Standartlashtirish ( inglizcha standard soʻzdan olingan boʻlib, – bir shaklga, meʼyorga keltirish maʼnosini anglatadi) – testning oʻtkazish tartibi va uning natijalarini baholashni yagona meʼyorga keltirish, unifikatsiyalash va tatbiq etishni qatʼiy belgilash jarayoni.
Metodikaning validlik, ishonchlilik va differensiallik talablariga, uni qoʻllash uchun nisbiy tanlanmani standartlashtirish zarur. Shu bois, psixologik metodikalarning birinchi koʻrsatkichlari, bahosi va talqini eksperimentatorning xulq-atvori va subyektiv mulohazalariga bogʻliq boʻlib qolmasligini taqozo etadi. Shu sababli tadqiqotchilar, metodikalarni yaratuvchi va moslashtirishga jazm etgan mutaxassislar psixologik testlarning obyektivligini taʼminlash uchun quyidagi shartlarga amal qilib, ish yuritishlari lozim boʻladi:
1) Metodika meʼyorlari bilan qiyosiy natijalarini qoʻlga kiritish uchun testni yagona oʻtkazish tartibga keltirish;
2) testni bajarishning yagona baho meʼyoriga erishish;
3) testlashtirish maʼlumotlarini qayta ishlash natijalaridan olingan koʻrsatkichlar bilan solishtirish uchun maʼlum test normalarinii aniqlashtirish.
Bugungi kun psixometrika tajribalarida standarlashtirishning ikkita shakliga koʻp tayaniladi. Birinchisi, metodikani tatbiq etishning qatʼiy vaqtini belgilash, yoʻriqnomasini, javoblar varagʻini , tajriba-sinovni oʻtkazish sharoitlarini va tekshiruvchilarning xarakteristikasini unifikatsiyalash bilan bogʻliq.Psixologik testlarni standartlashtirishning ushbu holati quyidagi diagnostik vaziyatlarni aniqlash va hisobga olishni oʻzida qamrab olgan:
Test oʻtkazish sharoitlari (bino, jihozlanishi va boshqa tashqi omillar). Shubhasiz, qisqa muddatli xotirani tovush, ovozlar singari chet taʼsirlarsiz yaxshi oʻlchashga erishiladi (masalan, Vekslerning raqamlar qatorini takrorlash subtesti yordamida)
1. Yoʻriqnomalarning mazmuni va uni taqdim qilish xususiyatlari (ovoz toni, toʻxtalish (pauza), nutqning tezligi va boshqalar). Masalan, “Oʻnta soʻz” testidagi soʻzlar maʼlum soniyalar oraligʻida taqdim etilishi kerak.
2. Standartlashtiirilgan stimul materialning mavjudligi. Masalan, olingan natijalarning xolisligi respondentlarga G.Rorshaxning qoʻlbola kartasini yoki standartlashtirilgan –maʼlum ranglarning uygʻunligi va ranglardagi oʻzgachalik taqdim etilishiga ahamiyatli bogʻliqdir.
3. Testni bajarishning vaqtini chegaralanishi. Masalan, Raven testini bajarish uchun respondentga 20 daqiqa beriladi.
4. Testni bajarish uchun standart blanki. Standartlashtirilgan blankning qoʻllash natijalarni qayta ishlash jarayonini yengillashtiradi.
5. Testlashtirish jarayoni va natijalariga oʻzgaruvchan sharoitlarning taʼsirini hisobga olish. Oʻzgaruvchan taʼsirlar deganda tekshiriluvchining holatlari tushuniladi (toliqish, kechinmalar, testdan bezovtalanish, yaʼni holatlar, ekspertizaning shartli harakat motivi va boshqalar), testning nostandart sharoitda oʻtkazish (yomon yoritilgan bino, ventilyatsiyaning yoʻqligi va boshqalar) va testni oʻtkazishni toʻxtatib qoʻyish.
6. Testni oʻtkazish jarayoni va natijalariga diagnostning xulq-atvori taʼsirini hisobga olish. Masalan, test oʻtkazish jarayonida eksperimentatorning qoʻllab-quvvatlovchi-ragʻbatlantiruvchi xulq-atvorini respondent tomonidan “toʻgʻri javobni” shama qilish tarzida idrok etish va boshqalar.
7. Test oʻtkazish jarayonida respondentni tajribasining taʼsirini hisobga olish. Tabiiyki, respondent testdan birinchi bora oʻtayotgani yoʻq, u noaniqlik tuygʻusini bartaraf eta oldi va test vaziyatiga maʼlum munosabatni ishlab chiqadi. Masalan, agar respondent Raven testini bajarib boʻlgan boʻlsa, unga ikkinchi bora testni bajarishni taklif etish kerak. emas.
8. Testning bajarilishini bir xillikda baholash: olingan natijalarni standart talqin etish (bu ushbu testni yosh (masalan, intellekt testlarida), jins va boshqa alomatlar uchun norma bilan bajarishdan olingan koʻrsatkichlarni koʻzda tutadi.
Ikkinchisi, psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanishga yoʻnaltirilgan: 1) test metodikalarini loyihalashtirish bosqichi va ularning mazmuni. 2) Testning moslashtirish algoritmi va texnologiyasi. Bu xususida quyida alohida mulohaza yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |