120
Laboratoriya ishi №3.2
To`yingan uglevodorodlar
Reja:
1. Alkanlarning gomologik qatori, nomlanish usullari, xalq xo`jaligida ishlatilishi.
2. Alkanlarning ayrim vakillarining olinishi va xossalarini o`rganish.
1 -
amaliy mashq.
To`yingan uglevodorodlaming vakillaridan (С
6
Н
14
yoki C
7
H
16
) birining izomerlarini
yozib, ularni ratsional va IYuPAK nomenklaturalari yordamida nomlanishi.
1- tajriba. Metan olish va uning xossalarini o`rganish.
Reaktivlar: natriy atsetat, natron ohak (NaOH+Ca(OH)
2
aralashmasi), bromli suv, 1% li
kaliy permanganat eritmasi.
Quruq probirkaga bir qism natriy atsetat va ikki qism natron ohakdan iborat
aralashmadan 2 gr solinadi. Probirkaning og`zi gaz chiqish nayi o`rnatilgan tiqin bilan
berkitiladi va probirka qisqich yordamida shtativga o`rnatiladi. Nayning ikkinchi uchi suvli
boshqa probirkaga tushiriladi. Shundan so`ng aralashmali probirka gorelka alangasida
qizdiriladi, gaz holidagi mahsulot metan hosil bo`lishi kuzatiladi.
Ajralib chiqayotgan gazga nay og`zida gugurt alangasi tutilsa, u ko`kimtir alanga berib
yonadi. Demak, bu gaz - metan.
CH
3
COONa + NaOH
CH
4
+ Na
2
CO
3
CH
4
+ 2O
2
CO
2
+ H
2
O
Ajralib chiqqan gaz avval bromli suv solingan probirkadagi eritma orqali, keyin kaliy
permanganat solingan probirkadagi eritmadan o`tkaziladi. Ikkala holatda ham eritmalar rangi
o`zgarmaydi, ya`ni reaksiya amalga oshmaydi. Bu tajriba ham ajralib chiqqan gaz metan
ekanligini tasdiqlaydi.
2- tajriba. Alkanlarni konsentrlangan mineral kislotalar bilan ta`siri.
Reaktivlar: geksan, kons. H
2
SO
4
, kons. HNO
3
.
Probirkaga 1 ml geksan solib, unga teng miqdorda kons. H
2
SO
4
aralashtiriladi. Bunda
aralashma suv bilan sovutib turiladi. Geksan rangining o`zgarmasligi to`yingan
uglevodorodlarning inertligini ko`rsatadi. Xuddi shunday tajriba kons.HNO
3
bilan
o`tkazilganda ham eritma rangi o`zgarmaydi. Demak, to`yingan uglevodorodlarga nitrat
kislota ham ta`sir etmaydi.
121
3 - tajriba. Alkanlarga kaliy permanganatning ta`siri.
Reaktivlar: geksan, 1% li kaliy permanganat eritmasi 5% li natriy karbonat eritmasi.
Probirkadagi 1ml geksanga 1ml soda eritmasi va bir necha tomchi kaliy permanganat
eritmasi qo`shiladi va qattiq chayqatiladi. Kaliy permanganatga xos binafsha rang
yo`qolmaydi, chunki geksan va to`yingan uglevodorodlar bu sharoitda oksidlanmaydi.
Mustaqil ta`lim uchun savollar va mashqlar
1. Ratsional nomenklaturada dimetil etil metan, metil dietil metan, dimetil birlamchi
- izobutil metan deb nomlanuvchi uglevodorodlarning tuzilish formulalarini yozib,
ularni IYuPAK bo`yicha nomlang.
2. IYuPAK bo`yicha nomi 2-metilpropan, 2-metil-3-etilpentan, 2,3,4- trimetilpentan
bo`lgan uglevodorodlarni tuzilish formulalarini yozib, ularni ratsional
nomenklatura bo`yicha nomlang.
3. Geksanni barcha izomerlarini yozib, ularning har biridagi| birlamchi, ikkilamchi,
uchlamchi va to`rtlamchi uglerod atomlarini ko`rsating.
Laboratoriya ishi №3.3
Alkenlarning olinishi va xossalari.
Reja:
1. Alkenlarning gomologik qatori, nomlanish usullari, xalq xo`jaligida ishlatilishi.
2. Etilenni olinishi va xossalarini o`rganish.
1- amaliy mashq.
Alkenlarning C
5
H
10
yoki С
б
H
12
vakili izomerlarini yozib ularni ratsional hamda IYuPAK
nomenklaturalarda nomlanishi. Sis- va trans- izomeriyaga tushuncha bering.
1 - tajriba. Etilenni etil spirtdan olinishi.
Reaktivlar: etil spirt, konsentrlangan sulfat kislota.
Quruq probirkaga 1 hajm etil spirt va 6 hajm konsentrlangan sulfat kislotadan iborat
aralashma quyiladi va og`zi gaz chiqadigan nay o`tkazilgan tiqin bilan berkitiladi. Gaz
chiqadigan nayning ikkinchi uchi suvli probirkaga tushirib qo`yiladi. Probirka qiya holatda
shtativga o`rnatiladi va sekin qizdiriladi. Natijada probirkadagi mahsulot qorayadi va gaz
holatidagi mahsulot etilen ajraladi.