Choy turlari va navlarini urgatish
Ta’m beruvchi mahsulotlar bo‘limida choy yetishtiradigan mamlakatlar, ularni qayta qadoqlab, navlarga ajratuvchi Samarqand choy qadoqlash korxonasi haqida ma’lumotlar beriladi. Choyning asosiy navlarini, turlarini do‘konlarga sayohat uyushtirib o‘rganish mumkin. Bunda choyning turi, navi, nomi, mayda-yirikligi, rangi-ning chiqishi haqidagi ma’lumotlar jadvalga yozilib, tahlili qilinadi. Choylarni saqlash sharoitiga alohida e’tibor beriladi. Choy sifatiga bo‘lgan talablar va ularni damlash usullarini ovqat tayyorlash jarayonining «Choy damlash usullari» bo‘limida o‘rgatiladi.
Tuxum sifatini aniqlashni urgatish
Tuxum va tuxum mahsulotlari turlari tuxum tuzilishini chizmasi orqali o‘rgatiladi.Tuxum tuzilishi uning sifatini ko‘rsatuvchi omil ekanligi, tuxumning saqlanishiga ko‘ra, katta-kichikligiga ko‘ra turlarini plakatlar, slaydlar, tabiiy namunalar orqali o‘rgatiladi.
Tuxumning sifatini uy sharoitida solishtirma og‘irligi orqali aniqlash, ya’ni 10% li osh tuzi eritmasida tuxum muallaq holatda tursa yangi tuxum, ustiga qalqib chiqsa eski tuxum ekanligini aniqlash o‘rgatiladi.
Tuxum mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari, ularning sifatiga va saqlanishiga bo‘lgan talablar, shuningdek, pazandachilikda ishlatish usullari haqida suhbat uyushtirib ma’lumot beriladi.
Don mahsuloti turlari, sifatini aniqlashni urgatish
Don mahsuloti turlari, ya’ni dondan qayta ishlab olinadigan yormalar, un, makaron mahsulotlari, non va non mahsulotlari haqida o‘qituvchi tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
Yormalarning turlari va qaysi dondan olinish iplakatlar orqali, yormalarning turlari, makaron mahsulotlari maxsus shishaid ishlarda tayyorlangan namunalardan foydalanib o‘rgatiladi.
Non va non mahsulotlari turlari esakichik hajmlarda tayyorlanib, quritib olingan holatlarda ko‘rgazmalar tayyorlab o‘rgatiladi.
Un navlari va sifatini sellofan xaltachalarga to‘plangan holatlarda ko‘rsatib o‘tish mumkin. Un va un mahsulotlarini o‘rgatish jarayonida qizlarni tejamkorlik, uvol qilmasdan ishlatish kerakligi, pokizalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga kata e’tibor berilishi zarur.
Mavzuni o'quvchilarga yetkazishda o'quvchilarni ovqatlanislida birinchi taomlarning ahamiyati, ularning tasnifi, suyuq ovqallai barcha guruhlarining umumiy tayyorlanish usullari, turlari, saqlash sharoiti, ularni tayyorlash va tarqatish usullari bilan tanishtiriladi.
Mavzu bilan tanishtirishda o'zbek milliy oshxonasining tarixi bo'yicha ma'lumotlar, bayon etilayotgan materialning ovqatlanish fiziologiyasi, kimyo, fizika fanlari bilan chambarchas bog'liqligini ko'rsatuvchi ma'lumotlardan samarali foydalanish asosida o'quvchilar dunyoqarashini kengaytirishga e'tibor qaratiladi.
Mavzuni olib borish rejasi ko'rsatiladi, darsning maqsadi o'quvchilarga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |