Mavzu: Imkoniyati cheklangan o'quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb qilish



Download 42,1 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi42,1 Kb.
#644620
  1   2
Bog'liq
Inklyuziv ta\'limni joriy etish masalalari



5.1.1 Modul. Inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari


Mavzu: Imkoniyati cheklangan o'quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb qilish
strategiyalari

REJA:


  • 1 .Inklyuziv ta'lim nima?

  • 2. Inklyuziv ta'limni tashkil etishning huquqiy asoslari.

  • 3.Inklyuziv ta'lim tizimining strategik maqsadlari

Annotatsiya: Inklyuziv ta'lim tushunchasi haqida hamda Inklyuziv ta'lim tizimining strategik maqsadlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lish. Alohida ta'lim ehtiyojlariga ega o'quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb qilishga oid me'yoriy hujjatlar bilan tanishish.


1.Inklyuziv ta'lim nima?


Inklyuziv ta'limdagi muammolar: ijtimoiy to'siqni qanday va nima uchun yengib o'tishimiz kerak?





Inklyuziv ta'lim nima degani? Bu maktabgacha, o'rta va oliy ta'limni o'zgartirish jarayoni bo'lib, barcha nogironligi bo'lgan farzandlarimiz undan foydalanishi, ushbu ta'limni ularning turli ehtiyojlariga moslashtirish mumkinligini ko'zda tutadi.




Inklyuziv ta'lim nogironligi bo'lgan bolalarga nisbatan har qanday kamsitishni istisno etadigan, barcha uchun teng muomalani ta'minlaydigan, lekin maxsus ta'lim ehtiyojiga ega bolalar uchun zarur sharoit yaratadigan mafkuraga asoslanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha uchun ta'lim olish huquqi kafolatlangan. Milliy qonunchiligimizda ham nogironligi bo'lgan shaxslar uchun salohiyatlarini yuzaga chiqarishda teng huquqlar belgilangan.
Nimalarga e'tibor qaratish lozim?
Xo'sh , nogironligi va rivojlanishda nuqsonlari bo'lgan bolalar sifatli ta'lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari uchun ularga haqiqiy inklyuziv sharoitlarni qanday yaratish mumkin?
Eng avvalo, bolalar bog'chalari va maktablarni nogironlik aravachasidagi, yaxshi ko'ra olmaydigan yoki eshita olmaydigan bolalar uchun qulay qilib rejalashtirilishi, panduslar qurish, liftlar, ogohlantiruvchi belgilar o'rnatish kabi arxitektura-qurilish ishlari belgilangan normativlar asosida bajarilishi kerak. Keyingi navbatda, esa inklyuziv ta'limga moslashtirilgan ta'lim maskanlari tarbiyachi, o'qituvchilari vatyutorlariga
zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ustama haqlarini oshirish masalasiga e'tibor qaratilishi lozim. Yana bir muhim vazifa, bu jamiyatni ijtimoiylashtirish, ya'ni, nogironligi bo'lgan bolalar va umuman nogironligi bo'lga shaxslarga nisbatan jamiyat munosabatini to'g'ri shakllantirishdir. Bunda, nogironligi bo'lgan insonlarning kundalik turmushi, jamiyatga qay tarzda va darajada integratsiyalashayotgani, ularning ijtimoiylashuvi qanday kechayotgani, bilim olish, mehnat faoliyati, majburiy yolg'izlikni qanday yengishi, oilasi, bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazishi haqida maqolalar, ko'rsatuvlar, teatr, kinolar yaratilishi va OAVlarida keng yoritilishi yaxshi ta'sir kuchiga ega bo'ladi.
2. Inklyuziv ta'limni tashkil etishning huquqiy asoslari.
Nogironligi bo'lgan shaxslarni jamiyat hayotiga integratsiyasini yaxshilash, inklyuziv ta'limni joriy etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta'minlash masalalari O'zbekiston XDPning Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan bo'lib, bugungi kunda saylovoldi dasturidagi vazifalarni amalga oshirish bo'yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston XDP fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonun loyihasida mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, keksalar,pensionerlar, nogironligi bo'lgan bolalar va kattalarga tibbiy-ijtimoiy yordamning barqaror tizimini yaratish, nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini muhofazalash sohasida zamonaviy uslublar, halqaro standartlarni joriy etish masalalari kiritilgan.


Mavzu bo'yicha yana bir qonun loyihasi, bu 2020 yil 28 aprel kuni jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nogironligi bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoniloyihasi va 2030 yilgacha O'zbekistonda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta'limni rivojlantirish kontseptsiyalaridir.


Ushbu qonun, farmon va kontseptsiyalarni ishlab chiqilishi va tez orada qabul qilinishi nogironligi bo'lgan shaxslarning muammolarini hal qilinishida muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo'lgan bolalarga
ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi

Imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xalq ta'limi vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.Hujjat loyihasi muhokama uchun chop etildi.
Mazkur qaror bilan imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” 1-ilovaga, O'zbekistonda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi ko'zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarining:

  • ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash, shu jumladan zaruratga ko'ra yangi o'quv bino va yotoqxona korpuslari qurish, o'quv ustaxonalari va laboratoriyalar tashkil etgan holda kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob'ektlarini barpo etishni Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirish;

  • zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini tibbiyot jihozlari, maxsus texnik va




yordamchi asbob-uskunalari, shuningdek, o'quv mebeli va anjomlari bilan jihozlash xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari doirasida kelib tushgan mablag'lar hisobidan amalga oshirish;
- 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida (keyingi o'rinlarda hududlar) sinov tariqasida bittadan umumta'lim maktablarida rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan hamda davolanishga va sog'lomlashtirishga muhtoj bo'lgan bolalar uchun tayanch korrektsion sinflar ochish;
- ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining 10-11-sinf o'quvchilariga kasbiy ta'lim berish uchun ularning qiziqish va qobiliyatlari hamda mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda o'quv-ishlab chiqarish majmualarini muassasaning o'zida tashkil etgan holda bitiruvchilarga mehnat qilish huquqini beruvchi kasb malakasi bo'yicha davlat namunasidagi diplom berish;
- 2020-2021 o'quv yilidan boshlab psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan davlat ta'lim muassasalarida majburiy umumiy o'rta ta'limni 9 yillik muddatda amalga oshirish;
- ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari uchun hududlarda (3 ta hududda) o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim dasturlari joriy etilgan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini tashkil etish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga:
a) O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvardan boshlab ixtisoslashtirilgan maktablarga 1 tadan shifokor va hamshira shtat birligini kiritish;
b) O'zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda o'quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta'lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini optimallashtirish hamda imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini bosqichma-bosqich maxsus texnik jihozlari bilan ta'minlash bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish;




v) O'zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablar uchun tibbiyot jihozlari, maxsus texnik va yordamchi asbob-uskunalar hamda boshqa anjomlarni xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari mablag'lari hisobidan xarid qilish bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
g) O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatga bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim olayotgan I va II guruh nogironligi bo'lgan bolalarni to'lovlar ozod etishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish vazifalari topshirilgan.
Qaror loyihasida O'zbekistonda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasining maqsadi O'zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olishiga bo'lgan huquqini ta'minlashdan iborat.

Download 42,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish