KATEGORIYALAR SISTEMASI – falsafiy tushunchalar tizimi.
KOMMUNIKATIV VAZIFA – nutqiy bayon maqsadining mavjud bo‘lish shakli. K.v. nutqiy faoliyat, axborotni qabul qilish va uzatish mobaynida yuzaga chiqadi. Uning yechimi nutqiy va nutqiy bo‘lmagan harakatlar orqali amalga oshishi mumkin.
LAHJA(DIALEKT) – bir-biriga yaqin shevalar yig‘indisi: qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o‘g‘uz lahjasi.
LEKSIK-FRAZEOLOGIK SINONIMLAR – so‘z bilan ibora o‘rtasidagi sinonimlikdir: qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan (ibora) – yuvosh (so‘z).
LEKSIKOGRAFIYA – tilshunoslikning lug‘atlar tuzish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi.
LEKSIKOLOGIYA – leksis – so‘z, logos – ta'limot degan ma'nolarni ifodalab, tilning lug‘at boyligini o‘rganadigan bo‘limdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |