O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 1,63 Mb.
bet64/76
Sana24.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#579145
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76
Bog'liq
Тurkiy xalqlar adabiyoti majmuasi

TURKMAN ADABIYoTI
A d a b i yo t l a r :

  1. Literaturno‘y ensiklopedicheskiy slovar Moskva, 1987.

  2. X.Kor-Oglo‘. Turkmenskaya literatura. M., 1972.

  3. X.Kor-Oglo‘. Ocherk istorii turkmenskoy sovetskoy literaturo‘. Moskva, 1980.

  4. S.Alieva Sovremennach turkmenskaya proza M., 1981.

  5. Rahmatilla Inog‘omov. Adabiy qardoshlik taronalari. T., 1972.

  6. Maxtumquli. Tanlangan asarlar. T., 1962.

  7. Maxtumquli. She’rlar. T., 1976.

  8. Xidir Deryaev. Qismat. T., 1970.

  9. Qilich Quliev. Qora Karvon T., 1975.

  10. Turkman shoirlari. T., 1963.

  11. Turnalar orolida. T., 1971.

Turkman xalqi O‘rta Osiyoda qadim zamonlardan yashab kelayotgan turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlardan biridir. Turkman xalqining adabiyoti va madniyati, O‘rta osiyoda yashovchi qozoq, qirg‘iz va qoraqalpoq xalqlarining adabiyoti va madaniyati singari folklor asarlari shaklida rivojlandi.
Turkman folklori bu xalqning miloddan avvalgi asrlarlan to hozirgacha bo‘lgan hayoti tug‘risida ma’lumot beruvchi asosiy manbalardan biridir.
Turkman xalq og‘zaki ijodida ertak, ashula, qo‘shiq, va doston janrlari juda keng tarqalgan. Turkman xalq dostonlarining bir qismi Sharq klassik adabiyoti asarlari va diniy kitoblar (masalan, «Layli va Majnun», «Yusup va Zulayho») mazmunini qamrab olgan bo‘lsa, bir qismi uchun ertaklar va rivoyatlarning syujetlari asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan («Shasenam va G‘arib», «Zuxro va Tohir», «Asli va Karam»). Turkman xalq og‘zaki ijodida, «Go‘ro‘g‘li» siklidagi dostonlar (ularning soni 40 dan ortiq) alohida o‘rin tutadi. O‘zbek, tojik, qirg‘iz va ozarbayjon xalqlari orasida keng tarqalgan syujetlar turkman folklori uchun ham, turkman xalqining turli tarixiy davrlarda chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlarini aks ettiruvchi dostonlar uchun, xususan «Go‘ro‘g‘li» siklidagi dostonlar uchun ham material bo‘lib xizmat qilgan.
Bir qancha turkman xalq latifalarida dono va tadbirkor Kaminaning obrazi yaratilganki, u o‘zining ko‘p xususiyatlari bilan o‘zbek, tojik va ozarbayjon xalq latifalarida ko‘ringan Afandi va Mushfiqiy obrazlariga juda yaqin turadi.
Yozma adabiyot Turkmanlarda taxminan XI-XII asrlarda, dastlab Ahmad Yassaviy va Ali singari diniy motivlarni tarannum qilgan shoirlarning ijodi ta’siri ostida turkiy (chig‘atoy) tilida yuzaga keladi. Bu reaksion adabiyot ekspluatator sinflar va chet el bosqinchilarining manfaatlariga xizmat qilar edi. XIV asrda turkman yozma adabiyotining yirik vakillari Burhoniddin Sivosiy va Sayid Imoniddin Nasimiylar yashab ijod etdilar. Bu yozuvchilar ijodida ham diniy mistik adabiyotning ta’siri sezilib turadi. Sivosiy o‘z she’rlarini birinchi bor turkman tilida yozdi. U poeziyaga aruz vaznini kiritdi. Hunarmand oilada tug‘ilib, o‘qimishli kishi bo‘lib yetishgan Nasimiy o‘z asarlarini Turkiyaning shahar va qishloqlarida darbadorlikda hayot kechirgan yillarida yaratdi. Nasimiy o‘zining o‘tkir hajviy asarlari uchun ruhoniylar tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi.
Turkman klassik adabiyoti tarqqiyotining dastlabki bosqichida nasihatgo‘ylik motivlari katta o‘rin egallar edi. Keyingi davrlarda Ozodiy, Mahtumquli va Mullo Nalas kabi zabardast turkman shoirlari ijodida ham nasihatgo‘ylik motivlari chuqur aks etgan edi.
Turkman klassik adabiyotining tarqqiy etgan davri XVII-XIX asarlarga to‘g‘ri keladi. Chunki bu davrda turkman xalqi tarixida tarqoq turkman qabilalarini bir butun davlatga birlashtirish uchun kurash kuchayib ketgan edi. Vatanni chet el bosqinchilaridan tozalash masalasi adabiyotda ham kun tartibiga qo‘yildi. Natijada turkman klassik adabiyotida didaktik poeziya o‘rnini grajdanlik-vatanparvarlik poeziyasi egallay boshladi.
XVIII asr turkman adabiyotining yirik vakillari Andalib va Ozodiy o‘z ijodlarida fors-tojik, ozarbayjon va o‘zbek adabiyotlarining eng yaxshi an’analarini davom ettirdilar. Nurmuhammad G‘arib Andalib yaratgan bir qancha dostonlar ichida eng mashhuri «Layli va Majnun» dostonidir.
Andalibning zamondoshi Mamatsayid Ozodiy o‘z she’rlarida bir qancha ijtimoiy problemalarni ko‘tarib chiqdi. O‘z davrining ilg‘or kishisi bo‘lgan Ozodiy Buxoro amirlari, Xiva xonlari zulmi ostida ezilib kelayotgan xalqning ozodligini orzu qildi, xalqni xonavayron qiluvchi o‘zaro feodal urushlarni qattiq qoraladi. Shoirning «Va’ozodiy» asarida fors-tojik va turkman klassik she’riyatining ko‘pgina fazilatlari rivojlantirilgan.
Turkman klassik adabiyotining vakili Mahtumquli mamlakatda Eron shohi Nodirshoh hukmronlik qilgan davrda yashadi. Uning yoshligi Gurgon shahri yaqinidagi Hojigavshan qishlog‘ida o‘tdi. Maxtumquli Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida ta’lim oldi. Eron qo‘shinlari bilan bo‘lgan janglardan birida asir tushgan shoir bir necha vaqt Eronda yashadi.
Maxtumqulining ijodi turkman klassik adabiyotining cho‘qqisi hisoblanadi. Uning lirikasida falsafiy so‘fistik oqim ta’siri sezilib tursa ham dunyoviy grajdanlik she’riyat ta’siri ustunlik qiladi.
XVIII asr oxiri, XIX asr boshlarida yashab ijod etgan turkman shoirlari Saidiy va Zeliliy turkman adabiyotida Maxtumquli ijodining davomchilari edilar. Saidiy Eron podshosining asiri, Zeliliy esa, Xiva xonining tutquni sifatida juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar. Bu shoirlar vatandan uzoq yashasalar ham ularning she’rlari vatanparvarlik va qahramonlik ruhi bilan sug‘orilgan.
Turkman klassik adabiyoti shoirlarining yana biri Mullo Napas turkman tarqoq qabilalari birlashib, avval Xiva xoniga, so‘ng Eron shohi askarlariga qarshi ozodlik hayotini kuchaytirgan bir vaqtda yashadi. Mullo Napas o‘z lirik va epik ijodi bilan ham xalq og‘zaki ijodida, ham yozma adabiyotida munosib o‘rinni egallaydi. Uning lirikasida ijtimoiy motivlar ko‘p ko‘rinmasa-da, she’rlari g‘oyat sodda va ravon yozilgan.
Adabiyot tarixida Mullo Napas o‘zining bizgacha yetib kelgan ikkita mazmundor dostoni bilan mashhur. Ulardan biri «Gelesham» va ikkinchisi «Zuhro va Tohir» dostonlaridir.
M.Napasning zamondoshi, ajoyib lirik va satirik shoir Kamina ijodi o‘zining sotsial mazmuni va tendensiozligi bilan ajralib turadi. Kamina o‘z she’rlari bilan xalq orasida katta obro‘ va shuhrat qozonadi. Uning asarlari og‘izdan-og‘izga ko‘chib, xalq ongiga shu qadar singib ketdiki, natijada ular folklor asarlariga aylanib ketadi. Xatto Kaminaning nomi, xuddi klasssik shoir Mushfiqiy singari, hukmron doiralarni shafqatsiz tanqid ostiga oluvchi satirik siymo bo‘lib qoladi.
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida turkman klassik adabiyotida progressiv, xalqparvarlik tendensiyalari mamlakatda yuz berayotgan chuqur ijtimoiy o‘zgarishlar ostida tobora kuchaydi. Bu davr adabiyotining yirik vakillari Miskin Qilich, Bayram Shoir, Ko‘rmullo, Mullo Murot va Durdi Qilichlar 1905 yil burjua demokratik revolyusiyasi va 1917 yil oktabr sotsialistik revolyusiyasidan ta’sirlanib, o‘z asarlarida turkman xalqining inqilobiy hayotini aks ettirdilar va turkman sovet pozitsiyasining birinchi namoyandalari bo‘lib qoldilar.
1917-1929 yillar turkman adabiyotida poeziya janri yetakchi bo‘ldi. Ko‘rmulloning «Bolshevik» dostoni, D.Qilichning «Zolimlar», «Kambag‘allar», Mullo Murotning «Turkmaniston uchun azizsan», «Ozodlik» singari she’riy asarlari davrning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan edi. B.Kerboboev, A.Alamishev ham o‘zlarining birinchi she’r, dostonlari bilan kirib keldilar. Ular yaratgan «Sona» (A.Alamigev), «Qizlar dunyosi», «Odatning qurboni» (B.Kerboboev) dostonlari turkman sovet poeziyasining dastlabki yirik realistik asarlari edi.
B.Kerboboev roman janrini, Ota Kavshutov esa «Zakaspiy fronti» pesasi bilan dramatrugiya janrini boshlab berdilar.
Bu davrga kelib rus yozuvchilaridan M.Gorkiyning «Chelkash», «Izergil kampir», A.N.Tolstoyning «Kavkaz asiri» kabi asarlari turkman tiliga tarjima qilindi.
1930-1940 yillarda turkman sovet yozuvchilarining rus va boshqa qardosh xalqlar yozuvchilari bilan ijodiy hamkorligi kuchaydi. Bu davrda yaratilgan katta she’riy asarlar O.Kekilovning kollektivlashtirish mavzuiga bag‘ishlangan «Olg‘a», «O‘t ichida», R.Saidovning kapitalistik mamlakatlar mehnatkashlarining zolimlarga qarshi kurashidan hikoya qiluvchi «Revolyusiya yo‘lida» dostonlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchi jahon urushi arafalarida turkman prozasida yaratilgan B.Kerboboevning «Dadil qadam» romanini alohida qayd etish lozim.
Urushgacha bo‘lgan davr turkman sho‘ro adabiyoti dramaturgiyasida «Keymir ko‘r» (K.Burunov va B.Amonov), «Shemshat» (T.Esanova), «Juma» (O.Kavshutov), «Oyna» (O.Korliev) singari pesalar zamonaviy va tarixiy mavzularni yoritishi bilan ajralib turadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida B.Kerboboevning «Aylar» dostonidagi Aylar, Xalli Mamed obrazlari, shoir Ya.Nasrlining «Leytenantning o‘g‘li» dostonida Volodiya Kozirev obrazi. Sh.Kekilovning «Ivan tog‘a» dostonidagi Ivan tog‘a obrazlari sovet yoshlari uchun ibrat bo‘la oladigan ijobiy qahramon obrazlari darajasiga ko‘tarildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin turkman sho‘ro adabiyotida B.Kerboboevning «Dadid qadam» (II qism), «Nebitdog‘»; O.Kavshutovning «Kepatdog‘ yonbag‘irlarida» romanlari; Beki Saytoqovning «O‘g‘il sovg‘asi», «Zamondoshlar»; X.Ismoilovning «Ikki otaning o‘g‘li» povestlari paydo bo‘ldi. Bu asarlar turkman yozuvchilarining nomini Butunittifoq kitobxonlariga tanitdi. B.Saytoqovning «Aka ukalar» romani; K.Qurbonsahatovning «Qor», «Mirobning o‘g‘li», «Shoir jasorati» kabi hikoyalari, Q.Sayitlining she’r va dostonlari; T.Muxtarovning «Oila nomusi», «Cho‘lponning o‘g‘li» pesalari zamonaviylik ruhi bilan sug‘orilgan asarlar sifatida qadrlanadi. «O‘zbek va turkman xalqlarining do‘stlik va qardoshlik tarixi Amuday uzun» (G‘ayratiy).
Turkman kitobxonlari hozirgi vaqtda Oybekning «Navoiy» va «Qutlug‘ qon», A.Muxtorning «Opa singillar», J.Sharipovning «Xorazm», Sh.Rashidovning «Bo‘rondan kuchli» romanlarini, A.Qahhorning «Sinchalak» povestini, G‘.G‘ulom. H.Olimjon, Uyg‘un, Zulfiya, M.Boboevlarning she’riy asarlarini o‘z ona tillarida o‘qimoqdalar.
O‘z ijodlari bilan turkman sho‘ro adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan va qo‘shayotgan B.Kerboboev, Ota Kavshutov, Ye.Nosirli, D.Qilich, Ota Solih, N.Anas(qilich), Ch.Ashirov, A.Kousov, O.Kekilov, B.Saytoqov, AV.Muxtorova va Q.Saytli singari turkman adiblarining asarlarini o‘zbek kitobxonlari yaxshi biladilar. «Dadil qadam», «Oysulton», «Nebitdog‘» (B.Kerboboev) «Kopetdog‘ etagida» (O.Kavshutov) singari asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish