O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


afzaYi sifatida baholaydi va uning



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet427/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

afzaYi sifatida baholaydi va uning
tasvirdagi imkoni- 
yatlarini ham e’tibordan chetda qoldirmaydi:
210 Гадоий. Газаллар // Даёт васфи. Тошкент, Адабиёт ва санъат, 1988. В. 473.
211 .Хайитмсгоя А. Адабий мсросимиз уфклари. Тошкент, Ук,итувчи, 1997. Б. 206.
540


Bo‘yla nazm ichra ham erur necha sbiq,
Fahm etar ul kishiki, bo‘lsa mudiq.
Lekin ul barchadin dag‘i xubi,
Bor durur masnaviyning uslubi.
O'zgalarni gar etmadim mazkur,
Bok emas, chun bori erur mashhur.
Masnaviykim burun dedim oni,
So‘zda keldi vasi’ maydoni.
Vus’atida yuz о‘Isa marakagir,
Ko‘rguzur san’atin bori bir-bir212.
Bunday fikrlar shoiming “Saddi Iskandariy” dostonida ham uchray- 
di. Xususan, unda Abdurahmon Jomiy ijodiga baho berilar ekan, u yarat- 
gan
ma’naviy xazina misolida masnaviyning she’riyatda o‘zga bir olam 
ekanligi alohida ta’kidlanadi:
Agar nazmdin borcha uslub anga,
Bori bir-biridin erur xub anga.
Vale masnaviy o‘zga olamdurur,
Ki tab’ig‘a holo musallamdurur213.
Shu sababii o'tmishda ijod qilingan epik va liro-epik asarlarda maz­
kur she’riy shakl keng qo‘llanilgan. Bu holni turkiy-islomiy yozma ada­
biyotning bizgacha yetib kelgan ilk namunasi 
hisoblanm ish 
“Qutadg'u 
bilig” asarida ham ko‘rish mumkin. “Qutadg‘u bilig”da sxematik tarzda 
bo‘lsa-da epiklik, ya’ni voqealar bayoni mavjud. Dostonda “... voqealar- 
ning epik bayoni qo‘vilgan masalalaming bir-biridan ajrab qo/masligi, 
ulami o ‘zaro bog‘lab turish uehungina keltiriladi, xolos”214. Biroq bu
212 
Навоий А. Сабъаи сайёр. Тошкент, Faibyp Гулом ясмидаги наш риёт-матбаа бнрдашма- 
си, 1991. Б. 35.
■!J Навоий А. Садди Искандарий. Тошкент, Гафур Гудом номидаги нашрист-матбаа бир- 
лашмаси, 1991. Б. 48.
214 
Тухлисв Б. Юсуф Хос Х ^ж ибнинг “ Кутадту билиг’ и ва айрим жанрлар та
ком или
(ма
с-
5 4 1


masnaviyning imkoniyatlarini cheklamaydi. Masnaviy tarkibida boshqa 
janrlaming qo‘llanilish hodisasi ham aynan “Qutadg‘u bilig”da boshla- 
nadi. Dostondagi to‘rtlik va qasida shunday xususiyatga ega. Masalan, 
asardagi to‘rtliklar masnaviydagi fikrlaming tasdig‘i vazifasini bajaradi. 
Masnaviy tarkibida boshqa janrlardan foydalanish noma janriga mansub 
asarlardaham uchraydi. G‘azal, qit’a, fard kabi janrlaming noma asosida 
yaratilgan dostonlar tarkibida 
c o ‘llanilishi 
Yusuf Xos Hojib tajribasining 
keyingi davrlarda o‘ziga xos Urzda davom etganligidan dalolat beradi.
Masnaviy imkoniyatlarican munozara janrida ijod qilgan shoirlar 
ham samarali foydalanishgan. Xususan, nazmda yaratilgan munozaralar 
fikrimizga dalil b o ia oladi. Ahmadiyning “Sozlar munozarasi”, Nisho- 
tiyning “Boz va bulbul”, “Daf va gul”, “Qushlar munozarasi” kabi asar- 
larida masnaviyning she’riy shakl sifatida yakka o‘zi qo‘llanilishi uning 
o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyotini ko‘rsatadi.
Masnaviy ishqiy yo‘nalishdagi dostonlaming yaratilishida ham mu­
him rol o ‘ynadi. “Suhayl va Guldursun” dostoni bilan boshlangan bu 
mavzu keyinchalik “Gul va Navro‘z”, “Xusrav va Shirin”, “Yusuf va 
Zulayxo” kabi asarlarda muvaffaqiyatli davom ettirildi. Masnaviy yirik, 
voqeaband asarlardan tashqari kichik hajmli she’rlarda qo‘llanilishi ham 
mumkin. Sayfi Saroyi ijodi bunga misol b o ia oladi. Shoirning “Vasf 
ul-shuaro” nomli she’ri yetti baytdan iborat. U masnaviy shaklida yara­
tilgan:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbuldurur so‘zda, kimi zog‘.
Kimi to‘ti bikin chaynar shakarni,
Kimi lafzi bilan o‘rtar durarni2'\..
Ko‘rinadiki, she’rda shoirning adabiy-estetik fikrlari aks etgan 
bo‘lib, uni o‘z davrining nazariy qarashlari sifatida baholash mumkin. 
She’rdagi bulbul, zog‘, to‘ti obrazlari turli toifadagi shoirlar guruhini 
anglatsa, keyingi misralardagi fikrlar esa ulaming har biriga xos xusu- 
siyatlarni ochiq bayon qilishga qaratilgan. Sayfi Saroyi so‘zni yuksak 
qadrlaydi. Umuman, badiiy ijod “mavzuni shirin” va “loyiqi ta’rifu tah-
навий, туртлик, касида). Тошкент, 2004. Б. 18.
215 Сайфи Саройи. Шеьрлар. 1'улистон. Тошкеш, Бадиий адабиёт, 1968. Б. 33.
542


sin” bo‘lishi uchun kurashadi. Demak, bu she’rda masnaviy shoirning 
poetik maqsadini to‘liq yuzaga chiqara olganligi bilan e’tibomi o‘ziga 
tortadi.
Masnaviy deganda she’riy shakldan tashqari dostonlarning tus- 
hunilishi - yirik hajmli voqeaband asarlarda masnaviy shaklining 
qo‘llanilishi bilan bog'liq tarzda yuzaga kelgan. Biroq masnaviy faqat 
voqeaband asarlarda qo‘llaniladi, deyish to‘g‘ri emas. U voqeabandlik 
tasviridan tashqari botiniy his-tuyg‘ulami mukammal bera olish imko- 
niyatiga ham ega. Masalan, noma turkumidagi asarlaming masnaviyda 
yozilganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Chunki ularda voqealar bayoni 
mavjud emas:
Ayo xurshidtek olam charog‘i,
Munawar chehrangiz firdavs bog'i.
Qamuq ko‘rkluklar uzra podshosen,
Masih anfosliq Yusufliqosen216...
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni uchinchi nomasidan olin- 
gan mazkur misralardama’shuqaning go'zalligi haqida gap boradi. Unda 
oshiqning ichki kechinmalari tasviri yetakchi o ‘ringa ega.
Demak, masnaviy XY asrgacha bo'lgan o‘zbek adabiyotida o‘ziga 
xos shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi. Dastlab, didaktik yo‘nalishdagi asar­
larda qo‘llanilgan bu shakldan keyinchalik boshqa, xususan, falsafiy, 
ishqiy mavzulardagi dostonlarning yaratilishida ham keng foydalanildi. 
Uning takomilida Yusuf Xos Hojib, Xorazmiy, Xo‘jandiy, Sayyid Ah­
mad, Sayyid Qosimiy, Qutb, Haydar Xorazmiy, Nishotiy kabi ijodkor- 
larning munosib hissasi bor.
TUYUQ
Turkiy adabiyotning ichki imkoniyatlari asosida shakllangan janr- 
lardan biri tuyuq hisoblanadi. Tuyuq so‘zining o‘zagidagi tuy so‘zi 
omonimlik xususiyatiga ega boMib, tuy, his qil, bog‘la kabi ma’nolami 
anglatadi. Adabiy termin sifatida esa to‘rt misradan iborat o‘ziga xos
216 
Хоразмий. Мухдббатнома // Узбек мумтоз адабиёти намупалари (Тузувчи: Насимхон 
Рахлюнов). 2-жилд. Тошкент. Фан, 2007. Б. 108.
543


qonun-qoidalarga ega bo‘lgan she’r tushuniladi. Mutaxassislarning fik­
richa, tuyuqning paydo bo‘Iish ildizlari xalq og‘zaki ijodiga borib taqa- 
ladi.
Tuyuqni kitobxon uchun boshqa to‘rt misrali she’rlardan ajratib tu- 
radigan asosiy xususiyat - unda so‘z o‘yinlaridan mohirona foydalanish 
imkoniyatining mavjudligidir. So‘zning o ‘ziga xos sehri, ma’no tovla- 
nishlari aks etgan misralar xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham ko‘plab 
uchraydi. Ayniqsa, shakldosh so‘zlaming turli ma’no anglatish xususi- 
yati xalq dostonlari uchun ham bir bezak bo‘lib kelgan:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Y axshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasihatim yod qilib ol, yolg‘izim,
Yolg'iz yursa, chang chiqarmas, yaxshi ot217.
To‘rtlik pand-nasihat ruhiga ega. “Ot” so‘zining turli ma’nolar ifo- 
dalashi unga o ‘zgacha joziba bag‘ishlagan. Bu hodisa mumtoz poeiikada 
tajnis deb ataladi. T'ajnis, ya’ni omonim so‘zlardan foydalanish tuyuq­
ning asosiy janriy belgilaridan biri hisoblanadi.
Tajnisdan mohirona foydalanish ilk turkiy-islomiy yozma ada­
biyot namunalarida ham kuzatiladi. “Qutadg‘u bilig” bilan maxsus 
shug4illangan olim Boqijon To‘xliev dastlabki tuyuq namunalaridan biri 
sifatida dostondan bir to‘rtlik keltiradi:
Qayu erda bo‘lsa uqush birla o ‘g 
Ani er atag‘il necha o‘gsa o‘g.
0
‘qush, o ‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal 
Yavuz ersa kaz te, kichik ersa o ‘g218.
Qaysi bir kishida zakovat va aql bo‘lsa,
Uni (haqiqiy) kishi deb aiagin, qancha maqtasang maqta.
Yomon bo‘lsa (ham) yaxshi de, kichik bo‘lsa 
(ham) katta deb bil (ya’ni ulug‘la).
2,7 
Э ргат Жуманбулбуд угли. 2 жилдзшк, 1- жилд. Равшан достони. Тошкент, Адабиет ва 
санъат, 1971. Б. 73.
21Х Тухдиев Б. Юсуф Хос Дожибииш “Кутадгу билиг”и ва айрим жанрлар такомили (мас- 
навий, туртлик, касида), Тошкент. 2004. Б. 34.
544


To‘rtlik misralari so‘nggidagi “o‘g” so‘zi tajnis ko‘rsatkichi hisob- 
lanadi IJ birinchi misrada “aql”, ikkinchisida “maqta”, to‘rtinchi qatorda 
esa “katta yoshii kishi” ma’nolarini ifodalagan. Biroq to‘rtlik mutaqorib 
bahrida yaratilgan. Aslida tuyuq ramal bahrida yozilishi kerak.
Har bir j anr shakllanish j arayonida о ‘ ziga xos о ‘zgarishlami boshidan 
kechiradi. Taraqqiyot tarixi davomida janrga xos bo‘lgan mezonlar pay­
do bo‘ladi va ma’lum bir qolipga keladi. “Aruzning o‘zlashtirilgan vazn 
ekanligini nazarda tutsak, tuyuqning dastlabki vazni aruz bo‘lmaganligi, 
ramali musaddasi maqsur esa janr qonuniyatlarining standartlashgan, 
ma’lum mczonga kirgan shakli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 
yuqoridagi to‘rtlikni turkiy yozma adabiyotda yaratilgan dastlabki tu- 
yuqlardan bin deb dadii aytish mumkin ”219.
0
‘tmish 
adabiyotshunosiigida 
tuyuq 
to‘g‘risidagi 
nazariy 
ma’lumotiarga ham 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish