O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


BIRINCHI BOB. NOTIQLIK SAN’ATI VA NUTQIY MAHORAT



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

 


BIRINCHI BOB. NOTIQLIK SAN’ATI VA NUTQIY MAHORAT. 
1.1. Nutqiy mahorat va notiqlik san’ati haqida 
Nutqiy mahorat va notiqlik san’ati butun dunyoda qadrlanadigan va 
jamiyatning barcha a’zolari uchun kerakli sifatlardir. Umumiy qaralganda, nutqiy 
mahorat va notiqlik san’ati tushunchalari nutq madaniyati sohasining tarkibiy 
qismlari hisoblanadi. Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat 
ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq 
madaniyati har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
4
Respublikamizning “Davlat tili” haqidagi qonuni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” va boshqa hujjatlarida ma’naviy-
ma’rifiy tarbiyaga, til masalalariga e’tibor berilgan. Har bir kadr, eng avvalo, o‘z 
ona tilining chinakam sohibi bo‘lmog‘i lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustidagi IX sessiyasida 
so‘zlagan nutqida: “O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, o‘z ona tilida ravon, go‘zal va 
lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida 
o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”
5
, - deb ta’kidlaydi.
Hayot davom etar, kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan notiqlik 
butun dunyo tilshunoshlik fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanaveradi. 
Bu muammoni hal etish umummadaniyatimiz taraqqiyotida, shuningdek, oliy 
ta’lim dargohlarida, o‘rta maxsus ta’lim tizimida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarda 
dars o‘tish jarayonini yaxshilash bilan ham bog‘liq. Shuni alohida qayd etish 
kerakki, bugungi kunda “Nutq madaniyati” fani barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilishi 
kishini bevosita quvontiradi. Chunki, notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish barcha 
sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday 
madaniyatli, komil inson uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi darkor. O‘zbek 
adabiy tili va uning normalarini ilmiy o‘rganish ham o‘zbek nutq madaniyati 
sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, 
4
Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q.
Nutq mahorati (o‘quv qo‘llanma). – T. 2006. 3-bet. 
5
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. 1997. 9-bet. 


adabiy til me’yorlarining umumiy holatini, undagi turli hodisalarni chuqurroq 
tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish mumkin emas.
Nutq madaniyati – tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini 
egallagan inson mukammallik, kamolot tomonga qadam tashlagan inson bo‘ladi. 
“Insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil 
qiladi”.
6
Samarali muloqot tamoyillarini ishlab chiqish va uning ko‘rinishlarini 
mukammallashtirish qadim-qadimdan ijtimoiy hamda siyosiy ahamiyatga daxldor 
bo‘lgan masalalardan hisoblangan. O‘tmishda o‘z fikrlarini ko‘pchilik oldida aniq 
va ixcham, tushunarli va ta’sirli ifodalashga alohida e’tibor berilgan. Fikr 
ifodalashda tildagi mavjud so‘z va iboralar, jumlalarni to‘gʻri tanlay olgan va 
mahorat bilan qo‘llab, kishilar bilan muloqotga kirishishni san’at darajasiga 
ko‘tara olgan kishilar notiq hisoblangan. Shuning uchun ilgarigi davrlardan beri 
notiqlik va nutq madaniyati biri ikkinchisini taqozo etadigan hamda o‘zaro 
chambarchas bogʻliq bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi. 
Nutq madaniyati – tor ma’noda til me’yorlarini egallamoq, ya’ni fonetik, 
leksik, morfologik, semantik, sintaktik me’yorlar; tafakkur, urg‘u, so‘z qo‘llash, 
gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tilning turli xil badiiy va ifoda 
tasvir vositalari, ma’no ko‘chishlaridan o‘z o‘rnida, sharoitga mos va maqsadga 
muvofiq foydalana olish, ifodali, aniq va talaffuz me’yorlariga amal qilib o‘qish 
madaniyatini egallash demakdir. Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan 
ikki xil ma’noda ishlatiladi: birinchidan, nutq madaniyati deyilganda, nutqning 
fazilatlari (sifatlari) yig‘indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan, 
nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash naqidagi ta’limotni 
anglatadi.
7
Nutq madaniyati tushunchasi bu, avvalo, aniq, mazmunli va yaxshi so‘zlash, 
ya’ni madaniy – nutqiy prosess demakdir. Ammo madaniy gapirish uchun nutqda 
xizmat qiluvchi madaniy vositalar, ya’ni aniqrog‘i, madaniy til vositalari lozim 
6
Аҳмедова Х. Ўқитувчи нутқи маданияти (Маъруза матнлари). Қўқон, 2003. 30-31-бетлар. 
7
Аҳмедова Х. Ўқитувчи нутқи маданияти (Маъруза матнлари). Қўқон, 2003. 32-33-бетлар. 


bo‘ladi. Shunga qarab aytish mumkinki, madaniy nutq ikki omil asosidagina 
yuzaga chiqa oladi: 
a)
madaniy til (adabiy til) vositalari mavjud bo‘lganda; 
b)
ushbu madaniy til vositalaridan gapirganda yoki yozganda maqsadga 
muvofiq ravishda foydalana olish. 
Keltirilgan ikki omil asosida nutq madaniyati hodisasi ham, bizningcha, ikki 
xil talqin qilinishi va nomlanishi lozim bo‘ladi: 
1.
Til madaniyati. 
2.
Nutq madaniyati yoki so‘zlashuv madaniyati.
Tilshunoslikda nutq madaniyati tushunchasi til madaniyati va so‘zlashuv 
madaniyati tushunchasiga ajratish izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushucha 
asosan, birga yoki qorishilgan holda, nutq madaniyati yoki til madaniyati atamasi 
bilan yuritilmoqda.
Nutq madaniyati tilda ma’lum me’yorga keltirilgan til birliklarining nutqda 
qo‘llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu 
me’yorga amal qilishni ma’lum ma’noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi va 
tildagi xatolar to‘g‘rilanib, kamchliklarni tugatishning eng ma’qul yo‘llari ko‘rsatib 
turiladi.
8
So‘zlovchi yoki yozuvchining kishilar bilan muloqot jarayonida o‘z oldiga 
qo‘ygan asosiy maqsadi, nutqiy vaziyat, nutq qaratilgan shaxsning ijtimoiy nufuzi, 
o‘ziga nisbatan yaqinlik darajasi, yoshi, kasbi kabi jihatlarni e’tiborga olgan holda 
kommunikativ maqsadiga mos keluvchi lingvostilistik vositalarni tanlay olishi 
hamda ularni samarali muloqotni ta’minlovchi birliklar sifatida ifodalanayotgan 
fikrlar mazmuniga singdirib yuborishi nutq madaniyatini hosil qiladi. Kishining 
nutq madaniyatini qay darajada egallaganini kommunikatsiya jarayonida xususun, 
notiqlikda, o‘z fikrlarini tinglovchilarga ta’sirchan va jozibador tarzda yetkazishida 
o‘z aksini topadi. Notiqlik Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati 
tarixining ajralmas qismi hisoblanadi.
8
Пўлатов И, Аҳмедова Х. Нутқ маданиятини шакллантириш усуллари. – Т.: “Fan va texnologiya”, 2008.64-
бет. 


O‘tmish Sharq notiqligi haqida gapirganda uni Yevropa xalqlari notiqligidan 
farqlab turuvchi belgi va xususiyatlari mavjudligini yodda tutish lozim. Ma’lumki, 
qadimgi Yunoniston va Rimda, umuman, Yevropa notiqligida ma’lum bir siyosiy 
maqsad, ijtimoiy mavqe, davlat boshqaruviga intilish maqsadlari yotadi. Sharq 
notiqligi esa ulardan farqli ravishda ma’naviy qobiqqa o‘ralganligi, dunyoni idrok 
qilishga oid qarashlarning amaliy hayotga tatbiq etishga qaratilganligi, pand-
nasihat ruhi bilan ulardan ajralib turadi
.
Nutqiy mahorat sohiblari va notiqlik san’atini yuqori darajada egallagan 
kishilar har qaysi davr va har qaysi makonda yuksak ehtiromga sazovor shaxslar 
hisoblanadi. Qadimgi Yunoniston va Rim notiqlari Aristotel, Demosfen, Sitseron, 
Kvintilian kabi nazariyotchilarning hayotiy tajribalari ham bunga misoldir. Ular 
kishilik jamiyatida ritorika va notiqlik san’atining o‘ziga xos maktabini yaratdilar. 
Sitseronning “Notiqlik haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari, Mark Fabiy 
Kvintilianning “Notiq bilimi haqida”, Aristotelning “Ritorika” kabi asarlari ham 
qadimgi Gretsiya va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi ancha 
rivojlanganligini ko‘rsatadi.
9
Buni quyidagi jahonning buyuk notiqlari va nutq 
mahorati sohiblarining fikrlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Jumladan, qadimgi Rimda notiqlik san’ati sarkardalik mahorati bilan 
tenglashtirilgan va shu darajada ulug‘langan. Mashhur notiq Sitseron: “Tarixda yo 
yaxshi harbiy sarkarda, yo yaxshi notiq bo‘lish kerak”, 

degan ekan. Bu gapda 
katta hikmat bor.
10
Katta harbiy sarkardalarning qo‘l ostida ko‘p sonli askarlari 
bo‘lishini inobatga olsak, bu o‘xshatishning nechog‘lik to‘g‘ri qo‘llanganiga amin 
bo‘lamiz.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati va notiqlik san’ati 
o‘ziga xos mavqega egaligini ko‘rishimiz mumkin. Sharqda, jumladan, 
Movarounnahr va Xurosonda notiqlik san’ati, voizlik, ya’ni va’zxonlik san’ati 
“Qur’oni Karim”ni targ‘ib qilish bilan birgalikda so‘zning ahamiyati, bildirgan 
ma’nosi va undan o‘z o‘rinda o‘rinli foydalanish, to‘g‘ri va aniq qo‘llash borasida 
9
Rasulov R., Husanov N., Mo‘ydinov Q. Nutq mahorati (o‘quv qo‘llanma). – T. 2006. 5-bet. 
10
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – T. 1992. 6-bet. 


ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtayi nazardan qaralsa, “Nutq odobi”, 
“Muomala madaniyati” kabi nomlar bilan yuritilib kelingan “nutq madaniyati” 
tushunchasi juda qadimdan olimlar, faylasuflar, mutafakkirlar va ziyolilarning 
diqqatini tortgan: Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Abulfayz Zunnun, Shibliy, 
Ro‘zbehon Nisaviy, Sheroziy, Mavlano Irshod, Ibrohim Balxiy, Mavlono Riyoziy,
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, 
Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad 
Yugnakiy, So‘fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin 
Muhammad Bobur kabi ulug‘ siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa 
jiddiy e’tibor berish bilan birga tilga, yozuvga, lug‘atga, grammatikaga va 
mantiqshunoslikka, ritorikaga oid asarlar yozganlar.
Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o‘zining “Geodeziya” asarida har 
bir fanning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar 
talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari 
ham shu ehtiyojning hosilasidir.
11
Buyuk mutafakkir alloma, qomusiy olim, ulug‘ vatandoshimiz Abu Nasr 
Forobiy to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va 
chiroyli nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati 
kattaligi haqida shunday deydi: “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni 
qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga 
kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism 
beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman...”.
12
Kaykovus tomonidan 1082-1083-yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq 
pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan “Qobusnoma” da ham nutq 
odobi va madaniyati haqida ibratli fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo‘lib, 
uning 6-7-boblari so‘z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali 
o‘quvchini yoqimli, muloyim, o‘rinli so‘zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi.
11
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. 
– 
T. 1993. 7-bet. 
12
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. – T. 1992. 6-bet. 


So‘zlaganda o‘ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko‘z oldiga 
keltirib, gapirish kerakligini, kishi kamtar bo‘lishi, o‘zini xalq orasida oddiy tutishi 
lozimligini eslatib, mahmadonalik qilish, ko‘p gapirish donolik belgisi emasligini 
shunday ifodalaydi. “Ey farzand, sen har qanday notiq bo‘lsang ham, o‘zingni 
bilganlardan pastroq tutgil, toki so‘z bilimdonligi vaqtida bekor bo‘lib 
qolmagaysan.
Ko‘p bil-u, oz so‘zla, kam bilsang, ko‘p so‘zlama. Chunki, aqlsiz kishi ko‘p 
so‘zlaydi, deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir. Ko‘p so‘zlovchi aqlli odam 
bo‘lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi... ”. 
Ulug‘ shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy 
yodgorligi bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida so‘zlarni 
to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri qo‘llash haqida: “Bilib so‘zlasa, so‘z bilig sanalur”, 

deb 
nutq mahorati haqida fikr bildirgan edi. Qisqa so‘zlash, so‘zlarni iloji boricha oz va 
soz so‘zlash, so‘zlarga ko‘proq ma’no yuklash haqida:

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish