Texnik va maishiy
1. Texnik nomlanish psixologlar uchun moʻljallangan boʻlib, faktorlarni ilmiy belgilangan ahamiyatini ifodalash uchun qoʻllaniladi. Koʻpincha texnik atamalarda akronomik nomlanish: sizotomiya, siklotimiya, sugency, eksvia-invia va boshqalar.
2. Maishiy nomlanish umum uchun qoʻl keladigan tarzda faktorlarni atashda qoʻllaniladi. Bu esa psixologlarni mutaxassis boʻlmaganlar bilan muloqoti uchun foydalaniladi. Masalan, A-faktor-“iliqlik-sovuqlik” (affektotimiya-sizotimiya), S-faktor “emotsional barqarorlik-beqarorlik” (“Men” kuchi-“Men”ning kuchsizligi)
L, Q-maʼlumotlardan shaxslik faktorlarini ajratib ifodalanadi. Har bir omilni quyidagi qismlarga ajratib ifodalanadi:
A) faktorlarning universal va harfiy indeksi;
b) faktlorlarning texnik va maishiy nomlanishi;
v) “L” maʼlumotdagi faktorni ifodalovchi eng ahamiyatli xarakteristika
g) eng maʼlumotbop savollar roʻyxati (Q-maʼlumot)
d) faktorlar interpritatsiyasi
Taʼlimda testlarni qoʻllash tarixi
Taʼlim jarayonida testlarni qoʻllash keng rivojlangan boʻlib, uning tarixiy bosqichlari 19-asrning oxirlarida yaqqolroq gavdalana boshlandi.
Maktab amaliyotida testlarni ilk bora F. Galton 1892-yilda qoʻllay boshladi. 1894-yilda maktabda oʻzlashtirish testlari (alohida fanlar boʻyicha bilim, koʻnikma va malaklarini tekshirish boʻyicha) paydo boʻldi. Amerikalik V.A. Makkoll testlarni pedagogik (EducationalTest) va psixologikka (IntelligenceTest) ajratdi. Makkoll pedagogik testlarni foydalanish maqsadini asoslagan. Biroq pedagogik oʻlchashning asoschisi sifatida amerikalik psixolog E.Torndayk (1874—1949) hisoblanadi. 1904-yilda uning “Psixologiya nazariyasi va sotsial oʻlchashlarga kirish” nomli kitobi nashr qilindi. E. Torndayk pedagogik testlashtirish sohasidagi eʼtirof etilgan nufuzni amerika maktab amaliyotiga testlarni tatbiq etish amaliyotini uch davrga ajratadi:
1. Izlanishlar davri (1900—1915). Bu bosqichda xotira, diqqat, idrok va fransuz olimi A.Bine taqdim etgan testlar tatbiq etishi oʻz aksini topgan. Intellekt testlari ishlab chiqiladi va tekshiriladi, aqliy taraqqiyot koeffitsiyentini aniqlashga imkoniyat tugʻiladi.
2. Navbatdagi 15 yillik — maktab testlashtirishida jadal rivojlanish davri boʻlib, uning imkoniyat va cheklanishlari aniqlandi. Bыli razrabotanы i vnedrenы testы O. Stounning arifmetika boʻyicha testlari B. Zekingemning imloni tekshirish testlari, E. Torndaykning bir qator maktab fanlari boʻyicha diagnostika boʻyicha testlari ishlab chiqildi va tatbiq etildi. T. Kelli taʼlim oluvchilarni qiziqish va iqtidorini oʻlchash usullarini ishlab chiqdi (algebrani oʻrganish). Ch. Spirmen esa testlarni standartlashtirish uchun korrelyatsion tahlilni qoʻllashning umumiy asosini taqdim etdi.
3. 1931-yildan boshlab maktab sohasidagi testlashtirishning zamonaviy bosqichi boshlangan. Mutaxassislar testlarning xolisligini oʻstirishga, maktab testi diagnostikasining uzluksiz tizimini yaratish, yagona gʻoya va tamoyilga boʻysunuvchi, diagnostik axborotlarni toʻplash va foydalanishning, testlarni taqdim etish va qayta ishlashning ancha takomillashgan vositalarini yaratishga izlandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |