O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 1,63 Mb.
bet65/76
Sana24.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#579145
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
Bog'liq
Тurkiy xalqlar adabiyoti majmuasi

MAXTUMQULI


(1733 yilda tug‘ilib, XVII asrning oxirlarigacha yashagan)

Maxtumquli turkman xalqining eng iftixorli yorqin adabiy siymosidir. Turkman adabiyoti deganda aksar o‘zbek kitobxonlari xayoliga darhol Maxtumquli she’riyati keladi. Maxtumquli adabiy merosida o‘zbek-turkman ellarining qon-qarindoshlik tuyg‘ulari muhrlangan. Maxtumquli she’riyati umumturkiy mushtarak g‘oyalar, orzu-armonlar bilan yo‘g‘rilgan. Maxtumquli ma’rifiy asarlarida, pandi nasihatlarida umumturkiy ma’naviyat yaqqol mujassam.


Turkman xalqining mumtoz shoiri Muxtumquli XVIII asrda yashab ijod etgan. Shoirlik iste’dodi uning nasl-nasabida bor edi. Shoirning bobosining nomi ham Maxtumquli bo‘lib, u asosan dehqonchilik, to‘qim tikish va qamchin to‘qish, yugan, qorinbog‘ (ayil) tayyorlash bilan shug‘ullansa-da, uzoq muddat xalq yodida saqlangan qo‘shiqlar ham yaratgan.
Shoirning 1700 yilda tug‘ilgan otasida bobosining istedodi yorqinroq yuzaga chiqdi. Uning ismi Davlatmamad edi. Davlatmaad yoshligida ovul maktabida o‘qiydi. Keyinchalik Xeva madrasalarida tahsilni o‘tab keldi. Datlatmamad maktabdor domla sifatida faoliyat ko‘rsatdi, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullandi, ayni paytda, qizg‘in badiiy ijodga berildi. U Ozodiy taxallusi bilan qo‘shiq va g‘azallar yozdi. Uning ayniqsa, pandnoma ruhidagi olti mingga yaqin misradan iborat «Va’zi Ozod» manzumasi katta ma’rifiy ahamiyatga egadir.
Maxtumquli 1733 yilda, Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy tomonida Atrek daryosiga yaqin Hojigovshon degan joyda Davlatmamad Ozodiy oilasida tug‘ilgan. U ham otasi singari yoshligida ovul maktabida ta’lim oldi. Maxtumquli o‘qishdan tashqari vaqtlarida poda boqdi, to‘qqiz yasharligida qo‘shiqlar to‘qiy boshladi. U o‘z tahsilini Xevadagi Sherozi madrasasida davom ettirtirdi. U keyinchalik Qiziloyoq ovulidagi Idris bobo, Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasalarida o‘qiganligi haqidagi ma’lumotlar bor. Maxtumquli badiiy ijod bilan birga asosiy hayotiy mashg‘uloti bo‘lmish zargarlik hunarini o‘rgandi. U she’rlarini «Firog‘iy» taxallusi bilan ham yozdi.
Shoirning muhabbat tuyg‘ulariga limmo-lim she’rlarida go‘zal Mengli obrazi bot-bot e’tiborni tortadi. Bu esa shoir Mengli ismli hamqishlog‘ini sevganidan dalolat beradi:

Pardam tortib yuzlarimga,


Pardoz berib so‘zlarimga,
Maxtumquli, ko‘zlarimga
Yolg‘iz Menglixon ko‘rinur.

Lekin shoirga Menglixon bilan baxtli turmush qurish nasib etmaydi.


Shoir turkman urug‘larining yovga qarshi birlashishini, mustahkam barpo bo‘lishini orzu etar edi:

Turkmanlar bog‘lasa bir bo‘lib belni,


Quritar quzg‘unni, daryoyi Nilni.
Taka, yovmush, guklang, yazir, alili
Bir davlatga xizmat etsak beshimiz.

Maxtumqulining bu ulug‘ orzulari XX asr oxirida ushaldi. Bir qancha turkiy xalqlar mustamlaka zulmidan qutuldilar va milliy mustaqil davlat yaratish baxtiga muyassar bo‘ldilar.


Endilikda barcha turkiy qavmlar umumturkiy birlik orzusida «Turkiston - umumiy uyimiz» g‘oyasi tevaragida jipslashdilar.
Har bir xalq adabiyotida o‘sha xalqning tarixini, taqdirini, Vatanini, milliy o‘ziga xosligini sharaflovchi qasidalar bo‘ladi. Turkman xalqi adabiyotidagi ana shunday kuchli qasida Maxtumquli qalamiga mansub. Ushbu qasidada milliy iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi.
Maxtumquli ona - Vatanining iqlimi va go‘zal tabiatini sevib kuylaydi. Qasidaning dastlabki bandlarida shoir Turkmanistonning geografik joylashuvi, iqlimi va tabiatini ta’riflash yo‘li bilan o‘quvchini Vatan darvozasidan olib kiradi.
Jayhun bilan bahri Hazar orasi,
Cho‘l ustidan esar yeli turkmanning.
Gul g‘unchasi qora ko‘zum qorasi,
Qoratog‘dan inar seli turkmanning.
Haq siylashi, bordir uning soyasi,
Chirpinadi cho‘lda nori, moyasi.
Rang-barang gul ochar yashil yaylasi,
G‘arq bo‘lmish rayhona cho‘li turkmanning.

Ushbu baytlarni o‘qirkansiz, Turkmanistonnning Haq siylagan tabiatiga maftun bo‘lasiz. Nortuyalar yayrab yurgan sahrolariga, rayhonga g‘arq bo‘lgan cho‘llariga, rang-barang gullarga burkangan yashil yaylovlariga borib qolgandek bo‘lasiz.


Ol-yashil bezanib chiqar parisi,


Gurkirab barq urar anbarning isi.
Bek, to‘ra, oqsoqol yurtning egasi,
Qur’on tutar go‘zal eli turkmanning.

Tasvirlanishicha, go‘zal turkman qizlari qizil yashil liboslarda yasanib chiqar, qadamlaridan yoqimli hidlar taralib, to‘rt tarafga fayz kiritadi. Maxtumquli yurtning boshida turuvchi bek, to‘ra, oqsoqollar bilan ham faxrlanadi. Xalqning iftixoriga sazovor xislatlaridan biri iymon. E’tiqodli ekanligi alohida baytda vasf etiladi:


Mardlik va jasurlik turkman millatining xos sifatlaridan bo‘lib, u maxsus bandda madh etiladi:

U mardning o‘g‘lidir, marddir padari,


Go‘ro‘g‘li qardoshi, sarxushdir sari.
Tog‘da, tuzda quvsa sayyodlar tirik,
Ola bilmas yo‘lbars o‘g‘li turkmanning.

Bu misralar turkman yigitlarining mardonavor qiyofasini yaqqol gavdalantiradi. Lirik qahramon Go‘ro‘g‘lidek afsonaviy qahramonlarga qardoshligidan mastona iftixor izhor etadi.


So‘nggi misralardan yo‘lbars kelbatli, yovqur, chopqir turkman otliq yigitlarining tog‘lari gumburlab yugurishi quloqqa chalinadi:
Ommaviy bazmlar, to‘ylar, bayramlar har millatning chuqur iftixoriga sazavor xususiyatlaridir. Maxtumquli ham faxriyadan yuraklari tosha-tosha suylaydi:

Ko‘ngillar, yuraklar bir bo‘lib boshlar


Tortsa yig‘in, erir tuproqlar, toshlar.
Bir sufrada tayyor qilinsa oshlar,
Ko‘tarilar ol iqboli turkmanning.

Bunday faxriya asarlar urf-udumlarimizning yaqinligidan, umumturkiy marosimlarimizning mushtarakligidan, biz o‘zbeklarning ham yuraklarimizni hayajondan larzaga keltiradi. Darhaqiqat, turkman ham, o‘zbek ham yig‘in chaqirsa, xalq vakillarining boshlari qovushadi, ko‘ngillar, yuraklarning haroratli taftidan tuproqlaru toshlar erib ketadi. Jamoatga bir dasturxonda osh tortilishi elning iqbolini ko‘rsatadi. Chunki, bir dasturxondan osh yegan el ahil, baxtiyor bo‘ladi. Kuch-qudrat, xayr baraka birlikdadir.


Quyidagi bandlarda turkman xalqi bilan Turkmaniston tabiatining uyg‘unligi o‘z ifodasini topgan.

Ko‘ngul havolanar otga chiqqanda,


Tog‘lar la’la do‘nar qiyo boqqanda.
Bol keltirar jo‘shib daryo oqqanda,
Band tutdirmas kelsa seli turkmanning.
G‘ofil qolmas, savash kuni xor bo‘lmas,
Qarg‘ishga, nazarga giriftor bo‘lmas,
Bulbuldan ayrilib, so‘lib, sarg‘aymas,
Doim anbar sochar guli turkmanning.
Otga sapchib mingan turkman chavandozining ko‘ngi osmon qadar yuksaladi. Ot ustida adl o‘tirib, tevarakka boqqan bu chavandozning yovqur nigohidan tog‘lar la’ldek yonib, nur qaytaradi. Turkmanning qalbi shijoat va ehtirosdan mavjlangani singari, daryosi ham jo‘shib, go‘yoki suv emas, bol tashiydi. Turkman suvoriylarining dovulday dahshatli hujumiga qal’alalar dosh berolmagani kabi, turkmanistonning seliga bandlar bardosh berolmaydi. Tarix saboqlaridan ma’lumki, turkman o‘g‘lonlari hamisha hushyor, sergak, dushman bilan jangu jadalda doimo g‘olib va o‘ktam bo‘lib kelganlar. Mardliklari tufayli ular qarg‘ishga, yovuz nazarga duchor bo‘lmaydilar. Maxtumquli iftixori mubolag‘asiz. Bulbulidan ayrilib, so‘lib-sarg‘ayib, xor bo‘lmaydigan, mudom anbarday muattar hidlar taratib turuvchi gul turkmanning go‘zal va suluv, o‘z elida e’zozli, qadrli qizlari timsolidir.

Ulug‘lar qon-qarindosh, hamdo‘stdir bari,


Iqbollar ters kelmas, haq nuri yori.
Mardlar otga minsa, savash saridir,
Yov ustiga yurar yo‘li turkmanning.

Ushbu baytlar turkmanning qon-qarindoshlikka, hamdo‘stlikka moyilligi, qobilligi, baxt-iqbolga, tangri siyloviga musharrafligi madhidir, harbu zarbga ishqivozligi, jangariligi, qo‘rqmas va qaytmasligi iqroridir.


Sarxush bo‘lib chiqar, jigar dog‘lanmas,


Toshlarini sindirar, yo‘li bog‘lanmas.
Ko‘zim g‘ayra tushmas, ko‘ngil tinchimas,
Maxtumquli-so‘zlar tili turkmanning.

O‘z xalqini sevgan shoir barkamol farzand sifatida o‘zi ham iftixorga sazavor siymodir. Shunga binoan, so‘nggi band Maxtumqulining o‘z faxriyasidir. Shoir xalqiga bo‘lgan muhabbat sharobidan sarxush, el iqbolidan masrur jigari dog‘lanmaydi. U azim daryoday to‘lqinlanib oqar ekan, toshlarnida sindirib, o‘ziga yo‘l ochadi. Ko‘zi kelajagi porloq xalqidan boshqaga tushmaydi, ko‘ngli tinchimaydi. Turkman xalqining so‘zlar tili bo‘lib tinimsiz sayraydi.


O‘zbek xalqi Maxtumqulini o‘z shoiriday sevib o‘qiydi. Buning boisi shuki, Maxtumquli-adabiy merosi g‘oyaviy mazmuni, falsafiy mohiyati, ma’naviy-ruhiy xususityalari jihatidan o‘zbek mumtoz adabiyotiga juda hamohangdir.
Maxtumquli she’rlari o‘zbek xalqining ma’naviyatiga, odamgarchiligiga muvofiq mazmunda bitilgan. Maxtumquli nazmining o‘zbek mumtoz adabiyotiga hamohangligi yana shundaki, u ham g‘oyaviy mundarijasiga falsafiy yo‘nalishiga, timsollar tizimiga ko‘ra tasavvuf ta’limotiga tayangan. Maxtumquli merosi sahifalaridan eng ilg‘or so‘fiyona yo‘nalishlaridan javonmardlik tariqati nafasi yaqqol ufurib turadi. Shoir deyarli har bir she’rida mardlikning mohiyatini ochib, nomardlikning oqibatini fosh etib, mardlik amaliyotidan saboq berib, uning dasturlarini bayon etib boradi. Tasavvuf murakkab ta’limot bo‘lishiga qaramay, Maxtumquli o‘zining javonmardlik she’riyatini sodda, samimiy va xalqchil bir uslubda yaratgan. Shuning uchun keng halq ommasi xonadonlarida Maxtumquli she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar tez-tez yangrab turadi. Shulardan biri «Ko‘ring» radifli she’rdir.
Bu she’ri bilan Maxtumquli insonshunoslik sabotini, odamni tanish darsini beradi.

Har yigitning aslin bilay desangiz,


Ma’rakada o‘tirib-turishin ko‘ring,
Birov bilan oshno bo‘lay desangiz,
Avval o‘z so‘zida turishin ko‘ring.

Manmanlik, takabburlik- yomon xislatlardan biridir. Chinakam davlatmand odam boyligi bilan maqtanmaydi. Maxtumquli puli bilan kerilish pastkashlarga xos xususiyat ekanligini mana shunday yozadi:


Bir pul tushsa bir iflosning qo‘liga,


Ko‘ksin ochib kezar qishning yeliga.

Bu misralar bizni kibru havodan saqlanishga chaqiradi. Qiz tanlash, kelin izlash har bir oila va har bir yigitning bo‘ynida bor. Shoir bu borada ham nozik did bilan zukko nasihatini aytadi:


Xaridor bo‘lsangiz qizga, kelinga,


Adabin, ikromin, o‘stirishin ko‘ring.

Maxtumquli sabog‘idan ibrat olgan qizlarimiz ham baxtli bo‘lishlari shubhasiz.


Mard yigitning otlar-yarog‘i shay bo‘lsa,


Yetishar har yerda hayda-hay bo‘lsa,
O‘zi hotam bo‘lib, yana boy bo‘lsa,
Chor atrofdan mehmon kelishin ko‘ring.

Yigitning yarog‘i hamisha shay bo‘lsa, o‘zi afsonaviy Hotamday saxiy bo‘lsa, yana buning ustiga boy badavlat bo‘lsa, u orzudagi juvonmardning o‘zginasi. Bunday olihimmat, mard inson do‘stu yor, mehmonu mezmon ardog‘ida yashaydi.


Shoir Tangriga shikoyat va iltijo bilan ijtimoiy tengsizlik haqiqatini aytadi:

Bir nechani qilding moli bisyori,


Bir nechani qilding bir gulning zori.

Ayni paytda, insonlarni bu dunyo foniyligidan, ogoh etadi:


Yaxshi-yomon, odam zotining bori


Navbat bilan o‘tib borishin ko‘ring.

Baytdan xulosa shuki, boy va kambag‘al, yaxshi va yomon navbati bilan bu dunyo va uning molu mulkini tark etadi. Shuning uchun, ey insonlar, bu dunyodagi tengsizlik o‘tkinchi bir sinov, molingizga ishonmang. Keyingi band mantiqan shu fikrni davom ettiradi:


Tangri bezor, biling, zakotsiz boydan,


Siz ham qoching zinhor ul kelar joydan,
Mardga bir ish tushsa, ko‘rar xudoydan,
Nomardning qamrohdan ko‘ring.

Zakot bermaydigan boyning boyligi halol emas. Shuning uchun undan xudo bezor, shoir odamlarni ham haromdan hazar qilishga, zakotsiz boylardan qochishga da’vat etadi. Maxtumquli sabog‘icha, boshga qanday kulfat tushsa, uni xudodan ko‘rish-musibatni mardlarcha qarshilash, boshiga tushganini boshqalardan ko‘rish esa namardlikdir. Mardning va nomardning qanday boshlanishini Maxtumqulining, xususan, mana shu bandlari yaqqol ko‘rsatadi:


Nomard yurar mudom o‘limdan qochib,
Uyiga kelganda zaharin sochib.
Mard yigit mehmona ko‘ksini ochib,
Nomardning mehmondan qochishin ko‘ring.
Tasavvufdagi Xo‘jagoni Naqshbandiya tariqatining sarhalqasi Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy o‘z vasiyatnomasida o‘limga hamma vaqt tayyor turish to‘g‘rida soboq beradi. Chunki o‘limning qachon, qaerda, qanday holatda sodir bo‘lishi Ollohning irodasiga bog‘liq, o‘limga hamisha hozir turish Ollohning qudratiga tan berishdan tashqari, juvonmardlik belgisi hamdir. O‘limdan qochib yurish esa, Maxtumquli aytganiday notantilik, nomardlikdir. Er yigitning o‘z manzilidagi xushmuomilaligi, mehmonnavozligi, har qanday holatda ham mehmonni ochiq ko‘ngillik, bag‘rikenglik bilan kutib olishi mardlik nishonasidir.
Mana bu baytlarda mardlikning turish-turmushda ko‘rinadigan holatlari ajoyib tasvirlangan:
Mard yigitning ishi suhbat - soz bo‘lar,
Ko‘ngli qish bo‘lmayin, doim yoz bo‘lar.
Yaxshining ko‘nglida gina oz bo‘lar,
Yomonning kunda bir urishin ko‘ring.
Mard yigit - suhbat va sozga uch, xushchaqchaq, uning ko‘ngli hamisha yoz havosidek, ochiq, taftli, haroratli. Shuning uchun u hamma vaqt davralarni qizdirib, suhbatga jon kirgizib yuradi, elning nazarida va ardog‘ida bo‘ladi. Mard kishi ko‘nglida gina-kudrat saqlanmaydi, nomardning esa boshi urushdan chiqmaydi.
Xulosa qilib aytganda, bu va shunga o‘xshash asarlar Maxtumquli ijodining hayotiy-badiiy falsafasidir.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish