Amaliy mashg‘ulotlar mazmuni
№
|
Mavzular mazmuni
|
Soat
|
1
|
Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to‘g‘rash usullari.
|
4
|
2
|
Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, dasturxonga tortish tartibi
|
4
|
3
|
Sabzavotlarni pishirish usullari (qaynatish, qovurish, bug'da dimlash
|
4
|
4
|
Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash texnologiyasi (Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash bosqichlari va texnika xavfsizligi qoidalari).
|
4
|
5
|
Yorma bo’tqalar tayyorlash texnologiyasi
|
4
|
6
|
Makaron maxsulotlaridan tayyorlangan taomlar.
|
2
|
|
|
22
|
Маъруза. Oziq ovqat mahsulotlari turlari. Sabzavotlar ularning turlari tarkibi ozuqaviy qiymati.
Режа :
1.Oziq ovqat mahsulotlari turlari Sabzavotlar ulaming turlari tarkibi ozuqaviy qiymati.
2.Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish va turli taomlar uchun to‘g‘rash usullari.
3.Sabzavotlardan yaxna taomlar tayyorlash, dasturxonga tortish tartibi 4.Sabzavotlarni pishirish usullari (qaynatish, qovurish, bug'da dimlash). Issiq ishlov berish usullari..
4. Qaynatish va qovurish usullari Mahsulotlarga issiq ishlov berilganda bo’ladigan o‘zgarishlar.
5. Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash texnologiyasi (Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash bosqichlari va texnika xavfsizligi qoidalari).
Tayanch iboralar
Tovarlarning iste’mol qiymati, sifat, assortiment, tovarshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari, oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi: uglevodlar, yog‘lar, oqsillar, vitaminlar, standart, davlat standarti,tarmoq standarti, texnik shartlar, tovarlar sifatini tekshirish usullari:organolektika usuli, laboratoriya usuli, sotsiologik usul, ekspert usuli,fizik-kimyoviy usul, kimyoviy usul, mikrobiologik usul, texnologik usul.
Ovqat tayyorlash san’ati kulinariya deb ataladi. Kulinariya so‘zi lotincha culina-kuxnya; o‘choqboshi degan so‘zdan olingai bo‘lib, pazandalik yoki oshpazlik degan ma’noni bildiradi.
Ovqat tayyorlash - inson faoliyatining eng qadimiy tarmog‘idir, chunki «..dastlab har qanday mehnat birinchi galda oziq-ovqatni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishga qaratilgan menatdir».
Odam tashqi muhit ta’siri ostida kamolga yetadi, ovqat, esa “..barcha tirik mavjudotlarni, shu jumladan odamni ham atrofdagi qolgan butun tabiat bilan tutashtirib turgan eng qadimiy vositadir».
Ovqat tayyorlash usullari jamiyat rivojlana borishi bilan birga takomillasha va o‘zgara borgan. Ko‘p asrlar davomida insoniyat oziq-ovqat mahsulotlarini ishlash va shu mahsulotlardan ovqat tayyorlash sohasida juda katta tajriba orttirgan.
Dastlab uy-ro‘zg‘or sharoitida, so‘ngra esa boylarning uyidagi va restoranlardagi oshpazlar murakkab kulinariya retseptlarini vujudga keltirganlar; masalliqlarni dastlabki ishlash, pishirish va ovqatni chiroyli qilib suzishning juda ko‘p usullarini topganlar. Biroq kapitalizm davrida ovqat tayyorlash texnologiyasining ilmiy asoslarini kengroq ishlab chiqish uchun shart-sharoit bo‘lmadi; shu sababli ovqat tayyorlash texnologiyasi oshpazlarning ishi, faqat ayrim pazandalarnnng san’ati bo‘lib qolaverdi, bu texnologiyaning ilmiy asoslari ishlab chiqilmadi, texnika bazasi bo‘lmadi.
Fanning eng yangi muvaffaqiyatlaridan foydalanib, bunday ovqatnig tayyorlash mumkin, chunki jamiyatda ovqatni soxtalashtirish va qalbakilashtirish mumkin emas, hamma xodimlar vijdonan halol ishlaydi, o‘z kasbini sevadi. Mehnatkashlarning sog‘lom va farovon bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish esa davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Mexanizatsiyalashgan yirik umumiy ovqatlanish korxonalari tashkil etilranligi va mahsulotlarni issiq ishlash yoki pishirish vaqtida ro‘y beradigan fizik-ximiyaviy jarayonlarni o‘rganish natijasida ovqat tayyorlash texnologiyasi deb atalgan va maxsus o‘rganiladigan yangi texnikaviy soha vujudga keldi.
Ovqat tayyorlash texnologiyasi mehnat, maxsulotlarni eng kam sarflab hamda to‘yimli moddalarni juda kam nobud qilgan holda lazzatli va sog‘lom ovqat tayyorlashning samarali yo‘llarini o‘rganuvchi texnik fandir.
Har qanday taom tayyorlash pazandachilik mahsulotlariga birlamchi ishlov berishdan boshlanadi. Tayyorlanayotgan taomning sifatli chiqishi ham aynan shu jarayonga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |