Angren shahar xtbga qarashli 39-umumta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Download 0,6 Mb.
Sana04.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#482935
Bog'liq
tejamkorlik





Angren shahar XTBga qarashli
39-umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Turdiqulova Shahlo Ruzimuratovnaning
Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik
suvini tejash burchimiz” mavzusida
SINF SOATI ISHLANMASI
Mavzu: Tejamkorlik – davr talabi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga tejamkorlik va uning ahamiyati haqida bilim berish
Tarbiyaviy: O’quvchilarga iqtisodiy va estetik tarbiya berish
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning tejamkorlik haqidagi bilimlarini oshirish
Dars uslubi: savol-javob, suhbat
Darsning borishi:
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, bugungi darsimizni tejamkorlik, uning nima ekanligi va tejamkorlikning ahamiyati haqida olib boramiz. Qani kim aytadi, tejamkorlik deganda siz nimani tushunasiz?
1-o’quvchi: Tejamkorlik har bir narsani o’z o’rnida asrab-avaylab ishlatish demakdir.
2-o’quvchi: Tejamkor kishining har doim biri ikki bo’ladi, u o’z ehtiyojlariga yarasha ish qiladi.
O’qituvchi: Tejamkorlik qaerdan boshlanadi?
3-o’quvchi: Tejamkorlik eng avvalo oiladan boshlanadi?
4-o’quvchi:Tejamkorlikni inson ota-onasidan o’rganadi.
O’qituvchi: Inson ongli mavjudot. U har doim yaxshi yashashga intilib kelga. Ayiqning qorni to’ysa, iniga kirib uxlaydi. Inson esa erishgan narsasi va mavqei bilan qanoatlanmaydi. U yaxshiroq ovqatlanishga, yaxshiroq kiyishga, yaxshiroq turmush sharoitiga ega bo’lishga, yuqoridagi martabaga ega bo’lishga, tabiat va jamiyatda kechayotgan hodisa va jarayonlarni yaxshiroq tushunishga, yaxshiroq bilim olishga intiladi. Unga har doim nimadir yetishmaydi.
Shu bois “Inson ehtiyojlarining poyoni, cheki yo’q!”, deb aytamiz.
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (resurslar) zarur bo’ladi. Bu ne’matlarning ba’zilarini (havo, suv, quyosh yorug’ligi va issiqligi va hokazolarni) insonga tabiat tekin in’om etadi. Qolganlarini esa insonning o’zi yaratishi lozim. Inson mehnatining iqtisodiy faoliyatining natijasi o’laroq, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarishi lozim bo’ladi. Mahsulotlar moddiy narsa yoki biror-bir xizmat ko’rinishida bo’lishi mumkin. Inson ehtiyojlari biror bir moddiy narsani iste’mol qilish yoki biror bir xizmatdan foydalanish evaziga qondirilishi mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun tabiatdan xom-ashyo, insonning jismoniy kuchi, bilimi, turli xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, zavod va fabrikalar, xullas bir so’z bilan aytganda iqtisodiy resurslar zarur bo’ladi. Iqtisodiy resurslar miqdori esa afsuski chegaralangan. Shu bois insonning hamma yetishmovchiliklari ehtiyojlarini to’la qondirishning iloji yo’q.
Shuning uchun inson hayotda hamma mavqeida tejamkor bo’lishi kerak. Masalan: elektr quvvatini quyoshli kunda yoqib qo’yish, kerak bo’lmagan paytda gazni yondirib qo’yish, bu isrofga kiradi. Hatto uyimizda biror bir bazm bo’lgan paytda hamma mehmonlar soniga qarab dasturxon tuzishimiz kerak. O’zimizning kundalik ehtiyojimiz uchun ham bilib, o’ylab ovqat pishirish, non xarid qilish kerak.
Tejamkorlik haqida bir rivoyat aytmoqchiman: “Alijon juda tejamli bola. Har bir narsani ayab-asrab ishlatadi. O’quvchilarga xos odobni o’zlashtirib olgan. Masalan, ayrim bolalar bir o’quv yilida ona tilidan 3-8 ta daftar tutishsa, Alijon atigi 4 ta daftar tutadi xolos. Chunki u daftar sahifalarini also yirtib tashlamaydi, isrof qilmaydi.
Alijon faqat daftarlarinigina emas, balki, kitoblarini ham yaxshi saqlaydi. O’quv yili oxirida uning kitoblari yangi nashrdan chiqqandek turadi. Ayrim bolalarning kitoblari esa ushlab bo’lmaydigan holatga tushib qoladi.
Alijon rejali ish yuritgani, tejamli bo’lgani uchun hech toliqmaydi. U “Tejamaganning holi tang” degan maqolning ma’nosini yaxshi biladi.
Darsni mustahkamlash

  1. Oiladagi qaysi ishlarda juda tejamkor bo’lish zarur?

  2. Siz oilangizda kimni eng tejamkor deb bilasiz?

  3. Tejamkorlikning ijobiy va salbiy tomonlari nimada?

Uyga vazifa: “Tejamkorlik nima?” mavzusida ijodiy ish yozish
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish