Buyuk simolar
1 – boshlovchi buyuk mutafakkir g`aza mulkining sultoni mir Alisher Navoiy shox va shoir Zahiriddin Muhammad bobur bobolarimiz tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar Assalomu alaykum.
2 – boshlovchi Davron elining jismida jon bo`lg`on mo`tabar ustozlar assalomu alaykum
1 – boshlovchi
Jaxonki muqaddas ne`ni ko`ribdi
Bariga onasan ey qodir hayot
Asrlar qaridan boqib turibdi
Nurli bu yuzlarga nuroni bir zod
2 – boshlovchi
Shu buyuk o`g`ilni ardoqlab dildan
Halqim ta`zim etsang arzigay tamom
Uning nomi bilan birga bitilgan
Dunyo daftariga o`zbek degan nom
Hurmatli ota – onalar va ustozlar endi navbatni 20 – MTT tarbiyalanuchilarining bobolarimiz she`r va g`azallaridan bahramand bo`lamiz
Bola:
G`urbatta g`arib shodimon bo`lmas emish
E`l anga shafiqu mehribon bo`lmas emish
Oltin qafash ichra gar qizil gul bitsa
Bul – bulga tingkonga oshiyon bo`lmas emish
Bola:
Assalomu alaykum ming bor ehtirom
sizga ta`zim qilur baxtiyor avlod
dilimizda qutlug` nomingiz ulug`
Zahiriddin Muhammad bobur bobojon
Bola:
Tole yo`qki jonimg`a bololig` bo`ldi
Har ishniki ayladim xatoliq bo`ldi
O`z yerini tashlab hind sari yuzlandim
Yo rab ne yuz qaroliq bo`ldi
Bola:
Tilga ixtiyorsiz e`lga e`tiborsiz
Bola:
Ko`z birla qo`shing yaxshi qabog`ing yaxshi
Yuz birla so`zing yaxshi dudog`ing yaxshi
Bola: Alisher Navoiy hayoti va ijodi
Alisher Navoiy buyuk mutafakkir istedotli shoir olim va davlar arbobi edi u 1441-yilda Hirod shahrida tavallud topdi Alisher Navoiy juda ziyrak aqilli odobli bola bo`lgan u uch yoshidan boshlab she`r aytish musiqa tinglashni nihoyatda yaxshi ko`rgan.
Bolajonlar ijrosida RAQS.
Bola: Harkim-ki vafo qilsa vafo topqusidur
Har kim-ki javo qilsa jafo topqusidir
Yaxshi kishi ko`rmagay yomonlik hargiz
Harkimki yomon bo`lsa jazo topqusidur
Bola:
Asrlar taqdirin oldindan ko`rgan
adolat uyiga poydevor qurgan
ellarga quyoshdek maqbul kitobi
jaxonda nur sochar hamsa oftobi
Bola:
Bilmagandi so`rab o`rgangan olim
orlanib so`ramangan o`ziga zolim
Bola:
Eng birla mening yaxshi saqog`ing yaxshi
Bir – birin deyin boshtin ayog`ing yaxshi
Bola:
Mexr ko`p ko`rgizdim ammo mehribone topmadim
Jon base qildim fido oromi jone topmadim.
Bola: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi
Zahiriddin Muhammad bobur atoqli Davlat arbobi buyuk sarkarda shu bilan birga istedodli shoir tadbirkor olim va tarjimon bo`lgan u 1483 – yilda Andijon shahrida tug`ilgan otasi Umarshyx Mirzo temuriylardan bo`lib Farg`ona viloyatiga hokimlik qilgan.
ON HIDI
Hirotning sultoni Husayn Boyqaro: “Dunyodagi eng yahshi hidni keltiring!” deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi, sulton: “Yo‘q”, debdi. Qalampirmunchoqni ro‘baro‘ qilishibdi, rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki xushbo‘y hidli narsalarni muhayyo qilishibdi, sulton bo‘lsa: “Men aytgan bu emas” deb turib olibdi. Keyin:
Uch kun muhlat ichida topsalaring toplaring, bo‘lmasa hammangni jazoga torttiraman, — debdi.
Vazirlar nima qilishni bilolmay, o‘ylayverib boshlari qotibdi. Husayn Boyqaro istagan hidni topisha olmay, oxiri Navoiyning oldiga borishibdi.
Sultonimiz aytgan hidni topib, bizni halokatdan saqlab qoling, — deyishibdi.
Do‘stining ko‘ngli qanday hidni istaganini bilolmay Navoiyning ham boshi
qotibdi. Dehqon bobodan so‘r igan ekan, u:
-VYangi yopilgan nondan olib boringlar-chi, otam rahmatli dunyoda eng lazzatli va yoqimli hid — qayroqi bug‘doy unidan yopilgan tandir non, hech qaysi hid unga yetolmaydi, deguvchi edilar, — deb maslahat beribdi.
Navoiy xursand bo‘lib, dehqon aytganini qilib, bir savat non yoptiribdi-da, saroyga yetib boribdi. Bir zumda saroyga ajib yoqimli hid tarqab, barchaning dilini yashnatib yuboribdi.
Rahmat do‘stim, — debdi Husayn Boyqaro nonlarni ko‘rib, — ko‘nglim yangi yopilgan non isini qumsayotgan edi, topib kelibsiz. Dunyoda yangi yopilgan nonning isidan ko‘ra yoqimliroq hid yo‘q...
Sultonim, rahmatni menga emas, dehqon boboga ayting, ko‘nglingizning xohishini shu kishi topdi, — deb javob beribdi Navoiy.
Husayn Boyqaro dehqonga bosh-oyoq sarpo berishni buyuribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |