OZARBAYJON ADABIYoTI
A d a b i yo t l a r :
Kratkaya lteraturnaya ensiklopediya. Tom 1,2. M., 1962
Literaturnaya ensiklopedicheskiy slovar M., 1987.
Ocherk istorii ozerbaydjanskoy literaturi. M., 1963.
Mirzo Ibrozhimov. Parvona. T., 1979.
Mehdi Husayn. Absheron T., 1952.
Akram Aylisli. Madina amma ertaklari T., 1979.
Samad Vurg‘un. Yurakdagi she’rlar. T., 1978.
Nabi Xazri. Parvoz. T., 1977.
Anor. Oq ko‘rfaz. -Toshkent, 1978.
Ozarbayjon shoirlari T., 1960.
Shukrullo muharrirligida.
Ozarbayjon adabiyoti Kavkaz ortida yashovchi xalqlar orasida qadimgi adaniyat tarixi va boy adabiyotga ega bo‘lgan xalqlardan bo‘lgan xalqlardan biridirlar. Ozarbayjon tili turk tillar oilasiga mansubdir. Uning xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot shakllarida yaratilgan eng qadimgi namunalarida adabiiylik, haqiqat va adolat uchun kurash, mehnatga muhabbat va qardosh xalqlarga hurmat singari olijanob tuyg‘ular o‘z ifodasini topgan.
Turli-tuman adabiy janrlarda yaratilgan xalq ishqiy-qahramonlik dostonlari, ertaklari, marosim va muhabbat qo‘shiqlari, shuningdek, xalq latifalari va maqollaridan iborat folklor asarlari turli turixiy davrlarda yaratilib, og‘izdan-og‘izga ko‘chib, bizgacha yetib kelgan. Bulardan eng mashhurlari "Kitobi dada Ko‘rqut" va "Ko‘r o‘g‘li" eposlari, "Oshiq G‘arib", "Shoh Ismoil", "Asli va Karam" ishqiy dostonlari, Melik Mamed va Kal Ahmad sarguzashtlaridan hikoya qiluvchi kulgili ertaklar, insoniy muhabbatni olqishlovchi to‘rtlik baytlardir.
"Kitobi dada Ko‘rqut" eposi taxminan U11-U111 asrda, hali ozarbayjon tilida yozma adabiyot uncha taraqqiy etmagan b ir sharoitda, ona tilida ijod etilgan yirik badiiy asar sifatida katta mavqega ega edi. Uning 12 -qissasida o‘g‘iz bosqinchilariga qarshi olib borgan kurshalari tasvirlangan. Hozirgi kunda xalq dostonlari syujeti asosida yaratilgan bir necha muzikali dramalar ozarbayjon teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan namoyish qilinmoqda.
Xalq og‘zaki ijodi asarlarini yozib olish va o‘rganish ishlari Ozarbayjonda U1 asrlarda boshlangan bo‘lsa-da sho‘ro hokimyati yillarida keng quloch yoydi va muntazam suratda davom ettirmoqda. So‘nggi 10-15 yil ichida ko‘plab xalq eposlari yozib olinib, nashr ettirildi.
Ozarbayjon xalq og‘zaki ijodi va qadimgi yozma adabiyoti bilan O‘rta osiyoda yashovchi o‘zbek, tojik, turkmen, qirg‘iz va qoraqalpoq xalqlarining adabiyoti o‘rtasida bir-biriga o‘xshash juda ko‘p an’analar mavjud. Keyinchalik ozarbayjon mumtoz adabiyoti va o‘zbek, tojik, turkman klassik adabiyotlarining yirik vakillari ijodida ham o‘zaro aloqa va ta’sir turli-tuman formalarda davom etib keldi.
Genial o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning o‘lmas "Xamsa"si (XU asr), tojik adibi va mutafakkiri Abdurahmon Jomiyning "Haft-avrang"i (XU asr) ularning buyuk Nizomiy Ganjaviy yaratgan "Panj-ganj"dan bahramand bo‘lganlari tufayli yuzaga kelgani singai, buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliyning o‘ynoqi g‘azallari, badiiy yuksak "Layli va ajnun" dostoni Alisher Navoiy ijodi ta’siri ostida, yaratildi. O‘zbek va tojik (sho‘ro adabiyoti asoschilari) adabiyoti vakillari H.H.Niyoziy va S.Aynyilarning ijodining shakllanishi va kamol topishida ozarbayjon realistik adabiyotining yirik vakillari M.Oxunov, J.Mamadqulizoda va A.Sobirlarning dunyoviy dunyoqarashi sezilarli darjada ta’sir qildi. Chunki ular o‘tgan asrning 90 yillaridayoq Ozarbayjonda nashr ettirilgan progressiv gazeti va jurnallar (mas, "Mullo Nasriddn" hajviy jurnali) mutolaa qilish bilan ham rus revolyusion demokratlari ta’limotidan xabardor bo‘lgan edilar.
Ozarbayjon adabiyoti tarixi mundarijasi biz Araks daryosining ikki qirg‘og‘ida - hozirgi Ozarbayjon va janubiy Ozarbayjon (Eron Ozarbayjon) hududida juda qadimgi zamonlardan beri yashab ijod etib kelayotgan ozarbayjon xalqining butun milliy adabiyoti shaklida tasavvur qilamiz. Chunki bu adabiyot asrlar davomida Kavkaz yurtida birin-ketin hukmronlik qilgan eron shohlari, turk sultonlari, arab va mo‘g‘ul istilochilariga qarshi olib borilgan kurash jarayonida shakllandi va rivojlandi.
Ozarbayjon mumtoz adabiyotining eng yaxshi an’analaridan oziqlanib ijod etayotgan janub Ozarbayjon shoirlari Ozar o‘g‘li, Madina Gulgun, Akima Billuriy, Vurg‘un ta’biri bilan aytganda , "tom ma’nodagi qahramonlik poeziyasidir". Chunki ular mamlakatda milliy va sotsial zulm hukmron bo‘lgan og‘ir bir sharoitda poeziyani mehnatkash xalqning milliy ozodlik kurashi manfaatlariga xizmat qilmoqdalar. Ular o‘z asarlarida (Ozar o‘g‘lining "Ulug‘vor shin" M., Gulgunning "Moskva - ko‘nglim quvonchi", A.Billuriyning "Shoshma Arks", "Alla" she’rlari) mehnatkash ommaning qashshoq hayotini, ozodlik va baxli turmush uchun olib borayotgan kurashini aks ettirmoqdalar.
Ozar o‘g‘lining o‘zi "Faridun Ibrohimiy" nomli she’rida Faridun Ibrohimiyni xalq farzandi, xalq va revolyusiya yo‘lida qurbon bo‘lgan kurashchi sifatida tasvirlaydi:
Jallod !
Ko‘rsat hunaring -
Ajaldan zo‘rman !
Tikka boqib o‘limga,
Xalqimni derman.
Dorga ossang, osaver !
Tushsam zaminga,
Sakrab turib baribir,
yurgum ustingga !
(R.Muqimov tarjimasi)
Ozarbayjonda VII-VIII asrlarda arab tili, IX asrdan boshlab esa fors tili rasmiy davlat tili hisoblanganligi tufayli Ismoil Yassor (VI asr), Ahmad Tabriziy (X asr), Bahmanyor Alii Bokuyi, Xatib Tabriziy (XV) kabi o‘nlab ozarbayjon shoirlari o‘z asarlarini arab va fors tillarida yozishga majbur bo‘lganlar, keyinchalik bu an’anani ozarbayjon shoirlaridan Hoqoniy-Shervoniy, Nizomiy-Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy va qisman, hatto Mirzo Fatali Oxundovlar ham davom ettirganlar. Bu so‘z san’atkorlari yaratgan asarlar, tabiiy, ozarbayjon adabiyoti mahsulidir. Chunki turli tarixiy sharoitda yashab qalam tebratgan bu shoirlar ijodida Ozarbayjondagi turli ijtimoiy tabaqalarning hayotini aks ettirish asosiy o‘rin tutgan edi.
XI-XII asrlarga kelib arab istilochilari ta’sirining kun-sayin susayishi natijasida Ozarbayjonda mustaqil mahalliy feodal davlatlari yuzaga keladi. Bu feodal davlatlarida va g‘azal janrlari ravnaq topdi.
Bu asarlarda qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarning tiklanishi, birmuncha tinch-osoyishta sharoitda savdo-sotiqning jonlanishi natijasida savdo-karvon yo‘llari ustida Ganja, Shisha, Shamaxa singari savdo sanoat markazlari joylashgan shaharlar paydo bo‘ldi. Bu shaharlarda bora-bora adabiy-madaniy hayot taraqqiy topdi.
Shu davrdlarda mahalliy hukmdorlarning saroylari atrofida uyushgan shoirlaridan mashhurlari "Malik-ush-shuaro" Abul Ula Gnjaviy, shoir va astronom Falakiy-Shervoniy, shoira Maxseti Ganjaviy edilar. Bulardan shoira Maxseti o‘zining ruboiylarida ozarbayjon xotin-qizlarning qayg‘u-alami va o‘z asrining ijtimoiy tengsizliklari haqida yozib, yaqin Sharqda shuhrat qozondi. Afzaliddin Haqqoniy esa boshqa Shervon shohga madh, o‘qigan bo‘lsa-da, keyinchalik o‘z asarlarida feodal zulm va reaksion diniy aqidalarga qarshi chiqqanligi uchun bir umr ta’qib ostiga olindi. U Ron va Arab mamlakatlarida sarson-sargardon bo‘lib yurgan paytlarida o‘zining "Tuxfat-ul-Iroqayn" ("Ikki Iroq tuhfasi") va "Madoin qasri" asarlarini yaratdi.
XII asr ozarbayjon poeziyasining gullab-yashnashi, shubhasiz, Nizomiy-Ganjaviy nomi bilan bog‘liqdir. Chunki Nizomiy Ganjaviy o‘z lirikasi va xamsachilikka asos solgan besh genial dostonida Sharq poeziyasi erishgan yutuqlarga yakun yasadi va poeziya tarqqiyotida uzoq asrlar salmoqli rol o‘ynagan yangi an’anani boshlab berdi.
Nizomiyning feodallar despotizmiga qarshi qaratilgan poeziyasi asosida ilg‘or gumanistik g‘oya yotar edi.
U o‘z davrining ilg‘or o‘qilishli kishisi, geneal shoiri va mutafakkiri sifatida adolatli, ma’rifatli podsholikka ishondi va unga katta umid bog‘ladi. Shu bilan birga, Nizomiy o‘z romantik dostonlarida pok insoniy sevgini targ‘ib etdi, oddiy dehqon va hunarmadning mehnatini ulug‘ladi.
«Xamsa»ning 1-dostoni «Mahzan-ul-asror» o‘z didaktikasi bilan, «Layli va Majnun», «Xusrav va Shirin» hamda «Haft paykar» sevgi haqidagi falsafasi bilan, «Iskandarnoma» esa shoir dunyoqarashiga xos ijtimoiy qarashlari bilan jahon adabiyotiga kuchli ta’sir qildi.
Geneal shoir qalami bilan sayqal topgan Farhod, Shirin, Layli va Majnun obrazlari hozirgi kunda ham o‘z badiiy yetukligi va gumanistik yo‘nalishi bilan kishini o‘ziga maftun etadi. Mug‘ul istilochilarining bosqinchiligi mamlakat iqtiosdiy hayotiga mislsiz ofat yetkazganidek milliy adabiyot va san’at taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bosqinchilar mahalliy xalqning madaniy yodgorliklarini nest-nobud qildilar. Qonli feodal urushlar natijasida ezilgan mehnatkash ommaning ahvoli yanada og‘irlashdi. Adabiyotda umidsizlik kayfiyatini targ‘ib etuvchi diniy-mistik poeziya quloch yoydi, saroy poeziyasi tushkunlikka yuz tutdi.
Sufistik poeziyaning panteistik oqimga mansub shoirlarning ko‘zga ko‘ringan vakillari – Zulfiqor Shervoniy, Shams Tabriziy, Mahmud Shobustariy o‘zlarining mavjud ijtimoiy tuzumdan noroziliklarini diniy-mistik qobiqqa o‘rab ifodaladilar.
Shoir Imomiddin Nasimiyning ijodi ko‘p jihatdan o‘sha vaqtlarda Ozarbayjonda keng yoyilgan diniy-siyosiy holat qatnashchilari bo‘lgan xurufiylarga yaqin turar edi. Uning poeziyasi rasmiy musulmon diniy qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan aybnomaday jaranglar edi. Nasimiy o‘zining xurufiy nasihatlari shaklida to‘qilgan asarlarida islom-idrokini ulug‘ladi. «Inson o‘z aqli tufayli xudolik darajasigacha ko‘tarilishi mumkin» degan g‘oyani olg‘a surdi.
Muhammad Fuzuliy ijodi ozarbayjon poeziyasining yuqori cho‘qqisi edi. Fuzuliy lirikasining asosiy motivi insonga shodlik va quvonch, tashvish va alam bag‘ishlovchi pok muhabbatdir. Shoirning fikricha, sevgi kishilarga adolat uchun olib boriladigan kurashda kuch bag‘ishlaydi. Fuzuliy lirikasida ishq-muhabbat mavzui ko‘pincha turli ijtimoiy falsafiy msalalar bilan chambarchas bog‘langan holda talqin etilar ekan, shoir zolim va farosatsiz hukmdorlarni, aldoqchi ruhoniylarni qattiq tanqid ostiga oladi. Buyuk adibning gumanizmi uning ozarbayjon tilida yaratgan geneal dostoni «Layli va Majnun»da ham o‘zining yorqin ifodasini topdi. Bu asarda Fuzuliy o‘z ustozlari Nizomiy va Navoiy ijodidagi eng yaxshi an’analarni davom ettirib, pok insoniy sevgi muhabbatni olqishlamaydi. «Bang va boda», «Sehat va maraz» deb ataluvchi tamsimiy asarlarda esa shoir o‘sha zamonning muhim ijtimoiy-ahloqiy masalalari haqida fikr yuritadi. Ozarbayjon adabiy tilining shakllanishida ham Fuzuliyning xizmati g‘oyat katta.
XVI-XVII asrlarda turk sultonlarining Ozarbayjonga qilgan hujumi natijasida mamlakat yana xarobaga aylanib, adabiy hayot inqirozga yuz tutdi. Yozma adabiyotda diniy, xurofiy g‘oyalar hukmron edi. Biroq xalq og‘zaki ijodida vatanparvarlik, xalqlar do‘stligi g‘oyalarini targ‘ib etuvchi bir qancha qahramonlik dostonlari yuzaga keldi. Bu asarlarda ozodlik va mustaqillikka intilish, bosqinchilarga qarshi g‘azab va nafrat motivlari ozarbayjon, arman va gruzin xalqlari o‘rtasida do‘stlikka chorlovchi kuylarga hamohang bo‘ldi.
Oshug‘lik poeziyasining keng quloch yoyib taraqqiy etishi bilan folklorning klasssik adabiyotga ta’siri kuchaydi. Klassik poeziya xalq og‘zaki ijodi mavzulari bilan boyidi, realistik tasvirga intilish ortdi. She’riy asarlarda muhabbat mavzui bilan bir qatorda davrning ijtimoiy-siyosiy voqealariga aloqador masalalar ham ko‘tarib chiqiladigan bo‘ldi. Shunday masalalardan eng muhimi Kavkaz orti xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va chet el bosqinchilariga qarshi g‘azab-nafrat masalasi bo‘lib, u Sayat Nova kabi shoirlar ijodining asosiy mohiyatini tashkil qilar edi.
Vidodiy bilan Voqif XVIII asr xalq poeziyasining eng yaxshi xususiyatlarini o‘z ijodiga singdirilgan atoqli ozarbayjon shoirlari edilar. Voqelikni haqqoniy aks ettirish, xalq orzu-umidlariga yaqinlik hamda she’rni nihoyatda sodda va xalqchil uslubda yozish bu ikki do‘st va maslakdosh shoir ijodining fazilati edi. Har ikkala shoirning ham lirikasi xalq og‘zaki ijodining boy xazinasidan oziqlandi. Ammo ularning shoirlik taqdiri bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, Vivodiyga hayot achchiq-chuchuklari qattiq botgani uchun u foniy dunyoning turli-tuman masalalari haqida qayg‘urib, xayol surdi. («Turnalar», «Yig‘laysan»).
Mehnatkash oilada tug‘ilib voyaga yetgan va o‘z aql-idroki tufayli vazirlik lavozimi darajasiga ko‘tarilgan (U qorabog‘ xonining vaziri edi). Mulla Panoh o‘g‘li Voqif lirikasida esa feodal zulm iskanjasida ingragan insonning o‘y fikrlari, his-tuyg‘ulari o‘z fiodasini topdi. Voqif lirikasi, ba’zan unda falak kajraftori vafosizligidan nolish, hayotdagi tengsizliklardan ranjish motivlari uchrashiga qaramasdan, asosan hayotbaxsh ruh bilan sug‘orilgan edi. Shoir hayot go‘zalligini kuylar ekan, dunyoning o‘tkinchiligi haqida kishilar ongiga singdirilgan umidsizlik kayfiyatlarini rad etdi, insonning dunyoda baxtli bo‘lishni zo‘r ishonch bilan tasdiqladi, sevgini va ma’shuqa go‘zalligini madx etish Voqif lirikasida yangicha fazilat kasb etdi va shoirning porloq kelajakka ishonch g‘oyalariga hamohang bo‘ldi.
Voqif xalq orasida keng tarqalgan o‘ynoqi lirik qo‘shiqlar avtoridir. Uning g‘azallari samimiyligi va ta’sirchanligi bilan kishini qoyil qoldiradi. Chunki ular xalq poeziyasining soddalik, mazmundorlik va o‘ynoqilik kabi eng yaxshi xususiyatlari bilan sug‘orilgandir. Bu xususiyat, ayniqsa, shoirning feodal tuzumini va zolim hukmdorlarni fosh qilishga qaratilgan «Qarasangchi», «Ko‘rmadim» radifli she’rlarida ko‘zga tashlanadi. Davlat arbobi sifatida ham Voqif san’at va adabiyotni xalq manfaati uchun xizmat qildirishga urindi. U Rossiya bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona aloqani qayta tiklash va mustahkamlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatganligi uchun reaksion ruhoniylar tomonidan kofirlikda ayblanib, ta’qib ostiga olindi.
Voqif ijodi ozarbayjon adabiyotida realizmning shakllanishi va mustahkamlanishi uchun zamin hozirladi. U boshlagan sharafli ishni Abulqosim Nabotiy, Shukuhiy va Oshuq kabi shoirlar davom ettirdilar.
XX asrning boshlarida (1818-1828) Shimoliy Ozarbayjon Rossiyaga qo‘shib olindi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan, tarixiy taraqqiyotning zarurati sifatida yuz bergan bu qo‘shilish ob’ektiv ravishda progressiv ahamiyatga ega edi. Chunki bu qo‘shilish natijasida birinchidan, Ozarbayjon o‘z taqdirini iqtisodi va madaniyati taraqqiy etgan ilg‘or mamlakat bilan bog‘ladi: ikkinchidan, o‘lkada ko‘p asrlardan beri davom etib kelgan feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi: uchinchidan Ozarbayjon turk sultonlari va Eronning xavfidan qutildi. Shunday qilib, bu qo‘shilish (R.E.) Qora va Kaspiy dengizlari uchun, Markaziy Osiyo hamda tatar va boshqirdlar uchun madaniylashtiruvchilik rolini o‘ynadi. Ilg‘or rus adabiyotining ta’siri ostida XIX asrning 1-yarmidanoq Ozarbayjonda zulm, qoloqlik va diniy xurofotga qarshi qaratilgan ma’rifatparvarlik harakati kuchaydi. Bu hayotning dastlabki vakillari: atoqli ozarbayjon shoir va olimlari Abbosquli Boqixonov, Mirzo Shafiy Vozeh va Ismoilbeklar adabiyotga novella, realistik doston kabi yangi janr elementlarini olib kirdilar, shu bilan birga, turmush hodisa-voqealari haqida keng muhokama yuritish, erkin fikrlash va xalqning nochor ahvolini tushunish kayfiyatlarini ro‘yobga chiqara boshladilar. Mirzo Shafiyning qo‘shiqlari, Ismoilbekning «Rashidbek va Saodatxonim» novellasi fikrimizning dalili bo‘la oladi.
Ozarbayjon ma’rifatparvarlari orasida XIX asrning buyuk dramaturgi va mutafakkiri Mirzo Fatali Oxundov (1812-1878) o‘ziga munosib faxrli o‘rinni egallaydi. Yoshlikda eski maktabda savodini chiqargan, bir necha tilni mukammal egallagan va adabiyotni chuqur bilan M.F.Oxundov Tiflis shahridagi rus-tatar bilim yurtida rus tili va adabiyotini zo‘r havas bilan o‘zlashtirdi. U genial rus shoiri A.S.Pushkin asarlarini mutolaa qildi, rus revolyusion-demokratlarining ijtimoiy qarashlari bilan qiziqdi. Uning fikricha, Ozarbayjon xalqining ayanch ahvolda yashashiga sabab, birinchi navbatda, keng mehnatkash ommaning savodsizligidir. Shuning uchun u zo‘r berib ma’rifat tarqatish, mehnatkashlar bolalarini o‘qitish, ularni savodxon qilish uchun jon kuydirdi. Oxundov arab alifbosini lotin grafikasi asosida qayta tuzib chiqdi. U ilm-ma’rifat taraqqiyoti yo‘liga g‘ov bo‘lgan din-xurofot va eski urf-odatlarga qarshi kurash olib borish zarurligini uqtirdi.
M.F.Oxundov ozarbayjon realistik adabiyotining asoschisidir. Chuonchi, u ozarbayjon adabiyotida realistik komediyalar yaratib, ozarbayjon milliy teatrining shakllanishiga zamin hozirlaydi. Uning «Mullo Ibrohim Xalil kimyogar» (1850), «Xasis kishining sarguzashti» (1852) va «Tabiatshunos Mus’e Jordan» (1850) komediyalarini feodalizm jamiyatidagi hukmron doiralar ustidan chiqarilgan aybnoma deb atash mumkin.
M.F.Oxundovning folklor materiallaridan keng foydalanib yozgan yirik nasriy asari «Aldangan yulduzlar» povesti o‘sha davrda realistik nasr paydo bo‘layotganidan dalolat berar edi. Adibning maktub formasida yozilgan «Hind shahdozasi Kamol-ud-Davlaning Eron shahzodasi Jalol-ud-Davlaga yozgan uch maktubi va undan olgan javobi» nomli falsafiy tariqat ruhidagi asari uning maetiralistik falsafaga yaqinlashganligini ko‘rsatadi.
XIX asr oxirlarida Ozarbayjon demokratik adabiyotining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan realist shoirlardan biri Saidazim Shervoniy edi. U vaqtli matbuot sahifalarida ko‘pincha ruhoniylarni fosh etuvchi va ilm-ma’rifatni targ‘ib qiluvchi she’rlari bilan chiqib, rus tilini o‘rganishga da’vat etdi. Lirikada u Fuzuliy an’analarini davom ettirib, adabiyotni yangi-yangi satira asarlari bilan boyitdi.
Bu davrlarda Shusha shahrida Xurshidbonu Notavon boshchiligida tuzilgan «Majlisi une» nomli adabiy to‘garak ayniqsa mashhur edi. Ko‘p iste’dodli shoirlar qatori Natovonning o‘zi ham sodda tilda o‘ynoqi lirik she’rlar yozib, o‘sha zamonning mashhur shoirlaridan Hayronxonum bilan bahslashar, buyuk Fuzuliy va Voqiflarning lirikasiga xos eng yaxshi an’analarni davom ettirar edi.
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida ozarbayjon dramaturgiyasida M.F.Oxundov an’analarini davom ettiruvchilardan Najafbek Vezirov, Narimon Narimonov, Sulaymon Sani Oxundov va Asadbek o‘g‘li Abdurahimbek Axverdovlar adabiyot maydoniga chiqdilar.
Bulardan Najafbek Fatalibek o‘g‘li Vezirovning dramatik asarlarida bosh mavzu ozarbayjon pomeshchik va kapitalistik (mulkdor)lari muhitidagi patriarxal va feodal munosabatlarni tanqid qilishdan iborat edi. U o‘zining «Yomg‘irdan qutilib qorga», «Nomigagina qoldi xolos», «Nima eksang, shuni o‘rasan» nomli komediyalarida savdogarlarning xasisligi va ruhoniylarning makr-xiylasi ustidan kulib, ozarbayjon xotin-qizlarining huquqsizligini va eski urf-odatlarni tanqid ostiga oldi.
Bu xususiyat keyinchalik Axverdovning «Xonavayron qilingan uya», «Baxtsiz yigit», J.Mamadqulizodaning «O‘liklar» pesalarida ham rivojlandi.
1905 yil revolyusiyasining ta’siri, Rossiyadagi boshqa xalqlar hayotida ko‘ringani kabi, ozarbayjon xalqining siyosiy, madaniy hayotida ham zo‘r ko‘tarinkilikning yuz berishiga sabab bo‘ldi. Boku ishchi-dehqonlari ekspulatator sinflarga qarshi kurashda chiniqdi. Reaksion matbuotga qarama-qarshi o‘laroq, bolshevistik matbuot («Gumlet»- «Birlik», «Yo‘ldosh», «O‘rtoq» va «Bakinskiy rabochiy» singari gazetalar) mehnatkash ommani chor hukumatiga, burjua pomeshchiklariga qarshi kurashga uyushtira boshladi. Adabiyot maydoniga bir-biriga zid ikki yo‘nalish: revolyusion-demokratik va reaksion-millatchilik yo‘nalishi o‘rtasidagi mafkuraviy to‘qnashuvlar keskinlashdi.
Shunday bir sharoitda Mamatqulizoda rahbarligidagi «Mullo Nasriddin» satirik jurnalining revolyusion-demokratik adabiyot minbariga aylanishi katta ahamiyatga molik edi. Jurnal atrofiga uyushgan A.Axberdov, A.Nazmiy, A.G‘amgusor, M.O‘rdubodiy va A.Sobirlar o‘z ijodlari bilan ozarbayjon realistik-demokratik adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar.
Aliakbar Sobir va Jamil Mamatqulizoda hajviy asarlarida aks etgan ayovsiz tanqidning kuchi u yoqda tursin, aksincha, bu ijodiy idealni tasdiqlashga bo‘lgan intilishning tobora kuchayishiga olib keldi. Shu sababdan bu ikki buyuk satirik adibning ijodi ozarbayjon adabiyotida satirik realizmning shakllanishi uchun zamin hozirladi.
XIX asr oxiri, XX asr boshlaridagi ozarbayjon adabiyotida ko‘zga tashlangan realistik-demokratik yo‘nalish bilan bir qatorda, romantik oqim ham mavjud edi. Bu oqimning yirik vakillari Muhammad Hodiy, Abbos Sihat va Husayn Jovidlarning ijodida ba’zi ichki qarama-qarshilar, ya’ni xalq kuchiga ishonmaslik tushunchalari bor edi.
Sho‘ro davri Ozarbayjon adabiyotining ilk bosqichi shakllanish davri Ozarbayjonda sho‘ro hokimiyatini o‘rnatish uchun chet el bosqinchilariga va mahalliy menshevistik-musavvodchi burjuaziyaga qarshi kurash voqealari bilan xarakteranadi.
Ozarbayjon sho‘ro adabiyotining shakllanishi va dastlabki rivojida o‘z ijodlarini inqilobdan oldin boshlagan tajribali demokratik yozuvchilardan tashqari, adolat maydoniga sho‘ro hokimiyati yillarida kirib kelib, u bilan birga voyaga yetgan Samad Vurg‘un, Mehdi Huseyn, Sulaymon Rustam, Sulaymon Rahimov, Mamad Rahim va Mirzo Ibrohimovlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Yarim asrga yaqin davr ichida ozarbayjon sho‘ro yozuvchilari deyarli hamma badiiy janrlarda davrga munosib asarlar yaratdilar. Ozarbayjon adabiyotining Ittifoq miqyosida taniqli, mazmundor, badiiy yuksak sotsialistik realizm adabiyoti bo‘lishini ta’minlash uchun har turli g‘oyaviy chalkashliklarga, formalizmga qarshi kurash olib borildi. Ozarbayjon prozasi va poeziyasining eng yaxshi asarlari rus tili va boshqa qardosh xalqlar tillariga tarjima qilindi.
Bu davrda nazmda Samad Vurg‘un, Sulaymon Rustam, Mamad Rahim, Rasul Rizo, Marvarid Dilboziy va boshqalar siyosiy lirikaning rivojlanishiga katta e’tibor berdilar. Ular yaratgan lirik she’rlarda qahramon – oddiy sovet (sho‘ro) kishisining baxtiyor hayot uchun kurashi, fuqarolar urushi va II-jahon urushi maydonlarida qahramonlik namunalarini ko‘rsatishi uchun, uning olijanob his-tuyg‘ulari zo‘r ko‘tarinkilik bilan ifodalandi.
Xalqaro siyosiy mavzu Samad Vurg‘unning «Dunyo xaritasi», Sulaymon Rustamning «Ikki sohil» she’riy turkumlarida, Rasul Rizo qalamiga mansub «Chapey», «Germaniya» kabi she’rlarida keng yoritildi.
Ozarbayjon sho‘ro shoirlaridan O.Sayrivelli, A.Jamil, Z.Xalil, N.Rafibeyli va N.Saidzodalar lirikasi ham vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgandir. II-jahon urushi va undan keyingi yillarda adabiyot maydoniga N.Xazriy, B.Vahhobzoda, G.Huseynzoda, K.Qosimzoda, A.Boboev va G.Imomberdiev singari iste’dodli yosh shoirlar pleyadasi kirib keldi. Ular yaratgan she’rlarda sho‘ro kishilarining tinchlik uchun kurashi, fidokorona mehnati va xalqlar o‘rtasidagi buzilmas do‘stlik g‘oyalari tarannum etildi.
O‘tmish voqealari tasviriga bag‘ishlangan «Tumanli Tabriz» (M.Urdubodiy), «Buzilayotgan dunyo» singari (A.Abulhasan) asarlarida ozarbayjon xalqi hayotidagi keskin burilish davrlari aks ettirildi.
Zamonaviy mavzuda M.Huseynning «Absheron» «Qora qoyalar», M.Ibrohimovning «Buyuk tayanch», A.Valievning «Gulshan», S.Rahmonning «Ulug‘ kunlar» asarlari katta ahamiyatga ega. Bu roman va qissalarda ozarbayjon adiblari kolxozchi dehqonlar, neft sanoati ishchi-xizmatchilarining hammaga ibrat bo‘la oladigan ijobiy obrazlarini yaratdilar.
Ozarbayjon yozuvchilari dramaturgiya sohasida ham qator yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. M. Jabarli xotin-qizlar ozodligi masalasini olg‘a surdi. «Yashar» va «Olmos» pesalarida dramaturg sotsialistik qishloq manzaralari va uning yangi kishilarini tasvirladi. Tarixiy mavzudagi sahna asarlaridan S.Vurg‘unning «Voqif», M.Xuseynning «Javonsher», S.Rustamning «Qochoq Nabi», E.Madxonlening «Sharq tongi» asarlari yuksak badiiyligi va mazmundorligi bilan ajralib turadi.
Tarixiy dramaning eng yaxshi namunasi hisoblangan «Voqif» o‘zining ko‘p xususiyatlari bilan Uyg‘un va Izzat Sultonovlarning «Navoiy», tojik dramaturgi S.Ulug‘zodaning «Shoirning qismati» asarlariga yaqin turadi. Unda dramaturg XVII asrda yashab ijod etgan buyuk shoir va davlat arbobi Mulla Panoh o‘g‘li Voqifning hayot yo‘lini, zulm va jaholatga qarshi olib borgan kurashini aks ettirish orqali ozarbayjon xalqining o‘tmishdagi ayanchli ahvoli va ozodlik uchun olib borgan kurashini tasvirlagan.
Ozarbayjon xalqi bilan O‘zbekistonda yashovchi xalqlar o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalar qadimiy tarixga ega. Buyuk N.Ganjaviyning «Xamsa»si o‘zbek xalqi orasida mashhur bo‘lganidek, A.Navoiyning g‘azal va dostonlari ham ozarbayjon madrasalarida o‘qitilgan. Ozarbayjonda o‘zbek, O‘zbekistonda ozarbayjon adabiyoti va san’ati haftaliklari zo‘r muvoffaqiyat bilan o‘tkazilib kelindi.
N.Ganjaviy, S.Vurg‘un, S.Rustam, M.Rahim, R.Rizo, M.Dilboziy asarlari o‘zbek tilida o‘qitilmoqda: «Toshkent, badiiy nashriyoti». M.Ibrohimovning «Shunday kun keladi», «Buyuk tayanch», M.Husaynning «Absheron» romanlarini o‘zbek kitobxonlari uchun nashr qildi. M.Husaynning «Olov», Murdubodiyning «Besh so‘mlik kelin», U.Hoshimbekovning «Arshimololon», S.Rustamning «Turna» filmlari respublika teatrlarida qo‘yildi. «Ko‘r o‘g‘li» operasidagi yoqimli ariyalar san’atkorlarimiz tomonidan ijro etilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |