O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 1,63 Mb.
bet63/76
Sana24.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#579145
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
Bog'liq
Тurkiy xalqlar adabiyoti majmuasi

QIRG‘IZ ADABIYoTI




A d a b i yo t l a r :

  1. Kratkaya literaturnaya ensiklopediya T. 1. M., 1962.

  2. Kratkaya literaturnaya ensiklopediya. T. 11. M., 1964.

  3. Literaturno‘y ensiklopedicheskiy slovar. M., 1987.

  4. Istoriya kirgizskoy sovetskoy literaturo‘. M., 1970.

  5. Ozmitel Ye. Nasledie klassiki i kirgizskaya litreratura. Frunze. 1980.

  6. Mans. - Toshkent, 1992.

  7. Ali To‘qomboev. She’rlar - Tashkent, 1976.

  8. Mar Bayjiev. Mening oltin baliqcham. T., 1979.

  9. Chingiz Aytmatov. Asrni qaritgan kun. Qiyomat. -T., 1986.

  10. Chingiz Aytmatov. Ikszurriyot. Toshkent, 1995.

  11. Chingiz Aytmatov. Tanlangan asarlar. 2 tomlik T., 1978.

  12. Suyunboy Eraliev. Tog‘lar farzandiman. T., 1978.

  13. To‘lagan Qosimbekov. Singan qilich. T., 1980.

Tyan-shan vodiysida va tog‘larida joylashgan qirg‘iz o‘lkasi Qirg‘iziston bir tomondan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari bilan, ikkinchi tomondan Xitoy Respublikasi bilan chegaradosh.


Qirg‘iziston to‘g‘risidagi eng qadimgi yozma ma’lumotlarni miloddan ilgarigi II asrga oid manbalardan topamiz. O‘tmishda, asosan, chorvachilik bilan shug‘ullangan bu ko‘chmanchi xalq uzoq asrlar davomida chet el bosqinchilari zulmi ostida ezilib keldi. Qirg‘izistonda VIII asrda arab bosqinchilari, XII asrda ko‘chmanchi qoraxitoylar, XIII asrda mug‘ul istilochilari va nihoyat XVIII asrning oxirlarida Qo‘qon xonlari hukmronlik qilgan davrlarda mamlakatning iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti inqirozga yuz tutdi.
Qirg‘iz xalqining ota-bobolari juda qadim zamonlardayoq O‘rta Osiyo, Tyan-shan va Yettisuv viloyatlaridagi gunnlar, shuningdek, saklar, skiflar va boshqa qo‘shni qabilalar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularning madaniyati, dini va urf-odati ta’siri ostida yashadilar. VIII asrda arab istilochilari tomonidan zabt etilgan Qirg‘izistonga islom dini ham yoyiladi. Keyinchalik «Buyuk ipak karvon yo‘li»da joylashgan qirg‘iz shahar va qishloqlarida adabiy-madaniy hayot birmuncha jonlandi, dehqonchilik, chorvachilik o‘sdi. Savdo-sotiq ishlarining yo‘lga qo‘yilishi Qozog‘istonga Xitoy, fors va yunon madaniyatining kirib kelishiga sabab bo‘ldi. XIV asrning oxirlarida temuriylar davlatiga qaram bo‘lgan Qirg‘izistonda mug‘ullar istilosidan xarobaga aylangan shahar va qishloqlarni qayta tiklash boshlanganligiga qaramay, bu o‘lkaning iqtisodiy va moddiy qiyofasida yuz bergan jarohatlar batamom tuzalib ketmaydi.
XIX asrning 60-70 yillariga qadar feodal tuzumni boshidan kechirgan qirg‘iz xalqi urug‘lar va kichik feodalliklar o‘rtasidagi qonli urushlar tufayli nihoyatda qashshoqlashib qoladi. Mamlakatning parchalanib ketganligi chet el bosqinchilariga qarshi kurash olib borishga imkon bermaydi. Qirg‘iz xalqining qudratli Rossiya imperiyasiga bo‘ysundirilishiga mana shu omil asosiy sabab qilib olindi. 1863 yilda Qirg‘iziston hududining Rossiya tomonidan bosib olinishi ma’lum bir hisobda ularning tarixida ijobiy rol o‘ynaydi. Bu «qo‘shilish» natijasida qirg‘iz xalqi ikki tomonlama zulm ostida qolgan bo‘lsa ham, ammo uning oqibati, shubhasiz, dunyoviy ahamiyatga ega edi. Zotan, qirg‘iz xalqining chet el bosqinchilari zulmi ostida qolish xavfi bartaraf etildi, feodallar va urug‘lar o‘rtasidagi qonli talashlarga chek qo‘yildi. Mamlakatda feodal munosabatlar bilan bir qatorda kapitalistik munosabatlarning o‘sa borishi natijasida qishloqda ko‘chmanchi chorvadorlar o‘troqlasha boshladilar, shaharda esa sanoat va hunarmandchilik markazlarida mahalliy proletariatning shakllanish jarayoni kuchaydi. Ayniqsa, Qirg‘izistonda ko‘chirib keltirilgan rus ko‘chmanchilari bilan qirg‘iz dehqonlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarning boshlanishi, rus inqilobiy demokratlarning ilg‘or g‘oyalari mamlakatda keng tarqalishi qirg‘iz xalqining inqilobiy ongini o‘stirdi. Oktabr inqilobining g‘alabasi esa qirg‘iz xalqiga sotsialistik millat bo‘lib shakllanish, sobiq ittifoqdagi qardosh xalqlarning do‘stona oilasida teng huquqli bo‘lib yashash imkoniyatini berdi.
Oktabr inqilobigacha qirg‘izlarda yozuv ham, yozma adabiyot ham yo‘q edi. Arab yozuvini tanigan qisman ziyolilarning ko‘pchiligi ezuvchi sinflarning vakillari edilar. Birinchi qirg‘iz gazeta va jurnallari sho‘ro hokimiyati yillarida, 1924 yildan boshlab nashr etila boshlandi.
Qirg‘iz xalqining adabiyoti va madaniyati inqilobga qadar xalq og‘zaki ijodi shaklida rivojlandi. Bizgacha yetib kelgan xalq ashula va qo‘shiqlari, maqol, ertak va dostonlarida qirg‘iz xalqining uzoq asarlar davomidagi ko‘chmanchi-chorvachilik hayoti, ularning o‘z xo‘jayinlariga qarshi olib borgan kurashlari haqqoniy aks ettirilgan. Folklor asarlarida qirg‘iz xalqining mehnatsevarlik, vatanparvalik va adolatparvarlik g‘oyalarini ifodalovchi juda ko‘p qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar mavjud. Bu asarning yaratuvchilari va ijro etuvchilari mehnatkash xalqdir. Shuning uchun ularda aks etuvchilar mehnatkash xalqdir. Shuning uchun ularda, ko‘pincha xalq hayotiga oid turli-tuman marosimlar, chorvachilik va dehqonchilik hayoti bilan bog‘liq voqealar, nihoyat, kambag‘allar bilan boylar o‘rtasidagi keskin sinfiy to‘qnashuvlar o‘z aksini topgan. Qirg‘iz folklorida muhabbat qo‘shiqlaridan tashqari, hajviy qo‘shiqlar ham ko‘p uchraydi, ularda hukmron doiralarning mehnatkash xalqqa o‘tkazgan zulmi, xasisligi, hiyla-nayranglari tanqid qilingan.
Qirg‘iz xalq ertaklarining ko‘pchiligida, xuddi xalq qahramonlik dostonlarida bo‘lgani kabi, qiziqarli syujet va realistik voqealar bilan afsonaviy voqealar aralash holda hikoya qilinadi. Ko‘pincha qirg‘iz hajviy ertaklarida bosh qahramon rolida xalq orasidan chiqqan dono, tadbirkor, oddiy kishilar Ko‘sa va Kal obrazida gavdalanadi. Bunday hajviy ertaklar orasida Aldarko‘sa nomi bilan bog‘liq bo‘lgan ertaklar o‘zlarining g‘oyaviy o‘tkirligi va badiiyligi bilan ajralib turadi.
Qirg‘iz xalq og‘zaki ijodida xalq qahramonlik dostonlari ayniqsa mashhur. Asarlardan biri og‘izdan-og‘izga o‘tib, bizgacha yetib kelgan «Ko‘rman yek», «Ertobildi», «Ertushtuk», «Joniel Mirzo» kabi xalq qahramonlik dostonlari orasida, shubhasiz, «Manas» dostoni o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. «Manas» qirg‘iz xalqining ko‘p asrlik hayotini va chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashini keng planda aks ettiruvchi salmoqli she’riy asardir. Hajmi unchalik katta bo‘lmagan bu doston boshdan-oyoq she’riy yo‘l bilan yaratilgan bo‘lib, taxminan 500 ming baytdan iborat. «Manas»da qirg‘iz afsonalari, ertaklari, ashula va qo‘shiq elementlari ko‘zga tashlanadi. «Manas»ning mustaqil doston bo‘lib shakllanishi, asosan, mamlkatda feodal munosabatlar ayni rivojlangan davrlarga to‘g‘ri keladi. Lekin dostonda, qirg‘iz xalqining urug‘-aymoqchilik, feodal tuzum va mamlakatda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi davrlaridagi ijtimoiy hayoti ham o‘z aksini topgan.
«Manas» dostoni uch katta qismdan iborat. Birinchi qismda xalq qahramoni Manas, ikkinchi qismida Manasning o‘g‘li Semetey va uchinchi qismida Manasning nabirasi Seytekning hayoti, sarguzashti va qahramonliklari tasvirlangan.
«Manas» eposining syujeti murakkab. U juda ko‘p dostonlarni o‘z ichiga oladi. Ularda do‘stlik, vatanparvarlik va qahramonlik g‘oyalari olg‘a surilgan. Manasning qalmoq xoni yuborgan Alvasti Kojart, alp, Kuchku, Joloy kabi pahlavonlar ustidan g‘alaba qozonishi, Farg‘ona vodiysida Bobodehqon bilan uchrashib, undan dehqonchilikni o‘rganishi, turli o‘lkalardan kelgan Adjiboy, Chumak, Sergak va Amambet kabi bahodirlar bilan do‘stlashuvi, nihoyat, xalqni afg‘on va qalmoq xonlari zulmidan qutqazib qolishi epizodlari uni kitobxonning ko‘z o‘ngida ajoyib inson, xalq qahramoni va vafodor do‘st sifatida gavdalantiradi.
«Manas» eposining Semetey va Seytek hayotiga bag‘ishlangan qismlarida bu ikki avlod qahramonlarining dushmanga qarshi olib borgan janglaridan ko‘ra, ularning oilaviy hayoti va ishq muhabbat voqealari bilan bog‘liq ichki tuyg‘ularini aks ettirishga ko‘proq e’tibor berilgan.
Qirg‘iz folklorida «Manas» eposini kuylovchi professsional manaschi shoirlar yetishib chiqdi. Ular eposni ijro etish vaqtida unga ijodiy tarzda ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritganlar. Shuning uchun bizgacha yetib kelgan «Manas» dostoni variantlarining hammasi ham g‘oyaviy mazmuni, badiiyligi jihatidan bir xil emas. Masalan, mashhur manaschi Sayoqboy Qaralaev og‘zidan yozib olingan variantda Manas va uning safdoshlari ko‘proq xalq va vatan uchun xizmat qiladigan qahramon sifatida talqin etilsa, dostonning Sag‘inboy O‘razbekov ijrosidagi variantida Manasni ko‘proq xon, qo‘shni ellarni bosib oluvchi sarkarda obrazida ko‘ramiz. Bu hol turli tarixiy davrlarda hukmron doiralarning «Manas» eposidan o‘z manfaatlari uchun foydalanishga urinishlarining natijasidir. Shuning uchun «Manas» eposini o‘rganishda undagi ikki bir–biriga zid (tendensiyani) an’anani hisobga olish zarur. Biroq «Manas» dostonining ayrim parchalaridagi bunday feodal –klerikal dunyoqarash va diniy-mistik motivlar uning negizini tashkil qiluvchi demokratik (tendensiya) an’ananing ahamiyatiga putur yetkazmaydi.
XIX asrning o‘rtalarida, Qirg‘iziston («ixtiyoriy ravishda») Rossiyaga bo‘ysundirilgan davrda qirg‘iz xalq og‘zaki ijodidagi dunyoviy an’ana mehnatni ulug‘lash, baxtli hayotni orzu qilish va ona Vatanni sevish, uni chet el bosqinchilaridan qo‘riqlash mavzularida yozilgan ashula, qo‘shiq, ertak, topishmoq hamda dostonlarda o‘zining ifodasini topdi. Ana shu davrlarda yashab ijod etgan, arab yozuvchini bilgan ayrim oqinlar tatar, qozoq hamda boshqa sharq xalqlarining adabiyoti va madaniyati bilan tanishdirlar. Ular o‘zlarining ayrim asarlarini do‘mbira bilan ijro etsalar, ayrimlarini yozib qoldirganlar. To‘g‘aloq Mo‘lda ana shunday xalq oqinlaridan biri bo‘lib, u XIX asr qirg‘iz adabiyotida katta mavqega ega edi. Oqinlikni o‘z bobosidan meros qilib olgan To‘g‘aloq Mo‘ldaning (asli nomi Boyimbet Abdurahmonov) yoshligi azob-uqubat bilan o‘tdi. U avval qirg‘iz manapi (feodal) qo‘lida, so‘ng rus kulagi eshigida batraklik qildi. Uning oqinlik-shoirlik faoliyati, bir tomondan, mashhur qirg‘iz oqinlaridan o‘rganish natijasida, ikkinchi tomondan, qozoq klassik shoiri Abay Qo‘nonboev va tatar shoiri Abdulla To‘qay ijodining ta’siri ostida shakllandi. Bu ikki yirik so‘z san’atkorining asarlarini mutolaa qilish To‘g‘aloq Mo‘ldaga rus revolyusiyasi demokratlarining ilg‘or inqilobiy g‘oyalari bilan tanishish imkonini berdi.
To‘g‘aloq Mo‘lda dastlabki paytlarda xalq qo‘shiqlarini qayta ishlab, ular orqali tutqun xotin-qizlarning hayotdan noroziligini ifodalasa, keyinchalik xalq ertak va samallari syujeti asosida o‘zining «Jonboqti», «Kemchentoy», «Eshak va bulbul» singari original masal va hajviy dostonlarini yaratdi. Bu asarlarda To‘g‘aloq Mo‘lda majoziy obrazlar vositasi bilan o‘sha zamon amaldorlarining zolimligi, farosatsizligini ayovsiz fosh qilib tashladi.
To‘g‘aloq Mo‘lda mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy hodisa-voqealarni sezgirlik bilan kuzatib, Qirg‘izistonning Rossiyaga bo‘ysundirilishining ijobiy tomonini xalq orasida targ‘ib eta boshladi.
To‘g‘aloq Mo‘lda o‘z asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni to‘g‘ri tasvirladi, biroq ularni bartaraf etishning to‘g‘ri yo‘lini ko‘rsata olmaydi.
Mashhur qirg‘iz xalq oqini To‘xtagul Sotilg‘anov yoshlik yillaridayoq darbadar yurib qo‘shiq aytib, hayotni yaxshi o‘rgandi. u yashashning ma’nosini o‘zicha talqin qiladi. Chunonchi, shoirning fikricha, mehnat insonga quvonch bag‘ishlaydi; do‘stlik kishiga ob-havoday zarur narsa; sevishda oshiq va ma’shuqaning sadoqati va ishonchi katta rol o‘ynaydi; sevgi hayot bulog‘i demakdir. To‘xtag‘ul ijodidagi insonparvarlik ayrim oqinlar asarlaridagi umidsizlik kayfiyatiga tamoman zid edi.
XIX asrning oxirlarida mamlakatda yuz bergan tabaqalanish natijasida xalq oqinlari ikki katta guruhga ajraldi; bir guruh oqinlar o‘z taqdirini ezuvchi sinf taqdiriga bog‘lagan bo‘lsa, ikkinchi guruq mehnatkash xalq kuychisi bo‘lib qolishni afzal ko‘rdi.
To‘xtag‘ul o‘z ijodini mehnatkash xalq taqdiri bilan mahkam bog‘lagan xalparvar oqin edi. U o‘zining ayrim she’rlarida («Eshon xalfa») eshon mullalar ustidan zaharxanda bilan kulsa, boshqalarida («Besh qobon») feodallarni yovvoyi to‘ng‘izga o‘xshatib, ularni sharmanda-yu sharmisor qildi, haqiqat uchun astoydil kurash olib bordi. Xalq oqinining bunday otashin chiqishlaridan amaldorlar tashvishga tushib, undan o‘ch olishga urinadilar. Nihoyat, 1898 yilda To‘xtag‘ul Andijon qo‘zg‘olonida qatnashgan degan tuhmat bilan Sibirga surgun qilinadi. Yetti yillik surgun azobi xalq shoirining irodasini boyitdi. Surgunda o‘tkazilgan quvg‘inlik davri shoir ijodidagi norozilik motivlarining chuqur ijtimoiy mazmun kasb etishiga sabab bo‘ldi. Endi To‘xtag‘ul Sotilg‘anov qirg‘iz xalqining ashaddiy dushmani bir hovuch chor amaldorlari va ular bilan til biriktirib, kambag‘allar qonini so‘rgan mahalliy boylar ekanligini tushundi.
Surgundan qaytib kelgan shoir To‘xtag‘ul ijod etishni to‘xtatmadi. U atoqli oqinlar o‘rtasida tez-tez bo‘lib turadigan aytishuv (ijodiy musobaqa)lardan minbar sifatida foydalanib, mahalliy boylar va rus amaldorlarini fosh qilishni davom ettirdi. Masalan, «Besh qabon» she’rida «qobon» nomi bilan tanilgan beshta amaldorga murojaat qilib, shunday deydi:

Yetim-yesir, holsizni


Savalading, besh to‘ng‘iz.
Odam o‘rnida yo‘qsulni
Sanamading, besh to‘ng‘iz.
Yeb ichishdan boshqani
Tan olmading, besh to‘ng‘iz.
Jahlingiz chiqsa, quturib,
Uy joyimni talarsiz.
Qonxo‘rliging avj olsa,
O‘ldirib, qonim yalarsiz.
Tirnog‘i zahar besh qobon,
Yalinmayman hech qachon.
Mayli o‘ldir, dunyoga
Qaytib kelsa chiqsa jon.
To‘xtag‘ulning Sibir, surgun dahshatlari to‘g‘risidagi asarlari ezilgan, savodsiz mehnatkash xalq ko‘zini ochar, ularni g‘aflat uyqusidan uyg‘otar edi.
Shoir surgunda yurgan davrida va surgundan qaytgach yaratgan eng yaxshi qo‘shiqlari («Alvido, xalqim», «Xayr ona». «Surgunda», «Tog‘ burguti», «Salom mehribon halqim», «Sog‘inish», «Uch xo‘ja», «Mungli qushcha» va boshqalar) o‘zining asosiy o‘tkir g‘oyaviyligi va fosh qiluvchanligi bilan ajralib turadi. Biroq To‘xtag‘ul Sotilg‘anovning Oktabr to‘ntarishidan oldingi ijodida o‘sha zamon sharoiti bilan izohlanadigan, cheklangan tomonlar bor edi. Chunonchi shoirning xalqparvarlik g‘oyalari revolyusion g‘oyalar darajasiga ko‘tarila olmadi. Hayotda yuz berayotgan turli-tuman ijtimoiy voqealarni aks ettirishda u falsafiy umumlashmalar yasay olmadi. O‘z zamonadoshlari masalan, To‘g‘aloq Mo‘lda singari To‘xtag‘ul ham feodal tuzumdagi yovuzlikni dadillik bilan fosh qilsa-da, lekin bu yovuzlikni yo‘qotish yo‘lini ko‘rolmadi.
To‘xtag‘ul Sotilg‘anov va uning safdoshlari Oktabr sotsialistik inqilobini zo‘r quvonch bilan kutib oldilar. Ular sho‘ro hokimiyati yillarida gullab yashnagan o‘z ijodida qora o‘tmish bilan porloq sotsialistik hayotni solishtirib, mamlakatimizda yuz bergan buyuk o‘zgarishning chuqur ijtimoiy mazmunini badiiy talqin qildilar (masalan, Abulqosim Jo‘takaevning «Uch davr» dostoni).
Xalq oqinlari o‘tmishda yuz bergan tarixiy voqealarni, masalan, 1916 yil qo‘zg‘olonini realistik asosda tasvirlovchi ko‘pgina asarlar yaratdilar. Is’hoq Shoybekovning «Bechora xalq», Aktan Tinibekovning «Muhojirlik», Muso Chgatovning «Isyon» qo‘shiqlari shular jumlasidandir.
Bu qo‘shiqlar ko‘p xususiyatlari bilan o‘zbek xalq shoirlari Fozil Yo‘ldosh, Po‘lkan yaratgan «Jizzax qo‘zg‘oloni» va «Mardikor» dostonlariga juda o‘xshaydi.
Qirg‘iz xalq shoirlari To‘xtag‘ul Sotilg‘anovning «Mening xalqimga boq», To‘g‘aloq Mo‘ldaning «Ozodlik», «Qizil Bayroq», A.Jo‘takaevning «Lenin haqida qo‘shiq» va «Sovet hokimiyati» nomli qo‘shiqlarida sho‘ro kishilarining sotsialistik jamiyat qurish uchun olib borgan kurashlari mukammal tasvirlangan. Shunday qilib, qirg‘iz xalq oqinlari inqilob g‘alabasining dastlabki davrida o‘z ijodlari bilan yozma adabiyot taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdilar. Qirg‘iz sho‘ro shoirlarining ijodi o‘z mazmuni bilan XX asr boshlarida arab yozuvida paydo bo‘lgan, feodal urug‘ doiralari manfaatiga xizmat qiluvchi reaksion adabiyotga (Mo‘lda qilichning «Zilzila», shuningdek, «Qirg‘izlarning qisqacha tarixi» asarlari) tamoman zid bo‘lib, g‘olib ishchi-dehqonlar sinfining manfaatlarini badiiy aks ettirishga qaratilgan edi.
Qirg‘iz yozuvchilarining she’riy asarlarida bo‘lgani kabi, dastlabki nasriy va dramatik asarlarida ham sho‘ro voqeligini o‘tmishdagi ayanchli hayotga qarama-qarshi qo‘yib tasvirlash xususiyati ko‘zga tashlanadi. Bu xususiyatni Qosimali Bayaminov (1902-1979) qirg‘iz xotin-qizlarining o‘tmishdagi fojeali hayotini tasvirlovchi «Hojar» povestida, shuningdek, M.Takaboevning «Kaket», K.Jontoshevning «Qorasoch», «Olim va Mariya» pesalarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bu asarlarning yozilishida qirg‘iz sho‘ro yozuvchilarining A.S.Pushkin, N.V.Gogol, M.Ye.Saltikov-Shchedrin ijodidan bahramand bo‘lishlari katta rol o‘ynaydi. 30-40 yillarda xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari sotsialistik asosda qayta qurilib, respublikada madaniy inqilob to‘la g‘alaba qozondi. Iqtisodiy-siyosiy hayotdagi bu yo‘nalishlar qirg‘iz adabiyoti va san’atining rivojiga kuchli ta’sir etdi.
30-yillarda qirg‘iz adabiyotida tajribali yozuvchilar bilan birga T.Sidiqbekov, A.Osmonov, T.Umetaliev, A.To‘xtamishev, T.Shamshiev kabi yosh shoirlar ham ijod qilib, o‘zlarining dastlabki she’riy asarlarida sho‘ro yoshlari, ishchi va kolxozchilarning jonli obrazini yarata oldilar. T.Umetalievning «Oysuluv», T.Shamshievning «O‘ttiz adir», A.Usmonovning «Guliboy» dostonlari fikrmizning dalili bo‘la oladi.
30-yillarda qirg‘iz yozuvchilarining bir qancha she’riy, nasriy va dramatik asarlarida qirg‘iz xalqining o‘tmish tarixidan olingan muhim voqealar ham o‘z aksini topdi. Ana shunday voqealardan biri O‘rta Osiyo xalqlari hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 1916 yil qo‘zg‘oloni voqeasi edi. M.Eliboevning «Uzoq yo‘l», A.To‘qumboevning «Qonli yillar», J.Turusbekovning «Mamot emas, hayot» muzikali dramalarini qirg‘iz yozuvchilarining bu qo‘zg‘olon voqealariga bag‘ishlangan yirik asarlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
40-yillarda qirg‘iz milliy teatr san’ati bilan uzviy bog‘langan holda rivoj topgan qirg‘iz sho‘ro dramaturgiyasi Vatan va Vatan mudofaasiga bag‘ishlangan ko‘pgina yangi-yangi pesalar bilan boyidi. II-jahon urushi yillarida bu mavzu yanada kengroq ishlandi. Qirg‘iz xalqining o‘tmish hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan shunday pesalardan T.Sidiqbekovning K.Rahmatullin bilan hamkorlikda yaratgan «Manas va Almambet», A.To‘qumboevning «Manas», K.Jontojievning «Qurmanbek» pesalari, J.Boqonboevning kolxozlashtirish va fuqarolar urushi voqealaridan hikoya qiluvchi «Oltin qiz» asarlari o‘sha davr qirg‘iz dramaturgiyasining yutug‘i edi.
30-yillar qirg‘iz sho‘ro adabiyotida tarixiy voqealar tasviridan sekin-asta zamonaviy voqealarni aks ettirishga ko‘chish, sho‘ro kishilari hayotini uning butun murakkabligi bilan ko‘rsatish uchun intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda Ali To‘qumboev va Tug‘ulboy Sidiqbekovlar yaratgan katta hajmdagi nasriy asarlarni tilga olishga to‘g‘ri keladi..
Ko‘p qirg‘iz yozuvchilari singari Tug‘ulboy Sidiqbekov ham o‘z ijodini she’r aytish bilan boshladi. Zamonaviy aktual masalalardan bahs etuvchi bir necha dostonlar («Tun xabarchisi», «Bahodirlar») yozib tajriba orttirgan yozuvchi tez orada kitobxonlarni «Ken suv» va «Temir» romanlari bilan quvontirdi.
«Ken suv» qirg‘iz ovullarining sotsialistik asosda qayta qurish masalasiga bag‘ishlangan ikki jildli ilk qirg‘iz sho‘ro romanidir. Bu romanning 1-kitobida (1937) Qirg‘izistonda sho‘ro hokimiyatini tiklash uchun kurash voqealari aks etgan bo‘lsa, II-kitobida (938) qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va kolxoz tuzumini mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar tasvirlandi.
M.Sholoxovning «Ochilgan qo‘riq» romani ta’siri ostida yozilgan bu kitobda T.Sidiqbekov qirg‘iz xalqi hayotining keng badiiy tasvirini chizadi, katta tarixiy voqealarga umumlashmalar yasadi.
Romanda tasvirlanishicha, kulaklar Ken suv ovulida tashkil topgan kolxozga putur yetkazish payiga tushadilar. Saodat degan boyning o‘g‘li raislik lavozimiga o‘rnashib oladi. Kambag‘al yoshlarning ayrimlari ham yot unsurlar ta’siriga beriladilar. Saodat o‘zining zararkunandachilik, qo‘poruvchilik ishlarida Imon ismli kambag‘al komsomol yigitdan foydalanmoqchi bo‘ladi. Lekin Saparboy, Samtir va Bubush singari komsomollarning sezgirligi tufayli uning yovuz niyatlari barbod bo‘ladi. Shundan keyin Saodat Imonga Saparboyni o‘ldirishni buyuradi. Imon esa kolxozchilar orasida o‘z qilmishlari uchun uzr so‘rab, sirni ochib tashlaydi. T.Sidiqbekov o‘zining bu romanida xalq ommasi hamda komsomol yoshlarning kollektivlashtirish davridagi avangardlik rolini to‘g‘ri ko‘rsata olgan.
«Temir» nomli romanida ham yozuvchi shu mavzuga murojaat qiladi. Bunda kolxozda rahbarlik lavozimlarini egallab olgan yosh unsurlar Bo‘riboy va Qo‘ng‘irboylarning kolxoz tuzumiga zimdan zarar yetkazishni tasvirlash bilan birga, muallif ularning ochiqdan-ochiq bosmachilik shaykasini tuzib, sotsialistik tuzumga qarshi hujumga o‘tganligini ham ko‘rsatadi. Romandagi voqea komsomol yigit Temir va uning sevgilisi Qulay boshchiligidagi yoshlarning dushmanlar ustidan g‘alabasi bilan tugaydi.
II-jahon urushi yillarida, Sho‘ro Ittifoqidagi barcha xalqlar qatori, qirg‘iz xalqi ham Vatan himoyasi uchun oyoqqa turdi. M.Turusbekov, M.Eliboev singari o‘nlab qirg‘iz yozuvchilari qo‘liga qurol olib jang qildilar, ko‘pchilik adiblar o‘z ijodlarini jang maydonlariga qaratdilar. Urushning birinchi kunlaridanoq A.Usenboevning «Biz yengamiz», A.To‘qumboevning «G‘alaba bizniki», M.Bokonboevning «Qizil bayroq - mening qalbim», K.Malikovning «Mening Vatanim» nomli she’rlari vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan edi.
Shu davrda qirg‘iz adabiyotiga S.Shimsev, N.Boytemirov, K.Akeev, S.Eraliev, E.Uzoboev singari umidli navqiron adiblar kirib keldilar.
II-Jahon urushi yillarida qirg‘iz fuqarolik lirikasi jangchi-shoir obrazi bilan boyidi. Jangchi - shoir sho‘ro kishilarining qahramonligini kuylash bilangina kifoyalanmay, balki, o‘zi ham yovuz dushman ustiga tashlanishga tayyor turgan qasoskor sifatida gavdalandi. Qirg‘iz shoirlari sho‘ro kishilarining front va front orqasida ko‘rsatgan qahramonliklarini kuylashga e’tibor berdilar. Moskva ostonalaridagi janglarda qahramonlik ko‘rsatgan 28 mard panfilovchi-gvardiyachining bahodirligi qirg‘iz yozuvchilariga ilhom bag‘ishladi. Tez orada bu katta voqeani badiiy aks ettiruvchi «Yigirma sakkiz qahramon» (A.To‘qumboev) «Yigirma sakkizlar haqida» (N.Boytemirov), «Yigirma sakkiz» (G.Shamsiev), «Qahramonning so‘zi» (A.Usenboev) dostonlari yaratildi.
Urush yillari front va front orqasida mardonavaor kurashgan hamda mehnat qilgan oddiy sho‘ro kishilari haqidagi o‘nlab mazmundor asarlar orasida A.Osmonovning «Katta Chuy kanali» dostoni; K.Malikovning «Rossiya», K.Aqaevning «Sevastopol» she’rlari; A.To‘qumboevning «Tyan-shanlik razvedkachi» ocherki; K.Bayalinovning «Baxt» povesti; A.To‘qumboevning «Ont» pesalari salmoqli o‘rin tutadi. Bu asarlarda urush davrining vatanparvarlik fazilati hozirjavoblik bilan to‘g‘ri aks ettirilgan.
II-Jahon urushidan so‘ng qirg‘iz sho‘ro adabiyoti ham yuksala boshladi. Davr talabi, sovet kitobxonlarining kun sayin o‘sib borayotgan didi qirg‘iz yozuvchilarini yangi-yangi janrlarni o‘zlashtirishga, hayotga chuqurroq kirib borishga va yangi kelajak quruvchilarining ajoyib obrazlarini haqqoniy chizishga undadi.
Qirg‘iz sho‘ro poeziyasida bu yillarda ham Vatanni ulug‘lash mavzui salmoqli o‘rin egallagani holda, bu mavzu halqlar do‘stligi mavzui bilan uzviy bog‘lanib ifodalandi.
Mehnatni badiiy tarannum etish tinchlik uchun kurash mavzui bilan bog‘lanadi. Poeziyada oddiy sut sog‘uvchi ayol, ko‘mir qazuvchi shaxtiyor, mirishkor paxtakor brigadir va mohir cho‘pon obrazlarini gavdalantirishga qaratilgan ko‘pgina she’r va dostonlar yuzaga keldi. Bulardan A.To‘qumboevning «Jangchi - paxtakor» she’ri, T.Umetalievning «Oq oltin qo‘shig‘i», «Cho‘pon haqida qissa»; K.Malikovning «Qodir aka» nomli dostonlarini aytib o‘tish mumkin.
Urushdan so‘nggi yillarda qirg‘iz shoirlari qayta-qayta qalam tebratayotgan mavzulardan biri xalqlar do‘stligi mavzuidir. Masalan, Qirg‘iziston alq shoiri Aali To‘qumboev «O‘z ko‘zim bilan» dostonida sobiq Sho‘ro Ittifoqidagi turli millat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlik g‘oyasini Nurboy, Ivanov, Asan obrazlari orqali keng planda tarannum etgan. Bu doston ko‘p xususiyatlari bilan atoqli rus shoiri A.Gvardovskiyning «Muraviya mamlakati», tojik shoiri M.Mirshakarning «Oltin qishloq» dostonlariga yaqin turadi.
Urushdan keyingi 10-15 yil ichida qirg‘iz sho‘ro poeziyasiga Savronboy Jusuev, Raykan Shukurbeov, Suyunboy Eraliev, Muso Jong‘oziev, Akbar To‘qtaqunov kabi yosh qalamkashlar o‘zlarining orginal she’riy to‘plamlari va dostonlari bilan dadil kirib keldilar. Qirg‘iz shoiralaridan Nurkamol Jetiqashqaeva, Satin Abdukarimovalar ijodi ham katta qiziqish bilan birga, she’riyatda ham dadil qalam tebratmoqda, g‘oyaviy badiiy yetuk dostonlar, balladalar va falsafiy lirik she’rlar yozmoqda. 20-30 yillarda qirg‘iz adabiyotining umumiy taraqqiyotidan xiyla orqada qolgan nasr janri elliginchi yillarga kelib birmuncha tarqqiy etdi, yangi-yangi hikoya, ocherk, qissa va romanlar bilan boyidi. Urushdan so‘nggi davr qirg‘iz adabiyotida salmoqdor adabiy janrni rivojlantirishda keksa avlod vakili T.Sidiqbekov bilan bir qatorda yosh prozaiklardan N.Boytemirov va Ch.Aytmatovlarning ham xizmati katta.
T.Siddiqbekovning 1948 yilda bosilib chiqqan va Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1949) «Zamonamiz kishilari» romani qirg‘iz xalqining II-jahon urushi yillaridagi fidokorona mehnatidan hikoya qiladi. Yozuvchi romanda ko‘p millatli sovet xalqlarining ma’naviy boyligini, mustahkam do‘stona munosabatlarini ishonarli tasvirlash orqali fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba sabablarini tushuntiradi.
«Zamonamiz kishilari» romanida Issiqko‘l sohilida joylashgan kolxozlardan biridagi kolxozchilarning hayoti, mehnati, front orqasini mustahkamlash uchun olib borgan kurashi voqealari tasvirlanadi. Asarda bu voqealar do‘stlik mavzui bilan chambarchas bog‘lanib, fidokorona mehnat, yangicha sevgi, oila kabi masalalar bilan payvandlanib ketadi (ukrain qizi Lyubaning qirg‘iz ovulida yangi oila, do‘st-o‘rtoqlar topishi, xalq boshlagan ishga hissa qo‘shishi voqealarini eslang).
Romanning o‘ziga xos kompozitsion tuzilishi bo‘lib, unda ayrim qahramonlar to‘g‘ridagi mustaqil hikoyalar o‘zaro bir-birlariga bog‘lanib ketadi va bir butun syujet chizig‘ini tashkil etadi. T.Sidiqbekov asarda urush yillari voqealarining realistik manzaralarini chizarkan, shu voqealar davomida oddiy sho‘ro kishilarining hayotida, taqdirida, ong va tushunchasida hamda xulq-atvorida yuz bergan o‘zgarishlarni ham yorqin aks ettiradi.
1953 yilda T.Sidiqbekovning «Tog‘ bolalari» romani e’lon qilindi. Bu roman qirg‘iz bolalarining sho‘ro hokimiyati yillaridagi hayoti va o‘qishi tasviriga bag‘ishlangan. 1956-1958 yillarda yozuvchi o‘zining «Ken suv» romanini yangi materiallar asosida qayta ishladi.
N.Boytemirov adabiyot maydonida 30-yillarning oxirlarida ko‘rina boshladi, uning ijodi urush davrida shakllana bordi. 40-50 yillarda u poeziya, dramaturgiya va ayniqsa, nasr janrida ko‘pgina salmoqli asarlar yaratdi. Yozuvchi o‘zining 1948 yilda bosilib chiqqan «Azamat» nomli povestida sho‘ro uchuvchilarining II-jahon urushi frontlarida ko‘rsatgan qahramonligini tasvirlaydi. 1949 yilda e’lon qilingan «Saltanat» («Bir sovxozda») romanida adib bir qator savxoz yoshlarining urush davridagi fidokorona mehnatini aks ettirishni maqsad qilib qo‘ydi. «Yosh avlod» qissasida u hunar maktablari o‘quvchilarining hayotidan hikoya qiladigan «So‘nggi patron» romanida yana urush va sho‘ro kishilarining urush yillarida ko‘rsatgan qahramonligi haqida bahs etadi.
N.Boytemirovning so‘nggi yillarda e’lon qilingan nasriy asarlari orasida 1958 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan qirg‘iz adabiyoti va san’ati dekadasida yuqori baholangan «Yulduzxon» romani ajralib turadi. «Yulduzxon» batrak qizining sho‘ro hokimiyati yillarida fidokorona mehnati tufayli davlat arbobi bo‘lib yetishgani to‘g‘risidagi asardir. Romandagi voqea xalq hayotidan olingan. Asarning syujeti asosida Yulduzxon(uning prototipi Mehnat Qahramoni, deputat) nomli kambag‘al qizning sarguzashti yotadi: u yoshlikda ota-onasidan ayrilib, yetim qoladi. Yulduzxonni o‘z tarbiyasiga olgan akasi Totibek eskilik sarqitlaridan qutula olmagan kishi. Shuning uchun u o‘z singlisining o‘qishiga to‘sqinlik qiladi. Yulduzxon mehnatga beriladi va tez orada eng yaxshi terimchilar qatori obro‘ qozonadi.
Romanning shu qisqacha mazmunidan unda qirg‘iz xalqi hayotidagi muhim bir tarixiy bosqichning realistik badiiy ifodasi berilganligini bilib olish qiyin emas.
Talantli adib Chingiz Aytmatov o‘zining so‘nggi yillarda e’lon qilgan asarlari uning saviyasini bir pag‘ona yuqori ko‘taradi. «Oq yomg‘ir», «Raqiblar», «Qizil olma» hikoyalarida ham, «Jamila», «Birinchi muallim», «Sarviqomat dilbarim», «Bo‘tako‘z», «Yuzma-yuz», «Somon yo‘li», «Baydamtol sohillarida» qissalarida ham ko‘proq zamonaviy mavzularda qalam tebratdi. Ch.Aytmatov qirg‘iz yozuvchilaridan va rus nasri ustalaridan g‘oyaviy o‘tkir, original, shakl jihatdan xiyla ixcham va pishiq hikoya, qissalar yaratish mahoratini o‘rgandi.
Chingiz Aytmatovning yetakchi qahramonlari oddiy sho‘ro kishilarining tipik vakillari. Yozuvchi ana shu oddiy kishilarning insoniy fazilatlarini, juda boy va murakkab ichki dunyosini, o‘ziga xos xulq-atvori va yurish-turishini haqqoniy chizadi.
«Jamila» qissasidagi Jamila, Doniyor: «Birinchi muallim» qissasidagi Duyshen, Oltin: «Yuzma-yuz» qissasidagi Saida : «Sarviqomat dilbarim» qissasidagi Asal, Ilyos hayotda juda ko‘p uchraydigan oddiy kishilardir. Bu asardagi qahramonlarning go‘yo bir-biridan farq qiladigan xislat-fazilatlari yo‘qday ko‘rinadi. Haqiqatda esa Ch.Aytmatov qissalarini o‘qigan o‘quvchining ko‘z o‘ngida o‘z taqdiri, bosib o‘tgan hayot yo‘li, saviyasi, tushunchasi va tashqi qiyofasi bilan sira bir-biriga o‘xshamaydigan tipik obrazlar gavdalanadi.
Ch.Aytmatov xarakter yaratishga usta yozuvchi. Chunki u hayotni sezgirlik bilan kuzatadi, kishilarning insoniy fazilatlarini yorqin chizib berishga xizmat qiladigan hayotiy konfliktlarni tanlaydi. Adib bir-ikki shtrix bilan Jamila, Saida, Oltin Asallarning ham Doniyor, Duyshen, Ilyos va Abubakirlarning ham kimligini yaqqol gavdalantirib beradi.
Ch.Aytmatov qirg‘iz sho‘ro adabiyotidagina emas, balki ko‘p millatli sho‘ro adabiyotida shakl va mazmun novatori sifatida tanildi. Shu sababli uning g‘oyaviy-badiiy yetuk qissalari chet el dunyoviy (progressiv) yozuvchilari diqqatini ham o‘ziga tortdi. Chunonchi «Jamila» qissasini fransuz tiliga tarjima qilgan atoqli fransuz yozuvchisi Lui Aragon bu asarni, haqli ravishda «dunyodagi muhabbat to‘g‘risida yaratilgan qissalarning eng yaxshisi» deb atadi.
II-jahon urushidan so‘nggi yillarda qirg‘iz dramaturgiyasi ham taraqqiy etdi. Dramatrugiya sohasida qalam tebratayotgan yosh qirg‘iz yozuvchilaridan ayniqsa T.Abdumo‘minov barakali ijod qilmoqda. Uning sahna asarlari orasida «Tor dara» va «Qumloq adir» pesalari mazmundorligi bilan ajralib turadi. Birinchi asarda byurokratizm, laganbardorlik va ikkiyuzlamachilik fosh etilsa, ikkinchisida qirg‘iz geologlarining hayoti va mehnati aks ettirilgan.
K.Malikovning «Baland yerda», K.Jontoshevning «Qurmanbek» pesalari ham qirg‘iz teatrlari repurtuaridan o‘rin egallab kelmoqda.
Shunday qilib, II-jahon urushidan so‘nggi davr qirg‘iz adabiyotida hayotiy masalalar dadil ko‘tarilmoqda. Mustaqillik yillari qirg‘iz adabiyoti poeziyasi nasri realistik, modernistik yo‘nalish kasb etib zamonamiz qahramoni talqini o‘z aksini topmoqda.
O‘zbek kitobxonlari so‘nggi 10-12 yilda Qirg‘iz yozuvchilarining «Zamonamiz kishilari», «Tog‘ bolalari», «Jamila», «Somon yo‘li», «Birinchi muallim», «Sarviqomat dilbarim», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat, «Kassandra tamg‘asi» kabi o‘nlab roman va qissalarini o‘z ona tillariga o‘qishga muyassar bo‘ldilar.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish