O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti qo'lyozma huquqida udk 577. 17 (021) xasanov shuxrat mirza o'G'LI


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati



Download 96,38 Kb.
bet3/15
Sana12.07.2022
Hajmi96,38 Kb.
#779124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
tayorlash. shuxrat

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Bugungi kunda jahonda zamburug'larning alkaloidlari va terpenoidlari hamda ularning hosilalari farmatsevtikada, kimyo sanoatida, veterinariyada, qishloq xo'jaligining turli sohalarida qo'llanilmoqda. Alkaloidlar hamda terpenoidlarning fiziologik faolliklaridan kelib chiqib antibiotiklar, fungitsidlar, gerbitsidlar, dorivor preparatlar, ingibitorlar va ekologik toza preparatlar olishda qo'llanilmoqda. Shu sababli qo'ziqorindan biologik faol moddalarni ajratib olish va ularning muhim kimyoviy birikmalarini sintez qilish hamda biologik faolliklarini atroflicha o'rganish va ularni tibbiyot, qishloq xo'jalik amaliyotiga tez fursatda yetkazib berish muhim hisoblanadi.
Jahonda keng tarqalgan virus va saraton kasalliklarining kimyoterapiyasi uchun ekologik toza dorivor preparatlar olish usullarini izlash, qo'ziqorin sintez qiladigan fizologik faol moddalarni individual holda ajratish usullarini ishlab chiqish, ularning kimyoviy tuzilishini va biologik faolligini aniqlashning zamonaviy usullarini yaratish, ajratib olingan moddalardan turli xil kimyoviy preparatlar, viruslarga qarshi antibiotiklar, saratonga qarshi ingibitorlar va sitotoksik preparatlar, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshiruvchi biologik preparatlar olish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo qiladi.
Respublikamizda so'nggi yillarda kimyo sanoati korxonalarining qayta rekonstruktsiya qilish va qo'shimcha sexlar tashkil etish, qo'ziqorin alkaloidlari va tepenoidlari asosida ekologik toza dorivor preparatlar olishning yangi uslublarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida «mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yanada jadallashtirish, sifat jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zgartirishga» qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada mahalliy xom ashyolar asosida dorivor preparatlarni ishlab chiqarish uchun zamonaviy organik sintezning iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza usullarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi» to'g'risidagi Farmoni, 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3983-son «O'zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-son «Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining talab yuqori bo'lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorlari, 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son «Respublikamizda 2019-2021 yillarda farmatsevtika sohasini jadal rivojlantirishning keyingi chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 96,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish