O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet424/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Qasidalaming asosiy
qismi mohiyatida mas
hhur
kishiJami madh 
etish yotadi. Madh qadimgi turkiy adabiyotda ham mavjud bo ‘lib, uni 
Urxun yodgorliklari m atnida kuzatish mumkin. “Qadimgi turkiy yod- 
nomalardagi madh shaxslaming axloqiy sifatlarini, xizmatlarini madh 
qilisbdan va ideallashtirishdan iborat”191 bo ‘(gan vazifani bajaradi. Ma- 
salan, Kul tigin bitigida madh quyidagi k o ‘rinishda uchraydi: 
Tangri
yarlbiqazu, qutbim bar uchun ulugim bar uchun oltachi bodunbig*
tirguru igitdm, yalang bodunbig4 tonfbig‘, chbig‘any bodunug4
bay qultim , az bodunbig‘ okush qiltbim, big‘ar alJigda (big‘ar
qag‘anlig‘da yag qi.illf.im, tort bulungdaqi) bodunbig" qop baz
qbiltbim, yag‘bisbiz qbiltbim, qop manga korti. 
Mazmuni: ... Tangri 
yorlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o lay o tg an xalqni tiril- 
ti
rib tarbiyat qildim, yalang‘och xalqni kiyimlik qildim, kam bag‘al xalq­
ni boy qildim, oz xalqni ko‘p qildim. Panohtalab davlatlida, xoqonlikda 
yaxshilik qildim. T o‘rt jihatdagi xalqni butunlay el 
qildim, bir~biriga
d o ‘st qildim, (hammasi) butunlay menga qaradi”’42.
K o‘rinib turibdiki, mazkur parchada xoqonning ideal tavsifi berii- 
gan bo‘Iib, tasvir usuliga ko ‘ra islom muhitidagi madhning tasviriga ha-
m
К оииирлй М. Девону
луш гит 
турк. I жилд. 
Тошкеш; Му.мточ 
суч,
20 1
6. 
Б. 252.
Рахм онов 
И.
Урхун-Ёнисей 
ёдиомалари
ва туркий зпослар. ФФД илмий даражасини 
олиш учуп ёзилган диссертация. Гош кеш , 199
1.
Ь. 
116.
Тухлиев Б. Ю суф Хос Хож ибниш
“ Кутадту 
билиг”и 
ва 
айрим 
жанрлар такомили (маснавий, туртлик. касида). 
Тошкент.
2004.
Б. 39.
141 Радмонов Н. Рухиятдаги яу р муроди. Тошкент, Хал к мероси, 2002. Б. 56.
Узбек мумтои адабиёти н а м у ш л ар и
(Тузувчи:
Н .Рахм етов). 1-жилд. 
Тошкент, 
Фан,
2003. Б. 53-54,
528


mohangdir. Ammo qadimgi turkiy yodgorliklarda madhning ifodalanishi 
turkiy-islomiy adabiyot namunalaridan tuzilishi jihatdan farq qiladi. Bi­
roq shaxslar tasviridagi o ‘xshashlik har ikkala muhitdagi yodgorliklami 
bir-biriga bog‘lab turadi. M adh Urxun yodnomalaridan asta-sekin islo- 
miy adabiyotga o ‘tib, o ‘ziga xos k o ‘rinishga ega bo ‘ldi va taraqqiy eta 
borib, qasida, g ‘azal kabi janrlam ing shakllanishida muhim rol o ‘ynadi. 
Madhning keyingi davrdagi taraqqiyot bosqichida tashqi - boshqa xalq­
lar adabiyoti ta ’siri mavjudligini ham e ’tibordan soqit qilmaslik lozim. 
Bu xususiyat, ayniqsa, “Q utadg‘u bilig” dostonida yaqqol namoyon 
b o‘lgan. M a’lumki, Y usuf X os Hojib “Qutadg‘u bilig” asarini yozib tu- 
gatgandan so ‘ng uni o ‘z davri hukmdori Tabg‘och B ug‘raxonga sovg‘a 
qiladi va dostonning kirish qismidagi boblardan birini Bug‘raxon maqto- 
viga bag‘ishlaydi. Dostonning mazkur B ug‘raxon madhiga doir qismini 
qasida deb atash mumkin, chunki unda m azkur janr qoidalariga to ‘liq 
rioya etiladi, hatto bobda qasidaning barcha kompozitsion qismlari m av­
ju d 193. U faqat masnaviyda qofiyalanganligi bilangina a n ’anaviy qasida- 
lardan farqlanadi, xolos.
“Q utadg'u bilig”da, shuningdek, yana ikkita qasida bor. Ular qasidai 
mujarrad namunalari hisoblanadi. Ikkala qasida ham bu janrning turkiy 
adabiyotda o ‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga kirib, mavzu jihatdan kengaya 
borganligiga dalil b o ‘la oladi. Ulardan biri “Yigitlikka achinib, qarilik 
haqida aytadi” qasidasidir. U tarjimai hollik xususiyatiga ega b o ‘lib, fal- 
safiy y o‘nalishda yaratilganligi bilan ajralib turadi. Qasidada yigitlikning 
o ‘tib ketganligiga achinish, qarilikdan shikoyat yetakchilik qilsa-da, 
unga ijtimoiy mazmundagi fikrlar ham singdirib yuborilganligi kuzati- 
ladi. Bu xususiyat, ayniqsa, shoiraing navbatdagi “Zamona buzuqligi- 
ni, do'stlar jafosini aytadi” nomli qasidasida yanada yaqqolroq yuzaga 
chiqqan. Unda hayotning bevafoligi, haqiqiy insonlarni topish naqadar 
qiyinligi haqidagi qarashlar ifodalangan b o ‘lib, qasida ham mazmunan, 
ham badiiy jihatdan muallifning bu janm i yaratishdagi o ‘ziga xos maho- 
ratidan dalolat beradi. Y usuf Xos Hojib “... arab-fors adabiyotida qonun- 
lashgan qasida janrinm g turkiy modelini yaratdi” 194. Bu esa qasidaning 
keyingi davrlardagi taraqqiyotida muhim omil sifatida xizmat qilganligi 
shubhasiz.
t<,:’ Тухлиев Б. “Кутад^у билиг’'нинг лоэтикаси масалалари // У лмас обидалар. Тош кент,
Фан. 1 с>89. Б. 35Х-359.
,с;4 Уухлиев Б, Уша китоб. Б. 365.
529


Qasidachilikning rivojida Sayfi Saroyi, Gadoiy kabilaming o ‘z o ‘rni 
bor, albatta. Sayfi Saroyining 24 baytli qasidasi Iskandariya podshosiga 
bag‘ishlangan. Qasida tabiat tasviri haqidagi g o ‘zal obrazli ifodalar bilan 
boshlanadiki, bu uning nasibga ham ega ekanligini bildiradi. Hukmdor- 
ning ideallashtirilishi esa madhning janr talablari asosida yozilganligi- 
dan dalolat beradi. Bizgacha, Gadoiyning bitta to ‘liq b o ‘lmagan qasidasi 
yetib kelgan b o ‘lib, unda yosh shahzoda Xalil Sulton madh etiladi. Shoir 
shahzodani kelajak hukmdori sifatida davlatni boshqarishini istaydi va 
xalqning orzulari uning rahbarligida amalga oshishiga umid qiladi.
Qasidaning an ’anaviy jan r talablariga javob bcra oladigan namuna- 
lari Hofiz Xorazmiy va Sakkokiylar ijodida uchraydi. Hofiz Xorazmiy 
devonidan 9 ta qasida o ‘rin olganligi, shoim ing mazkur janrda barakali 
ijod qilganligini bildiradi. Shubhasiz, o ‘zbek adabiyotining Navoiygac- 
ha b o‘lgan davrida qasida janrining mohir ustasi sifatida Sakkokiy tilga 
olinadi. Bu bejiz emas. Chunki shoirning bizgacha 10 ta qasidasi yetib 
kelgan b o ‘lib, ular bu janrning adabiyotimiz tarixidagi eng go ‘zal va mu- 
kammal namunalaridan hisoblanadi. Sakkokiy qasidalari orasida Mirzo 
U lug‘bekka bag'ishlanganlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bu 
qasidalarning madh qismi tasviri U lug'bek obrazini adabiy qahramon 
darajasigacha olib chiqadi. Chuqur mazmun, yuksak badiiyat ulam i janr 
talablarining yetuk namunalariga aylantiradi. Qasidalardan birida ulug‘ 
hukmdorga nisbatan qo‘llangan “Sulaymoni zamon”, “N o‘shiravon”, 
“M usotek shubon” tarzidagi talmehga qorishgan o ‘xshatishlar, “xurshidi 
zamon”, “Ulus haqqida ming turli atodin mehribon” kabi ifodalar obraz- 
ning ideal tasvirini yaratishga xizmat qiladi:
Bu kundin so‘ngra ko ‘p ting‘oy raiyatlar rioyatdin,
Ulus haqqida ming turli atodin mehribon keldi.
K o‘ngullar bo‘ldi xush ravshan ko‘rub qolmadi bir zarra,
Q orong‘ulik ketib, holi chu xurshidi zamon keldi195
Mirzo Ulug‘bekdek m a’rifatpar\'ar va xalqparvar podsho siymo- 
si, bu go‘zal siymoni ifodalovchi ibratli fazilatlar maqtovi tasviri qasi­
da m arkazida turadi. Bunday xususiyat shoirning Xalil Sulton, Arslon 
X o‘ja Tarxon, Xoja Muhammad Porsolarga bag'ishlangan qasidalarida 
ham k o ‘zga tashlanadi. Sakkokiy qasidalarining hammasida ham nasib
1,5 С аккокий. Газаллар // Х ает васфи. Тош кент, А дабист в а с а я ъ а т , 1988. Б. 283.
530


qismining uchramasligi, ulaming ayrimlari qasidai mujarrad namunalari 
ekanligini k o ‘rsatadi.
Lutfiy o ‘zbek qasidachiligi taraqqiyotiga ham munosib hissa 
qo‘shgan shoirlardan biri hisoblanadi. Uning qasidalaridan biri sohib- 
qiron Amir Temuming nabirasi, Shohruh mirzoning o ‘g ‘li Boysung‘ur 
mirzoga bag‘ishlangan. Qasida nasihat tarzida yozilganligi bilan ajralib 
turadi:
Nasihat aslini Lutfiy sanga etti vale,
Ani qabul qilurg‘a k o ‘ngul kerak qobil.
Masai tururkim ayitti burung‘i bilgular,
M ahalli qobilu onki nasihati qoyil...
Shoirning keyingi qasidasi hajman birinchisiga qaraganda anchagi- 
na katta b o ‘lib, unda B oysung‘ur mirzo va uning o ‘g i i sulton Aloud- 
davla ulug'lanadi. Qasidaning dastlabki qismida “homiyi islomu din”, 
“mulku millat ravnaqi”, “shahzodalarning sarvari” kabi fazilatlar egasi 
sifatida maqtalgan Boysung‘ur mirzo yana, shuningdek, tasvir davomida 
Hotam, N o‘shiravon, Faridun, Afrosiyob kabilar darajasiga k o ‘tariladi. 
Qasidaning 28-baytidan to so ‘ngigacha “yetti kishvar podshohining se- 
var farzandi” b o ‘lgan sulton Alouddavla madh etiladi.
Qasida islomdan oldingi adabiyotda madh k o ‘rinishida boshqa jan r­
lar tarkibida yashadi. Janrning Urxun yodgorliklari matnlaridagi sodda, 
turkiy adabiyotning o ‘zigagina xos b o ‘Igan namunalari shu davr adabi­
yotining ichki qonuniyatlari asosida shakllana boshlaganligidan darak 
beradi. Uning “Q utadg‘u bilig” dostonida mustaqil janr sifatida ajralib 
chiqishida turkiy adabiyotdagi mavjud an ’analar bilan bir qatorda tashqi 
ta ’sirlam ing ham roli katta b o ‘ldi. Islom davri qasidalarida arab, ayniq­
sa, fors qasidachiligi bilan o ‘xshash b o ‘lgan xususiyatlam ing mavjudligi 
adabiyotlar o'rtasidagi o ‘zaro aloqalaming rivojini belgilaydi. Keyingi 
davrlardagi taraqqiyot davomida qasidalam ing mavzu jihatdan kengaya 
borganligi, yuksak badiiyatning jan r m ezonlaridan biriga aylanganligi 
ulam ing yozma adabiyotda o ‘ziga xos m uqim o ‘ringa ega b o ‘la borgan- 
ligini k o ‘rsatadi. Hatto Husayn Boyqaro zam onasida ham qasida eng 
yetakchi shohona janr ekanligi Alisher Navoiyning “M uhokamat ul- 
lug‘atayn” asarida aniq bilinib turadi.
531


G ‘AZAL
0 ‘zbek mumtoz adabiyotini boshqa Sharq xalqlari adabiyoti kabi 
g ‘azal janri siz tasa w u r qilish qiyin. Chunki bu janr XX asrgacha bo‘lgan 
adabiyotimizda yetakchi mavqelardan birini egallab keldi. Qaysi bir 
davr yoki zamonda yashaganligidan qat’iy nazar, o ‘tmish shoirlarining 
ijod namunalari, devonlari k o ‘zdan kechirilsa, albatta, ulam ing asosini 
g ‘azallar tashkil ctishi tabiiy bir hoi. “G ‘azal yozishdan maqsad, - deb 
yozadi Shamsiddin M uhammad Qays ar-Roziy, - jonga rohat va dilga 
halovat keltirishdir” . Darhaqiqat, g'azal ijtimoiy-siyosiy hayotga doir 
teran fikrlarni, go'zal, jozibali insoniy tuyg‘u va kcchinmalami, inson 
qalbining barcha murakkabliklarini ifodalay olishi, shuningdek, tur-
li mavzularda falsafiy m ulohazalar yurita olish imkoniyatlariga egaligi 
kabi xususiyatlari bilan qanchadan-qancha insonlarning k o ‘nglini zabt 
eta oldi. Xalq hayotiga shu qadar singib ketdiki, musiqaga solinib kuyla- 
na boshladi. Qachon yaratilganidan q at’iy nazar, q o‘shiq qilib aytiluvchi 
g ‘azallar hamon kishilarni o ‘ziga maftun etib, ularga estetik zavq, qu- 
vonch baxsh etib kelishda davom etmoqda.
G ‘azal janri dastlab arab she’riyatida paydo b o ig a n va keyincha- 
lik boshqa ajam xalqlari adabiyotida ham keng tarqalgan. M anbalarda 
g ‘azalning lug‘aviy m a’nosi haqida fikr yuritilganda, eng avvalo. uning 
ayollarga oshiqona munosabatda b o ‘lmoq, ularga do‘st tutinmoq kabi 
m a’nolarni ifodalishi, adabiy istiloh sifatida esa ishq-muhabbat mavzusi- 
dagi she’rlar tushunilishi bayon etiladi. Demak, dastlabki paytlarda faqat 
muhabbat mavzusidagi yaratilgan she’rlargina g ‘azal deb atalgan. Ke- 
yinchalik yillar o'tishi mobaynida g‘azal janri sayqallanib, takomillasha 
borib, g ‘oyaviy y o ‘nalishi, mavzu va mazmun doiralari kengayib, Sharq 
lirikasining eng sevimli she’riy janrlaridan biriga aylangan.
Bu janm i o ‘rganish, uning o ‘ziga xos xususiyatlari to‘g ‘risida fikr 
yuritish, o ‘tmish adabiyotshunoslari va shoirlarining ham e ’tiborini 
o ‘ziga jalb etib kelgan. Jumladan, Rashididdin Vatvotning (XII asr) “Ha- 
doyiq us-sehr fi daqoyiq ush-she’r ” (“Sehr bog‘lari va she’r noziklikla- 
ri haqida”), Shamsiddin Muhammad Qays ar-Roziyning “A1 m o‘jam fi 
m a’oyiri ash’or ul-Ajam” (“Ajam she’rlari o ‘lchovida harakat belgila- 
ri”), Qabui Muhammadning “Haft qulzum” (“yetti dengiz”) kabi asar- 
larida g ‘azal va uning xususiyatlari to‘g ‘risida m a ’lumotlar berilgan. 
Sharqda adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidchilik haqidagi fikrlar ba-
532


diiy m atn “bag‘rida” yashab kelganidek, o ‘zbek adabiyotida ham g ‘azal 
janri borasidagi nazariy-ilmiy qarashlar badiiy asarlar matni sirasida 
aytib keiingan. Hazrat Navoiy va Mirzo Boburlar g‘azal janrining hali 
ochilmagan qirralari, y a’ni tarhi (kompozitsiyasi) haqida eng mukammal 
fikrlami bayon qilganlar.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida nasr va nazmning o ‘ziga xos xususi- 
yatlarini (bundan g ‘azal janri mustasno emas - M.M.) Shayx Ahmad Ta- 
roziy “Funun ul-balog‘a” ilmiy asarida asoslab berdi. Zamonaviy o ‘zbek 
adabiyotshunosligida ham bu janrga bag‘ishlangan bir qancha ilmiy tad- 
qiqotlar yaratildi196.
G ‘azal janrining har bir xalq adabiyotida o'zig a xos shakllanish y o ‘li 
va taraqqiyot tarixi mavjud. Mutaxassislaming fikricha, fors-tojik ada­
biyotida g ‘azal janrining dastlabki namunalari Rudakiy ijodida ko'rina 
boshlagan. Ammo ularni g ‘azal deb atash qiyin, chunki ular mazkur 
jan r talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Rudakiyning bunday she’rlari 
k o ‘proq 
qasidaning nasib (muqaddima) qismidan olingan she’rlarga 
o ‘xshaydilar”197. Shu sababli ularni shakllanish bosqichidagi g'azallar 
deb atash mumkin. Demak, X asrda o ‘zining ilk unsurlariga ega bo‘lgan 
“g ‘azal Rudakiy va uning payravlari vujudga keltirgan zamin asosida 
fors-tojik adabiyotida XII asrda shakliandi va takomillashdi” 198.
M a ’lumki, o ‘zbek g ‘azaliyotining ilk namunalari Rabg‘uziyning 
“Qisasi R abg‘uziy” va Xorazmiyning “M uhabbatnoma” asarlari tarki­
bida uchraydi. Bu asarlar orqali yetib kelgan g ‘aza11ar g‘azal janri ta­
lablariga to ‘la javob bera oladi. G ‘azalshunos olimlaming fikricha, 
“Qisasi Rabg‘uziy” va “Muhabbatnoma” asarlari orqali yetib kelgan 
g ‘azallarning badiiy saviyasi Rabg‘uziy va Xorazmiylargacha bo‘lgan 
davrlarda o ‘zbek g‘azalnavisligida katta tajriba to‘planganligidan gu- 
vohlik beradi194. Tadqiqotchilar tomonidan ilmiy manbalarda bu davr-
1% К эранг: Н осиров О. У збек адабиётида газал. Тошкент, А дабиёт ва санъат, 1972; Ор- 
зибеков Р. У збек лирик поэзиясида газал ва мусаммат. Тош кент, А дабиёт ва санъат, 1976; 
М аллаев Н. У збек адабиётида газал ва унинг ривож ида Навоийнинг роли // У збек тили ва 
адабиёти масалалари. 1961, 3-сон; 
Шабхзода 
М. 
Газал мулкининг 
султони. Аеарлар. 6 том- 
лик, 4-том. Тош кенг, Адабиёт ва санъат, 1972; Пирназаров М. П оэтик жанрлар типологияси. 
Тош кент, Ф ан, 1989.
157 Н /айхзода М. Аеарлар. 6 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish