8-Mavzu: Adabiy til me‘yorlari. Fonetik va talaffuz me‘yorlari
Reja:
Umumxalq tili va adabiy til
Umumxalq tili va adabiy tilni farqlab turuvchi xususiyatlar
Fonetik va tallaffuz me‘yorlari
Orfoepik hodisalar
Tayanch so‟z va iboralar: Umumxalq tili, adabiy til, sheva, lahja, toshkent shevasi, farg‘ona shevasi, qarluq lahjasi, qipchoq lahjasi hamda o‘guz lahjalri.
Umumxalq tili ma'lum bir xalqning so'zlashuv tilidir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo'lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so'zlar, atamalar, jargonlar, ma'lum toifa (biror ijtimoiy guruh)ga oid so'zlarni ham o'z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo'lib, til qoidasiga asoslanmaydi. Har bir davrda xalqning umumiy adabiy tili bilan birga, sheva va lahja tillari ham bo'ladi. Sheva va lahja ma'lum hududda yashovchi aholining tilidir. O‘zbek umumxalq tilida 3 ta lahja mavjud. Ular qarluq lahjasi, qipchoq lahjasi hamda o‘guz lahjalaridir. Bir-biriga yaqin shevalar yig‘indisi – lahja deyiladi. Ma‘lum hududda qo‘llanib, shu hudud aholisi uchun tushunarli bo‘lgan umumxalq tili shakli – sheva deyiladi. Masalan, Toshkent shevasi, Andijon shevasi kabi.
Adabiy til esa ma'lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan tildir. Adabiy til barchaga tushunarli bo'lgan so'zlar, qo'shimcha ibora va gaplardan iborat bo'ladi. Adabiy til qoidalari - me'yorlarini belgilash uchun tilshunos olimlar sheva va lahjalarni o'rganadilar, umumga tushunarli til xususiyatlarini belgilab, an'anaviy
adabiy til qonun-qoidalarini ham hisobga olib, zamonaviy adabiy tilni va uning me'yorlarini bel-gilaydilar. Adabiy tilda adabiy, ilmiy asarlar yoziladi, bu til - matbuot, adabiyot va ilmiy asarlar tili, ma'ruzalar, so'zlashuv tili bo'lib qoladi.
Til me‘yorining fonetika, grammatika va boshqalarda bir variantni tanlash qandaydir darajada qat‘iy bo‘lsa ham, lug`aviy me‘yorlar haqida gap ketganda voz kechish kerak deb bo‘lmaydi. Tilning lug`aviy boyligidan foydalanganda me‘yorning imkoniyati muallifga takrorni, bir xillikni yengishda chiroyli nutq tuzishda qo‘l keladi. Nutqning to‘g`riligi uning adabiy me‘yorlariga mosligidir. Nutq o‘zida adabiy tilning fonetik talaffuz, lug`aviy so‘z yasalishi Grammatik uslubiy me‘yorlarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Nutqning to‘g`riligi uning eng aloqaviy fazilatidir.
Ma‘lum bo‘ladiki, og‘zaki nutqning to‘laligicha adabiy holatga keltirilishini ta‘minlash talaffuz jarayonini me‘yorlashtirish bilan bog‘liq. Og‘zaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo‘nalish bo‘lmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bo‘lmasin, barcha o‘rinlarda ham til birliklarini bir me‘yorga keltirib qo‘llash masalasi birinchi o‘rinda turadi.
Nutq shaxsiy hodisa. Agar so‘zlovchi adabiy me‘yorlarini kishi egallamagan bo‘lsa yoki o‘z shevasi bergan shaxsiy variantni afzal deb qarasa, uning puxta adabiy me‘yordan cheklanishi mumkin. O‘zbek tili xususiyat jihatidan uch lahjadan iborat. Kelishik me‘yorlari. Adabiy tilimizda ―kuchli‖ va ―kuchsiz‖ me‘yorlari bor. Kuchli me‘yorlar adabiy tilda so‘zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt amalgam oshiriladi. Kuchsiz me‘yorlar og`zaki nutqida ham e‘tibor berilishi oqibatida yuzaga keladi. O‘zbek tilining qarluq lahjasidagi maxsus shahar shevalarda qaratqich va tushum kelishiklari bir xil ko‘rsatkichga ega, ya‘ni 2 kelishik uchun ham –ni xizmat qiladi. Qaratqich-qaralmish aloqasida xoslik ma‘nosi ifodalanishida ba‘zi bir o‘zgacha sharoitlarda qaratqich ko‘rsatkichi ishlatilmaydi. Masalan: O‘zbek tili, shahar kengashi, bahor fasli. Turli sabablarga ko‘ra kelishik joylarini almashtirib ishlatish, ya‘ni hamma hollarda ham hozirgi zamon o‘zbek tili normalarini buzish hisoblanadi. Birlarni bee‘tiqod. Birlarni riyo
ko‘rdim. Tushum kelishigi affiksini vazn talabi bilan tushirib qoldirsa, she‘rda g`alizlikni hosil qiladi:
Quloq soling alvon-alvon so‘zlarga, Karvon yurar olsiz to‘la tuzlarga, Uyga keling, ikki birday miyani Urush janjal kim qo‘yibdi sizlarga.
Turkiy xalqlarning ba‘zilari tilida jo‘nalish kelishigi o‘rnida ayrim hollarda o‘rin-payt kelishigidan foydalanish uchraydi.
Suratda ra‘nosan o‘zing, Men mubtalo qayda boray?
Do'stlaringiz bilan baham: |