1-sinf.
Sana________________________
Maqsad: DTS talablari asosida so’z va gap uning so’roqlar asosida ma’nosiga ko’ra guruhlash haqida bilim berish.
Ta’limiy;O’quvchilarga shaxs va narsa nomini bildirgan so’zlar haqida bilim berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish.
O`quv jarayonigaa oid kompetensiy:
FK-1: rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, Fk-2: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
TK-2: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.
TK-3: davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Interfaol, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Yong’in xavfsizligi ” mavzusida suhbat
c) ingliz tili daqiqasi; match – gugurt, fire - olov.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Uy vazifasini so’rash. O’quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o’quv topshitiqlarini bajarishga yo’llash.
90- mashq. O‘qing. So‘roqlar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib yozing.
Quyosh (nima qildi?). (Kim?) bog‘ga bordi. U bog‘da (qanday?) daraxt o‘tqazdi.
Foydalanish uchun so‘zlar: chiqdi, bog‘bon, mevali
III Yangi mavzu bayoni.
Shaxs va narsan nomini bildirgan so’zlarga misollar keltiramiz.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Rasmdagi kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni doskaga qizlar yozadilar. Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’g’il bolalar yozadilar. Bolalar ishini o’qituvchi nazorat qiladi.
Doskada yozilgan so’zlardagi xatolar jamoa tomonidan to’g’irlanadi. O’qituvchi to’g’ri javoblarni va so’zlar sanog’ini bilib, guruhlarni rajbatlantiradi.
O’quvchilar bilan birgalikda qoidani o’qib o’rganish.
91- mashq. She’rni ifodali o‘qing.
Ulug‘ Temur bobomiz
Sevgan, sig‘ingan Vatan!
Bobur Mirzo doimo
Qo‘msab sog‘ingan Vatan!
Ko‘chiring. Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga to‘g‘ri chiziq
chizing.
Qoida asosida kim?, nima? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlarga misollar keltirib, so’zlar asosida gaplar tuziladi. O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi
Shaxsning nomini bildirgan so‘zlar
kim?, narsaning nomini bildirgan so‘zlar nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun sinfda mashq bajariladi.
93- mashq. Rasmdagi shaxslarning kasbini ayting va yozing. Ularga so‘roq bering
V. Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 149 – mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |