Shavkat Mirziyoyev Kitob mutolaasi va bilim xazinasi Kitob mutolaasi donolar suhbatidan bahramand bo`lmoqdir, ularning bilim va fikrlar xazinasidan «dur-u gavharlar»



Download 180,57 Kb.
bet1/6
Sana15.12.2022
Hajmi180,57 Kb.
#887647
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-мавзу .



7.Nutqiy mavzu: Kitob mutolaasi. Grammatik mavzu: Erkin va turg’un birliklar. Frazeologik birliklarning turlari va xususiyatlari

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir.
Shavkat Mirziyoyev


Kitob mutolaasi va bilim xazinasi
Kitob mutolaasi donolar suhbatidan bahramand bo`lmoqdir, ularning bilim va fikrlar xazinasidan «dur-u gavharlar» termoq bilan barobardir,-deyishadi donishmandlar.Qadimgi O`zbekistonning saxovatli zamini ko`p asrlar davomida jahonga ulug` alloma, davlat arboblari va mutafakkirlarni yetishtirib berdi. Ularning kashfiyoti esa insoniyat taraqqiyotini yanada jadallashtirishga xizmat qildi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ulug` ajdodlarimizning buyuk siymolari, yaratgan bebaho asarlari keng ommalashtirila boshlandi. O`zbekiston o`zining ko`p asrlik madaniyati durdonlarini, jahonga mashhur allomalarining ilmiy-adabiy me'rosini, jumladan, ular qoldirgan noyob kitoblarini kelajak avlod uchun avaylab-asrab, yosh avlod o`rtasida ommalashtirib, keng targ`ib qilmoqda.
Bugungi kunda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Burhoniddin Marg`inoniy, Mahmud Qoshg`ariy, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy kabi ulug` ajdodlarimizdan ulkan ilmiy va ma'naviy ahamiyatga ega bo`lgan eng noyob qo`lyozmalar, kitoblar meros bo`lib qolgan. Ularni asrab-avaylash, tarjima qilib, chop etish olimlarimiz, milliynashriyot va matbaachilarimizning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.Kitobga mehr qo`ysangiz,usizni,albatta, munosib taqdirlaydi. «Kitoblar avlodardan avlodlarga eng «qimmatbaho bilimlar xazinasini» yetkazib berish maqsadida vaqt va zamon ummonida kezib yuruvchi kema misolidir»,-degan edi mutafakkir olim va shoir A. Jomiy.
Insonning bilimli, tarbiyali, kasbhunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili - bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o ‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlaming baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o ‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek: “Kitob - beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida kitob o ‘qish orqali bilim va munosib ta ’lim-tarbiya.
Xalqimiz tilida kitob o‘qish orqali bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql - qanotsiz qush”, “Baxt belgisi - bilim”, “Bilim - aql chirog‘i”, “Go‘zallik - ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxtkeltirar”, “Hunar - oqar buloq, ilm - yonar chiroq”, “Oltin olma,bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni yanauzoq davom ettirish mumkin.
Mustaqillik yillarida matbuot, noshirlik va axborot sohasining mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Xususan, bu borada l0dan ortiq qonun va 30 dan ortiq qonunosti hujjati qabul qilindi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvarda imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g`- risida”gi farmoyishi ana shu ezgu ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilganligi bilan g ‘oyatda ahamiyatlidir.
Farmoyishda qayd etilganidek, bugungi kunda yurtimizda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi ishlab turibdi. Istiqlol davri arxitekturasining noyob inshooti — poytaxtimizdagi muhtasham “Ma’rifat markazi”da joylashgan Milliy kutubxona fondida qariyb 8 millionta kitob va boshqa manbalar, jumladan, 450 mingtadan ortiq kitobning elektron versiyalari, elektron darslik va qo'llanmalar mavjud. Elektron kutubxonaning ma’lumotlar bazasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan. Shuningdek, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta'lim muassasalarida 200ga yaqin axborot-resurs markazi tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish y o ‘lga qo‘yilgan.
Yurtimizda kitoblar nashri bilan bir qatorda, ularning savdosi va targ‘ibotiga qaratilgan ta’sirchan amaliy qadamlar ham qo‘yilmoqda. Xususan, hozirgi paytda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori”majmualari tomonidan kitob savdosi xizmati ko‘rsatilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Kitob olami” majmuasiga qarashli zamonaviy kitob do‘konlari nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida ham ishlab turibdi. Mamlakatimizda “Adabiyotga e ’tibor - ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida har yili respublika “Kitob bayrami” tadbirlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
Globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shunchalik singib ketdiki, nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalarining bu qadar jadal taraqqiy etishi kitobxonlikka. ham o ‘z ta ’sirini o‘tkazmoqda. Bugun jahondagi ko‘pgina bosma nashrlarning adadi kamayib, ularning onlayn versiyasi ko‘proq o'qilmoqda. Dunyoning eng boy kutubxonalarida saqlanayotgan bosma manbalarning aksariyati elektronlashtirib bo‘lindi. Bu jarayonlar mamlakatimizdagi kutubxonlarda ham izchil kechmoqda. Internet va boshqa vositalar jadal rivojlanayotganiga qaramay, insonning ong va tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ‘ib etishda bosma kitobning o ‘rni bundan keyin ham saqlanib qolaveradi. Binobarin, kitob asrlar davomida axborot saqlovchi eng samarali vosita vazifasini bajargan. Qolaversa, ming yil oldin Samarqand qog‘ozida bitilgan qo‘lyozmalar hozir ham insoniyatga ma’rifat nurini sochmoqda. Zero, kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o ‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to ‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o ‘zgachadir. Sohibqiron Amir Temur ta ’biri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishriing asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”. Shu ma’noda, shaklidan qat’iy nazar, barcha kitoblar milliy o ‘zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilishi ayni muddao.

Download 180,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish