MAZMUN– muayyan narsa va hodisalarni tavsiflovchi ichki elementlar va o’zgarishlarning majmuidan iborat.
MILLIY TIL – qayerda yashashidan qat'i nazar bir millatga mansub odamlar tomonidan ishlatiladigan til: o‘zbek milliy tili.
MORFEMA - (grekcha) tilshunoslikka oid termin bo'lib, so'zning ma'no anglatuvchi, boshqa ma'noli qismlarga bo'linmaydigan qismi (yoki bo'lagi) (o'zak morfema, affiksal morfema).
NAHV - (arabcha) sintaksis, grammatika.
NAZM - (arabcha) she'riy asar: she'riyatjanri, she'r 0'lchovi. Nasr - (arabcha) proza, prozaik asar, prozajanri.
NUTQ – tilning ma'lum paytda va ma'lum joyda ma'lum shaxs nutqiy faoliyatida namoyon bo‘lishidir: monologik nutq (bir kishining nutqi), dialogik nutq (ikki kishining nutqi), polilogik nutq (ko‘p kishining nutqi).
NUTQ A'ZOLARI – nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan a'zolar: o‘pka, kekirdak, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, katta va kichik til, yumshoq va qattiq tanglay, yuqori va pastki tishlar, yuqori va pastki lablar, burun bo‘shlig‘i, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i.
NUTQ TOVUSHLARI – inson talaffuz qilganda bevosita quloq bilan eshitiladigan nutq parchasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |