O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi



Download 65,21 Kb.
Sana06.03.2020
Hajmi65,21 Kb.
#41742
Bog'liq
ramzlar

Kirish

O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi. O’zR Davlat bayrog’i to’g’risida, Davlat gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog’ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo’mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog’i, Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqish va navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.

O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o’zining xalqaro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini ko’rsatmog’i, buning uchun esa o’zining butun imkoniyatlarini, o’ziga xos jihatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo’lmog’i lozim edi.

O’zR Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo’lib o’tgan VIII sessiyasi "O’zR Davlat bayrog’i to’g’risida"gi Qonunni qabul qildi. O’zR ning Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar tug’lariga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni, g’oyalarni davom ettirgan, ulug’ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos kelgan, qarashlarini davom ettirgan holda millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o’zida aks ettirmog’i kerak edi. Bayroqdagi moviy rang hayotimiz mazmunini aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Qizil yo’llar - bu har bir tirik jonning qon tomiri, unda jo’sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi. Yashil rang - O’zbekistonning sahovatli va tabarruk tuprog’i, go’zal tabiati timsoli. Yarim oy - o’zbek xalqining ko’p asrlik an’analariga mos keladi. 12 ta yuldo’z tasviri - qadimdan mukammallik va barkamollik timsoli.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.

O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

Oldi tomoni

Orqatomoni

Sxematikrasmi



Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.



O’zR Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida "O’zR Davlat madhiyasi to’g’risida" Qonun qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya varianti tasdiqlandi.

Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi

Serquyosh hur o‘lkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!

Naqorat:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,


Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish