O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Sig‘tab ko‘zi o'rtulur.
Mazmuni: Alp Er To‘nga o ‘limiga achinib odamlar b o ‘ridekuvlash- 
dilar, yoqa yirtishib baqirishdilar. B a ’zan cholg‘uchilar chalg‘usining 
chinqirig‘i kabi baqirishadilar. (Ular shuncha yigiashdilarki, k o ‘z yosh- 
lari) ko‘zlarini qopladi.
«Dunyo begi» vafot etsa-da, barcha uni yodida tutadi, ezgu sifat- 
lar bilan eslaydi, fojiali musibatdan qayg‘uradi. Butun tushkunlikning, 
k o ‘ngil cho‘kishining sababi - uning bevaqt dunyoni tark etishi. Umu- 
man, Alp Er T o‘ngani doimiy qo‘msash ruhi butun marsiya bo‘ylab 
hukmronlik qiladi:
K o‘nglum ichun o'rtadi,
Yctmish yashig‘ qartadi.
Kechmish uzuk irtadi,
Tun-kun kechib irtalur.
Mazmuni: tushgan musibat bilan k o ‘nglim o ‘rtandi, bitgan yaramni 
tirnab, yangilatdi, o ‘tgan kunlarimni istatdi, kecha-kunduz 
izlatdi.
M arsiya barmoq vaznida yaratilgan bo ‘lib, m urabba’ shaklidagi 
bandlararo a-a-a-b, v-v-v-b qofiyalanish tartibiga ega. T o‘rtliklam inghar 
bir misrasi yetti b o ‘g ‘indan tashkil topgan.
Qadimgi turkiy she’riyatning yirik bilimdonlaridan biri l.V.Stebleva 
Alp Er T o ‘nga haqidagi marsiyadan tashqari, yana 4 ta to ‘rtlikni bir- 
lashtiradi va unga «N om a’lum qahramon haqida marsiya» deb nom 
q o'y ad i182. T o‘rtliklarda qahramon jangchining o iim id an afsuslanish 
ruhi yetakehidir. Demak, ulam i bemalol marsiya jan ri namunalari de- 
yish mumkin. M uallifning nom a’lum qahramon deb atashi bejiz emas. 
Chunki uning kimligi haqiqatan ham nom a’lum. T o‘rtIiklaming uchta- 
sida uning vatanparvarligi, mardligi, bahodirligi, dushmanga nisbatan 
beayovligi to ‘g ‘risida gap boradi:
Yag‘i o ‘tin o £ehurgan,
T o ‘ydin ani k o ‘churgan,
Ishlar uzub keehurgan,
182 
Стеблева И .В. Р азвитие тю ркских поэтических форм X I века. М осква, Н аука, 1971. С. 
159-161.
523


Mazmuni: u urush olovini o'chim vchi, ularni (dushmanlami) askar 
safidan haydab chiqaruvchi, shu bilan birga, qiyin ishlarni bajaruvchi 
edi. Unga halok qiluvchi zamon o‘qi tegdi.
Marsiyaning ikkinchi bandida qahramonning sifatlari uiug‘lanadi. 
Olijanoblik, doimo ezgu ishlaming boshida turish, ijobiy fazilatlar bilan 
boshqalarga namuna b o ‘lish uning o '/ig a xos xususiyatlari ekanligi es- 
lanadi va ana shunday odamning o ‘limiga afsus va nadomat chekiladi:
Turg‘an ulug‘ ishlaqa,
Tirki urub ashlaqa,
Tum lug‘ qadir qishlaqa,
Q o‘zti erig umduru.
Mazmuni: U odam ulug‘ ishlarga chidam bilan turish beradigan edi. 
Dasturxoni qattiq qishlarda ochiq edi, odamlami o ‘zining yaxshiliklari- 
dan um idvor qilib tashlab ketdi.
M arsiyaning vazni, qofiyaianishi, bo‘g ‘iniar tizimi Alp Er T o'nga 
m arsiyasiga mos keladi. Har ikkala marsiyadagi lirik qahramonning 
iztirobi bayoni Enasoy bitiglarini yodga soladi. Chunki Enasoy yod- 
nomalarida ham kishining iztirobi bayoni tasviri asosiy o ‘rin tutadi va 
bu ulam ing yig‘i janri asosida yuzaga kelganligini k o‘rsatadi. Enasoy 
yodnomalari vafot etgan kishining tarjimai holi bilan bog‘langan bo'lib, 
unda marhumga xos b o ‘lgan xususiyatlar tasviri yetakchidir183: «Avlod- 
larim, siziardan ayrildim. Oh, uydagi xonzodalarimdan ayrildim. Sakkiz 
o ‘g ‘limdan ayrildim-ey. Xoqonim, elim xizmatida bo‘ldim, dono hukm- 
dorimga xizmat qildim, d o ‘stlarimga xizmat qildim. Bu men uchun sha- 
rafdir. Xoqonim uchun, Bilga Chiqshan xoqoniga xizmat qildim, ey xal- 
qim, yigitlik sharafim uchun davlatimga xizmat qildim. Tangriga xizmat 
qildim. Endi ajoyib do'stlarim dan ayrildim. Bu mangu toshimdir. M en 
alamli Chiksinm an»184.
«Chako‘1 yodnomasi» mazmunidan ko ‘rinib turibdiki, u marhum 
hayotiga aloqador m a’lumotlar bayonidan iborat bo ‘lib, I shaxs tilidan 
hikoya qilinyapti. Enasoy yodnomalarining I shaxs, y a'ni marhum tilidan
IM Рах^юнов H. Рух,иятдаги нур муроди. Тошкент, Х ад ^ м ер о си , 2002. Б. 58,
184 К адимий ляим атиар (Тузувчи: Н асимхон Рахмонов). Тош кен г, Адаби&г ва санъат, 1987. 
Б. 42-43.
T e g d i o ‘qi o ‘ldirur.
524


hikoya qilinishi, ular bilan Urxun yodnomalari o ‘rtasidagi 
u y g ‘ u n l i k n i
keltirib chiqaradi: «Turk bo ‘dun qanin b o ‘lmayin Tabg‘achda adrilti, 
qanlanti. Qanin qo‘dub Tabg‘achqa yana ichikdi. Tangri ancha temish 
arinch: qan bartim, qaningni qo‘dub icbikding, ichikduk uchun teng­
ri o ‘l temish, arinch. Turk b o ‘dun o‘lti, alqinti, yo‘q bo ‘lti. Turk sir 
bo‘dun erinta bo‘d qalm adi»185. M azm uni: Turk xalqi o ‘zining xoni bi­
lan b o ‘lmay, Tabg‘ach xoqonligiga qo‘shildi, xonlik b o ‘ldi. 0 ‘z xoni- 
ni qo‘yib, yana Tabg‘ach xoqonligiga qo ‘shildi. Tangri shunday degan 
ekan: Xon berdim. Xoningni q o ‘yib, taslim boMding. Tabg‘achga taslim 
b o‘lgani uchun Tangri o‘l, degan shekilli. Turk xalqi o ‘ldi, yo'q bo‘ldi, 
tugadi. Turk sir xalqi yerida birorta ham urug‘ qolmadi.
Kul tigin bitigidagi tasvir T o‘nyuquq bitigidan farqli o ‘!aroq, Bilga 
xoqon tilidan olib boriladi. 
B u
esa tasviming I shaxs tilidan hikoya qilinis­
hi hodisasi barcha Urxun yodnomalariga ham xos emasligini k o ‘rsatadi: 
« 0 ‘gim qatun ulayu o 'glanm , akalarim, kalingunim, 
q unchuylarim
buncha yam a tirigi kung bo‘ltachi arti, o ‘lugi yurtda yo'lta yatu qaltachi 
artigiz! Kul tigin yo‘q arsar, q o ‘p o ‘ltachi artigiz! Inim Kul tigin kargak 
bo ‘lti, o ‘zim saqintim; k o ‘rur ko ‘zim ko ‘rmaztag, bilir biligim bilmaztag 
bo ‘lti, o ‘zim saqintim. 0 ‘d tangri yasar, kisi o ‘g ‘li ko‘p o ‘lgali to ‘pimis. 
Ancha saqintim ko‘zda yash kalsar, atida k o ‘ngulta sig‘it kalsar, yanturu 
saqintim, qatig‘ di saqintim: aki shad ulayu iniyu gunim o ‘g ‘lanim beg- 
larim budunim ko‘zi qashi yablaq bo ‘ltachi tip, saqintim »1146. Mazmuni: 
Onam xotun, keyingi onalarim, opalarim, kelinlarim, xonzodalarim, tiri- 
gingiz cho‘ri bo ‘lar edi, oMigingiz cho‘lu biyobonda, yo‘lda yotib qolar 
edingiz! Kul tigm bo ‘lmasa, butunlay о Tar edingiz. Inim Kul tigin vafot 
etdi, vujudim alam chekdi. K o‘rar ko‘zim k o ‘rmayotganday, bilar aqlim 
bilmayotganday boTdi (es-hushimdan ajraldim), jonim azobda qoldi. 
Dunyoni tangri yasaydi, inson bolalari hammasi oTadigan qilib yaratil- 
gan. Shunchalik alam tortdimki, k o ‘zga yosh kelganda, k o ‘ngilga yig ‘i 
kelganda, qayta g ‘am chekdim, qayta qayg‘urdim. Ikki shad, keyingi 
ini-jiyanim, o ‘g ‘illarim, beklarimning ko‘zi, qoshi yomon bo‘ladi, deb 
qayg‘urdim.
M azkur parchani o ‘rganar ekan, professor N.Rahmonov undagi Kul 
tigin tasviriga e ’tiborni qaratadi va qahramonning g ‘ayri tabiiy faoliva-
М атов С.К. П амятники древнетю ркской письменности. М осква — Ленинград, Наука, 
1951. С. 61.
1X6 Малов С.К. Уша китоб. Б. 33.
525


tini xalq og'zaki ijodiga xos xususiyat sifatida baholaydi187. Darhaqiqat, 
obrazlardagi m ubolag‘ali tasvim ing boshqa Urxun yodnomalarida ham 
uchrashi bitiktoshlaming yozma adabiyot sifatida shakllanishida folklor- 
ning ta ’siri borligidan dalolat beradi.
Urxun bitiglaridagi yig‘i yodnomalar tarkibida uchraydi va ular 
to ‘liq mazkur janr asosiga qurilmagan, balki tarixiy qahramonlik dos- 
tonlaridir. Enasoy yodnomalarining asosini esa yig ‘i janri tashkil etadi. 
Bu jihatdan ular o ‘zaro farqlanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, marsiya 
Enasoy yodnomalarida I shaxs - marhum 
tilidan 
aytiladi. Bu usul mar­
siyaning alohida shakli hisoblanadi. U qadimgi shomonlikcha inonch 
tasavvurlaming mahsuli bo‘lib, marhumning ruhi tirikdir, degan qarash 
asosida shakllangan.
Yig‘i janri namunalari turkiylaming tarjima adabiyotida ham mav­
jud. M azkur fikrning tasdig‘ini xitoychadan o'girilgan «Oltun yorug‘» 
dostonida k o ‘rish mumkin. «Oltun yorug‘»dagi «Shahzoda va bars» 
afsonasida kichik shahzoda - M ag‘astvining o ‘zini qurbon qilishi ush- 
bu janm i yuzaga chiqaradi: “Na ada arti adayim. k o ‘rklakaya o ‘gukum. 
0 ‘lmak amgak nachukin, o ‘ngra kalip artturti. Sintida o ‘ngra o ‘lmakig 
bulayin ay kunkayam. K o‘rmayin arti munitag ulng‘ achig‘ amgakig...”188
. Mazmuni: 
Qanday kulfat bo'kli-y i, q o ‘zichog‘im, jonim -
dan aziz erkatoyim! 0 ‘lmoq azobi nima uchun (senga) barvaqt kelib olib 
ketdi. Sendan oldin o ‘limni (men) topsam (bo‘lmasmidi), ey quyoshim! 
(Shunda) ko'rm as edim bunday og ‘ir, achchiq azobni!
K o‘rinadiki, parchadagi onaning iztirobi bayoni tasviri uni yuqorida 
keltirilgan namunalarga yaqinlashtiradi va y ig ‘i janrining turkiy adabi- 
yotda o'ziga xos shakllanish y o ‘liga ega ekanligini bildiradi.
Y ig‘i janrining taraqqiyoti masalalarini tadqiq etish qadimgi turkiy 
adabiyotda y ig ‘i tasvirining ikki y o ‘nalishda amalga oshirilganligini 
ko‘rsatadi:
1. Y ig‘i marhum tilidan bayon qilingan (Enasoy yodnomalari).
2. Y ig‘i o ‘zga kishilar, asosan, marhumning yaqinlari tomonidan 
bayon qilingan (Kul tigin bitigi, «Oltun yorug‘» dostonidagi yig‘i, Alp 
Er T o‘nga marsiyasi).
Рах.монов II. У рхун-Бнисей ёдпомалари ва туркий эпск тар. ФФЛ илмик даражасини 
олиш учун ёзилган диссертация. Тош кент, 1991. Б. 127.
О лгун epyj (Наш рга тайёрловчи: Н.Ра.чмон). 2-китоб. Тош кснг, М ум ю ч суз, 2013. 
Ь.
259
526


Lekin har ikkala holatda ham yig‘i janrini epiklashtirish holati ku- 
zatiladi. Bu jarayon qadimgi turkiy adabiyotda janrlar tizimining odat va 
marosimlar bilan bog‘liqligini k o ‘rsatadi.
Janrning keyingi vaqtlardagi takomili davrida asta-sekin yig‘ining 
marhum tilidan aytilishi hodisasi y o ‘qola borgan va uning o ‘m iga bosh- 
qa hayotiy shaxslar tomonidan ijro etilishi janr mezonlaridan biriga ay- 
langan.
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, yozma adabiyotda yig‘i 
so f janr sifatida Enasoy yodnomalari orqali yuzaga chiqdi. Urxun yod- 
gorliklarida esa boshqa janrlar bilan aralash holda yashadi. Keyingi ri- 
vojlanish bosqichlarida shakllanib, o ‘ziga xos qoidalarga ega bo‘ldi va 
marsiya degan atama orqali nomlandi. Janrning arabeha nomlanishi is- 
lomdan avvalgi davrlarda adabiyotshunoslik ilmining taraqqiy etmagan- 
ligi bilan izohlanadi.
QASIDA
Qasida lirik tur janrlaridan biri bo‘lib, bu so ‘z arabchadan 
o ‘zbekchaga o ‘girilganda maqsad, niyat kabi m a’nolarni anglatadi. 
Uning namunalarini Sharq adabiyotida keng tarqalgan janrlardan biri 
sifatida arab, fors, turkiy tilda qalam tebratgan shoirlar ijodida ham uch- 
ratish mumkin. Manbaiarda qasida haqida gap ketganda, u biror tarixiy 
shaxs, mashhur arbob yoki qahramon, muhim voqea kabilarga bag‘ishlab 
yozilgan tantanali uslubdagi asar ekanligi qayd etiladi. Shuningdek, tabi- 
at, cholg‘u asboblari, ijtimoiy-falsafiy mavzulardagi qasidalar ham mav- 
judligi alohida ta’kidlanadi. Qasida g ‘azalga o ‘xshab qofiyalanadi. Hajm 
jihatidan kattaligi bilan g ’a/ailardan farqlanadi. Qasidalar tuzilishiga 
ko‘ra ikki xil bo ‘ladi: qasidai toin va qasidai mujarrad (qasidai mahdud 
yoki qasidai muqtazab). Qasidai tom, ya’ni to‘liq qasida tarkibida na- 
sib (kirish qismi), gurizgoh (asosiy qismga tayyorlovchi bo‘lim), madh 
(tasvirlanayotgan shaxs, voqea yoki narsa maqtovi) va qasd (muallif- 
ning maqsadi bayoni) qismlari mavjud bo‘ladi. Qasidai mujarrad - to‘liq 
b o ‘lmagan qasidada esa yuqoridagi qismlardan ayrimlari (madhdan tash- 
qari) b o ‘lmasiigi mumkin.
Har qanday janrning har bir xalq adabiyotida o ‘ziga xos shakllanish 
tarixi mavjud. Qasida ham turkiy adabiyotga o ‘z-o ‘zidan kirib kelgani 
y o ‘q. Uning ildizlari a w a lo turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari aso-
527


sida paydo bo ‘lgan. Mahmud K oshg‘ariy “D evonu lug ‘otit turk” asarida 
“qo‘shug‘” atamasini “she’r ”, “qasida”, “qo ‘shiq” sifatida ishlatganligj 
m a’iurn:
Turkan qatun qutunga,
Tegur mendin q o‘shug‘,
A yg‘il 
sizing
tabug‘chi,
0 ‘tnur yangi tabug1.
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) yetkur va 
xodimingiz yangi xizm atlaringizga tayyor, deb ayt'x9.
Bu atama “Qutadg‘u biJig” dostonida ham mavjud ekanligiga o ‘z 
vaqtida m utaxassislar e ’tibor qaratishgan190.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish