§1.4. Seskviterpenoidlar
Trixotetsenlar seskviterpenoidlarning taniqli sinfidan bo'lib, keng ko'lamda o'rganilgan. Ular Stachybotrys, Memnoniella, Cefhalosporium, Cylindrocarpon, Fusarium, Mirothecium, Phomopsis, Trichothecium, Trichoderma harzianum, Verticimonosporium va boshqa turli xil zamburug' turlaridan ajratilgan [55, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62]. Ushbu metabolitlarga qiziqish juda katta, chunki ular saraton hujayralari liniyalariga qarshi in vivo sitotoksik xossaga ega hisoblanadi. Ba'zi trixotetsenlar jonli saraton in vivo ga qarshi faollikni namoyon etadi [55], bundan tashqari immunomodulyatsiya [56], o'simlik to'qimalarining induktsiyasi, fitotoksiklik [57, 58, 59] qo'ziqorinlarni yo'qotishda, bezgaklarni boshqarishda, biokontrol agent sifatida va sut emizuvchilarning zaharlanishiga sababchi bo'ladi [50]. Trixotetsenlar 60S ribosomal subunitining peptidiltransferaza markaziga bog'lanib, o'zlarining toksikligini kuchaytiradi deb hisoblashadi. Ushbu bog'lanishning birinchi natijasi - bu tetiklantiruvchini passivlash, uni differentsial ravishda boshlashni ingibirlash (I-tip), cho'zilishni ingibirlash (E-tip) va tugatishni ingibirlash (T-tip) deb tasniflash mumkin [51]. I-tipda polisomalarning monosomalarga tez konvertsiyasi mavjud, polisomalar esa E- va T-turlarida barqarordir. Tormozlash jarayoni toksin tuzilishi, kontsentratsiyasi va ta'sir qilish vaqtiga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu birikmalarning tegishli molekulyar ta'sir mexanizmlarining yangilangan tushunchasi biokimyoviy jarayonlarning aksariyat hollarda hayratlanarli darajada noyobligini ta'kidlaydi. Shunday qilib, trixotetsenlar tibbiyot, qishloq xo'jaligi, hayvonlarni ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligi, toksikologiya va hattoki hozirgi kunda jamoatchilik e'tiborini tortadigan biokimyoviy antiterrorizm sohalarida keng tarqalgan tadqiqot mavzusiga aylandi [42, 43, 44, 45].
Trixotetsenlar odatda 12,13-epoksitrixotec-9-yen halqali tuzilishi bilan tavsiflanadi va makrotsiklik efir ko'prigining C-4 va C-15 o'rtasida mavjudligiga qarab ikkita asosiy toifaga, ya'ni makrotsiklik bo'lmagan trixotetsenlarga va makrotsiklik trixotetsenlarga bo'linadi. Makrotsiklik trixotetsenlar roridinlar va satratoksinlar (asosan C-29 birikmalari) yoki verrucarinlar (asosan C-27 birikmalari) deb tasniflanadi. 1973 yilda Eppley va Beyli birinchi marta S. chartarum shtammi tarkibidan makrotsiklik trixotetsen roridin YE (62), satratoksin F (63), satratoxin G (64), satratoxin H (65), verrucarin J (66) sintez qilishi to'g'risida xabar berdilar va taklif qildilarki, ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilgan va chang aerozollari orqali qo'ziqorin ta'sirida bo'lgan uyhayvonlarida uchraydigan staxibotrotoksikoz kasalligining sababi bu metabolitlarning organizimga ta'siri hisoblanadi. O'shandan beri ko'plab tadqiqotchilar S. chartarum shtammining mog'orlangan pichanda va nam binolarda yuqori toksiklikka ega bo'lgan makrotsiklik trixotetsenlarni hosil qilganligini aniqladilar. Shu bilan birga, toksinlarning miqdoriy va sifat jihatidan ishlab chiqarilishi yetishtirilayotgan sharoitga bog'liq bo'lib, shtammlarning toksikligi makrotsiklik trixotetsenlarning ishlab chiqarilishi bilan ijobiy bog'liq edi [46,47].
Bugungi kunga kelib S. chartarum shtammida 21 ta trixotetsen topilgan bo'lib, ular tarkibiga 11 ta makrotsiklik trixotetsen va 10 ta makrotsiklik bo'lmagan trixotetsenlar kiradi. Ular quyidagilar, trixotetsen roridin YE (62), satratoksin F (63), satratoksin G (64), satratoksin H (65), verrucarin J (66), verrucarin B (67), isosatratoksin F (68), isosatratoxin G (69), isosatratoxin H (70), izororidin E (71), epiisororidin E (72), roridin L-2 (73), verrukarol (74), trixodermol (75), trixodermin (76), trixodermdienediol A (77), trixoverrol A (78), trixoverrol B (79), trixoverrin A (80), trixoverrin B (81) va verrol (82) [48, 54, 59, ]. Ulardan satratoksin G (64) eng taniqli makrotsiklik trixotetsenlardan biri bo'lib, oqsil va DNK sintezini ingibirlaydi, oqsillarning parchalanishini keltirib chiqarishi, hujayra funktsiyasining buzilishini, shikastlanishini va yallig'lanishni keltirib chiqarishi aniqlandi [46, 47, 48,59]. Shu bilan birga, trixotetsenlarni ishlab chiqarish Stachybotrys ning boshqa turlarining shtammlarida kamdan-kam kuzatilganligi ham diqqatga sazovor edi. E.I. Maggrabi va boshqa olimlar Misr va Sharqiy Yevropadan ajratilgan Stachybotrys zamburug'lar tomonidan ishlab chiqarilgan makrotsiklik trixotetsenlar bo'yicha tekshiruv o'tkazishdi va S. albipes, S. kampalensis, S. mikrospora shtammlarida makrotsiklik trixotetsenlarni ishlab chiqarishga qodirligini aniqladi. Aer va Miao tomonidan 1993 yilda ajratib olingan 75 va 76 trixotetsenlar aspen patogen qo'ziqorin S. cylindrospora shtammidan olingan bo'lib, Ceratocystiopsis crassivaginata zangori qo'ziqorinlarga qarshi faol ekanligi aniqlandi. Bizning ma'lumotimizga ko'ra, bular boshqa Stachybotrys zamburug' turlari tomonidan trixotetsenlarni ishlab chiqarishi ma'lum bo'ldi.
Asosan bir necha zamburug'lar avlodi tomonidan ishlab chiqariladigan trixotetsenlar tritsiklik 12,13-epoksitrixotes-9-yen tuzilishiga ega bo'lgan seskviterpenoidga asoslangan birikmalardir [53]. Tuzilishi jihatidan trixotetsenlar quyidagi oilalarga, ya'ni nivalenollar, neosolaniollar, izotrixoderminlar, kalonektrinlar, trixotetsenlar va trixobreollarga bo'linadi. Bugungi kunga qadar 200 dan ortiq trixotetsen hosilalari topilgan [54]. Sakkizta yangi kashf etilgan trixotetsenlar, trixodermarin G–N (83–90) birikmalar va oltita ma'lum trixotetsenlar, trixodermol (91), trixodermin (92), trixoderminol (93), trixodermarin. A (94) va trixodermarin B (95) va 2,4,12-trigidroksiapotrikotsen (96) birikmalar Chondria tenuissima dengiz suv o'tining endofit zamburug'i Trichoderma harzianum brevicompactum ADL-9-2 shtammidan ajratilgan [55]. Trixodermarin N (90), 2'-N-atsetilglyukozaminil qismiga ega bo'lib, birinchi aminoglikozidli trixotetsenni ifodalaydi. Kimyoviy tadqiqotlari natijasida NaI bilan fermentlangan dengiz suv o'tlarining endofit qo'ziqorini Trichoderma harzianum brevicompactum TPU199 shtammidan uchta yangi trixotetsenlarni, ya'ni trixobreol A-C (97-99) lar ajratib olindi [54]. Qizig'i shundaki, 97 birikmani kul`tura dengiz suvi muhiti sharoitida ishlab chiqarilishi aniqlangan, 98 va 99 birikmalarni esa faqat NaI li kul`tural suyuqlik sharoitida ajratib olingan. Bundan tashqari, bir xil qo'ziqorinlarni qo'shish natijasida ikkita yangi trixotetsen metabolit trixobreol D (100) va E (101) hosil bo'ldi [55].Garzianum A (102) va garzianum B (103), okta-2,4,6-triendiol qismi bilan bog'langan ikkita trixotetsen esa bioo'g'it hosil qiluvchi qo'ziqorin T. brevicompactum CGMCC19618 shtammidan ajratildi [56]. Dengiz qo'ziqorini Trichoderma harzianum longibrachiatum shtammidan uchta trixotetsenli birikmalar trixotetsinol A (104), 8-deoksitrixotetsin (105) va trixotetsinol B (106) olindi [52].
Do'stlaringiz bilan baham: |