siyosiy-ijtimoiy va siyosiy – iqtisodiy nutq;
-
sessiya, konferensiyadagi nutq;
-
siyosiy nutq;
-
diplomatik nutq;
-
siyosiy sharh;
-
harbiy vatanparvarlik nutqi;
-
tabrik so‘zlari;
-
murojaatnomalar.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevlarning nutqlari bir qator o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Jumladan, xalqona tili, samimiyligi, mazmundorligi, obrazliligi, ta’sirdorligi,
tozaligi, ko‘zlangan maqsadni aniq ifodalashi, to‘g‘riligi, aniq faktlarga tayanishi,
xalqning ichki kechinmalari, orzu-umidlarini o‘zida aks ettirishi, mantiqiyligi, xalq
og‘zaki ijodi namunalari va buyuk ajdodlarimizning hikmatli so‘zlarini o‘zida
mujassamlashtirishi bilan ajralib turadi.
Xususan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hamda Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevlarning nutqlarida asosiy ko‘zga tashlanadigan jihatlardan biri
bu – xalqona tili, nihoyatda soddaligi va samimiyligidir. Nutqning bu jihatlarini
ta’minlashda xushmuomalalik, o‘zbek adabiy tilini nihoyatda yaxshi bilishi,
xalqning orzu – umidlari, ichki kechinmalarini yurakdan his qilishi, xalq og‘zaki
tiliga xos maqollar, matallar, aforizmlar namunalaridan ko‘plab foydalanishi, xalq
tarkibidagi har bir ijtimoiy guruh, sotsiumlar tillariga xos so‘zlardan foydalanishi,
sodda qilib aytsak, dehqon bilan dehqonchasiga, bog‘bon bilan bog‘bonchasiga,
hunarmand bilan hunarmandchasiga, tadbirkor bilan tadbikorchasiga gaplashishi
va boy tajribasi muhim rol o‘ynagan. Siyosiy arboblar nutqlarining o‘ziga xos bu
jihatlarini quyidagi misollar orqali ko‘rishimiz mumkin:
Mustaqillik, istiqlol degan ulug‘ ne’mat, avvalo, xalqimizga erkinlik va ozod
hayotni bergan, insoniy sha’nimiz, milliy ongimiz, qadr-qimmatimizni tiklab,
barchamizga o‘zligimizni anglash tuyg‘usini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyat
va urf-odatlarimizni qaytarib bergan, Vatanimiz tarixida hech narsa bilan qiyoslab
bo‘lmaydigan buyuk sanadir. Yurtimiz qanday ulkan va noyob boyliklar makoni,
aziz-avliyolar, buyuk allomalar, olim va mutafakkirlar vatani ekanini, biz qanday
betakror meros, qanday ulug‘ zotlarning vorisi ekanimizni kim bilardi?
Aziz farzandlarim, hech qachon unutmang: siz erishgan marra va
yutuqlaringiz xalqimiz, elimiz erishgan yutuqlar deb hisoblayman, sizning bugungi
va ertangi kuningiz yanada yorug‘ bo‘lishi uchun bor kuchimni ayamayman.
Yoshlar haqida qancha gapirsam, charchamayman. Bu haqda gapirganda,
ochig‘ini aytsam, o‘zimni ham xuddi yasharib ketgandek his qilaman.
30
“Haqiqatan ham, bunday yoshlarimizni, ertangi kunimizning tayanchi va
suyanchi, davomchisi bo‘lgan, tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan
farzandlarimizni ko‘rib, ularning chehrasiga boqib, oldimizda turgan barcha-
barcha yuksak marralarni egallaymiz, ezgu maqsadlarimizga erishamiz, o‘z
murodimizga yetamiz, degan ishonchimiz yanada mustahkamlanadi.
30
Prezident.uz.// www.google.co.uz/#q=islom+karimov+nutqlari&btnK=Поиск в Google// 01.09.2014. Prezident
Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi tabrik so‘zi. ˃24.01.2017.
Ollohdan tinchlik, osoyishtalik berishini, yomon ko‘zlardan asrashini
so‘raymiz.
So‘zimning nihoyasida muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni bugungi
qutlug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barcha-barchangizga uzoq umr,
sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.”
31
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
tabrik so‘zidan:
–
Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar!
Shu tarovatli kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz
orziqib, sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
Ming yillar davomida ma’naviy hayotimizning ko‘rk-u ziynati bo‘lib
kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch
va zavq bag‘ishlamoqda.
Mana shunday fayzli, shodiyona ayyomda barcha shahar va tumanlarda,
qishloq
va
ovullarda
Navro‘z
saylini
o‘tkazayotgan
barcha-barcha
yurtdoshlarimga yuksak hurmatim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!
Sharqona Yangi yilimiz – Navro‘zi olamning qadami qutlug‘ va barakali
kelsin!
Aziz yurtdoshlar!
Barchamizga ma’lumki, Navro‘z – yangi kun, yangi fasl demakdir.
Bugun ona tabiat bag‘rida yangilanish va yasharish fasli boshlanmoqda.
Jonajon O‘zbekistonimiz ham bugun o‘z milliy taraqqiyotining yangi
davriga qadam qo‘ymoqda.
Bu – erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlikning
yangi, yuksak bosqichidir.
Bu – “Xalq manfaati hamma narsadan ulug‘” degan ezgu g‘oya amaliy
ishlar bilan o‘z tasdig‘ini topayotgan davrdir. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy
31
Prezident.uz //www.google.co.uz/#q=islom+karimov+nutqlari&btnK=Поиск в Google//
09.05.2014.Prezidentimiz Islom Karimov 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tadbiridagi so'zlagan
nutqi. ˃ 24.01.2017.
korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va
shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shayotgan davr bu.
Bu – jahon hamjamiyati bilan, eng avvalo, yaqin qo‘shnilarimiz bilan
do‘stlik va hamkorlik eshiklari keng ochilayotgan zamondir.
Bu – o‘zgarib, kuch-qudratga to‘lib borayotgan, dunyo ahli e’tirof etayotgan
yangi O‘zbekistondir.
Ayni vaqtda bularning barchasi – biz tanlagan olis va mashaqqatli yo‘ldagi
dastlabki qadamlardir.
Bugun ko‘pni ko‘rgan, mard va olijanob xalqimiz o‘zining fidokorona
mehnati bilan, kelajakka mustahkam ishonchi bilan shonli tariximizning yangi
sahifasini yaratmoqda.
Ushbu qutlug‘ ayyomda mana shunday mehnatkash, matonatli, bag‘rikeng,
Vatanga sadoqatli xalqimizga farzandlik mehrim bilan chin yuragimdan ta’zim
qilaman. Aziz va muhtaram vatandoshlar! Bepoyon yurtimizni qamrab olgan xalq
sayillarida bugun «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» degan ezgu tilaklar
yangramoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevlarning bu nutqlarida notiqlikning mukammal shaklini uchratishimiz
mumkin. Bu nutq parchasida notiq nutqida mujassam boʻlishi kerak boʻlgan barcha
jihatlar: xalqona tili, nihoyatda soddaligi va samimiylik, xushmuomalalik, qisqalik,
o‘zbek adabiy tilini nihoyatda yaxshi bilishi, savodxonlik, xalqning orzu-umidlari,
ichki kechinmalarini yurakdan his qilishi, xalq og‘zaki tiliga xos maqollar,
matallar, aforizmlar namunalaridan ko‘plab foydalanish kabi oʻziga xos jihatlar
koʻzga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |