2.1. Turkiy xalqlar adabiyoti haqidagi fikrlarni va talabalarning bu mavzuga qanchalik tayyor ekanliklarini bilish maqsadida mavzuni gapirib berishni so‘raydi.
2.2. Turkiy xalqlar adabiyoti borasida yangi adabiyotlardan o‘qib kelganlarini aytib berishni va munozara qilishni so‘raydi.
|
Fikrlarini bildiradila. Mavzu yuzasidan chiqish qiladilar.
Talabalar fikrlarini bildiradilar munozaraga kirishadilar.
Savollarga javob beradilar.
|
3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)
|
3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O‘quv mashg‘ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e’lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish.
|
Tinglaydilar.
|
III. Ma’ruza matni
TURKIY XALQLAR ADABIYoTI TARIXI
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi: o‘q.R.Mamatmuratov
III. TURKIY XALQLAR ADABIYoTI TARIXI
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
FANNING NAZARIY MAShG‘ULOTLARI MAZMUNI. TURKIY XALQLARNING QADIMIY ADABIY YoDGORLIKLARI. TURK ADABIYoTI. XII-XX ASR TURK ADABIYoTI.
Jahon xalqlari adabiyotining eng qadimgi zamonlaridan to shu kungacha yaratilgan barkamol asarlari insoniyatning hozirgi ma’naviy-ma’rifiy darajaga erishishining tayanch asosi hisoblanadi. Turkiy xalqlar adabiyoti jahon adabiyotining eng ko‘qna adabiyotlarilan biridir. Bu adabiyotning folklor va yozma durdonalari jahon xalqlari ma’naviyatini yuksaltirish, kishilar qalbiga insonparvarlik g‘oyalarini singdirishga munosib ta’sir ko‘rsatgan "Manas", "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li", "Dada Kurqut kitobi" singari xalq dostonlai. Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassavviy, Nizomiddin Qanjaviy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Rumiy, Abay, Muxto Avezov, Chingiz Aytmatov, Maxtumquli singari turli davrlarga mansub turkiy adiblar ijodi dunyo adabiyotining mumtoz asarlari hisoblanadi.
Mustaqillik davri mafkurasi o‘tmishni o‘rganish, tarixni tushunish, bugunni anglash, istiqbolni idrok etish borasida ham jiddiy o‘zgarishni taqazo etmoqda. Endilikda umuminsoniy qadryatlarning mushtarak qismi bo‘lgan jahon adabiyoti tarixini, undagi bugungi o‘zgarishlarni yangicha nuqson bilan tahlil qilish zaruriy ehtiyojga aylandi.
Jahon adabiyotining mushtarak qismi bo‘lgan turkiy xalqlar adabiyotining yangi davr talablari asosida o‘rganish insoniyat madaniyati, badiiy tafakkuri tarixi haqidagi tasavvurlarni teranlashtiradi. Qondosh, dindosh, tildosh xalqlar adabiyotini bilish qadimiy tarixning mohiyatini idrok qilishga asos bo‘ldi. Ajdodlarning ezgulik yo‘lidagi intilishlaridan xabardor bo‘lish, xalqlarning ko‘hna va zamonaviy adabiyoti haqida muayyan tasavvur hosil qilish kishilarning qalbida umuminsoniy qadryatlarga muhabbat tuyg‘ularini ulg‘aytiradi. Insonparvarlik tuyg‘ularini ulg‘aytiradi. Insonparvarlik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan turli xalqlar adabiyotini o‘qish, o‘rganish, ulardagi barkamol asarlardan ta’sirlanish yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi.
Turkiy xalqlar adabiyotining mumtoz namunalari esa avvalo o‘zida insonparvarlik g‘oyalarini ulug‘lashi bilan e’tibor topgan. Talabalarni bu adabiyotda azaldan ustivor bo‘lib kelgan ana shu kabi tamoyillardan xabardor qilish, ularning dunyoqarashi keng, millatparvar shaxs sifatida kamol topishiga muayyan ta’sir ko‘rsatish "turkiy xalqlar adabiyoti" kursining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Turkiy xalqlar adabiyoti ildizlari insoniyatning eng qadimgi og‘zaki va yozma yodgorliklari bilan tutashib ketadi. Tosh bitiklar insoniyatning dastlabki madaniyati belgilaridan biri hisoblanadi. Ayni chopda, ular odamzotning ilk yozma asari sifatida ham ardoqlanadi. O‘rxun-Onasoy tosh bitiklari dunyodagi eng ko‘xna yozma yodgorlik deb e’tirof qilinadi. Bu yozma obidalar turkiy xalqlarning o‘tmish ajdodlari tomonidan yartailgani ilmda isbotlangan. O‘rxun-Onasoy tosh bitiklari, ko‘plab folklor namunalari turkiy xalqlarning mushtarak merosi sanaladi. Dunyoda turkiy xalqlar singari qadimiy merosi bo‘lgan xalqlar juda kam. Bu meros asrlar mobaynida turkiy xalqlar o‘rtasidagi aloqadorlikni asrab-avaylagan ustivor omillardan biri bo‘lgan.
Turkiy xalqlar adabiyoti qad. b-shi barobarida, ko‘lami, miqyosi jihatidan ham uluqvordir. Dunyodagi o‘ttizdan ortiq tillar turkiy tillar guruhiga mansubdir. Til esa, ma’lumki, adabiyotning birinchi unsuridir. Demak, jahonda o‘ttizdan ortiq turkiy xalq mavjud. Bu xalqlarning xar biri o‘ziga yarasha muayyan adabiyotga ega. Biroq turkiy xalqlar orasida turk, o‘zbek, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman nuzufi, tarixi, ijtimoiy-siyosiy mavqei, madaniyati darajasi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu xalqlar insoniyat taraqqiyoti tarixida ham munosib o‘rin tutadi. Qadimgi turon zaminidan ko‘plab allomalar, shoirlar, yozuvchilar yetishib chiqqan. Ular fan, madaniyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishgan.
Daryolarni irmoqlarsiz, dengizlarni esa daryolarsiz tasavvur etib bo‘lmagan kabi jahon adabiyotining ham yer yuzidagi barcha xalqlarning badiiy ijodisiz to‘la ilg‘ab olish aslo mumkin emas. Zerodaryo irmoqlaridan quvvat oladi, shular hisobiga to‘libq-toshib, ayqirib oqadi, dengiz esa daryo bilan, uning hayotbaxsh suvi bilan nafas oladi, tiriklik qiladi. Xuddi shunga o‘xshab dunyo adabiyotining sarvat xazinasi ham katta-yu kichik xalqlar badiiy tafakkuorining inju donalaridan tashkil topadi, shular hisobiga boyib, baland cho‘qqilarga ko‘tariladi. Bugunga kelib jahon miqyosida mashhur va ma’lum bo‘lgan turk adabiyotini aengizga quvvat berib turgan ana shunday sersuv daryoning biriga uning nasr va nazmda bergan eng yaxshi namunalarini esa insoniyatning badiiy ganjinasiga qo‘shilgan noyob javohirlariga qiyos qilish mumkin.
Turk adabiyotida katta taraqqiyot yo‘lini, mashaqqatlar va izlanishlar bosqichlarini bosib o‘tgan adabiyot, X1X asrning 11 yarmidan boshalb g‘arb, xususan foransuz so‘z san’atkorlari asarlarining ko‘plab tarjima etilishi turk prozasi hamda turk adabiy tilining shakllanishida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ibrohim Shinosiy (1826-1871), Nomiq Kamol (1840-1888) va Ahmad Midhat (1844-1912) yangi turk adabiyotining ilk tamal toshini qo‘ygan so‘z ustalaridir. Ibrohim Shinosiyning "Shoirning uylanishi" nomli komediyasi (1860) bu adabiyotda dramaturgiya janri paydo bo‘lganligidan darak bergan bo‘lsa, Nomiq Kamol bilan Ahmad Midxatning oldinma keyin e’lon qilingan roman va qissalari yangi tipdagi prozaning dastlabki qaldirg‘ochlari bo‘ldi.
Ibrohim Shinosiy 1 - turk dramaturgi bo‘lishi bilan birga o‘z yurtida katta ijtimoiy siyosiy va adabiy -badiiy faoliyat ko‘rsatgan yirik shoir hamda publitsistdir. Yaqin maslakdoshi va do‘sti Ogoh afandi bilan 1860 yilda tashkil etgan. "Tarjumoni ahvol" keyinchalik esa o‘zi chiqara boshlagan "Tasviri afkor" gazetalari o‘sha vaqtdagi usmonli Turkiyaning siyosiy-ijtimoiy hayotida, yangicha adabiyot uchun kurashda muhim rol o‘ynaydi.
Ahmad Midhatning ham turk adabiyoti rivojida o‘rni bor. U o‘tgan asrning 70-80 yillaridagi madaniy-ma’riyfiy hayotning faol qatnashchilaridan biri, sermmahsul yozuvchi, noshir va tarjimondir. Ijodini dastlab hikoyachilikdan boshlagan bu adib 1875 yilda dastlabki yirik asarini "Hasan Malloh" romanini e’lon qildi. Muallifning ushbu romanga yozgan so‘zboshisida quyidagi satrlar o‘sha davr adabiy hayot jarayoni uchun xarakterlidir: "Keyingi ikki uch yil ichida mamlkatimizda adabiyot inkishof etib, durust samaralar berayotgani jumlaga ma’lum. Ruyi-rost aytish kerakki, bizda hozirga qadar kichik hajmdagi asarlargina paydo bo‘ldi. Lekin ishni kichigidan boshlab, keyin esa kattrog‘iga o‘tmoqltik taraqqiyot matlabi emasmi?.. Shu ma’nodagi sa’yi harakat namunasi o‘laroq o‘z romanimni kitobxonlar hukmiga havola eturman ... Bu yozg‘onim va tarjima va na taqlid erur".
A.Midhatning keyingi e’lon qilingan boshqa romanlari kabi bu asari ham sarguzasht uslubiga qurilgan bo‘lib, badiiy jihatdan bir muncha zaif. Romanda bosh qahramon Hasan Malohning turli o‘lkalarda kechirgan sarguzashtlari hikoya qilinadi. Lekin shunga qaramay bu adibning sermahsul ijodi ("Yosh turk" deb nomlangan so‘nggi romani 1908 y. e’lon qilingan) ma’rifatparvarlik namunalaridan keyinchalik paydo bo‘ladigan yetuk badiiy asarlarga zamin tayyorlash e’tibori ila alohida diqqatga sazavordir.
O‘z davrining yirik jamoat arbobi va ma’rifatparvari bo‘lgan Nomiq Kamol yangicha adabiyotning yuzaga kelishi va oyoqqa turishida shijoat ko‘rsatgan yozuvchidir. Ahmad Midhat milliy mavzularni adabiyotga olib kirish. yozuvchilik mahoratini egallash bobida dastlabki qadamlarini qo‘ygan bo‘lsa, Nomiq Kamol bu sohada yana ham dadilroq qalam tebratdi, g‘arb adabiyotining eng yaxshi namunalari tajribasini ijodiy o‘zlashtirgan holda bir talay orginal asarlar yaratdi. Uning "Intiboh yoki Adibeyning sarguzashti" (1874) va "Jazmi" (1880) romanlari yangi adabiyotning shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Adibning qator pesalari haqida ham shu gapni aytish mumkin.
Turkiya tarixida 19 asrning 40-70- yillari tanzimot davri deb yuritiladi. Bu davr mamlakatni qoloqlikdan olib chiqish, ba’zi islohlar yo‘li bilan iqtisodiy-ijtimoiy hayotga o‘zgarishlar kiritishga urinish bilan xarakterlanadi. garchi ma’lum sababalarga kura bu urinishlar tub o‘zgarishlarga olib kelmagan, mamlakat og‘ir ahvoldan chet davlatlar tazyiqidan qutilmagan bo‘lsa ham, burjua munosabtlarining shakllanishida, yangicha mafkura va madaniyatning yuzaga kelishida ma’lum bir turtki bo‘ldi. Yuqorida nomlari zikr etilgan uchala adib o‘sha Tonzimot davrining peshqadam vakillari bo‘li, ularning turk adabiyoti rivojida muayyan bir bosqichini tashkil etadi.
Turk romanchiligidagi 11-bosqich esa X1X asr oxirlari XX asr boshlarida Istambulda nashr etib turilgan "Sarvati funun" jurnali atrofida uyushgan bir qator zabardast adiblarning ijodi bilan boshlanadi.
Bu o‘rinda dastlab shuni ta’kidlan lozimki, 70-yillarning oxirlariga kelib turkiyada murqak islohlar davri tugab, reksiya xuruji kuchaygan va zulm-zo‘rovonlik avjiga mingan edi. Bu narsa endigina erkin chiqarib kelayotgan adabiyotga ta’sir etmay qolmadi, oqibatida o‘sha darda yaratilgan asarlarda tushkunlik va sarosimalik , nola chekish, g‘ussa va lam ruhi baralla sezilib turdi. Lekin shunga qaramay bir guruh sarvati fununchilar mashhur shoir Tavofiq, fikrat (1867-1915), nasrchilardan Xomid Ziyo Ushoqlagil (1866-1945), Mehmet Rauf (1875-1931), Janob Shahobiddin (1870-1934) va boshqalarning barakali ijodi tufayli asarlarda yangi mavzularni ishlash, insonning ichki dunyosini tahlil qilish, bayon va uslub mahoratini oshirish namunalaridan adabiyot yangi pag‘onaga ko‘tarildi, deb aytish mumkin. Turk inqilobiy adabiyotining o‘tmishdoshi Tavfiq Fikratning jaholat osmonida chaqmoqday chaqnagan she’lari, Xolid Ziyo Ushoqlagilning Turklarning 1-milliy romani deb to‘la asos bilan e’tirof etilgan. "Ta’qiqlangan muhabbat" (1990) singari qator asarlari, Mehmet Raufning "Sentabr" va boshqa romaglari, Janob Shahobinning talay she’r va pesalari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Adabiyot maydoniga kirib kelgan 111 - avlod vakillari orasida "Husayn Rahmiy (1864-1944), Xolida Adib (1884-1964), Umar Sayfiddin (19884-1920), Rashod Nuri (1898-1956), Erjumand Akram (1896-1956) " kabi adiblar alohida ajralib turadi.
1- jahon urushi ko‘p mamlkatlarda bo‘lgani kabi turk xalqining boshiga ham talay kulfatlar keltirdi. Hukmron doiralar mamlakatni urush girdobiga tortganligi natijasida xalqning o‘n minglab farzandlari birovlarning manfaatlari kuchun jang maydonlarida halok bo‘ldi, qishloq xo‘jaligi va sanoati inqirozga yuz tutdi. Turkiyaga imperalistik davlatlarning qo‘shinlari bostiribkirdi. O‘z-o‘zidan ravshanki, mamlakatda yuzaga kelgan bu og‘ir ahvol adabiyotga ham ta’sir qilmay qolmadi. Darhaqiqat o‘sha yillarda yaratilgan asarlarning ko‘pchiligida ustun turar, real hayotga aloqasi bo‘lmagan narsalar madx qilinardi. Lekin ayni bir vaqtda chet elliklar asoratiga qarshi bosh ko‘tarishga da’vat etgan vatanparvar adiblarning ovozi ham eshitila boshladi. Turkiya mustaqillikni boy berib mustamlakaga aylanib qolish xavfi yuzaga kelgan bir paytda, qo‘shni Rossiya g‘alaba qozongan Oktabr inqilobini bevosita ta’siri etib, mamlakatda ozodlik harakati zafar bilan tugab, respublika e’lon qilinishi turk adabiyoti tarixida yangi sahifa ochdi. Turkiya respublikasi e’lon qilingan keyingi dastlabki yillarda imperialistlarga qarshi olib borilgan milliy ozodlik urushi haqida hikoya qiluvchi asarlar paydo bo‘ldi. Xolida Adibning "Otash kuylak", Roshod Nurining "Yashil kecha", Aka Gunduzning (1886-1958) "Dikmen yulduzi", Mehmed Raufning "Najot" romanlari shular jumlasidandir. O‘sha davrda yaratilgan eng yaxshi asarlarda xalq boshiga tushgan og‘ir kulfatlar haqida so‘z yuritildi, sulton hukumatining razil siyosati, bosqinchilarining beboshliklari ochib tashlanadi, mehnatkashlarning ochligi va qashshoqligi hisobiga boylik to‘plagan taqvodorlar hamda hukmron doiralar fosh qilindi. Bu narsa Rashod Nuri, Husany Rahmiy va boshqalarning qator asarlarida o‘z ifodasini topd. bu yerda shuni ham aytib o‘tish kerakki, milliy-ozodlik urushi mavzuiga bag‘ishlangan kupchilik roman, qissa va hikoyalarda asosiy qahramonlar qilib xalq ommasi emas balki yakka ofitserlar ko‘rsatilgan, xalq esa ongsiz va itoatkor omma sifatida tasvirlangan.
Lekin o‘sha paytlarda demokratik yo‘nalishga mansub bo‘lgan adiblarning qator asarlari ham yuzaga keldiki, ularda urushning bosh qahramoni qilib xalq tasvirlandi, chindan ham vatan mustaqilligini saqalb qolgan oddiy ishchilar, dehqonlar, hunarmandlar zo‘r samimiyat bilan qalamga olindi.
Turk inqilobiy she’riyatning asoschisi olamshumul shoir Nozim Hikmatning (1902-1963) ijodi turk adabiyotida buyuk bir hodisa bo‘ldi. Uning 1924 yilda "Oydinlik" jurnalida bosilgan ilk she’rlari hamda 1929 yilda e’lon qilingan "Sakkiz yuz o‘ttiz besh satr" nomli birinchi kitobi turk jamoatchiligi ilk daf’a ishchilar sinfining kudratli ovozi yangradi. Shoirning ko‘plab pesalari turk teatrlarida sahnaga qo‘yildi.
Odatda 30-yillarni Turkiyada tanqidiy realizm adabiyoti yuzaga kelgan va bu adabiyot g‘oyat gullagan davr deyishadi. Chindan ham shunday. Roshod Enis (1909), Sadri Ertem (1900-1943), Husayn Rahmiy, Rashod Nuri va boshqalarning turk voqeligini tanqidiy tasvirlagan eng yaxshi roman va hikoyalari xuddi shu davrda bosilib chiqdi. Nozim Hikmat. Sabohiddin Ali (1906-1948), Suad Darvesh (1905-1963) hamda Rifat Ilgazning (1911) jamiyat illatlarini fosh etuvchi va ularga qarshi kurashga chorlovchi asarlari ham xuddi shu davrda yuzaga keldi. Bu davrning eng ahamiyatli tomoni yana shundaki, o‘sha yillarda turk prozasida revolyusion-demokratik yo‘nalish paydo bo‘ldi. Zo‘r iste’dodli adib Sabohiddin Ali ana shu yo‘nalishning eng peshqadam vakilidir. Romannavis, hikoyanavis va shoir sifatida u o‘zidan keyingi avlod vakillariga katta ta’sir o‘tkazdi. S.Ali dastlabki hikoyalarida romantik ruhdagi qahramonlarni yaratgan bo‘lsa, keyingi asarlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri revolyusion kurashga da’vat etish darajasiga ko‘tarildi. Yozuvchining "Quyijohlik Yusuf" (1936) va "Ichimizdagi iblis" (1944) romanlari keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. S.Alining ijodida dehqonlar mavzui ayniqsa muhim o‘rin egallaydi. Ushbu davr adabiyoti haqida gap ktganda taraqqiyparvar yozuvchilarni uyushtirishda, ularni muhim mavzular tomon yo‘naltirishda katta rol o‘ynagan "Rasmli oy" jurnalining xizmatlarini alohda ta’kidlab o‘tish kerak. 30-yillarning boshlarida jurnalist va adib. keyinchalik yozilgan "Sovet ittifoqida qirq besh kun" kitobining muallifi Zakariya Sertel va rafiqasi Sabiha Sertel tomonidan nashr etib turilgan bu jurnal turk adabiyotida demokratik qanotnng rivojlanishida qator iste’dodli yozuvchilarning yetishib chiqishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zining ko‘pchilik tengqurlari kabi Rashod Nuri ham 11 jahon urushi va undan keyingi davrda juda oz ijod qildi.Shu vaqt ichida uning bor yo‘g‘i ikki romani bosilib chiqdi. Agar u "Tegirmon" deb nomlangan 1-romanida Usmonli imperiyasining chekka viloyatlaridagi amaldorlarning kaltabinligi va axloqsizligini fosh etsa, "Miskinlar tak’iyasi"da Turkiyada gadoylik yaxshi kasb bo‘lib qolganligini zaharxandalik bilan ta’kidlaydi.
Asrimizning 60-70 yillari turk adabiyotiga juda ko‘p yangi nomlarni va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bo‘y o‘lchasha oladigan talay asarlarni berdi. bu davr alohida suhbat mavzui, alohida va mufassal hikoya boisi bo‘lganligi uchun bu o‘rinda unga to‘xtalib o‘tamiz ...
Hozirgi zamon turk adabiyotida muhim o‘rin tutgan Rashod Nurining yuqrida nashr etilgan asarlaridan tashqari yana ko‘p kitoblari bosilib chiqqan. Uning "Tamg‘a" (1925), "Shafqat qilich" (1928), "Hazonrezgi" (1930) romanlarida, ayollarning ijtimoiy tengsizligi o‘zining realistik ifodasini topgan bo‘lsa, "xudoning mehmoni", "Xanjar", "Hiylai sha’riy" kabi hikoya va pesalarida ruhoniylarning kirdikorlari ochib tashlanadi. Bulardan tashqari muallifning "Labdan yurakka" (1925). "Oqshom quyoshi" (1928), "Ayol kushandasi" (1927), "Achinish" (1928), "Tog‘olcha butalari" (1932), "Osmon" (1935), "Eski kasallik" (1935) romanlari bor. U ko‘plab pesalar va hikoyalar muallifidir. Yozuvchining 24 jilddan iborat kulliyoti bosilib chiqqan. Roshod Nurining "Tamg‘a", "Hazonrezgi", "Yashil kecha" romanlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan, uning "Hiylai sha’riy" pesai respublika teatrlari sahnasida qo‘yilgan. Adibning tarjimai holi haqida shuni aytib o‘tish mumkinki, u Istnbalda harbiy vrach oilasida to‘g‘ilgan. dastlab Istambul universitetining adabiyot fakultetida o‘qib, keyinchalik chet elllarda tahsilini oshirgan. Roshod Nuri dastlabki paytlarda o‘quv yurtlarida o‘qituvchilik qilgan. keyinchalik esa xalq maorifi vazirligi nazoratchi va bosh nazoratchi bo‘lib ishlagan. 1939 yilda turkiya Buyuk Millat majlisiga deputat qilib saylangan, umrining so‘nggi yillarida Turkiyaning YuNESKOdagi doimiy vakili bo‘lib turgan. U 1956 yilda 64 yoshida vafot qilgan. Rashod Nuri o‘z yurtida katta tarjimon, lug‘at va antologiyalar tuzgan olim va adabiy tanqidchi sifatida mashhur edi.
"Choliqushi" romani Rashod Nuri Guntekinning ijodida alohida o‘rnni egallaydi. Romandagi voqealar 1-jahon urushi arafasida va urush yillarida yuz beradi. Romanning o‘ziga esa turk xalqining chet ellik asoratchilariga qarshi kurashi g‘alaba bilan yakunlangan, imperialistlarning Turkiyaga bostirib kirgan qo‘shinlari tor-mor qilingan, mamlakat yangi ruh, yangi kayfiyat bilan yashayotgan bir paytda bosilib chiqdi. Turkiyada necha asrlardan beri erksizlik va huquqsizlikka mahkum etib kelingan, endi bu sohada biror o‘zgarish bo‘lishini intizorlik bilan ko‘tarayotgan xotin-kizoarning bir vakilasi haqida, uz boshidan kechgan achchi- sarguzashtlari to‘g‘risida, qishloqlarda hukm surayotgan savodsizlik, qashshoqlik va xo‘rliklar haqida hikoya qiluvchi bu asar tez fursatda o‘zining ming-minglab kitobxonni topdi.
Ushbu romanning kitobxonni hayojonga soluvchi, uni darhol o‘ziga rom qiluvchi jihatlari nimada? Uning eng birinchi fazilati romanning bosh qahramoni bo‘lishi tadbirkor, jur’atli, dilbar va oqila qiz Farida obrazidir. Siz romanni o‘qir ekansiz, ko‘z o‘ngingizda Faridaning ham shaddod, ham sho‘x va iffatli –qiyofasi namoyon bo‘ladi, siz u bilan birga hayotda ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tgandek, yaxshi odamlarni sevib, yomonlaridan birgalikda nafratlangandek bo‘lasiz. Siz kitob so‘nggi sahifasini xushchaqchaq, lobar qiz yo‘lida uchragan hamma qovlarn jamiki tahqir va kamchiliklarni da’f qilib, nihoyat baxtini topganligidan quvonamiz. Bu asarning yana bir fazilati shundaki, oddiy mehnatkash vakillari unda muhabbat va iliq samimiyat bilan tasvirlangan. Bular o‘zi och va yupun bo‘lsa ham lekin or-nomusi hamda vijdonini har narsadan ustun qo‘yadigan, ayni vaqtda mehribon va dilkash insonlardir. So‘z Farida bilan birga ko‘p jihatdan ahvoli hozir ham o‘zgarmagan turk qishloqlarini kezib chiqasiz, u yerdagi og‘ir sharoitni, savodsiz, och-yalang‘och, yupun qishloq bolalarini ko‘rib achinasiz, Hoji Xalfa va Xayrullabey singari toza ko‘ngil, kamtar, mushfiq kishlarni chin qalb sevib qolasiz. Qolaversa, roman tizimiga xos bo‘lgan soddalik, yoqimlilik, chuqur lirizm zavqingizni oshirmay qo‘ymaydi. Bu roman turk tilida va qator xorijiy tillarda bir necha bor bosilganligining sababi ham shunda.
Do'stlaringiz bilan baham: |