Metodikani oʻtkazish tartibi.
Bolaga rasmning butun tasviri koʻrsatiladi va undan bu rasmda nima tasvirlanga-ni soʻraladi. Soʻngra rasm “buziladi” va uning qismlari bir-biridan uzoqroq qilib surib qoʻyiladi (agar rasm 2 qismdan iborat boʻlsa), yoki rasm 3-5 qismdan iborat boʻlsa, ular aralashtirib yuboriladi. Soʻngra boladan rasmni butun holiga keltirib yigʻish soʻraladi.
Yoʻriqnoma: “Koʻrayapsanmi rasm 2 (3-5) qismdan iborat. Uni dastlabki holiga keltirib, yigʻishga urinib koʻr”.
“Xoʻroz” rasmini yigʻishda agar bola qiynalsa, kesilmagan butun namunadan foydalanish mumkin. Bu holda bola oldiga namuna qoʻyiladi va unga rasmga qarab kesma xoʻrozni yigʻish taklif etiladi. Bola ishini kuzatish jarayonida uning faoliyati mazmuniga eʼtibor qaratish zarur: u qay darajada harakat qilayapti, maqsad sari intilayaptimi, muvaffaqiyat va omadsizlikka boʻlgan munosabati qanday, unga qanday yordam koʻrsatishga toʻgʻri keladi.
Olingan natijalar tahlili.
4 yoshla bolalar “Xoʻtik” va “Sigir” kesma rasmlarini mustaqil yigʻishni uddalaydilar yoki biroz yordamni tashkil qilishga toʻgʻri keladi. 3 qismdan iborat “Ot” rasmini yigʻish bu yoshdagi bolalarga koʻpincha qiyinchilik tugʻdiradi, chunki ular rasmni oʻrta qismiga eʼtibor qaratmaydilar. 5 yoshli bolalarga esa “Ot” rasmini mustaqil yoki ozgina yordam bilan yigʻadilar. 4-5 yoshli bolalar uchun “Xoʻroz” rasmini yigʻish biroz qiyinroq, hattoki butun namunaning koʻrsatilishi ham ularga yordam bermaydi. Rasmlarni yigʻish uchun kattalarning koʻmagi talab etiladi. Agar bola rasmni psixolog yordamida yigʻgan boʻlsa, unga rasmni ikkinchi marotaba mustaqil yigʻib koʻrish taklif etiladi. Qayta yigʻilganda ham bola vazifani mustaqil bajara olmasa, topshiriq bajarilmagan deb hisoblanadi.
5 yoshla bolalar “Xoʻroz” rasmini darrov mustaqil yigʻa olmaydilar, koʻp hollarda ularga butun namunani koʻrsatish va kattalarning tashkil etilgan yordami talab qilinadi. Rasm boshqalar yordamida yigʻilgandan soʻng bolaga topshiriqni mustaqil bajarib koʻrish taklif etiladi. Agar bola namu naga qarab “Xoʻroz” rasmini yigʻa olsa, topshiriq mustaqil bajarilgan hisoblanadi.
Barcha natijalar bayonnomada qayd etib boriladi: topshiriqni mustaqil yoki kattalar yordamida toʻgʻri bajarilishi, topshiriq qayta bajarilganda toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligi va hokazo. Tegishli ustunda “+” yoki “-” belgisini qoʻyish yoki zarur sharhlarni yozish ham mumkin. Bola kattalarning yordami bilan rasmlarni yigʻadi, lekin vazifa takroran mustaqil bajarilganda, bola ishni uddalay olmasligi ham mumkin. Bu asosan maktabgacha yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning yetarli darajada shakllanmaganligi bilan bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |