O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

kuzatishicha, ikki, 
uch, to‘rt misrasi tajnisli qofiya langan hamda rad ill 
tajnis bo‘lgan tuyuqlar uchraydi. Bobur tuyuqning navlari haqida qayd 
etar ekan, ikki tajnisli tuyuq turiga alohida e’tibor qaratadi: “Yana biri 
ulkim qit’adek burung‘i baytning avvalg‘i misra’ida qofiya ri’oyat qil- 
may 
baytlam ing 
qofiyasida tajnis keltirurlar nechukkim:
Berma derlar ul vafosizg'a ko‘ngul,
Kim aning no‘shidin ortuq neshi bor.
Men tama’ uzmasmen o‘lsam la’lidin,
Jon mening jonimdur elning neshi bor”223.
Qiziq tomoni shundaki, Lutfiy qalamiga mansub mazkur she’rdan 
Taroziy ham “Funun ul-balog‘a” asarida misol tariqasida foydalanadi. 
Biroq she’r asarda qit’a namunasi sifatida keltirilgan. Bundan tashqari 
Bobur Hoji Aqcha Kandiy ismli shoirdan keltirgan tuyuq ham Taroziyda 
aynan qit’a deyiladi224. Ahamiyatlisi bu she’rning ikkinchi va to‘rtinchi
222 Шайх Ахмад ибн Худойдод Тарозий. Фунун ул-балога. Тошкент. Хазина, 1996. Б, 42.
223 Бобур. Мухтасар. Тошкент, Фаи, 1971. Б. 163.
224 Шайх Ахлгад ибн Худойдод Тарозий. Уша асар. Б. 40.
546


misralanda tajnis qo‘llangan. Umuman, Taroziyda qit’a nomi ostida be- 
rilgan to‘rtta o‘zbckcha she’ming barchasi so‘z o‘yinlariga asoslangan.
Bobur qayd etgan tuyuq turlari orasida uch tajnisli tuyuqlar yetakchi 
bo‘isa-da, biroq ikki tajnisii janr namunalariga ham duch kelish mum­
kin. Xususan, Gadoiy tuyuqlari shunday xususiyatga ega. Shu o ‘rinda 
bir narsani alohida ta’kidlash lozimki, Gadoiy qalamiga mansub to‘rt 
misradan iborat bo‘lgan mustaqil she’rlar turli manbalarda qit’a, to‘rtlik 
sifatida baholanib keladi. Aslida ulardan ayrimlarini sof tuyuq namunasi 
deb atash mumkin. Chunki ular, birinchidan, Bobur keltirgan ikki tajnisli 
tuyuq talablariga javob bersa, ikkinchidan, ramal bahrida yaratilgan. Uc- 
hinchidan, she’ming ishqiy mavzuda ekanligi ham tuyuqning tabiatiga 
mos keladi:
Xisravo, usruk ko‘zungnung shavqidin,
Xush sujud aylar damo-dam qo‘shquloq,
Joyi uldurkim, sanga xurshidu moh,
Qulluq etgaylar tutubon qo‘sh quloq223.
Qo‘shquloq - ikki quloqli idish. Undan foydalanish jarayoni shoirga 
zavq bag‘isblamoqda. Idishdan har safar may quyilishi - uning egilishi 
obrazlilik kasb etmoqda. Go‘yo, u ma’shuqaning go‘zal suziluvchi ko‘zi 
orzusida doimo sajda bilan mashg‘ul. So‘nggi misradagi qo‘sh quloq esa 
juft quloq ma’nosini bildiradi. Bu yerda insonning ikki qulog'ini ush- 
lab sajda qilish holati quyosh va oyga ko‘chiriladi, ya’ni ma’shuqaning 
go‘zalligi oldida ular ham ta’zimda.
Tuyuq mavlono Lutfiy ijodida ham alohida o‘rin tutadi. Shoir tuyuq- 
lari badiiy barkamolligi, mazmunan teranligi bilan ajralib turadi:
Garchi qurutmas ko‘zumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yig‘lama ko‘p, bu vujuding ishq o‘ti,
Ne qurug‘in qo‘yg‘usi, ne yoshini226.
Ko‘rinib turibdiki, tuyuq “yoshini” so‘zining turli ma’nolariga asos­
langan. Birinchi baytda ma’shuqaning jabru sitamlaridan ezilgan oshiq-
Гадоий. Газаллар //Д аёт васфи. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1988. Б. 681.
г»
Лугфий. Сенсан севарим. Тошкент, Адабиёи ва санъат, 1987. Б. 350.
547


ning qarashlari aks etgan. U ma’shuqa hajrida sbunchalik qiynalsa-da
biroq baribir uni duo qilaveradi: “Garchi yig‘idan to‘xtamayolgan ко z 
yoshlarimning sababi u bo‘lsa-da, Yaratgan go‘zal mahbubamning um- 
rini uzun qilsin”. Bu yerda tajnis qilingan so‘z “ko‘z yoshi” va “inson 
umri” ma’nolarida qoMlangan. Keyingi baytda oshiq go‘yoki o‘z-o‘ziga 
tasalli beradi: “0 ‘rmonga o‘t ketsa hoTu quruq barobar vonganidek, ishq 
o‘ti butun vujudni kuydiradi, buning uchun ko‘p yig‘lash shart emas”.
Tuyuq Navoiygacha bo‘lgan davr adabiyotining asosiy janrlaridan 
biriga aylandi. Bu janrda ijod qilish yuksak iste’dodni ham talab qiladi. 
Ayniqsa, qofiyada tajnis so‘zning berilishi janrning o‘ziga xos imkoni- 
yatini yuzaga chiqaradi. Tuyuqning qofiyalanishi ruboiyga o‘xshaydi. 
Janrning a-a-b-a tarzida qofiyalanadigan ko‘rinishi yetakchi bo‘lsa-da, 
biroq badiiy ijod olamida a-b-v-b shaklida qit’a singari qofiyalanadigan 
tuyuqlar ham uchrab turadi.
Q IT’A
Qit’a lirik tur janrlaridan biri hisoblanadi. Asosan, unda falsafiy 
qarashlar, axloq-odob haqidagi fikr va mulohazalar ifodalanadi. Bu ji­
hatdan u ko‘proq didaktik xarakter kasb etadi. Mazkur janr to‘g‘risida 
fikr yuritgan o‘tmish adabiyotshunoslari, shu jumladan, keyingi davr 
tadqiqotchilari ham unda matla’ning boTmasligi, ya’ni dastlabki bayt- 
ning o‘zaro qofiyalanmasligi xususida ma’lumotlar berishgan. Shunday 
fikrlarni Fitrat ham qayd etadi: “g‘azalning birinchi bayti bo‘lmasa, qol- 
gani qit’a bo‘ladi. Boshqacha aytganda, qofiyasi har baytning oxirida 
bo‘lib, birinchi misra’i qofiyasiz boTgan tizmalarga qit’a deyiladir”227. 
Dcmak, qit’aning qofiyalanish sistcmasi b-a, v-a, g-a... shakliga ega 
bo'lib, dastlabki bayt o‘zaro qofiyalanmasligi bilan g'a/aldan farq qiladi. 
Ammo manbalarda qit’aning ba’zan masnaviyga o‘xshab, a-a, b-b, v-v... 
ko‘rinishida qofiyalanishi haqida ham ma’lumotlar uchraydi228.
Qit’alaming turli mavzularda yozilishi, hajm jihatidan chegaralan- 
masligi janrga keng imkoniyatlar yaratadi. Uning namunalari о'/be к 
adabiyotida XIY asrdan boshlab kuzatiladi. Xorazmiyning “Muhab-
227 Фитрат. Адабиет ^оидалари. Тошкент, Укигувчи, 1995. Б. 5.
2:в Орзибеков Р. Лирикада кичик жанрлар. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1976. Б. 20. Узбек- 
лирик поэзиясида газал ва мусаммат. Тошкент, Адабиёт ва санъат, i 976. Б. 34.11ириазаров М. 
Поэтик жанрлар тинологияси. Тошкент, Фан, 1989. Б. 90. Носиров О. ва бопщ. Узбек классик 
шеърияти жанрлари. Тошкент, Ук;итувчи, 1979. Б. 150.
548


batnoma” dostoni tarkibidagi qit’a 10 misradan iborat bo‘lib, asaming 
so‘nggi nomasidan keyingi yakuniy qismida uchraydi. Mazkur qita hasbi 
hollik xususiyatiga ega:
Tama’ dominda qolur qush emas men,
Telim ayvon uza uchqon Humomen.
Qilichtek til bila tuttum jahonni,
Qanoat mulki ichra podshomen...229
“Chog‘ir va Bang” munozarasi nasriy yoTda yozilgan bo‘lsa-da, 
unda o‘zbek tilidagi qit’alarga ham duch kelish mumkin. Asarda Yusuf 
Amiriy qit’alami munozaraga kirishgan obrazlaming fikrlari tasdig‘i si­
fatida ishlatadi. Bu esa munozara tarkibida qit’aning o‘ziga xos yakun- 
lovchilik vazifasidan darak beradi.
Gadoiy devoni tarkibida ikki baytdan iborat bo‘lgan qit’a janri na­
munalari yetib kelgan:
Garchi, shoho, durri serob o‘zini
Qildi nisbat so‘zunga bihnay yaroq.
0
‘z kamoling birla jurmini kechur,
Tobug'ing-da chunki tutti qo‘shquloq230.
Qit’a muhabbat mavzusida yaratilgan bo‘lib, unda ma’shuqaning 
shirin so‘zligi haqida gap boradi. Dastlabki baytdagi mazmun quyidagic- 
ha: “Qimmatbaho dur o‘zini ma’shuqaning so‘zlariga qiyoslab, gunoh 
qildi”. She’r davomida ma’shuqaga murojaat qilinib, “durri serob”ning 
aybini kechirish so‘ralmoqda: “Sen o‘z kamoling bilan uning gunohidan 
o‘tgin, chunki u huzuringga kelib bosh egib turibdi”.
Aslida janr qoidalariga ko‘ra, qit’alarda taxallus qo‘yilishi shart 
emas. Biroq ayrim qit’alarda shoirlar o‘z taxalluslarini qo‘llab kelishgan. 
Bu hodisa Gadoiy uchun ham begona emas. Shoir qit’alaridan birida ta- 
xallusning qo‘!Iani 1 ishi bu an’ananing o‘zbek adabiyotida XY asrdan 
boshlanganligini bildiradi. Hofiz Xorazmiyning ayrim qit’alarida ham 
taxallusning berilishi fikrimizni tasdiqlaydi. Shoir qit’a janrida ancha 
sermahsul ijod qilgan bolib, uning 31 qit’asi devoniga kiritilgan. Ho-
У збек мумтоз адабисти намуналари (Тузувчи: Насимхон Рахмонов). 2-жилд. Тошкент, 
Фан, 2007. Б. 128.
230 Гадоий. Тазаллар // Х,аст васфи. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1988. Б. 681.
549


fiz qit’alarining ko‘pchiligi 3, 5 baytlik hajmda yaratilgan. Ular orasi­
da 7, 9 baytli qit’alami ham uchratish mumkin. Janr imkoniyatlaridan 
to‘laqonli foydalanish Hofiz lirikasini yuqori saviyaga olib chiqadi. Buni 
biz, birinchidan, qit’alaming turli mavzularda yozilganligida, ikkinchi- 
dan, g ‘oyaviy mukammallikda, uchinchidan, badiiy yetuklik va shakliy 
jihatdan janr talablari darajasida ekanligida ko‘ramiz:
Do‘stliq qilma ul kishi bilakim,
Bo‘ldi dushmanga mahrami asror.
Do‘stkim, bo‘ldi do‘st dushmanga,
Mehribon bo‘lmog‘i erur dushvor.
Qo‘zini qayda saqlasun itkim,
Bo‘ldi yozida bo‘ri birla yor231.
Ko‘rinadiki, qit’a 3 baytdan iborat bo‘lib, b-a, v-a, g-a qofiyalanish 
tizimiga ega. She’rning nasihat tarzida yozilganligi axloqiy-ta’limiy 
yo‘nalishdagi fikrlarning qit’a janrida qay darajada ifodalanishini ba- 
holash imkoniyatini yaratadi. Unda qanday odam bilan do‘stlashmaslik 
lozimligi haqida fikr yuritiladi. Mazmunning mukammalligiga uning 
kompozitsion qurilishi ham yordam bergan. She’mi tuzilishiga ko‘ra 
ikki qismga ajratish mumkin. Dastlabki qism, ya’ni 4 misrada dushman 
bilan sirlashadigan kishining haqiqiy do‘st bo4 ishi qiyinligi haqidagi qa- 
rashlar ifodalangan bo‘lsa, so‘nggi baytdagi fikrlar qit’ada ko‘tarilgan 
poetik g‘oyaning hayotiy dalili vazifasini o‘tagan: dushmanga do‘st tu- 
tingan kishiga ishonish - cho‘lu biyobonda bo‘ri bilan oshno bo'lgan itga 
qo‘zini ishonib topshirishday gap.
Qit’aning g‘oyaviy-badiiy jihatdan yangi va yuqori bosqichga 
ko‘tarilishida mavlono Lutfiyning ham xizmatlari beqiyos. Shoir qit’a 
janri imkoniyatlaridan unumli foydalanib, bu janrda ham barakali ijod 
qilgan:
Aqlu jonning ofati, din g‘orati,
Har ne bor ul ko‘zi birla qoshdadur.
Ketmadi savdosi hargiz boshtin,
Rost ayturlar, ki “Davlat boshdadur”232.
231 Дофиз Хоразмий. Девон. 2-китоб.'Тошкент, 1981. Б. 293.
232 Лутфий. Сенсаи севарим. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1987. Б. 351.
550


Qit’a to‘rt misradan iborat bo‘lib, qofiyalanishi ham (b-a-v-a) 
janr mezonlariga to‘g‘ri keladi. U ishq-muhabbat mavzusida yoziigan. 
She’rda ma’shuqaning go‘zalligi vasfi o‘ziga xos obrazli tasvir orqali 
ifodalangan. Oshiq uchun go‘yoki dinning oyog‘osti boMishi ham, aql- 
ni o‘g ‘irlaydigan ham, jonga balo keltiradigan ham - nimaiki yomon- 
lik bo‘lsa, uning sababchisi - maftun qiluvchi shu ko‘z va qoshlar. Bu 
go‘zallik oldida u barcha narsani unutadi va hamma narsa qilishga tay- 
yor. Uchinchi misrada oshiq ishq savdosiga yoTiqqanidan afsuslangan- 
dek taassurot uyg'otadi. So'nggi misra esa o ‘ziga xos yakunlovchiiikxu- 
susiyatiga ega. Undan anglashilishicha, lirik qahramon o‘z-o‘ziga tasalli 
bergandek.
Qit’a o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shakllanish jarayonini bosib 
o‘tdi. Qit’aning ilk namunalari noma va munozara janridagi asarlar tar­
kibida uchrasa-da, biroq u Gadoiy, Lutfiy kabi shoirlar ijodida alohida 
mustaqil janr sifatidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ldi. Ayniqsa, qit’aning 
g ‘oyaviy-badiiy, shakliy miqyosdagi takomili Hofiz Xorazmiy lirikasida 
yuqori bosqichga ko‘tarildi.
FARD
0
‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos shakllanish jarayoniga ega 
bo‘lgan lirik janrlardan biri fard hisoblanadi. Fard arabcha so‘z bo‘lib, 
yakka, yolg‘iz degan ma’nolami anglatadi. Janr atamasining lug‘aviy 
ma’nosi uning tuzilishi jihatdan ixchamligi, ya’ni aynan mustaqil bir 
baytdangina iborat ekanligiga ham ishora qiladi. Fardning har ikkala 
misrasi o‘zaro qofiyalanadi. Biroq o‘tmish adabiyotimizda qofiyalanma- 
gan fard janri namunalari ham uchraydi.
Fardning vazni to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, u anchagina er- 
kin janr hisoblanadi. Chunki uning ilk namunalari asosan barrnoq vazni- 
da yaratilgan bo‘lsa, yozma adabiyotning keyingi taraqqiyot davrlarida 
aruz fardning asosiy vazniga aylandi. Aruzning fardni yuzaga kcltirishda 
doimo qo‘llanadigan maxsus bahri yo‘q. U vaznning turli bahrlarida yo- 
zilishi mumkin.
Fardlarga xos bo‘lgan qisqa, lo‘nda va ixchamlik uni maqol janriga 
yaqinlashtiradi. Eng asosiysi, fardlardaham xalq maqollaridagi kabi ib- 
ratli fikr mavj'ud. Bu esa didaktik xarakter fardning ilk shakllanish bos- 
qichlaridayoq janr mezonlaridan biriga aylanganligidan dalolat beradi. 
Bu xususiyat ayrim fardlarning aforizm darajasiga ko‘tarilishiga ham 
xizmat qiladi.
551


Fardning adabiyotimiz tarixidagi ilk namunalari haqida gap ketgan- 
da, mutaxassislar tomonidan “Devonu lug‘otit turk” asari tilga olinadi. 
Darhaqiqat, “Devon”da ikkiliklar shaklidagi anchagina she’r namunalari 
ham uchraydi. Ular asardagi turkiy so‘zlaming izohi sifatida keltirilgan- 
ki, bundan ikkilik tarzidagi she’rlar turkiy adabiyotda qadimdan mavjud 
ekanligini sezish qiyin emas.
Fardning keyingi namunalari noma janri asosida yaratilgan asarlar 
tarkibida uchraydi. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida garchi yolg‘iz 
bitta fardni uchratish mumkin boisa-da, biroq Yusuf Amiriy bu janrda 
anchagina samarali ijod qilganligi ko‘rinadi:
Vafosin sog‘inib jurmin unutqin,
Inoyat ko‘zin oning sori tutqin233.
“Dahnoma” asaridan olingan mazkur misralar ishqiy mazmunga 
ega. Shuningdek, unda didaktik ruh ham mavjud. Baytning o‘zaro qofi­
yalanish usuli ham fardlarga xos.
Fard janrining taraqqiyotida nasriy asarlar ham muhim rol o‘ynadi. 
Xususan, bu borada munozara janridagi asarlari bilan mashhur bo‘lgan 
Yaqiniy va Yusuf Amiriylaming nomlarini alohida ta’kidlash lozim. 
“0 ‘q va yoy” hamda “Chog‘ir va bang” munozaralarida “bayt”, “nazm” 
nomlari ostidakeltirilgan ikki misradan iborat bo‘lgan she’rlarda ko‘proq 
iqtibos fardlarga xos xususiyatlami kuzatish mumkin.
Fardning mustaqil ijod qilinishi va alohida janr sifatida devon tar­
kibida maxsus uchrashi mavlono Lutfiy lirikasi bilan bog‘liq hodisa 
hisoblanadi. Shoir qalamiga mansub bo‘lgan fardlar janrning shakliy 
va g ‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarini toliq yuzaga chiqara olgan. Lutfiy 
fardlari garchi mavzu jihatdan rang-baranglik kasb etmasa-da, biroq ular 
janrning keyingi davrlardagi rivoji uchun muhim tajriba malctabi vazifa­
sini o‘taganligi sir emas:
Man shikasta agar joduliqni bilsam edi,
0
‘zumni noma qilib xidmatingg‘a borgay edim234.
m
Узбек мумтоз адабиёти намуналари (Тузувчи: Насимхои Разменов). 2-жилд. Тошкент, 
Фан, 2007. Б. 242.
2,4 Лутфий. Сенсан севарим. Тошкент', Адабиёт ва санъат, 1987. Б. 343.
552


Ko‘rinadiki, mazkur misralar an’anaviy mavzuda yozilgan. Unda 
oshiq botiniy olamiga xos xususiyatlar namoyon. 0 ‘zini bechorahol, 
ko‘ngli qattiq ozor chekkan kishi sifatida ko‘rish - mumtoz adabiyotdagi 
oshiq obraziga xos belgilardan biri sanaladi. Bu borada Lutfiy ishq tas- 
virining an’anaviy jihatlariga sodiq qolgan. Biroq shoiming novatorligi 
shundaki, u oshiqning orzusi tasvirida o‘ziga xos yangilik yaratadi. Li­
rik qahramon sehrgar bo‘lishni orzu qilmoqda. Sehrgarlik unga qanday 
yordam berishi mumkin? Bu - ma’shuqa visoliga intilishning bir yo‘li: 
ya’ni, agar men “joduliqni” bilganimda edi, o‘zimni maktubga aylantirib 
xizmatingga borgan bo‘lardim.
Lutfiy so‘z o‘yinlaridan foydalanish imkoniyatini fard janrida ham 
sinab ko‘radi. Buning natijasi o‘laroq ijod olamida tajnisli fardlar yu­
zaga keladi. Janming keyingi rivojlanish bosqichlarida tajnisli fardlar 
yozish boshqa ijodkorlar tomonidan ham muvaffaqiyatli davom ettirila- 
diki, Lutfiy o‘zbek adabiyotida mazkur go‘zal bir an’ananing ilk bosh- 
lovchisiga aylanadi. Haqiqatan ham tajnis fardlarga o‘zgacha bir joziba 
bag‘ishlaydi:
Ko'nglum qarori qolmadi, bir oqcha yuz tilar,
Ul oqcha yuzki men tilaram, oqcha yuz tilar235.
Lutfiy fardlariga xos bo‘lgan yana bir xususiyat uning maqol va 
hikmatli so'zlardan unumli foydalanishida ham ko‘rinadi. Shoir ayrim 
fardlaming ikkinchi misrasida xalq donishmandligi namunalariga muro- 
jaat etadi. Bu bilan misralarda ilgari surilayotgan fikrlami tasdiqlashga 
harakat qiladi:
Sham’i majlisga berur nur ul safoliq orazing,
Bui masal ravshandurur, oreki, yog‘ yog‘qa tomar236.
Xullas, maxsus yozilgan kichik lirik asar sifatida mashhur bo‘lgan 
fard adabiyotimiz tarixida alohida taraqqiyot bosqichiga ega. Janrga xos 
bo‘lgan ayrim belgilar og‘zaki adabiyot malisuli bo‘lgan xalq maqollari- 
da uchrasa-da, biroq uning yozma adabiyotdagi namunalari XY asrgac- 
ha noma va nasriy asarlar tarkibida yashab keldi. Fardning alohida janr 
sifatida maxsus yaratilishida mavlono Lutfiyning xizmatlari beqiyosdir.
2" Лугфий. Ушакитоб. Б. 340. 
r '6 Лугфий. Ушакитоб. Ь. 342.
553


MUNDARIJA
So‘z b o sh i..................................................................... ........................ 3 
ISLOMGACHA BO‘LGAN DAVRDAGI QADIMGI TURKIY
ADABIYOT
Qadimgi mif va afsonalar.................................................................... 11
Avesto ................................................................................................. 19
Urxun-Yenisey yozuvi yodgorliklati.................................................... 38
Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot...................................... 64
Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot................................. 82
Maytri smit (Moyto‘ra bilan uchrashuv)............................................ 104
“0 ‘g‘uznoma” dostoni..................................... ..................................114
G ‘AZNAVIYLAR DAVRI ADABIYOTI
Ilk uyg‘onish davridagi ijtimoiy hayot va madaniy m uhit.................124
Abu Rayhon Beruniy va uning ilmiy, adabiy faoliyati...................... 151
QORAXONIYLAR DAVRI ADABIYOTI
Qoraxoniylar davri adabiyoti.............................. ...............................162
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig” asari................................. . 165
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asari.................... 185
Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari........................] 99
Ahmad Y assaviy................................................................................ 20(>
OLTIN 0 ‘RDA 0 ‘ZBEK ADABIYOTI
Oltin 0 ‘rda o‘zbek adabiyoti.............................................................222
Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy va uning
“Qisasi Rabg‘uziy” asari.................................................................... 231
Mahmud ibn Ali as-Saroyi (XIV asr). “Nahju-l-farodis”
(“Jannatlarning ochiq eshiklari”) asari............................................... 254
Sayfi Saroyining hayoti va ijodi.........................................................270
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy va uning
“Jome’ ut-tavorix” asari..................................................................... 290
Qutb va uning “Xusrav va Shirin” dostoni ....................................... 303
Oltin 0 ‘rda adabiy muhitida noma janrining yuzaga kelishi.............321
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari..............................................321
554


TEMURIYLAR DAVRI O ZBEK ADABIYOTI
Temuriylar davri o\zbek adabiyoti..................................................... 332
Mirzo Ulug‘bekning ”To‘rt ulus tarixi” asari....................................338
Shayx Ahmad Taroziyning “Fimunu-l-balog‘a” asari.......................345
Temuriylar davri o‘zbek adabiyotida noma janri taraqqiyoti............354
Munozara haqida ma’lumot............................................................... 372
Yusuf Amiriyning “Chog‘ir va Bang” munozarasi........................... 380
Yaqiniyning “0 ‘q va Yoy” munozarasi............................................. 395
Ahmadiyning “Sozlar munozarasi” asari........................................... 414
“Yusuf va Zulayho“ dostoni va shu turkumdagi dostonlar................421
Haydar Xorazmiy ijodi...................................................................... 439
Lutfiy.................................................................................................. 454
Gadoiy............................................................................................... 465
Sakkokiy........ ......... ..........................................................................473
Atoyi ................................................................................................. 484
Sayyid Qosimiy ijodi......................................................................... 489
XULOSA........................................................................................... 499
ILO VA ................................... ...........................................................500
555



Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish