O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti qo'lyozma huquqida udk 577. 17 (021) xasanov shuxrat mirza o'G'LI



Download 96,38 Kb.
bet12/15
Sana12.07.2022
Hajmi96,38 Kb.
#779124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
tayorlash. shuxrat

Birinchi bob bo'yicha xulosa
Adabiyotlar sharhidan ko'rinadiki, bugungi kunda tarkibida fenilspirodriman seskviterpenoid alkaloidlari va terpenoidlari bo'lgan qo'ziqorinlar keng o'rganilgan. Chunki fenilspirodriman seskviterpenoid alkaloidlari, saraton kasalligi keltirib chiqaruvchi hujayralarga nisbatan ingibitor hamda sitotoksik xossalarni namoyon qilishi va ularning terpenoidlari esa o'simlik endofid zamburug'lari tarkibida bo'lishi adabiyotlarda keng yoritilgan.
Fizik tadqiqot usullar fenilspirodriman seskviterpenoid alkaloidlarining tuzilishini o'rganishning eng samarali usullaridan biridir. Ularning IQ spektr ma'lumotlarida 1700 sm-1 sohada yuqori chastotali valent tebranishning namoyon bo'lishi, fenilspirodriman seskviterpenoid molekulasida karbonil guruhi borligini, YAMR 1N-13S kimyoviy siljish korrelyatsion spektrlarida fenilspirodriman va seskviterpenoid bilan oddiy efir bog'lari hosil qilib fenilspirodriman seskviterpenoid birikmalari hosil qilishi adabiyot ma'lumotlarda bayon etilgan. Shu bilan birga, fenilspirodriman seskviterpenoid birikmalaridagi benzol va seskviterpenoid halqasidagi gidroksil guruhlarga xos kimyoviy sintezlar o'tilgan.
Yuqoridagi adabiyot ma'lumotlaridan kelib chiqqan holda, fenilspirodriman seskviterpenoid alkaloid va terpenoidlarining yangi tuzilishli sinfini seskviterpenoid halqasi tutgan birikmalarni tuzilishini zamonaviy fizik tadqiqot usullari yordamida o'rganishga, olingan birikmalarning toksikologik va farmakologik xususiyalarini o'rganish orqali fungitsit, ingibitor va sitotoksik xossaga ega bo'lgan birikmalarni olishga imkon yaratildi.

II BOB. TRICHODERMA HARZIANUM ZAMBURUG'LARINING
ALKALOID VA TERPENOIDLARINI AJRATISH

§2.1. Tadqiqot ob'ekti va metodologiyasi
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutida antogonistik xususiyatga ega bo'lgan zamburug' Trichoderma harzianum shtammining toza kul`turalarini ajratishda quyidagi usuldan foydalanildi.Zamburug'larning toza kul`turalarini ajratishda A.I. Netrusovning tuproq namunalarini qattiq ozuqa muhitiga to'g'ridan to'g'ri ekish usulidan foydalanildi. Tanlab olingan zamburug'larning shtammlari quyidagi ozuqa muhitida o'stirildi: Chapek ((g?l): saxaroza – 20.0, NaNO3 – 3.0, KH2PO4 – 1.0, MgSO4 – 0.5, KCl – 0.5, FeSO4 – 0.01, suv – 1000 ml, agar – 20?30.), Mandel`s (g/l): KH2PO4 – 1.0, (NH4)2HPO4 – 2.3, MgSO4 – 0.5, CaCl2 – 0.3, mikroelementlar eritmasi – 1 ml), suslo-agar (7 ball), saburo (g\l): glyukoza yoki mal`toza – 40.0, pepton – 10.0, agar – 18.0, dis. suv – 1) ozuqa muhitlarida, 35-45°S haroratda o'rganildi. Qayta-qayta ekishlar asosida kul`turalar tozalanib, ularning morfologik-kul`tural xususiyatlari, mitseliy rangi va tuzilishi, konidiya va konidiyalar tashuvchilari umumiy qabul qilingan usullar yordamida XSP?136B elektron mikroskopida mikroskopik tuzilishi tadqiq etildi. Ozuqa muhitlarining pH 3 dan 7.0 gacha o'zgartirilib, 0,1 % li HCl yordamida nordonlashtirish orqali boshqarib borildi [41, 42].
Trichoderma harzianum shtammini 3, 7, 14, 20 kun davomida Chapek va Mandel`s ozuqa muhitida o'stirib, zamburug' shtammlarning ikkilamchi metabolitlarining tuzilishi va miqdoriy o'zgarishlari o'rganildi.
"Silufol" plastinkasida yupqa qatlamli xromatografiya (YUQX) o'tkazildi. YUQXda moddalar fosfornovol`fram kislotasining 25% etanolli eritmasini purkash bilan sifat analiz orqali aniqlanildi va 5 minut davomida 100-110 °S haroratda qizdiriladi.
Ustunli xromatografiya uchun zarracha o'lchami 50-100 mkm bo'lgan Silpearl va L markali silikagellar ishlatildi. Trichoderma harzianum metabolitlarini ajratish uchun Silpearl silikagellari ishlatildi. Kimyoviy transformatsiya mahsulotlarini tozalash va ajratishda L markali silikagel bilan ustunli xromatografiya amalga oshirildi.
Quyidagi erituvchi sistemalaridan foydalanildi:
1. geksan-dietil efiri (1:1);
2. xloroform - metanol (100:1);
3. xloroform - metanol (70:1);
4. xloroform - metanol (50:1);
5. xloroform - metanol (20:1);
6. xloroform - metanol (10:1);
7. xloroform - metanol (9:1);
8. xloroform-metanol (1:1);
9. benzol-xloroform-etilatsetat (5:1:1).
10. benzol - metanol (60:1);
11. benzol - metanol (10:1);
Tarkibida azot bo'lgan ikkilamchi metabolitlarini sifat analiz qilishda Dragendorf reaktivi va yod bug'idan foydalaniladi.
UB-spektrlari “Perkin - Elmer” JI 416 O - Fur`e UB spektrometrida qayd etildi. Namunalar etanol eritmasida qalinganligi 1 sm kvarts kyuvetasida olindi.
IQ - spektrlari “Perkin - Elmer” (model` 2000) - Fur`e IQ spektrometrida KVg bilan tabletka holda qayd etildi.
Mass- spektrlari “MS 25 RF KRATOS” spektrometrida va MX-1310 spektrometrida namunani to'g'ridan-to'g'ri ionlanish kamerasida 150°C haroratda hamda 70-80°S va 70 eV kuchlanishli ionlashtiruvchi ampulada qayd etildi.
YAMP spektrlari UNITYplus 400 asbobida deyteropiridinda va deyteroxloroformda (m.d., 0-TMS) olingan.
H YAMR, 13C YAMR, 2M YAMR 1N-1N, 1N-13S YAMR spektrlari (COSY) kimyoviy siljish korrelyatsiyasining Bruker AM 400 asbobida qayd etildi. 13S YAMR spektrlari S-N o'zaro ta'sirini va J- modulyatsiyasini butunlay bekor qilish orqali olingan. Uzoq masofadagi N - S o'zaro ta'sirlarining (NMVS) va YAEO aylanma koordinatalar sistemasidagi (ROESY) yadro energiyasini o'lchashning 2M YAMR spektrlari Bruker AC 300 asbobida olingan. Spektrlarni olishda deyteropiridin erituvchi sifatida qayd etilgan. Barcha spektrlar standart Bruker dasturlari bo'yicha olingan.
Geterokorrelyatsiya spektrlarida uglerod signallari cho'qqilarini bilvosita qayd etish ROESY, HSQC, HMQC va NMVS standart usullari bo'yicha amalga oshirildi. SSTK qiymatlari LAOCON integratsiya dasturi tomonidan ko'rsatilgan.
Ikkilamchi metabolitlarning rentgen tuzilish tahlili “O'simliklar kimyosi” institutida va Rossiya Fanlar akademiyasining (Moskva) elementoorganik birikmalar institutida olindi.
Tajribalar 1100K haroratda shaffof monokristallarda o'tkazildi, mustaqil ko'zgu intensivligi Bruker SMART 1K SSD avtomatik diffraktometrida o'lchandi.
GSX/MS tahlili Hewlett Packard GCD (AQSH) xromatografiya-mass-spektrometrida kapillyar ustun uzunligi 60m va ichki diametri 0.25mm bulgan kapillyar kolonkadan foydalanilgan. Sharoit va foydalanish shartlari [53] da keltirilgan. Tahlillar Anadoliya Universitetining Tibbiy va xushbo'y o'simliklar va dori-darmonlarni tadqiq qilish markazi doktor Temelem Ozekom tomonidan olib borilgan, buning uchun mualliflar unga minnatdorlik bildiradi.

Download 96,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish