Diketopiperazinlar
Dengiz zamburug'i Trichoderma harzianum sp. TPU199 shtammi bir qator diketopiperazin (35-45) birikmalarni ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi [54]. Dastlab bu qo'ziqorin shtammidan pretrikodermamid A (35), gliovirin (36) va trixodermamid A (37) ajratib olingan. Olingan 35 va 36 birikmalar g'ayrioddiy epipolitiodiketopiperazin (ETP) tuzilishga ega hisoblanadi. Keyinchalik bu shtamm kul`tural muhitiga natriy galogenidlari qo'shilganda galogenlangan gliovirin tipidagi ETP DC1149B (38), DC1149R (40) va yododitiobrevamid (41) birikmalarni hosil qildi. Keyin ETP turidagi birinchi trisulfid hosilasi bo'lgan xlorotritiobrevamid (42) aniqlandi. Bundan tashqari, uzoq vaqt o'stirishdan so'ng yuqori darajada o'zgartirilgan dipeptid, ditioaspergillazin A (43) olindi. Nihoyat, ikkita aniqlanmagan ETP, ya'ni 5-epi-pretrixodermamid A (44) va 5-epi-tritiopretrixodermamid A (45) birikmalari NaI o'z ichiga olgan kul`tura sharoitida ajratilgan. Pretrixodermamid G (46) 1,2-oksazadekalinli ETP sifatida yaratilgan va u Zingiber officinale endofiti T. harzianumi shtammidan aniqlangan [55]. Noyob geterotsiklik dipeptid, ya'ni trixodermamid G (47) va biogenetik jihatdan bog'liq bo'lgan aspergillazin A (48) metaboliti dengizdan olingan T. harzianum D13 shtammi tomonidan ishlab chiqarilgan [56]. Ta'kidlash joizki, 47 va 48 birikmalarda oltingugurt ko'prigi turli pozitsiyalarda joylashgan ETPning yangi hosilalari edi. Degidroksimetilbis (detio) bis (metiltio) gliotoksin (63) va (3S,6R) -6- (para- gidroksibenzil) -1,4- dimetil-3,6-bis (metiltio) piperazin - 2,5-dion (50) birikmalar tuzilish jihatdan aniqlanmagan sul`fatlangan diketopiperazinlar sifatida T. virens Y13-3 shtammining algikoloz hosilasi tomonidan ishlab chiqarilgan [57]. Gracilaria verrucosa o'simligidan olingan T. asperellum A-YMD-9-2 zamburug' shtammidan oldin aniqlanmagan simmetrik tuzilishli (L-5-MeO-Pro-L-5-MeO-Pro) siklodiketopiperazin (51) ajratib olingan [58].
T. virens FKI-7573 shtammini kimyoviy tekshiruv natijasida oldin aniqlanmagan azot saqlovchi birikma, ya'ni trixotionik kislota (52) aniqlandi [59]. Czapek muhitli yumshoq marjon manbali T. harzianum (XS-20090075) zamburug' shtammidan geptelidin kislotasi (53) tarkibli va L-ergotionin quyimolekulyar tuzilishli etil-2-bromo-4-klorokinolin-3-karboksilat (53) birikmalar ajratib olingan [60]. Olingan 53 birikma Trichoderma harzianum zamburug'ining birinchi galogenlangan xinolin hosilasi hisoblanadi. P.notoginseng o'simligi endofiti bo'lgan T. gamsii PKS-NRPS zamburug' shtammi kul`tural suyuqligidan stereoizomerlar sifatida ajratilgan trixoderamid A (54) va trixoderamid B (55) birikmalari ajratilgan [61]. Grenlandiya dengizlaridan Trichoderma harzianum sp. MF106 shtammidan ikkita noyob piridonlar, ya'ni trixodin A (56) va trixodin B (57) birikmalar aniqlangan [52]. Garzian kislotasi (58) azotli geterotsiklik siderofor
tuzilishli birikma T. harzianum M10 shtammidan ajratilgan [53]. Olingan 58 birikma 2-gidroksi-2-[4-(1-gidroksi-okta-2,4-dieniliden)-1-metil-3,5-diokso-pirrolidin-2-ilmetil]-3-metil-butir kislotasi sifatida aniqlandi. Atrixodermon A (59) endofitik qo'ziqorin T. atrovirid shtammidan topilgan dimerik siklopentenon halqaga ega noyob birikma edi [64; -p. 18–22]. Ajratib olingan 59 metabolit 3-amino-5-gidroksi-5-vinil-2-siklopenten-1 dimer tuzilishli birikmaning birinchi namunasi edi. T. asperellum A-YMD-9-2 shtammli dengiz zamburug'idan 5'-atsetoksi-deoksitsiklonin B (60) va 5'-atsetoksi-deoksitsiklonin D (61) ikkita azot molekulasini o'z ichiga olgan sikloneran seskviterpen hosilalari olingan [58].
Do'stlaringiz bilan baham: |