POLIZ MAHSULOTLARI GA ISHLOV BERISH
Poliz mahsulotlari tarkibida shakar, karotin, bir oz oqsil mahsuloti, S va V guruhidagi darmon-dorilari bor. Dukkakli sabzavotlar tarkibida oqsil miqdori ma’lum darajada ko‘proq bo‘ladi.
Pomidor — katta-kichikligi pishgan darajasiga qarab (pishgan, o‘rtacha pishgan, o‘ta pishgan) saralanadi. Chirigan, ezilgan pomidorlar ajratiladi- Yuvilib, band tomonidan kesib, bandi olib tashlanadi. Urtacha kattalikdagi va mayda pishgan pomidor salat tayyorlash, qo‘shimcha garnir uchun, ichiga qiyma tiqib tayyorlash uchun ishlatiladi. Ezilib pishganlari suyuq ovqatlar, sardaklar uchun, dimlab tayyorlanadigan taomlar uchun ishlatiladi. Pomidor ko‘ndalangiga kesilib qovurish uchun ishlatiladi. Pallacha shaklida kesib salat tayyorlash yoki taomlarni bezash uchun, suyuq ovqatlar uchun ishlatiladi. Mayda kubik shaklida suyuq ovqatlarga ishlatiladi.
Baqlajon. Saralanyb, band tomonidan kesilib yuviladi, katta baqlajonlarning pusti tozalanadi. Parrak-parrak, tilim-tilim shaklida kesib qovurish uchun, kubik shaklida kesib suyuq ovqatlar uchug‘g ishlatiladi.
Qalampir (achchiq va shirin) saralanadi, yuviladi, ko‘ndalangiga kesilib, urug‘i tozalanib'yana yuviladi, ko‘ndalangiga somoncha shaklida kesilib salat, suyuq ovqatlarga ishlatiladi, mayda kubik shaklida kesilib suyuq ovqatlarga ishlatiladi.
Qovoq yuvilib bandi kesiladi, bir necha bo‘lakka kesilib, urug‘i, po‘chog‘i tozalanadi va yuviladi. Kubik,tilim-tilim,- pallacha shaklida kesilgan holda pishirish, dimlash, qovurish uchun ishlatiladi.
K a b a ch k i ( q o v o q n i n g kichkina turi) va pattisonning o‘rtacha pishganini pazandalikda ishlatish. Buning sababi ularning pust qismi yumshoq va mazali bo‘lib, urug‘i qattiq bo‘lmaydi. Qovoqcha yuviladi, bandy kesilib, pusti tozalangach yana yuviladi. Iirikroqlari ko‘ndalangiga bo‘linib urug‘i tozalana-di. Parrak-parrak yoki tilim-tilim kesilib qovurish-ga ishlatiladi, kubik shaklida ragu, sabzavotli suyuq ovqat va suvda pishirish uchun ishlatiladi.
Bodri ng yangi holda saralanib, yuviladi. Sar-g‘aygani yoki pusti qattiqlari tozalanadi. Uchi va band tomonidan bir oz kesib tashlanib, parrak-parrak yoki tilim-tilim kesib salatlar uchun, mayda kubik yoki so-, moncha shaklida kesib salat va yaxna suyuq ovqatlar uchun ishlatiladi.
Yangi ko‘k no‘xat yoki ko‘k lov i ya s a r a l a-n i b, qo‘zoqchalari ikki yoqdan sindirilib paychoqchasi ajratiladi. Ko‘k no‘xat qo‘zoqchasi bilan butun holda, ko‘k loviya esa kvadrat yeki romb shaklida kesilib shu zahoti pishirish uchun ishlatiladi, chunki uning rangi. tez qorayib qoladi.
So‘tali jo‘xori band va uch tomonidan chopib tashlanib pusti, popugi tozalanib yuviladi va rangi o‘zgarmasligi uchun shu^ zahoti pishiriladi. Pazandalikda, so‘tali jo‘xorining sutli yoki bir oz qotgan hol-dagisi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |