Chekli transformatsiya normasi nimani ifodalaydi? Talab va taklifning bozordagi ahamiyati



Download 21,1 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi21,1 Kb.
#343356
Bog'liq
Variant 7


Variant 7

  1. Chekli transformatsiya normasi nimani ifodalaydi?

  2. Talab va taklifning bozordagi ahamiyati.

  3. Talab va taklifning o`zgarishi.

1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘ining yotiqligi chekli transformatsiya normasi (CHTN) ni beradi, ya'ni u qo‘shimcha bir birlik vino ishlab chiqarish uchun qancha miqdorda savat ishlab chiqarishdan voz kechish kerakligini ko‘rsatadi. Savat ishlab chiqarish bilan vino ishlab chiqarishni almashtirish koeffitsiyenti, ya'ni savat ishlab chiqarishni vino ishlab chiqarishga chekli transformatsiya koeffitsiyenti Chekli transformatsiya koeffitsiyenti oila bir tovardan qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha hajmda ishlab chiqarishdan voz kechish kerakligini bildiradi. Demak, oila 10 litr vino ishlab chiqarishga sarflaydigan bir ish kunini savat to‘qishga sarflasa, u 20 dona ortiqcha savat ishlab chiqarigan bo‘ladi.

2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Talab va Taklif birgalikda bozordagi narxlarni belgilashda ishlaydi.Bozor iqtisodiyotida talab va taklif baho orqali bir-biri bilan bog’lanadi. Ular juda o’zgaruvchan bo’lib, bunga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p. Bozor iqtisodiyoti talab va taklifning mos kelishini taqozo etadi. Bunday moslik bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining talabidan kelib chiqadi. Chunki, busiz iqtisodiy o’sish amalga oshmaydi.Bozordagi haqiqiy baho talab bilan taklifning o’zaro harakati tufayli yuzaga keladi. Talab va taklif muvofiq bo’lgandagi baho muvozanat baho deyiladi. Talab va taklifning bir-biriga monand bo’lishi bozor iqtisodiyotining eng muhim talabidir. Faqat talab va taklif bir-biriga mos kelgan sharoitdagina oldi-sotdi barqaror amalga oshadi. Talab va taklif miqdori, ularning tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelgan mana shu holat bozor muvozanatidir. Shu asosida iqtisodiy o’sish yuz beradi, ishlab chiqarish rivojlanadi, iqtisodiyot borgan sari o’sadi.Bozorni asosan talab va taklif, raqobat, baho kabilar shakllantiradi, tartibga solib turadi. Talab va taklif qonuning harakati va bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti insoniyat jamiyati uchun juda ahamiyatli bolgan barcha boyliklardan foydalanish samarasini kotarish va inson manfaatiga qaratishda katta imkoniyatlar yaratishini qayd qilish mumkin. Bunda resurslardan tola foydalanish, tabiiy boyliklar samarasini kotarish, yangi-yangi texnalogiyalar tufayli yangi xom-ashyo, materiallarni yaratish juda ahamiyatlidir. Hozirgi texnalogiya asosan kam xarajat, ayniqsa kam moddiy sarfli ishlab chiqarishni yuqori darajaga kotargan bolib, bularning hammasi bozor talabi natijasidir. Ishlab chiqarishning talab asosida har tomonlama va keng miqyosda taraqqiy eta olishi inson turmish tarzining yuqori darajasini taminlab boradi. Talab va taklif qonuni ta’sirida rivojlanayotgan iqtisodiyot mavjud imkoniyatlardan inson manfaati uchun eng samarali foydalanish imkonini tug`diradi. Bozor iqtisodiyotining ustunligi ham avvalo shu bilan belgilansa kerak.

3. Taklifning elastikligi. Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon’yunkturasidagi ayrim omillarning o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisientidan foydalaniladi.Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlarining mavjudligi. O‘sib borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushirish evaziga qondirilishi mumkin.

2. Sotish uchun taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning turlari. Tez o‘zgarib turadigan va bu jarayonda qo‘shimcha sarmoya talab qilmaydigan tovar, xizmatlar, texnologiya va ishlab chiqarish hajmlari boshqalarga nisbatan taklif elastikligi yuqoriroqdir.

3. Tayyorlangan tovarni uzoq muddat saqlash imkoniyatining mavjudligi. Agar firmada bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, u zahirada yig‘ilgan mahsulotlar evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Shunga muvofiq, uning taklifi ham narxlar o‘zgarishiga nisbatan yanada elastikroq bo‘ladi.

4. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan minimal hajmdagi harajat. Zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarning hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif elastikligi ham shunchalik past bo‘ladi.

5. Bozor kon’yunkturasi. Tovar defitsiti sharoitida ishlab chiqaruvchilar aniq hajmdagi tovarni yuqori narxda sotsh imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday sharoitlarda taklif noelastik bo‘ladi.

6. Vaqt oralig‘i. Vaqt oralig‘i qanchalik uzoq bo‘lsa, ishlab chiqaruvchida shunchalik narxlarni o‘zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug‘iladi va taklifning elastikligi ham ortib boradi.

5.Talabning narx bo'yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilish.Shunday qilib, agar talab elastik bo’lmasa, narxning o‘sishi daromadning o‘sishiga, kamayishi daromadning kamayishiga olib keladi va bunday holda sotuvchilar faqat narxni oshirish orqali daromadni oshirishi mumkin.



Talab elastikligi. Talab qonuni narx bilan bog’liq ravishda talabning o’zgarishini ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarganini ko’rsatmaydi. Iqtisodiy vaziyatni to’g’ri baholash uchun esa talabni qanchalik o’zgarishini bilish muhim ahamiyatga ega. Shunday mahsulotlar borki, narxning ozgina o’zgarishi xarid qilinayotgan tovar miqdorini ancha o’zgarishiga olib keladi. Ba’zi mahsulotlar esa narxini kattagina o’zgarishidan qat’i nazar sotib olinadigan tovar miqdorini o’zgarishiga uncha ta’sir qilmaydi.

Iqtisodchilar narxlarning o’zgarishi talabning qanday o’zgarishiga olib kelishini ifodalovchi ko’rsatkich sifatida iqtisodiy nazariyaga talab elastikligi tushunchasini kiritishgan. Bozor iqtisodiyotida talab elastikligi muhim iqtisodiy tushuncha bo’lib, u xaridorning bozorda tovar va narxlar o’zgarishiga reaktsiyasini, ya’ni narxning o’zgarishi xaridorga qanday ta’sir qilishini ifodalaydi. Elastiklik tovar miqdori va narxi qanday absolyut birliklarda o’zgarishida emas, balki nisbiy o’zgarishlar bilan belgilanadi va u elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. U narx o’zgarishiga ko’ra va aholi daromadlari o’zgarishiga ko’ra hisoblanadi.
Download 21,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish