MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………….. 3
I.BOB. TRICHODERMA HARZIANUM ZAMBURUG' ALKALOIDLARI VA TERPENOIDLARI (Adabiyotlar sharhi)
§1.1.Zaharli qo'ziqorin toksinlari va alkaloidlari................ …….. 12
§1.2. Triprenilfenollar.................................................................... 18
§1.3.Staxiflinlar.............................................................................. 21
§1.4.Seskviterpenoidlar.................................................................. 24
§1.5.Garzian diterpenoidlar........................................................... 29
II.BOB TRICHODERMA HARZIANUM ZAMBURUG' ALKALOID VA TERPENOIDLARNI AJRATISH 32
§2.1. Tadqiqot ob'ekti va metodologiyasi.....................…………. 32
§2.2. Trichoderma harzianum zamburug' 55 shtammlarining alkaloidlari va terpenoidlarini ajratish.................................. …….. 47
§2.3. Trichoderma harzianum 22 shtammining alkaloidlari va terpenoidlarini ajratish............................................................... 51
III.BOB SESKVITERPENOID ALKALOIDLARI VA TERPENOIDLARNING TUZILISHI HAMDA ULAR ASOSIDAGI SINTEZLAR
§3.1. Alkaloidlarning kimyoviy tuzilishi va ular asosidagi sintezlar……………………………………………………… 57
§3.2. Terpenoidlarning kimyoviy tuzilishi va ular asosidagi sintezlar……………………………………………………… 63 §3.3. Trichoderma harzianum qo'ziqorinining ekstraktlarini
toksikologik va farmakologik tadqiqotlari................................ 70
§3.4. Biostim biopreparatining qishloq xo'jaligi ekinlari
hosildorligiga ta'siri.................................................................... 71
§3.5.Trichoderma harzianum harzianum zamburug' shtammi asosida olingan «Biostim» mikroo'stirgich biopreparatining fitopatogen zamburug'larga nisbatan antagonistik xususiyatlari. 79
XULOSA …………………………………………………………..83
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR….....................………….85
KIRISH
Qo'ziqorin tabiatli moddalar ya'ni mikroqo'ziqorinlar, hayvonlar va o'simlik qoldiqlarining (bakteriyalar bilan birga) parchalanishida katta rol o'ynaydi. Ko'pgina qo'ziqorinlar fermentga boy apparatga ega, ular yordamida bir qator fiziologik faol moddalarni sintez qiladi. Qo'ziqorin fermenti turli maqsadlarda ishlatiladi. Masalan meva sharbatini tozalash uchun pektinazalar, xashaklarni hamda qog'oz chiqindi xom-ashyolarni qayta ishlashda sellyulazalar, kraxmal gidrolizi uchun amilazalardan iborat fermentlar hosil qiladi [1].
Insoniyatning eng katta yutuqlaridan biri bu antibiotiklarni kashf etilishidir. Amaliyotda keng qo'llaniladigan birinchi antibiotik penitsillin bo'lib, penitsillin qo'ziqorin turlaridan birining hayotiy faoliyati mahsuloti hisoblanadi. Tibbiyotda ergot sklerotiya preparatlari keng qo'llaniladi. Sanoat miqyosida Aspergillus niger dan foydalanib, limon kislotasi olinadi. Fusarium qo'ziqorinlari qishloq xo'jaligida keng qo'llanilib, o'simliklarni o'sishiga yordam beradigan gibberellin moddasi sintez qiladi. Mitseliyar qo'ziqorinlar fitogormonal faol moddalar hosil qilishi to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar to'plangan. Mitseliyar qo'ziqorinlarning ko'pgina vakillari ma'lum ikkilamchi metobolitlarni sintez qilishi bilan birga, o'zida fiziologik ahamiyatga ega bo'lgan antibiotiklarni ham ko'p miqdorda sintez qilishi adabiyotlarda keltirilgan. Ko'plab tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, bakteriya va qo'ziqorinlar hosil qiladigan fiziologik faol moddalar ya'ni auksinlar, sitokininlar va gibberellinlar o'simliklarning o'sishini hamda fotosintez jarayonini kuchaytiradi. Bunday tajribalar asosida ko'chatlarni vegetativ o'sish jaryonlari, o'simliklarning o'sish jarayoniga mikroorganizmlarning kul`tural suyuqligining ta'siri o'rganish orqali ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida, shuningdek bizning respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirish, ularning hosildorligini oshirish va olingan mahsulotlar asosida aholining talabini qondiradigan ekologik toza mahsulot olishdan iboratdir. Mamlakatimizda ushbu
yo'nalishda ko'plab izlanishlar olib borilmoqda - yuqori sifatli urug'larni tanlash, tuproq unumdorligini oshirish, agrotexnologiyalarni rivojlantirish va ekologik toza biologik faol preparatlar qo'llash orqali yo'qori sifatli hosil olishdan iboratdir. Rizosfera mikroorganizmlari o'simlik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ular o'simlik ozuqa moddalaridan gormonlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaydi. Bundan tashqari, ular o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, turli kasalliklarga duchor bo'lishini oldini oladi va mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.
Mitselyar qo'ziqorinlarning rivojlanishi davomida auksin (AU), gibberellin va indolil sirka kislotasi kabi biologik faol moddalarni sintez qiladi. Bu biologik faol moddalar urug'larning unib chiqishini va o'simliklarning rivojlanishini yaxshilaydigan, mahsuldorligini oshiradigan biologik preparatlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xususan, Trichoderma turiga mansub mikromitsetalar o'simlik urug'larining rivojlanishiga, ularning o'sishiga va mahsuldorligini oshishiga ta'sir ko'rsatadigan ikkilamchi metobolitlarni sintez qilish qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ushbu faol qo'ziqorin shtammlaridan foydalanilgan holda, qishloq xo'jaligida o'simliklardan yuqori va samarali hosil olish uchun ekologik toza preparatlarni yaratish mumkin. Shuning uchun ikkilamchi metobolitlarni sintez qiladigan qo'ziqorin shtammlarini tanlash, ular uchun optimal ozuqa muhitni yaratish va ko'proq ikkilamchi metobolitlarni olish uchun sharoitlarni optimallashtirish, ikkilamchi metobolitlar paydo bo'lish dinamikasini o'rganish va ular asosida preparatlar yaratish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu esa qishloq xo'jaligi o'simliklarining hosildorligini oshiradigan ekologik toza preparatlardan foydalanish uchun juda katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.
Mustaqillikka erishgach, respublikamizda qishloq xo'jaligini rivojlantirish sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli turli sohalarda, xususan qishloq xo'jaligida ekinlarni oziqlantirishda kimyoviy o'g'itlardan foydalanishni qisqartirish, ekologik toza mahsulotlardan foydalanishni kengaytirish, qishloq xo'jalik o'simliklaridan yuqori va samarali hosil olish, shuningdek, sabzavot va bog'dorchilik ekinlarini etishtirishda ma'lum yutuqlarga erishildi. Shuningdek, Trichoderma turga mansub qo'ziqorin mikromitsetlari asoslangan dorilarni yaratishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishga tadbiq etishga yetarlicha e'tibor berilmoqda.
Qo'ziqorinlardan zararli hasharotlarni yo'q qilish uchun ishlatiladigan preparatlar yaratildi (boverin, trixodermin, vertsillin). Psilotsib turiga mansub qo'ziqorinlardan psixoterapiyada qo'llanilgan psilotsin va psilotsibin moddalarini ajratib oladi [1].
Trichoderma turkimiga mansub antoganistik xossasiga ega bo'lgan turlaridan foydalanib, o'simliklarga kasallik chaqiruvchi qo'ziqorinlarni ko'payishini oldini olish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |