Professional testlashtirishning vujudga kelishi. Psixologik testlashtirishning spontan tarzda vujudga kelishini uzoq tarixiy davr bilan bogʻlash mumkin. Antik davrga xos misol sifatida buyuk sarkardaning oʻz qoʻshinidagi askarlarini suvni qanday ichishlariga eʼtibor qaratishi orqali ularni axloqiy-irodaviy sifatlarini muhokama qilishi misol sifatida keltiriladi.
Test – bu sinov, kamlik boʻyicha koʻplik haqida muhokama qilish nazarda tutiladi. Testni yaratishda psixik aktlarning individual tafovutlari imkoniyatlari aniqlanadi, testlashtirish jarayonida bir qator mezonlar orqali odamning individual xususiyatlari baholanadi.
Professional psixodiagnostikaga qadar insoniyat insonning shaxsiy xususiyatlarini baholashning turli usullarini oʻylab topishgan. Har xil darajadagi xolislilik. A) koʻpchilik haqida kamchilik boʻyicha muhokamalash va tekshiriluvchilarning barchasiga xolisona yondashuvning oʻzi yetarli emas. Bunday talab astrologiyada ham uchraydi: tugʻilgan sana va vaqt orqali shaxsning xususiyatlari, taqdir, psixologik hamkorlik haqida xulosalar chiqarilishiga harakat qilinadi.
Professional testlashtirishning muhim shart-sharoiti metodikalarning validligini belgilaydi. Tarix ixlosmandi adabiyotlarda suv ichish bilan bogʻliq test izohiga duch kelganda sarkardaning aqlli va fahm-farosatliligi buni izohlashga asos boʻlishini tushunadi.
Professional diagnost doimiy ravishda ishonchli maʼlumot olishning muhim shartini izlashga harakat qiladi. Fransuz olimi A.Binega qadar (ommabop testlarni asoschisi) bir qator psixofiziologik (sensomotor sifatlar-sezgirlik, reaksiya tezligi va boshqalar) testlar mavjud edi.
Ammo bosqichma-bosqich oliy psixik funksiyalar, shuningdek, intellekt haqida axborotlarga ehtiyoj tugʻildi. Bine intellekt testlarini ishlab chiqarishga eʼtibor qaratdi.
Taʼlim vazirligi 1904-yilda unga oʻquvchilarning taʼlim olishga qobiliyatlariga koʻra ajratish, dangasa va oʻqishga xohishi boʻlmagan bolalardan tugʻma defektlari va odatdagi maktabda oʻqishga layoqatsiz bolalarni ajratishga moʻljallangan testlarni yaratish topshirigʻi berildi. Aqliy taraqqiyotdan ortda qolgan bolalar va umum taʼlim maktlarini ochish bilan bogʻliq zarurat bunga sabab boʻldi. A.Bine A.Simon bilan hamkorlikda uch yoshli bolalardagi diqqat, xotira, tafakkurini oʻrganish boʻyicha bir qator eksperimentlar oʻtkazdilar. Eksperiment topshiriqlari statistik mezonlar boʻyicha oʻtkazilib, intellekt darajasini aniqlash vositasi sifatida qarala boshlandi.
Bine-Simonning birinchi shklasi 1905-yilda vujudga keldi. Soʻngra mavjud bilimlar bilan bogʻliq barcha topshiriqlarni takomillashtirish borasida mualliflarning bir qator urinishlari mavjud. Bine intellektni rivojlanishi taʼlim bilan emas, biologik yetilish natijasida sodir boʻladi degan tasavvur bilan ishladi.
Keyinchalik Bine-Simon shkalasi nemis va ingliz tillariga tarjima qilindi. Shkalaning ikkinchi redaksiyasi (1908) ancha farq qilib, u 13 yoshgacha boʻlgan davr uchun kengaytirildi, topshiriqlar soni kengaytirildi va aqliy yosh tushunchasi kiritildi. Shkalaning ikkinchi tahriri keng tarqatildi. Oxirgi uchinchi tahriri Binening vafotidan soʻng eʼlon qilindi va unga yetarlicha oʻzgartirish kiritilmadi.
Eng muhim yangilik aqliy yosh tushunchasini kiritilganligi edi. Bine shkalasidagi topshiriqlar yosh boʻyicha guruhlagan edi (3 va 13 yoshgacha). Har bir yosh uchun maʼlum testlar saralab olingan. Ular agar tekshiriluvchilarning koʻpchilik qismi (80-90%) topshiriqlarni yecha olsa, ushbu yosh guruhiga mansub deb hisoblangan. 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 4 ta topshiriq taqdim etiladi, 6 yoshdan katta boʻlganlarga esa 6 ta topshiriq taqdim etilgan. Bine shkalasidagi intellekt koʻrsatkichi IQ emas, balki aqliy yosh xronologik yoshga ajratiladi. Agar bolaning aqliy yoshi xronologik yoshidan katta boʻlsa, bu intellektni rivojlanganligini anglatadi. Kichik boʻsa, taraqqiyotdan ortda qolganligini anglatadi. Aqliy yosh test topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarilishi asosida aniqlanadi. Sinov tekshiriluvchilarga oʻz yoshiga mansub test topshiriqlarni namoyon etish bilan boshlanadi. Agar bola oʻz yosh guruhidagi barcha topshiriqlarni bajara olsa, unga katta yoshdagilar guruhi topshirigʻini bajarish taqdim etiladi. Agar u topshiriqlarni hammasini yecha olmasa, sinov toʻxtatiladi. Agar bola oʻzining yosh guruhiga tegishli topshiriqlarni yecha olmasa, u holda unga kichik yosh guruhiga mansub topshiriqlar taqdim etiladi. Sinov tekshiriluvchining barcha topshiriqlarni yechib, yoshi aniqlanguncha davom etadi.
Tekshiriluvchilar yechadigan barcha topshiriqlar maksimal yoshni va aqliy yoshning asosi hisoblanadi. Agar bola katta yosh guruhida bir qator topshiriqlarni bajarsa, bu bajarilgan har bir topshiriq ularning “aqliy oyini” baholaydi. U holda son koʻrsatkichlari oyni ifodalovchi sifatida qoʻshiladi. Intellektni aniqlashga moʻljallangan testlar tufayli standart IQ shklasini va statistik shakli tushunchasini kiritdi.