O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet425/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

томлик, 4-том. Т оп/кен, Фан
, 2 972. Б. 357.
"'s М аллаев Н. У збек адабиётида газал ва унинг ривож ида Н авоийнинг роли //У з б е к тили 
ва адабиёти масалалари. 1961, 3-сон. Б. 3.
'то М аллаев Н. У збек адабиётида газал ва унинг ривожида Н авоийнинг роли // У збек тили 
ва адабиёти масалалари. 196!, 3-сон. Б. 8; Исх,оцов Ё. Н авоий поэтикаси. Тош кент, Ф ан, 1983. 
Б. 20; Ж ум аев Н. Газал композицияси \а к и д а // А дабий мерос. 1989, 3-сон. Б. 64.
533


gacha, ya’ni Rabg‘uziy va Xorazmiylargacha yaratilgan g‘azallaming 
bir qismi hali topilgan emas, bir qismi mo‘g‘ullar istilosi davrida vo'q 
bo‘lib ketgan degan fikr va taxminiar bildiriladi.
Xo‘sh, g ‘azal janri turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, o‘zbek adabi- 
yotiga qaysi davrda kirib keldi, qaysi davr ijodkorlarida uning ilk kurtak- 
lari ko‘rina boshladi? Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Hibat 
ul-haqoyiq” asariga murojaat qilamiz.
“Hibat ul-haqoyiq” Sharq xalqlari adabiyotiga xos an’an alar Alloh- 
ga hamd, payg‘ambar va chahoryorlarga na’t bilan boshlanadi. So‘ngra 
doston bag'ishlangan shaxs - Dod Sipohsolorbck madhi va kitobning 
yozilish sababi haqidagi boblar beriladi. Professorlar N.Mallayev va 
Q.Mahmudovlaming e’tirof etishlaricha, dostonning muqaddima qismi, 
ya’ni hamd, na’t, Dod Sipohsolorbck maqtovi hamda asaming yozilish 
sababi xususidagi boblari g‘azal shaktida yozilgan200. Fitrat esa muqad- 
dimaning so‘nggi bobini g‘azal deb ataydi21". Darhaqiqat, dostonning 
muqaddima boblari shakliy-poetik xususiyatlariga ko‘ra, g‘azal janriga 
yaqin ekanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu boblami 
tom ma’nodagi g‘azal deb atash qiyin, chunki ular g‘azal janri talablariga 
toTiq javob bera olmaydi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ularda g‘azal 
janriga xos boigan ba’zi unsurlar mavjud. Fikrimizni dalillash maqsa­
dida doston muqaddimasining so‘nggi “Bu kitobning yozilishi sababi va 
zarurati haqida” bobini ko‘zdan kechiraylik:
Dod Sipohsolorbek uchun bu kitob,
Chiqartim ochunda oti qolsu tcb.
Kitobimni ko‘rgan, eshitgan kishi,
Shohimg‘a duo birla yod qilsu teb.
Kedingi keligli kishilar aro,
Aning zikri tongsuq ediz qolsu teb.
Aning vuddi birla kolngullar to‘lub,
Aning yodi birla ochun to‘lsu teb.
200 Маллаев П. Узбек адабисти тарихи. Тошкент, Укитувчи, 1976. Б. 146; Узбек адабиёти 
тарихи. 5 томлик, 1-том. Тошкент. Фан, 1978. Б. 139.
201 Фитраг. Танланган асарлар. 2-жилд. Тошкент, Маънавият, 2000. Б. 50.
534


Bezadim kitobi mavoiz masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘ olsuteb.
Belak ettim ani shobimg‘a men-o‘q,
Havodorlig‘imni tugal bilsu teb.
Mazmuni:
Dunyoda nomi qolsin deb, Dod Sipohsolorbek uchun bu kitobni 
yozdim.
Kitobimni o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan kishi shohimga duo o‘qib, uni 
yod qilsin deb (yozdim).
Kelgusi avlodlar orasida uning xotirasi yuksak va mashhur bo‘lsin 
deb yozdim.
Uning muhabbati bilan ko‘ngillar to‘lib, yodi bilan dunyo toisin 
deb yozdim.
0
‘qimishli, savodli kishilar manfaat topsin deb, nodir so‘zlar bilan 
bezadim.
Muhabbatimni tugal bilsin deb, men uni shohimga sovg‘a qilib yu- 
bordim.
Mazkur bob qofiyalanishiga ko‘ra oddiy g‘azallarga mosdir, ya’ni 
birinchidan, matla’ misralari o‘zaro qofiyalangan, ikkinchidan, keyingi 
baytlarning juft misralari matla’ bilan qofiyadosh boiib kelgan. Bu esa 
uning shaklan g ‘azallarga xos bo‘lgan elementlaridan biri hisoblanadi. 
Demak, g‘azal qofiyalanishiga xos bo'lgan - juft misralaming matla’ bi­
lan qofiyalanib kclish hodisasi turkiy-islomiy adabiyotda Adib Ahmad 
ijodidan boshlangan.
“Hibat ul-haqoyiq” muqaddimasining so'nggi bobi kompozitsion 
jihatdan tekshirilganda, unda yakpora g ‘azallarga xos belgilarning mav- 
judligi ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, matlada Dod Sipohsolorbek uc­
hun bu kitobning yozilganligi haqida fikr bildirilsa, keyingi baytlarda bu 
mavzu izchil rivojlantiriladi, ya’ni kitobni o‘qigan, ko‘rgati har bir kishi 
shohni duo bilan yod qilsin deb yozilganligi, kelajak avlodlar orasida 
uning nomi mashhur bo‘lsin deb ijod qilinganligi, savodli kishilar man­
faat topsin deb, nodir so‘zlar bilan bezalganligi hamda uni hukmdorga 
sovg‘a qilinganligi qayd etiladi.
535


Bu qismni yakpora g‘azalning dastlabki namunasi degan fikrdan yi- 
roqmiz, albatta. Ammo baytlaming yaxlit bir mavzuni yoritishga xizmat 
qilishi, o‘zaro bir-biriga mantiqan bogianib, mazmunni davom ettirishi 
kabi xususiyatlar g‘azallaming yakpora turiga xos bo'lgan ilk elementlar 
ekanligiga to‘la ishonch hosil qilish mumkin.
Dostonning hamd, Muhammad alayhissalom va to‘rt xalifa madhi 
hamda Dod Sipohsolorbek maqtoviga bag‘ishlangan boblari ham qofi­
ya shakli, kompozitsion xususiyatlari jihatidan o‘rganilsa, ularda ham 
g‘azal janrining dastlabki unsurlari mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi.
“Hibat ul-haqoyiq”ning dastlabki boblarida g‘azal janri unsurla- 
rining mavjudligini hisobga olib, turkiy adabiyotda mazkur janrning 
shakllanish ildizlari Adib Ahmad yashagan davrga borib taqaladi, deyish 
mumkin. Albatta, ushbu boblami tom ma’nodagi g‘azallar sifatida qabul 
qilish qiyin, lekin ulaming tuzilishidagi g‘azallarga xos bo‘lgan ba’/i 
belgilar g‘azal janri turkiy adabiyotda XII asrlarda vujudga kela boshla- 
ganligidan dalolat beradi. Adib Ahmaddan so‘ng o‘tgan avlodlarda esa 
bu unsurlar mukammallashib, alohida janr sifatida shakllana boshladi.
0
‘zining janr talablariga javob bera oladigan mukammal shakliga 
ega bo'igan g‘aza! turkiy adabiyotda X1Y asrdan boshlab, gurkirab ri- 
vojlanish bosqichiga kirdi. Uning taraqqiyotida shu asrda yashagan bir 
qancha shoirlaming munosib hissasi bor. Xususan, Rabg‘uziy, Xoraz- 
miy, Sayyid Ahmad va Yusuf Amiriylar ijodida g‘azal katta asarlar tar- 
kibida uchrasa, Sayfi Saroyi lirikasida u alohida bir taraqqiyot bosqichi­
ga ko‘tarildi. G‘azalning yetakchi mavqega ega bo‘lib ommalashishida 
Mavlono Qozi Muhsin, Ahmadxoja as-Saroyi, Mavlono Is'hoq, Mavlo- 
no Imod Mavlaviy, TugMixoja kabi shoirlaming ham xizmatlari beqiyos. 
Bizgacha yetib kelgan Sayfi Saroyi va ular o‘rtasidagi mushoira namuna­
lari shu davr adabiyotida g‘azalning alohida bir o ‘ziga xos mavqeini bel- 
gilaydi. Mushoirada aytilgan g ‘azallar janr talablariga to‘liq javob bera 
olishi bilan xarakterlanadi. G‘azal Hotiz Xorazmiy ijodida to‘la to‘kis 
shakllanib bo‘lganligi kuzatiladi. Balki shuning uchun ham u men turkiy 
she’riyat payg'ambariman deb da’vo qilgandir:
Turk jinsinda payambar bo‘lmoqi bo‘lsa ravo,
Bo‘lg‘ay erdim man payambar, she’rlariin - mo‘jizot202.
Yoki:
7M
Х,офиз Хоразмий. Девон. 2-китоб.Тощкент, 1981. Б. 2X9.
536


Hofizni ко‘ring ushbu zamon turk tilinda,
Gar kcchdi esa forsda ul Hofizi Sheroz203.
G‘azalda asosan oshiqning ichki kechinmalari tasviri yetakchi 
o‘rin tutadi. Uning qahramoni oshiq va ma’shuqa hisoblanadi. Ayrim 
g‘azallarda raqib obrazi ham uchrab turadi. G‘azallarda ma’shuqa ob- 
raziga asosiy e’tibor qaratilib, unga xos bo‘lgan xususiyatlar bayoni os­
hiqning o‘y-fikrlari, mushohadalari va dil izhorlari tarzida aks ettirila- 
di. Oshiq uchun ma’shuqa visoliga yetish - oson ish emas. Bu yo‘lda u 
qanchadan qancha. sinov jarayonidan o‘tishi kerak. Sinov davrida haqi- 
qiy oshiq ruhan toblanib, ma’nan yetuklasha boradi. Oshiqlik lirik qah- 
ramonni o‘ziga xos ruhiy iztiroblar girdobiga tashlaydi va bu holat nati- 
jasida paydo bo‘lgan qiyinchiliklar azobida ma’shuqa unga faqat salbiy 
jihatlar bilangina namoyon bo‘ladi. Go‘yoki, oshiqning tasawuricha, 
ma’shuqaning ishi faqat jabr ко‘rsatish vajafo qilishdan iborat:
Gar boisa sanga javru jafo xo‘ vazifae,
Bo‘idi manga ham mehru vafo peshau odat204.
Haqiqiy oshiq - mehru vafo timsoli. U ma’shuqa dardida ko‘p mas- 
haqqat chekishiga qaramasdan uning visoliga tashna, o‘z ishqiga sodiq, 
sabru toqat - uning asosiy shiori, vazifasi esa o‘z maqsadidan aslo che- 
kinmaslik:
iManga vasling qachon yetsun, bilurmen,
Vale oshiq ishi sa’yu talabdur205.
Oshiq qayg‘u alamlarining ortishida raqibning ham o‘ziga xos 
“hissa”si bor, albatta. Ilk o‘zbek g‘azaliyotida bu obrazning it yoki ti- 
kanga qiyoslanishi bejiz emas. Chunki raqib oshiq va ma’shuqa orasida- 
gi uchinchi bir kishi, ya’ni to‘g‘anoq sifatida vazifa ham bajaradiki, bu 
esa uning iztirobga soluvchi, jabr-sitam ko‘rsatuvchi sifatida namoyon 
bo‘lishidan dalolat beradi. Haqiqiy oshiqlik esa har qanday raqibni ham 
yig‘latishi mumkinligi manbalarda uchraydi:
21,1 Х,офиз ХоразмиЙ. Девон. 1-ккгоб.Тошкент,, 1981. Б. 7.
204 А'юий. F 
азаллар /7 Х аёт васфи. TouiKeirr, 
Адабиёт 
в 
а 
санъат,
1988. 
Б. 
306.
2У' Атоий. Уш акитоб. Б. 353.
537


Yig‘ladi hatto raqibning rahmi kelgandin manga,
Bori ul qattiq ko‘ngulluk chinmu yolg‘on yig‘ladi206.
Oshiqning Farhod, Majnun, Vomiq kabilarga o‘xshatilishi, 
ma’shuqaning esa Shirin, I.ayli, Uzro, go‘zallikda 
Y u s u f
pay g‘ambarga 
qiyoslanishi ham shu davr g ‘azaliyotining taraqqiyoti bilan bogiiq ra- 
vishda shakllanganligini ko‘rsatadi. Bu esa keyingi davrlarda o‘ziga xos 
bir an’ana sifatida davom ettirildi.
Ilko‘zbekg‘azaliyotinamunalarinio‘rganish, oshiqonag'azallaming 
yetakchiligini inkor etmagan holda, ular bilan bir qatorda boshqa mavzu- 
larda ham g ‘azallar shakllana boshlaganligidan dalolat beradi. Xususan, 
peyzaj g‘azallaming dastlabki avlodi ham XIY asr adabiyoti namunala- 
rida uchrashi fikrimizni tasdiqlaydi. Rabg'uziyning mashhur
Kun hamalga kirdi crsa, keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori buzi207
matla’li g‘azalida bahor fasli, uning go‘zallik olami va tarova- 
ti ifodalangan boiib, u tabiat mavzusida yaratilgan. Shuningdek, bu 
davr adabiyotida ijtimoiy yo‘nalishdagi maxsus g‘azallar yaratilmagan 
bo‘lsa-da, biroq ijtimoiy mazmundagi misra yoki baytlarning an’anaviy 
g ‘azallar tarkibiga singdirib yuborilganligi kuzatiladi. Axloqiy-ta’limiy 
yo‘na!ishdagi misra va baytlar haqida ham shunday fikrga kelish mum­
kin.
G‘azaliyotda dunyoviy yo‘na!ishning yetakchiligi ko‘rinib tursa- 
da, ayrim g‘azallarda tasavvuf ta’limotining ham kuchli ta’siri seziladi. 
Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Lutfiy kabi shoirlar ijodida majoziy va haqiqiy 
ishqning uyg‘unlashgan ko‘rinishdagi tasviri tasawufning bu davr ada- 
biyotidagi o‘ziga xos mavqei va taraqqiyotini belgilaydi.
Ilk o‘zbek g‘azaliyotining rivojida xalq og‘zaki ijodi ham muhim 
manba sifatida xizmat qildi. Shoirlar og‘zaki adabiyotning ilg‘or va boy 
tajribasidan unumli foydalandilar. Ayniqsa, ti], sodda va ravon ushib
maqol va hikmatli so‘zlar, og‘zaki ijodga xos syujet va obrazlarga muro- 
jaat qilishda bu xususiyat yaqqol namoyon bo'ladi.
206 Саккокий. Газаллар // Даст васфи. Тошкент, Адабиет ва санъат, 1988. Б. 255.
2°т Рабгузий Носируддин Бурх,ониддин. Кисаси Рабгузий. Биринчи китоб. Топжент, Ёзув- 
чи, 1990. Б. 103.
538


Bu davrda yaratilgan g‘azallar yuksak badiiyatga ega ekanligi bilan 
ham ajralib turadi. Badiiy tasvir vositalarining o ‘z o‘mida qo‘Uanilishi 
shoirlaming ulaming imkoniyatidan unumli foydalanganligidan dalolat 
beradi:
U] sanamning yuzikira gulzor erur,
Yuzining gulzorina gul zor erur208.
Hofiz qalamiga mansub ushbu baytda o‘xshatish, takrir kabi badiiy 
vositalar mavjud. Baytning ta’sirchanligini ta’minlashda tajnisning ham 
alohida o‘mi bor. Xususan, birinchi misradagi gulzor so‘zining ikkinchi 
misrada gul zor tarzida alohida kelishi mazmunga o‘zgacha bir joziba 
bag‘isblagan. Bu esa tajnisning murakkab tajnis turiga misol bo‘la oladi.
So'zning turli ma’no anglatish xususiyatlari she’riyatga o‘zgacha 
bir mh baxshida etadi. So‘zlaming ma’no tovlanishlarini his qilish va 
misra yoki baytlar zamiriga singdirish har qanday shoirga ham nasib eta- 
vermagan. lyhom san’ati ijodkorga shunday imkoniyat yarata oladi. XY 
asrgacha bo‘lgan g‘azaliyotda bu badiiy tasvir vositasining ajoyib namu- 
nalarini uehratish mumkin:
Kun tushta ko‘rgali seni tushti zavolg‘a,
Oy tongg‘a qoldi kecha boqib ul jamolg‘a209.
Dastlabki misradagi tush so‘zi ikki ma’noda (tush payti va uyqudagi 
tush) qoilanilgan. Bu usul misrani ikki xil mazmunda tushunish imko- 
niyatini beradi: kun ma’shuqaning go‘zalligi sabab tush paytida pastga 
tusha boshladi - bu misradan anglashilayotgan birinchi m a’no. Misra- 
ning keyingi ma’nosi esa quyidagicha: quyosh tushida ma’shuqaning 
go‘zalligini ko‘rib, quyilasha boshladi. Bunday xususiyat baytning ik­
kinchi misrasiga ham taalluqli bo‘lib, undagi tong so‘zi ikki xil ma’noni 
(tong payti va hayron qolmoq) anglatadi. Demak, bu misrani “Oy 
ma’shuqaning jamoliga boqib, tonggacha qolib ketdi” tarzida ham, “Oy 
ma’shuqaning go‘zalligini ko‘rib, hayron bo‘lib qoldi” mazmunida ham 
tushunish mumkin. Mavlono Lutfiy ijodida iyhomning bu kabi go‘zal 
namunalarinmg ko‘plab uchrashi, shoiming bu badiiy tasvir vositasi im­
koniyatidan mohirona foydalanganligini bildiradi.
m
Хофич Хоразмий. Газаллар // Xaei васфи. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1988. Б. 67.
2|® Лугфий. Лугфий шсъриятидан. Тошкент, 1985. Б. 55.
539


She’r ta’sirchanligini oshirishda mubolag‘aning ham 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish