Testdagi topshiriq tiplari: Ochiq :
- Alternativ javobli topshiriqlar;
- Bir necha javobli topshiriqlar;
- Muvofiqligini oʻrnatish topshiriqlari;
- Toʻgʻri ketma-ketlikni ifoda etuvchi topshiriqlar.
- Ochiq :
- Erkin bayon etishni talab etuvchi topshiriqlar;
- Toʻldirishni taqozo etuvchi topshiriqlar
Pedagogik testlashtirishning funksiyalari - Pedagogikada testlashtirishning oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan uchta funksiyasi mavjud: diagnostik, oʻrgatuvchi va tarbiyaviy.
- Diagnostik funksiyasi oʻquvchining bilim, koʻnikma va malakalarini yoritishdan iborat. Bu testlashtirishning eng asosiy va muayyan funksiyasidir.
- Testlashtirishning oʻrgatuvchilik funksiyasi oʻquv materillarini faol oʻzlatirishiga yoʻnaltirishdan iborat. Buning uchun taʼlim jarayonida taʼlim beruvchi taʼlim oluvchilarning oʻquv materiallarini faol oʻzlatirishlarini taʼminlash uchun qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi vositalardan foydalanish lozim boʻladi. Taʼlim oluvchilarning mustaqil test topshiriqlari tuzishga jalb etish, mustaqil tayyorgarlik koʻrishlari uchun taxminiy topshiriqlarni taqdim etish, test topshiriq natijalarini hamkorlikda tahlil qilish orqali oʻrgatuvchilik funksiyasi amalga oshiriladi.
- Tarbiyaviy funksiya test nazoratining davriyligida va ilojsizlik sharoitida namoyon boʻladi.
Psixologik testlarning qadr-qimmati quyidagi sifatlari bilan belgilanadi: 1. Sharoitlar va natijalarni standartlashtirilishi
Test metodikalarni oʻtkazishda foydalanuvchilarning maʼlumotlik darajasiga bogʻliq boʻlmagan holda tayyorlab qoʻyish mumkin. Bu esa test batareyalari boʻyicha kompleks xulosalar tayyorlashda yuqori malakali psixologni jalb etish kerak emas degan maʼnoni bermaydi.
2. Operativlik va tejamkorlik. Tipik testlar qisqa topshiriqli seriyalardan tashkil topadi. Ularni bajarish uchun esa yarim minut vaqtni oladigan boʻladi va odatda testlar bir soatdan oshib ketmaydi. Baʼzi shaxslik testlari bunday chegaradan chetga chiqishiga ham toʻgʻri keladi.
3. Baholarning miqdoriy differensiallashgan xarakterga egaligi. Test shkalalari va standartlashganlik uning aniqlovchi instrumenti sanaladi hamda oʻlchanayotgan xususiyatni miqdoriy baholash imkonini beradi (bilim, koʻnikma, malaka) Yaxshi test oʻquvchilarni uch toifaga ajratib beradi. Aʼlochi, oʻrta va qoloq.
Qutbli xarakterda esa qobiliyatli va talantli, ishonchlikni yoʻqligi bilan oʻta ishonchsizlik (Mutlaqo tayyor emaslikni) ajartishga olib keladi. Bundan tashqari test natijalarining miqdoriy testlarning yaxshi ishlab chiqilganligi imkoniyatlarini baholab beradi.
4. Optimal murakkablik. Professional tarzda tayyorlangan test topshiriqlari optimal murakkablikka ega boʻladi. Bunda oʻrta sinaluvchi maksimal miqdordagi ballning 50 foizini toʻplay olishi kerak. Bu dastlabki, psixometrik eksperiment vaqtida aniqlanadi. Ishonchlilik.
5. Adolatlilik. Yaxshi test barcha tekshiriluvchilar uchun bir shart-sharoit qoʻyiladi.
6. Kompyuterlashtirish imkoniyati. Ommaviy test tadbirlarini oʻtkazishda uning natijalarini qayta ishlash va vaqt tejamkorligini oshirishga yordam beradi. Testlarni kompyuterlashtirish axborot xavfsizligini taʼminlashning eng maqbul yoʻli sanaladi.
7. Psixologik adekvatligi. Bu optial murakkabligini muhim psixologik sababi hisoblanadi. Stressga chidamlilik,