chuqur qiziqish uyg‘otmaydi. Sababi shundaki, odamlarning 
diqqatini jalb etish, ma’ruza yoki suhbatga qiziqtirish uchun haq gaplarni, aniq 
dalillarni izchillik bilan bayon etishning o‘zi kifoya qilmaydi. Tinglovchilarni 
eshitishga ruhan tayyorlash zarur, ya’ni ularni tor nuqtai nazarlari doirasidan 
chiqarish kerak bo‘ladi. 
Tinglovchini o‘z nuqtai nazari doirasidan chiqarishning vositalaridan biri 

inson tafakkuriga xos bo‘lgan axborotni assotsiyali o‘zlashtirish qobiliyatidan 
foydalanishdir. Notiq tinglovchilarga ma’lum bo‘lgan voqea-hodisa, faktlardan 
oqilona foydalansa, ularning hayotiy tajribasi, bilimlariga tayansa, ularda 
ko‘tarilgan muammolarni tushunishga moyillik uyg‘otishi osonlashadi. 
Notiq bilan auditoriya o‘rtasida muloqot o‘rnatilishiga tinglovchilar 
psixologiyasining ayrim xususiyatlari ham ta’sir qiladi. Ba’zan o‘z sohasini yaxshi 
bilgan mutaxassis ham auditoriya oldida o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, natijada 
tinglovchilar ham, nutq so‘zlovchi ham qoniqish his qilmaydilar. Sababi shundaki, 


har qanday auditoriya notiqqa alohida talablar bilan yondoshadi va ma’lum 
ma’noda unga ruhiy ta’sir o‘tkazadi. 
Notiqda tinglovchilar etakchini ko‘radilar va notiq tashabbusni qo‘ldan 
bermasligi, qanchalik hayajonlanmasin, tinglovchilar oldida o‘zini dadil tutishi, 
qat’iy ovoz bilan gapirishi kerak”. 
Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot 
qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, jest va 
mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, 
xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar 
nutqning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi. 
“Qadimgi dunyoning mashhur notig‘i Demosfen ham notiqlik san’atida imo-
ishoraning roliga juda yuksak baho bergan edi. Demosfendan yaxshi nutqqa nima 
kerak, deb so‘raganlarida: u: “Imo-ishora, imo-ishora va imo-ishora! – deb javob 
bergan edi. Nutq ta’sirchanligini oshrish uchun qilinadigan imo-ishora va boshqa 
xatti-harakatlar me’yorida bo‘lishi kerak”.
28
Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, nutq 
sifatlari haqida aytilgan mulohazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning 
fazilatlarini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish 
pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish