40-yillarda testologiyaning rivojlanishi. 1940-yillarda Oskar Burosning “psixik oʻlchashlarning yilnomasi” nashrida psixologik testlar haqida maʼlumotlar taqdim etila boshlandi. Bunda 325 test sharhlanib, 200 test faqat sanab oʻtilgan edi.
Birinchi jahon urushi singari ikkinchi jahon urushi arafasida ham AQSHda yangi testlar ishlab chiqila bordi. Amerikalik olimlar yana asosiy eʼtiborni armiya uchun zarur guruhiy testlarni yaratishga kirishdilar va Armiyaning umumiy klassifkatsiyalovchi testi-guruhiy testi yaratildi. Unda 10 mln yaqin harbiy xizmatchilar oʻtkazildilar. Shuningdek, harbiylarda Rorshax, TATning qisqartirilgan testi, vaziyatli testlar ham tatbiq etila boshlandi. Buyuk Britaniyada esa Ravenning progressiv matritsalari harbiy klassifikatsiyalashda qoʻllanila boshlandi.
40-yillarda Erishilganlik Stenford testi, Otisning klassifikatsion testi, Kyuderning 168 topshiriqli savolnomasi, Shu yillari Katrin Briggs va uning qizi Isabel Mayers tomonida “Mayers-Briggsning tiplar indikatori” ustida ishlar olib borilib, 1962-yildagina ushbu test eʼlon qilindi.
Ushbu yillarda koʻpchilikni eʼtiborini Minnesotskiyning koʻp jabhali shaxsni oʻrganish savolnomasi (MMPI) oʻziga jalb etdi. G.Yu.Ayzenkning Moudsleysk tibbiyot savolnomasi yaratildi.
Gilfordning “Temperament sharhi”ni yaratilishiga olib keldi. Urushdan soʻngra Saul Rozensveyning frustratsiyaga reaksiyani aniqlash proyektiv testi (24 ta suratdan iborat) vujudga keldi.
50-yillarda Vekslerning katta yoshdagilarni intellektini oʻrganish shkalasi yaratildi. R.Kettellning intellektni aniqlashning erkin madaniy testi va 16 faktorli shaxs savolnomasi yaratildi (1958). Dj.Teylorning bezovtalanishning namoyon boʻlishini aniqlash metodikasi
Shaxs soʻrovnomalari tarixi. Shaxslilik soʻrovnomalari psixologlarni tabiiy fanlardan oʻzlashtirgan psixodiagnostika metodlari hisoblanadi. Dastlabki soʻrovnomalar tarixi borasidagi ilk manbalar xususida soʻz borganda Charlz Darvin foydalanganligi haqida soʻz boradi. Soʻrovnoma metodikning ilk nazariy asosi sifatida introspeksiya taqdim etiladi.
Uzoq vaqt mobaynida oʻz-oʻzini kuzatishdan inson ongi va shaxsni oʻrganadigan boshqa biror bir metod yoʻq deb hisoblaganlar. Shu bois koʻpincha soʻrovnomalarga oʻz-oʻzini kuzatishning bir shakli sifatida qaraganlar. Birinchi soʻrovnomalar F.Galton tomonidan yaratilgan. U tomonidan yaratilgan soʻrovnomalar shaxs sifatlarini emas, balki oʻzining idroki, aqliy timsollari xususiyatlarini baholashga foydalanilgan
[www.mentalforce.ru].
XIX asrning oxirida soʻrovnomalar metodidan xotirani (A. Bine, J. Kurtye), tafakkur tushunchasini (T. A. Ribo), ichki nutqni (J. Sen-Pol) va boshqalarni tadqiq etishda foydalandilar. Chop etilgan soʻrovnomalar respondentlarga taqdim etilgan, baʼzi holatlarda esa jurnallarda nashr etildi. Shu tarzda soʻrovnoma metodi shaxsning sifatlariga munosabatni oʻrganishda qoʻllanilmadi.
Birinchi shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi amerikalik psixolog Roberto Vudvorts tomonidan 1919-yilda “Shaxs haqida maʼlumotlar banki” yaratilgan edi.
Bu soʻrovnoma harbiy shaxslarni nevrotik simptomli holatlardan saralab olish uchun moʻljallangan. Soʻngra shaxslilik soʻrovnomalari shaxsni psixodiagnostik tadqiq etish metodilari sifatida keng tarqaldi.
Hozirgi kunda soʻrovnomalar psixodiagnostikaning keng qoʻllanilayotgan metodlaridan biri sanaladi.
Shaxslilik soʻrovnomalari sifatiga koʻra juda kuchli tafovutlanadi. Bu boradagi eng “muvaffaqiyatli” metodika sifatida MMPI keltirish mumkin. Metodika oxirgi 50 yillikda yaratilgan metodika hisoblanadi.
www.mentalforce.ru