O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

Nutqning to‘g‘riligi. 
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uning bosh kommunikativ 
xususiyati hisoblanadi. Nutqning to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi tomonlarning – 
so‘zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o‘quvchining bir-birlarini tez va oson 
tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to‘g‘ri bo‘lmasa, u aniq ham, maqsadga 
muvofiq ham, mantiqiy ham bo‘lmaydi. Demak, nutqning to‘g‘ri bo‘lishi dastlab 
uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo‘lib hisoblanadi. 
Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi asosan ikki me’yorga – urg‘u va grammatik 
me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So‘zlardagi ayrim bo‘g‘inlarning zarb bilan 
talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg‘uning tushishi hamma tillarda ham bir xil 
xususiyatga ega emas. 
 
Ma’noning to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ifoda etilishida ohangning ham 
xizmati katta. So‘zlarga qaysi yo‘sinda urg‘u berilishiga qarab ma’no ottenkalari 


o‘zgarib borishi mumkin. Masalan, nutq jarayonida 
keling
so‘zidagi samimiyat, 
piching, masxaralash, norozilik kabi ma’nolar faqat ohang yordamidagina 
reallashadi. 
Xullas, ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni 
joy-joyida ishlatish, nutqni to‘g‘ri tuzishga erishish, har bir til birligini o‘rniga 
qo‘yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan sanaladi. 
Nutqning aniqligi. 
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan 
biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi 
sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat 
qiladigan, tildan tashqarida bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. 
Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi 
narsa va hodisalar o‘rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu 
aniqlikning xuddi o‘zidir.
O‘zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik 
faoliyatida, o‘qish-o‘qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot 
jarayonida 
bunday 
kamchiliklar 
uchrab 
turibdi. 
Tildagi 
bu 
nuqsonni 
V.V.Vinogradov ham o‘z vaqtida qayd qilgan edi: “…uchinchi keng tarqalgan 
stilistik kasallik – bu so‘zning voqelikka mos kelmasligidir, so‘zning predmetdan 
uzilib qolishi – bu buzilish, hatto ba’zan uning predmet (asosiy) ma’nosini yo‘q 
qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo‘lmaslikdan, 
yozuvchilar o‘zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib 
chiqadi”. Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va 
muvofiq kelishidir. 
Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu so‘z va uning ko‘pchilik 
tomonidan qabul qilingan ma’nosi hamda uning nutqda qo‘llanishi bilan muvofiq 
kelishidir. 
Ko‘rinadiki, aniqlik nutqning asosiy xususiyati sifatida, eng avvalo, til 
tizimidagi leksik daraja bilan bog‘lanadi. “Nutq aniqligi” atamasi ostida voqelik va 
uning tildagi ifodasi bo‘lgan leksik birlik – so‘zlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik 
anglashiladi. 


Til birliklaridan sinonimlar namunaviy nutqning hosil bo‘lishiga ko‘proq 
xizmat qiladi. Chunki ular mazmunan bir-birlariga yaqin bo‘lsa ham, ma’no 
qirralariga ko‘ra farqlanadi. Ana shu qirralardagi farqlar ularni tanlab ishlatish 
imkoniyatini beradi.
21
Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham o‘ziga xos. Masalan, u 
so‘zlashuv uslubida vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiy uslubda esa u tildagi tayyor, 
qolip holidagi so‘z va iboralardan foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama 
va uning ifodalanish aniqligi asosiy o‘rinda turadi. Publitsistik va badiiy uslublarda 
esa so‘z va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari 
yozuvchining g‘oyaviy maqsadi uchun xizmat qilishi lozim bo‘ladi. 
So‘z qo‘llash aniqligining chegarasini belgilash birmuncha murakkab ish 
bo‘lib, u tilni yaxshi bilishni va uning vazifaviy uslublar doirasida qo‘llanish 
imkoniyatlarini o‘rganishni taqozo qiladi. 
Tadqiqotchilar aniq nutq yaratish uchun so‘zlovchidan quyidagilar talab 
etilishini qayd qilishgan: 
“a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan 
kerakligini ajratib, nutqda qo‘llash; 
b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama 
bilish;
v) so‘zning ko‘p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z 
nutqda qo‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko‘zda tutilayotganini aniq tasavvur 
qilish; fikrning yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik 
qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish; 
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning 
buzilishiga olib keladi; 
d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish; 
21
Ҳожиев А.
 
Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент, 1974, 30-б.


e) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, 
eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa 
kiritish.”
22

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish