O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana30.06.2022
Hajmi1 Mb.
#720387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
siyosiy arboblar nutqining leksik-stilistik xususiyatlari

So‘zingni ko‘dargil boshing bormasin,
Tilingni ko‘dargil tishing sinmasin... 
(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing 
ketmasin, Tilingga ehtiyot bo‘l tishing sinmasin...) 
Bir so‘z bilan aytganda, nutq madaniyatining ahamiyatlilik darajasi muhim 
va hamma vaqt inson egallashi kerak bo‘lgan xislatlarning oldingi o‘rinlarida 
turadi. Uning natijasi sifatida esa notiqlik san’ati va nutq mahorati turadi. 
1.2. Notiqlik san’ati. Uning turlari va uni hosil qiluvchi asosiy sifatlar 
Notiqlik san’ati juda ham qadimiy tarixga ega. Bu san’at G‘arbda va 
Sharqda qadimdan rivojlangan. Sharq notiqlaridan Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz 
Koshifiy, Muin Voiz, Navoiy va Boburlarning nutqlari va asarlari buning yorqin 
dalilidir. Har bir davrda notiqlik san’atiga o‘ziga xos e’tibor qaratilgan, notiqlik 


san’ati o‘sha davrning g‘oya va mafkurasiga bo‘ysundirilgan. Shunga qaramasdan, 
notiqlik mahoratini ifodalovchi bir qator omillar mavjud. Ma’lumki, har bir kishi 
o‘z nutqining mazmunli, chiroyli va ta’sirchan bo‘lishini orzu qiladi. Ammo bu 
orzuni amalga oshirish ancha mushkul va qiyin, chunki har bir inson o‘ziga xos 
bilimlarga, xislatga va imkoniyatga ega. Qolaversa, nutq jarayonidagi holat ham 
notiqqa o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: tinglovchilarning kam yoki ko‘pligi, auditoriyaning 
katta yoki kichikligi, qatnashuvchilarning tarkibi va saviyasi, notiqning tajribasi va 
mahorati, qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday kishi ham, notiqlik 
mahoratining egallashi mumkin. Buning uchun, eng avvalo, notiqlik mahoratini 
egallash uchun kuchli qiziqish va o‘z ustida uzluksiz, tinimsiz ishlash kerak. Bu 
o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, mashhur va taniqli notiqlar bu maqsad yo‘lida 
tinimsiz mehnat va mashq qilganlar.
Nutqning mohiyati uning madaniyligi, ommaviyligi va ijtimoiy qimmati 
bilan belgilanadi. “Madaniy nutq”, “nutq madaniyati”, “notiqlik” degan so‘zlar 
mavjud.
Nutqning xarakteri ularning mohiyatini bilish bilan izohlanadi. Ularning 
lingvistik birlik sifatida o‘z xususiyatlari bor. Ularni o‘zaro fikr almashishdagi 
nutqiy jarayonlarning bosqichli shakllari deyish mumkin. Bular to‘g‘ri nutq 

nutq 
madaniyati 

notiqlikdir. To‘g‘ri nutq hozirgi o‘zbek adabiy til normalariga rioya 
qilib tuzilgan nutqdir. Yuqori nutq madaniyati esa, S.I.Ojegov fikricha “bu 
fikrlarni til vositalari bilan to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir”. Notiqlik 
esa og‘zaki nutq madaniyatining yuqori darajasi, yetuk nutqiy san’atdir. Nutq 
madaniyati aslida, adabiy til mezonlari asosidagi nutqiy faoliyat, nutqiy malaka, 
nutqiy ko‘nikma birligidan iborat. “Adabiy tilsiz nutq madaniyatini tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Adabiy til nutq madaniyatining to‘g‘ri so‘zlash va yozishning o‘lchovi, 
mezonidir”.
17
Aslida, “Notiq” 

so‘zi arab tilidan olingan. U nutq, mantiq so‘zlari bilan 
o‘zakdoshdir. Nutq so‘z va tafakkurning uzviy bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. 
Notiq boshqa odamlar xulq-atvoriga va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida 
17
Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. T.: O‘qituvchi, 1992. 27- bet.


ularga so‘z orqali ta’sir etuvchi shaxsdir. Notiqning tafakkuri va ongi uzviy 
bog‘liqdir. Notiq mantiqiy fikrlash xususiyatiga ega bo‘lgan hamda idroki, xotirasi, 
o‘y-xayollari, irodasi, so‘zamolligi, gapga chechanligi, bilimliligi bilan oddiy 
odamlardan farqlanuvchi shaxsdir.
Bizda qadimdan so‘zga chechan, so‘z san’atkorlari – notiqlar bo‘lganlar va 
xalq ichida turli sohada xalqqa xizmat qilganlar. Jumladan:
“Askiyachi”

arabcha “zakiy” so‘zidan olingan bo‘lib, “hozirjavob, o‘tkir 
zehnli” degan ma’nolarni anglatadi. Jamoat oldida ma’lum mavzu bo‘yicha badiiy 
so‘zda o‘z qobiliyatini namoyon qilib tortishuvchi kishi askiyachi deyiladi. 
Askiyada ikki va undan ortiq kishi lkki ma’lum guruhlar o‘zaro musobaqalashadi. 
Askiyachi hozirjavob bo‘lishi, ko‘p ma’noli kulgili, ta’sirli va qochirimli 
so‘zlashishi lozim. U ona tilining boyliklari yaxshi bilishi, kinoya, qochirim, hazil, 
masxara, kesatiq, o‘xshatish, mubolag‘a kabi san’atlardan unumli foydalanishi 
lozim. Askiyachining vazifasi kulgi orqali odamlarga zavq berish, ularning bilimi 
va aqlini charxlash, hozirjavob bo‘lishga o‘rgatishdir.
Askiyachining turlari ko‘p: payrov, safsata, o‘xshatdim, qofiya, laqab va 
boshqalar. O‘zbek xalqi qadimdan to‘y, sayil va bayramlarda askiya bo‘yicha 
musobaqalar o‘tkazib keladi. Askiyachilik rivojiga Dehqon Shernazarov, Erka qori 
Karimov, Yusufjon Shakarjonov, Aka Buxor Zokirov, Ijroqo‘mbuva Aminov, 
Abdulxay maxsum Qozoqov va boshqalar katta hissa qo‘shishgan.
“Badihago‘y” 

arabcha badiha 

go‘y 

so‘zlovchi so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, hozirjavob va chechan kishilarning she’riy yo‘sinda birdaniga so‘z, she’r 
yoki qo‘shiq aytishidir. Badihago‘y asarni ijod etadi yoki unga ma’lum bir 
o‘zgartishlar kiritadi. Badiha erkin tarzda ijod va ijro etilgan asar bo‘lib, 
badihago‘ydan katta tajriba va yuksak iqtidor talab etadi. Badihago‘ylikning tur va 
janrlari ko‘p bo‘lib, eng ko‘p tarqalgani baxshichilikdir. Pulkan shoir, Ergash 
Jumanbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Islom shoir va boshqalar baxshilik 
(badihago‘ylik) san’atiga munosib hissa qo‘shganlar.
“Voizlik”

arabcha “va’z” so‘zidan (“da’vat”, “xitob” ma’nosida) olingan 
bo‘lib, islomda odamlarni ezgulikka va yaxshilikka chaqiruvchi, jamoat oldida 


nutq so‘zlovchi shaxsni anglatadi. Al Basriy islomdagi ilk voiz bo‘lgan. Taniqli 
olimlar, shoirlar, din arboblari ham voizlik san’atiga munosib hissa qo‘shishgan. 
Ayniqsa Mavlono Rilziy, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Rumiy va boshqalar 
o‘z nutqlari bilan mashhur bo‘lganlar. Voiz xushovoz, ishontiradigan, ta’sirchan 
gapiradigan, talaffuzi aniq va ravshan, yuksak bilimli va madaniyatli, bir necha 
tillar egallagan shaxs bo‘lgan. Keyinchalik voizlikning ahamiyati oshib nafaqat 
islomiy ma’ruza balki silsiy va xalqaro ahvolga bag‘ishlangan ma’ruza, bahs va 
munozarani qamrab olgan. Juma namozi va hayit kularida voizlik xalq oldida nutq 
so‘zlaganlar. Voizlik san’atining rivojlanishi natijasida uning yangi tarmoqlari 
vujudga kelgan:
a)
xatiblik - diniy va siyosiy ma’ruza;
b)
muzakkirlik - diniy-axloqiy masalalar;
c)
dabirlik - davlat miqyosidagi yozishmalar va uni o‘qib berish.
“Maddoh” 

arabcha “madh” (“maqtov”, “ta’rif”) so‘zidan olingan bo‘lib, 
biror shaxs yoki narsa, voqeani madh etuvchidir. U asosan diniy mavzularda, 
xususan, Muhammad payg‘ambar va choriyorlarning hayoti hamda xislatlari 
haqidagi ma’lumotlardan badiha tarzida aytuvchi hisoblanadi. Diniy baytlarni, 
g‘azallarni va hikoyalarni baland ovozda keng xalq ommasi oldida ravon va ifodali 
aytish maddohning asosiy vazifasi hisoblanadi. Demak, maddohlik diniy aytish 
yo‘li bo‘lib ijrochidan notiqlik mahoratini talab qilgan. Keyinchalik maddoh 
so‘zining yana bir ma’nosi yuzaga keldi. Biror shaxsni, xislatni yoki g‘oyani 
haddan ortiq maqtovchi ham maddoh deb yuritila boshladi.
“Suxandon” 

forscha “suxan” (“so‘z”) so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zga 
chechan so‘z ustasini anglatadi. Suxandon turli mavzularda nutq so‘zlaydigan 
madaniyatli va ma’rifatli shaxs hisoblanadi. Uning auditoriyasi nihoyatda katta: 
turli bayramlarda keng xalq ommasi oldida, marosim va tadbirlarda, anjuman va 
kechalarda va boshqalarda. Mumtoz adabiy merosimizning bilimdoni Nusratullo 
Atoulloh o‘g‘li Jumaxo‘ja suxandonlikning o‘tmishdagi va hozirdagi ahvoloti 
borasida fikr yuritib, uning rasmiy va norasmiy davrlaridagi talablar bilan bog‘liq 
mulohazalarni ilgari suradi. “Suxandonlikning quyidagi asosiy shartlari bor: 


birinchidan, u ma’naviy-axloqiy yetuk, ma’rifatli zot bo‘lsin, ikkinchidan, yoshi 
ulug‘roq, hayotiy tajriba ko‘rgan bo‘lsin, uchinchidan, el taniydigan va elni 
taniydigan bo‘lsin, to‘rtinchidan, nutqiy kamchiligi bo‘lmasin, beshinchidan, 
ko‘rinishi ko‘rkam, nuroniy va yoqimtoy bo‘lsin, oltinchidan, davra tashkilotchisi 
yoki to‘y-ma’raka egasiga yaqin bo‘lsin, yettinchidan, davra qatnashchilari, 
xonadon ahli, mehmon-u mezbonlarning asosiy qismini taniydigan kishi bo‘lsin”.
“Diktor” 

lotincha “diktor” (“so‘zlovchi”) so‘zidan olingan bo‘lib, radio va 
televideniyada nutq so‘zlovchi shaxsdir. Diktor so‘zi ikki ma’noda qo‘llaniladi: 
1) telekamera yoki mikrofonda tayyor matnni xush ovozda ifodali va to‘g‘ri 
talaffuzda o‘qib beruvchi shaxs;
2) matnga qaramasdan uni ravon va chiroyli gapiruvchi shaxs.
Diktorning ikkinchi ma’nosiga xos xislatga ega bo‘lgan notiqlar diktor 
so‘zini suxandonni so‘zining sinonimi sifatida ishlatishadi. Notiqlik san’atining 
nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha taniqli mutaxassis Rahimboy Jumaniyozov 
bu haqda shunday yozadi: “Qiroatxonlik” 

ta’sirchan, ifodali o‘qish san’ati. 
Aslida, qissaxonlik ham uning bir ko‘rinishi. O‘ziga xos o‘qish yo‘li va uslubini 
o‘z ichiga olgan bu san’at qiroat qoidalari bilan turli xalqlarda mavjud bo‘lgan. 
Yevropada nazmni nasrga, nasrni nazmga moyil qilib o‘qish usulida ham 
qiroatxonlikning ayrim qirralari bor. Qiroat oddiy so‘zlashuv uslubi va ohangidan 
farq qilgan holda musiqiylikka moyilligi bilan ajralib turadi. Arabiy qiroat talabi, 
tajvid qoidalari bilan o‘qiluvchi Qur’on tilovati shunga misoldir. Qur’on yoddan 
yoki manbaning o‘zidan o‘qiladi. Har ikkalasida ham qiroatga rioya etiladi. 
So‘zlash bilan qo‘shiq orasidagi ohang asnosida o‘qiladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish