MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN MAVZULAR
№
|
MAVZULAR
|
Ajratilgan soat
|
1.
|
Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hikoyasi atrofida munozaralar
|
2
|
2.
|
Maqsud Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek" tragediyasi ustida bahs
|
2
|
3.
|
Zulfiya lirikasida tabiyat tasvirini kuzatish
|
2
|
4.
|
Said Ahmadning “Oftoboyim”, “Qorako'z majnun” hikoyalari mutolaasi
|
2
|
5.
|
Odil Yoqubovning "Ko'hna dunyo" asarini tahlil qilish
|
2
|
6.
|
Tog'ay Murodning "Oydinda yurgan odamlar" qissasida marosimlar tasviri
|
2
|
7.
|
Hozirgi o'zbek adabiyotida modern she'riyati yaratish yo'lida izlanishlar
|
2
|
8.
|
Sh.Xolmirzaev romanlarida inson psixologiyasi talqini
|
2
|
9.
|
Istiqlol davri o'zbek she'riyatiga xos xususiyatlar
|
2
|
10.
|
Nutq madaniyati talablari
|
2
|
11.
|
Nutq sifatlari
|
2
|
12.
|
Yunon notiqligi
|
2
|
13.
|
Rim notiqligining asosiy xususiyatlari
|
2
|
14.
|
Sharqda voizlik madaniyati taraqqiyoti
|
2
|
15.
|
Notiqlik – san’at sifatida
|
2
|
|
Jami
|
30
|
Izoh: Mazkur ro'yxatdagi mavzulardan mustaqil ta'lim uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.
GLOSSARIY
“ABUSHQA” LUG‘ATI –XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan lug‘at. Nomi lug‘atdagi birinchi so‘zdan, ya'ni abushqa so‘zidan olingan.
“DEVONU LUG‘OTIT-TURK” - XI asrda yashab o‘tgan mashhur tilshunos, lug‘atshunos, adabiyotshunos, elshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning asari bo‘lib, unda turkiycha so‘zlarning arabcha tarjimalari berilgan. Turkiycha so‘zlarning ma'nolarini izohlash uchun maqol, matal, qo‘shiq, marsiyalardan misollar keltirilgan.
ADABIY TIL –milliy tilning ma'lum qoidalarga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli.
ARGO – leksika, fonetika va sintaksisi o‘ziga xos bo‘lgan til tizimosti sistemasi. A., odatda, o‘zgalar uchun mavhum, yashirin xarakterli bo‘lib, ma'lum ijtimoiy guruh uchun xizmat qiladi. atamaning o‘zi XVIII asrda iste'molga kiritilgan.
ARUZ-she'r tuzilishida qisqa va cho'ziq hijo (bo'g'in) - iaming ma'lum tartibcla guruhlanib, takrorlanib kelishiga asoslangan vazn sistemasi. Aruz vazni. Mantiq - (arabcha) tafakkur shakli va qonunlari fan: logika.
BADIIY-ESTETIK VAZIFA – tilshunoslikda: me'yoriy uslubiyat talablariga ko‘ra, adabiy-badiiy nutq va adabiy normalar qonuniyatiga bo‘ysunmaydigan alohida nutqiy hodisa va sohalarni ma'lum ma'noda tartibga soluvchi, nutq madaniyati va u orqali shaxslararo munosabatlarga zalvorli ta'sir ko‘rsatuvchi, pirovardida, jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy rivojida muhim mezon hisoblangan axloqiy-tarbiyaviy ahamiyatli o‘lchov, motiv.
DISFEMIZM (evfemizmning zidi - defemizm, kakofemizm) – pragmatik maqsadlarda tegishli kontekstdagi u yoki bu predmetni o‘ta qo‘pol, rasmiy va vulgar tarzda ifoda etish.
DISFEMIZM (yun. δυσφήμη — qo‘pol nutq) — evfemizmning zidi. Birlamchi neytral tushunchani unga salbiy mazmunni yuklash yoki shunchaki, nutqqa ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘pol va axloqqa zid tarzda ifodalash.
GAP – kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi, ohang va fikriy jihatdan tugallikka ega bo‘lgan yakka so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi: Biz yo‘lga tushdik. Tun. Ikki qadam narini ko‘rib bo‘lmaydi. Tayyormisan? Ha. Ketdik.
GAP URG‘USI – gap tarkibidagi ayrim so‘zning boshqalariga qaraganda kuchliroq, balandroq ohangda aytilishi (bu so‘z gapdagi kesimning yonida joylashadi): Bugun maktabga men bordim. Men bugun maktabga bordim. Men maktabga bugun bordim.
GRAFIKA - har bir tilning harflar tizimi o‘rganiladigan bo‘limi.
GRAMMATIKA – “grammatike” – “o‘qish va yozish haqidagi bilim” degan ma'noni bildirib, tilning grammatik qurilishini o‘rganadigan bo‘lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |