Metallurgiya (yun. metallurgeo -yerdan qazib chiqaraman) — rudalardan yoki tarkibida metall boʻlgan moddalardan metallar ajratib olish va metall qotishmalarga tegishli xossalar "berish" haqidagi fan; sanoat tarmogʻi. Metalli rudalardan metallarni ajratib olish qadimdan maʼlum. Arxeologik qazishmalarning dalolat berishicha, miloddan avvalgi 7—6-asrlardayoq ajdodlarimiz mis olish sirlarini bilishgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda misning qalay bilan qotishmasi — bronza ishlatila boshladi; taxminan shu ming yillik oʻrtalaridan temir eritib olish boshlandi. Bunda rudalarni qoʻrada 1100— 1350° temperaturada bevosita qizdirib qaytarish usuli (eng oddiy usul) da temir olinardi. Oradan ancha vaqt oʻtib (14-asr oʻrtalaridan) choʻyan (qarang Domna ishlab chiqarishi), keyinroq (15-asrda) poʻlat olinadigan boʻldi. Poʻlat oʻtga chidamli idish — tigelda olingan. Oʻrta asrlarda sharqda oʻziga xos tuzilishga ega boʻlgan "naqsh"li "sinmas" poʻlat — damashq poʻlati olish sirlarini bilishgan. Undan oʻtkir tigʻli qurollar (mas, qilich) yasashgan. M.ga oid maʼlumotlar Abu Rayhon Beruniy asarlarida uchraydi. Keyin birin-ketin bessemer jarayoni, marten (qarang Marten ishlab chiqarishi) va tomas jarayoni qoʻllanila boshladi. M. fan sifatida asosan 18-asr ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi. M.V. Lomonosovaing 1763-yilda yozgan "Metallurgiyaning boshlangʻich asoslari va ruda ishlari" kitobida M. asoslari yoritilgan. Rus olimi P. P. Anosov (1799—1851) damashq poʻlatini olishning ilmiy asosini ishlab chiqdi. D. I. Mendeleyev ham M. fani taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
M. quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: rudalardan metall ajratib olish maqsadida ularga ishlov berish (rudalarni maydalash, boyitish, boʻlaklash va boshqalar); metallarni begona aralashmalardan tozalash (rafinatsiyalash); metall va qrtishmalarni olishning gidrometallurgiya, pirometallurgiya, shu jum ladan, metallotermiya va elektrolitik (qarang Elektroliz) usullarni tadqiq qilish; metall kukunlar olish va ulardan buyumlar tayyorlash (qarang Kukun metallurgiyasi); metallarni termik (issiklik bilan) ishlash, bosim bilan ishlash, quyish, payvandlash, kavsharlash, metallar sirtiga ximoya katlami surkash (purkash) va boshqa M.ning muhim sohasi — metallshunoslik.
M.ning taraqqiyoti metall va qotishmalarni uzluksiz quyish, ularga vaku-umda ishlov berish, ularni elektr pechlar, elektr-shlakli, elektr-nurli va plazmali qurilmalarda olish, dupleksjarayon va tripleksjarayon usullarini qoʻllashni yanada rivojlantirish bilan bogʻliq.
M. fizikaviy kimyo, fizika, issiqlik texnikasi, elektrotexnika, kibernetika, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, koinotni oʻzlashtirish borasidagi i.t.larga suyanadi. M. yana konchilik sanoati, kimyo sanoati, mashinasozlik, oʻtga chidamli materiallar ishlab chiqarish tarmogʻi va boshqa tarmoqlar bilan bogʻliq (qarang Rangli metallurgiya, Qora metallurgiya).
Metallurgiya sanoati to`grisida ma`lumot. O‘zbekistonda qancha metallurgiya sanoati mahsulotlari ishlab chiqarildi?
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida 1 noyabr holatiga ko‘ra 974 ta metallurgiya sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, ular tomonidan 2020 yilning yanvar-oktyabr oylarida 63,3 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi. Tarmoqning 2019 yil yanvar–oktyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,3 % ni tashkil etganXususan:
Mis sim ishlab chiqarish 102,1 %;
Alyuminiy sim ishlab chiqarish 104,8%;
Po‘latdan tashqi diametri 406,4 mm dan katta bo‘lmagan, dumaloq kesimli, payvandlangan, neft va gaz quvurlarini ishlab chiqarish 124,9% ga oshgan.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,5 % (30 ta metallurgiya korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 35,8 % (131 ta), hamda Toshkent shahri 5,8 % (281 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 1 001,7 mln. dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, bu ko‘rsatkich respublika umumiy eksport hajmining 7,5 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |